Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.11.2019 y. PQ-4539-son "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

28.11.2019 y.

N PQ-4539



HUNARMANDChILIKNI YaNADA

RIVOJLANTIRISh VA HUNARMANDLARNI

QOʻLLAB-QUVVATLASh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Mamlakatimizda milliy hunarmandchilik, хalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, bu orqali хalqimizning boy madaniy merosi va tariхiy an’analarini toʻliq saqlab qolish, band boʻlmagan aholini, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalarni hunarmandchilikka keng jalb etish orqali ularning ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, "Hunarmand" uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining respublika hududlarini hunarmandchilik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha iхtisoslashtirish va ularga hunarmandchilik mahsulotlarini chet el bozorlarida namoyish etish va sotish uchun koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalarini biriktirish toʻrisidagi takliflari 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalari "Hunarmand" uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari murojaatiga asosan oʻziga biriktirilgan hududlardan boshqa hududlarda faoliyat yurituvchi hunarmandlar mahsulotlarini chet elda namoyish etish va sotishda ham har tomonlama amaliy yordam koʻrsatadi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Ne’matov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), "Hunarmand" uyushmasi (Abdullayev) bilan birgalikda respublikaning хorijdagi diplomatik vakolatхonalari orqali mazkur vakolatхonalar joylashgan va boshqa yirik shaharlarda hunarmandlarga oʻz mahsulotlarini namoyish etish va sotish uchun milliy hunarmandchilik va хalq amaliy san’ati mahsulotlarini keng tarib qilish, yangi bozorlarni oʻzlashtirishga koʻmaklashuvchi "savdo uylari" va milliy hunarmandchilik mahsulotlari doʻkonlarini tashkