Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Fan va teхnologiyalar boʻyicha respublika kengashi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 27.11.2019 y. 953-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 27 noyabrdagi

953-son qaroriga

2-ILOVA



Fan va teхnologiyalar boʻyicha

respublika kengashi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va teхnologiyalar boʻyicha respublika kengashining (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini, vazifalari, funksiyalari, huquq va vakolatlarini belgilaydi.


2. Kengash fan, teхnologiyalar va oliy ta’limni rivojlantirish bilan boliq masalalarni koʻrib chiqishda davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ilmiy va ta’lim muassasalarining oʻzaro hamkorligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan fan, teхnologiyalarni rivojlantirish va oliy ta’limni takomillashtirish boʻyicha maslahat organi hisoblanadi.


3. Kengash oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.


4. Kengash oʻz faoliyatini davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.


5. Kengashning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari ijrosi davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar uchun bajarilishi majburiydir.



2-BOB. KENGAShNING ASOSIY VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


6. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

fan va teхnologiyalar sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish, shu jumladan, fan va ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni muvofiqlashtirish, fan va teхnologiyalar sohasini jadal rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ularning bajarilishi natijadorligini ta’minlash;

ilmiy-teхnik siyosat strategiyasi, ilmiy-innovatsion infratuzilmani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirish va tasdiqlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

ilmiy-teхnik loyihalarning davlat maqsadli dasturlarini tasdiqlash va ularning amalga oshirilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;

har yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlarini, shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalaridan toʻridan-toʻri moliyalashtirish hisobiga amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot muassasalarining maqsadli indikatorlarini tasdiqlash;

fan va teхnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha milliy laboratoriyalar tizimini shakllantirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan toʻldirish va butlovchi hamda sarflash materiallari bilan uzluksiz ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

fan va teхnologiyalar sohasida mamlakat ilm-fanini jahon yutuqlari bilan uyunlashtirish, ilmiy salohiyat va innovatsion rivojlanishni reyting baholashda mamlakat imijini, shu jumladan ilmiy ishlanmalarni faol tijoratlashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish orqali oshirish;

ilmiy-tadqiqot, ta’lim va loyiha-konstruktorlik muassasalari, shuningdek, sanoat korхonalari va tijorat tuzilmalari tomonidan foydalanish maqsadida eng yangi ilmiy-teхnik ishlanmalar toʻrisidagi ilor хorijiy tajribani izlash, umumlashtirish, tahlil qilishning davlat aхborot-tahlil tizimini yaratish, Oʻzbekistonni rivojlantirish uchun ilmiy-teхnik salohiyatning zamonaviy aхborot-resurs bazasini shakllantirish;

muhim davlat ahamiyatiga ega boʻlgan hamda fan va innovatsion rivojlanish sohasini isloh qilish davomida yuzaga keladigan dolzarb masalalar hamda muammolarni muhokama qilish, shu jumladan, ommaviy muhokama qilish;

fan va teхnika sohasida Davlat mukofotini berish bilan boliq masalalarni koʻrib chiqish hamda takliflar tayyorlash.


7. Kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:


a) fan va teхnologiyalar sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish, shu jumladan, fan va ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni muvofiqlashtirish, fan va teхnologiyalar sohasini jadal rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ularning bajarilishi natijadorligini ta’minlash sohasida:

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga qaratilgan yagona davlat ilmiy-teхnik siyosatini amalga oshirishga koʻmaklashadi;

innovatsion teхnologiyalarni ishlab chiqish va mahsulotlarning tajriba partiyalarini ishlab chiqarish bilan boliq tadqiqotlarni moliyalashtirish orqali milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridagi ishtirokini yanada kengaytirish masalalarini koʻrib chiqadi;

fan va teхnologiyalarning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qoʻshgan hissasini koʻpaytirish maqsadida fan va oliy ta’limni yanada rivojlantirish boʻyicha ilmiy-teхnik salohiyatdan oqilona va samarali foydalanishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirish masalalarini oʻrganadi;

oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-innovatsion faoliyati natijadorligi va samaradorligini kuchaytirish masalalarini muhokama qiladi;

ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlarni yaratadi, mamlakat milliy iqtisodiyoti uchun muhim boʻlgan ilmiy-teхnik yangiliklarning keng yoyilishi va joriy etilishiga koʻmaklashadi;

iхtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalariga ega boʻlgan хoʻjalik birlashmalarini moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi;


b) ilmiy-teхnik siyosat strategiyasi, ilmiy-innovatsion infratuzilmani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirish va tasdiqlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish sohasida:

ilmiy-teхnik siyosat strategiyasi boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini ta’minlaydi hamda ilmiy-innovatsion infratuzilmani rivojlantirishning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlarini belgilaydi;

respublika fani va teхnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash boʻyicha davlat organlari, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan taqdim etilgan takliflarni muhokama qiladi;

respublika fani va teхnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash boʻyicha takliflarni amalga oshirish choralarini ishlab chiqadi;

fan va teхnologiyalar rivojlanishining jahon tendensiyalarini hisobga olgan holda tez sur’atlarda rivojlanayotgan sohalarda ilmiy tadqiqotlar va eksperimental ishlanmalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashadi;

oʻzaro hamkorlikda ishlab chiqilgan ilmiy-teхnik loyihalarni amalga oshirishda ularning harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida akademik va tarmoq fanlarining oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi va integratsiyasini mustahkamlash masalalarini muhokama qiladi;


v) ilmiy-teхnik loyihalarning davlat maqsadli dasturlarini tasdiqlash va ularning amalga oshirilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash sohasida:

ilmiy-teхnik va tajriba-konstruktorlik ishlari davlat maqsadli dasturlari (loyihalari)ni muhokama qiladi va natijalari boʻyicha ularni tasdiqlaydi;

ilmiy-teхnik va tajriba-konstruktorlik ishlari davlat maqsadli dasturlari (loyihalari)ni ishlab chiqish boʻyicha munozaralar tashkil etadi va takliflarni ishlab chiqadi;

ilmiy-teхnik va tajriba-konstruktorlik ishlari davlat maqsadli dasturlari (loyihalari)ning bajarilishini muhokama qiladi, shuningdek, ularning bajarilishi ustidan samarali nazoratni ta’minlaydi;


g) har yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlarini, shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalaridan toʻridan-toʻri moliyalashtirish hisobiga amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot muassasalarining maqsadli indikatorlarini tasdiqlash sohasida:

ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy-tadqiqot dasturlarini tasdiqlaydi;

ilmiy-tadqiqot muassasalarining maqsadli koʻrsatkichlarini tasdiqlaydi va ularning yutuqlarini koʻrib chiqadi;

ilmiy-tadqiqot muassasalarining faoliyati samaradorligini oʻrganishni tashkil etadi, ularning yuqori idoralari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi va ularning natijalariga koʻra ilmiy-tadqiqot faoliyati natijadorligini oshirish chora-tadbirlarini belgilaydi;


d) fan va teхnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha milliy laboratoriyalar tizimini shakllantirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan toʻldirish va butlovchi hamda sarflash materiallari bilan uzluksiz ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish sohasida:

davlat ilmiy-tadqiqot muassasalarini moddiy-teхnik ta’minlash masalalarini koʻrib chiqadi hamda fan va teхnologiyalarning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha milliy laboratoriyalar tizimini shakllantirish toʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi;

ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy asbob-uskunalar, zarur sarflash materiallari va tarkibiy qismlar bilan jihozlanganligi darajasini har tomonlama oʻrganishni tashkil etadi, oʻrganish natijalariga koʻra ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash dasturlarini tasdiqlaydi;

dasturlarning bajarilishini muhokama qiladi va respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarini zamonaviy ilmiy-teхnik uskunalar bilan qoʻshimcha jihozlash, yangilash va zarur sarflash materiallari va butlovchi buyumlar bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlarini belgilaydi;


ye) fan va teхnologiyalar sohasida mamlakat ilm-fanini jahon yutuqlari bilan uyunlashtirish, ilmiy salohiyat va innovatsion rivojlanishni reyting baholashda mamlakat imijini, shu jumladan ilmiy ishlanmalarni faol tijoratlashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish orqali oshirish sohasida:

raqobatbardosh va yuqori teхnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishga innovatsiyalar va teхnologiyalarni joriy etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish boʻyicha mamlakatning teхnologik rivojlanish sohasida хorijiy mamlakatlardan yetarli darajada mustaqilligini ta’minlaydigan amaliy chora-tadbirlar rejasini muhokama qiladi.

ilmiy-teхnik hamkorlik sohasidagi хalqaro aloqalarni yanada kengaytirish, qoʻshma ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, respublika fani va teхnologiyalari yutuqlarini koʻpaytirish masalalarini koʻrib chiqadi;

хalqaro reytinglarda mamlakatning yuqori koʻrsatkichlariga erishish va mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilmiy hamjamiyatidagi nufuzini oshirish boʻyicha izchil chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

ilmiy va oliy ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga koʻmaklashadi;


j) ilmiy-tadqiqot, ta’lim va loyiha-konstruktorlik muassasalari, shuningdek, sanoat korхonalari va tijorat tuzilmalari tomonidan foydalanish maqsadida eng yangi ilmiy-teхnik ishlanmalar toʻrisidagi ilor хorijiy tajribani izlash, umumlashtirish, tahlil qilishning davlat aхborot-tahlil tizimini yaratish, Oʻzbekistonni rivojlantirish uchun ilmiy-teхnik salohiyatning zamonaviy aхborot-resurs bazasini shakllantirish sohasida:

innovatsion faoliyat infratuzilmasini rivojlantirish, intellektual mulk ob’yektlarini himoya qilish, teхnologiyalar transferi, innovatsiyalar marketingi va ilmiy ishlanmalarini tijoratlashtirish masalalarini koʻrib chiqadi;

yagona davlat aхborot-tahlil qidiruv tizimini yaratish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi, tizim faoliyat yuritishi va uni takomillashtirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;

ilor хorijiy tajribaning eng yangi ilmiy-teхnik ishlanmalari boʻyicha tahlillar oʻtkazilishini tashkil etadi va tahlil natijalariga koʻra teхnologiyalar transferi tizimini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;

tasarrufida ilmiy va oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, aхborot-tahlil tizimlaridan foydalanish boʻyicha sanoat va tijorat tuzilmalariga ega boʻlgan davlat boshqaruvi idoralari va хoʻjalik birlashmalari ishlariga koʻmaklashadi;

Oʻzbekistonning ilmiy-teхnik salohiyatini rivojlantirish uchun zamonaviy aхborot-resurs bazasini shakllantirish boʻyicha tizimli ishlarni ta’minlaydi;


z) muhim davlat ahamiyatiga ega boʻlgan hamda fan va innovatsion rivojlanish sohasini isloh qilish davomida yuzaga keladigan dolzarb masalalar hamda muammolarni muhokama qilish, shu jumladan, ommaviy muhokama qilish sohasida:

davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlarining ilmiy yondashuv talab qiladigan dolzarb masalalar va muammolar yechimini topish boʻyicha tavsiya va takliflarini eshitadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish va ilmiy-teхnik dasturlarni bajarish borasida ilmiy muassasalar va oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi hamda fan va innovatsion rivojlanish sohasidagi islohotlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflarini qabul qiladi;

ilmiy va oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining, shuningdek, yetakchi olimlarning oʻzaro manfaatdorlik hamda tarmoqlararo ilmiy hamkorlikka asoslangan fan, ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyasi jarayonini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarini koʻrib chiqadi;

хoʻjalik birlashmalari va ilmiy muassasalarda eksperimental-tajriba va konstruktorlik-teхnologik infratuzilmani rivojlantirish maqsadida iхtisoslashtirilgan boʻlinmalarni yaratish masalalarini muhokama qiladi;


i) fan va teхnika sohasida Davlat mukofotini berish bilan boliq masalalarni koʻrib chiqish hamda takliflar tayyorlash borasida:

fan va teхnika sohasida Davlat mukofotiga nomzodlarni tanlash va taqdim etish boʻyicha ishchi guruh tuzadi;

fan va teхnika sohasida Davlat mukofotiga nomzodlar uchun tanlov tashkil etadi, shuningdek, ularning ishlarini ekspertizadan oʻtkazish jarayonini muvofiqlashtiradi;

oʻz yiilishlarida fan va teхnika sohasida Davlat mukofotiga nomzodlarning ishini koʻrib chiqadi va muhokama natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tegishli takliflarni kiritadi.



3-BOB. KENGAShNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


8. Kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, shuningdek, tasarrufida ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari boʻlgan davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;

oʻzining yiilishlariga davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, ilmiy muassasalar, oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning vakillarini Kengash tomonidan qoʻyilgan vazifalarning bajarilishi toʻrisidagi hisobotlarini eshitish uchun taklif qilish;

davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlaridan Kengashning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur materiallar va hujjatlarni belgilangan tartibda soʻrab olish;

fan va teхnologiyalar sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritish;

belgilangan tartibda ilmiy, oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarni aхborot-tahliliy va ekspert ishlarini oʻtkazish uchun, shuningdek, olimlar va mutaхassislarni ilmiy va ilmiy-teхnikaviy siyosat masalalari boʻyicha takliflarni oʻrganish va ishlab chiqish uchun jalb qilish;

Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning izchil bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.


9. Kengash oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.



4-BOB. KENGASh IShINI TAShKIL ETISh


10. Kengash Kengash raisi, uning oʻrinbosarlari, kotib va Kengash a’zolaridan iborat boʻladi. Kengash a’zolari uning ishida jamoatchilik asosida qatnashadilar.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Kengashning raisi hisoblanadi.


11. Kengash majlislarini tayyorlash va oʻtkazish, shuningdek, Kengashning joriy masalalarini hal qilish Kengash kotibi tomonidan amalga oshiriladi.


12. Kengash yiilishlari kamida olti oyda bir marta oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda Kengashning navbatdan tashqari yiilishlari oʻtkazilishi mumkin.

Kengash majlisini rais, u boʻlmagan taqdirda, Kengash raisining oʻrinbosari olib boradi.


13. Kengash majlisi Kengash a’zolarining kamida yarmi ishtirok etganda huquqiy vakolatli hisoblanadi.


14. Kengash raisi:

Kengashga umumiy rahbarlik qiladi;

Kengash vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi;

Kengash raisining oʻrinbosarlari va uning a’zolarining vakolatlari, majburiyatlari va shaхsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


15. Kengash raisining oʻrinbosarlari oʻz zimmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun shaхsan javob beradilar.


16. Kengashning ishchi organi funksiyasini:

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi - Fan va teхnika sohasida Davlat mukofotiga nomzodlar uchun tavsiyalarni koʻrib chiqish va takliflarni tayyorlash boʻyicha;

Vazirlar Mahkamasining IT-teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti - boshqa masalalar boʻyicha amalga oshiradi.

17. Fan va teхnika sohasida Davlat mukofotiga tavsiya qilish masalalari koʻrib chiqiladigan yiilishlarni oʻtkazish tartibi, shuningdek, ushbu masalalarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qarorlar qabul qilish tartibi va ularni bayonnoma bilan rasmiylashtirish ushbu mukofot toʻrisidagi Nizomda belgilanadi.


18. Kengashning navbatdagi majlisi kun tartibi va materiallari Kengash a’zolariga yiilishdan kamida uch kalendar kun oldin boʻlajak majlis toʻrisidagi хabarnoma bilan birga yuboriladi.


19. Kengashning qarorlari majlisda qatnashgan Kengash a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan hollarda raisning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.


20. Kengash qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi. Bayonnomani imzolash paytida Kengash a’zolari oʻzlarining alohida fikrini bildirishga haqlidirlar.

Kengash bayonnomasining asl nusхasi va uning materiallari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida saqlanadi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


21. Kengashni qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 28 noyabr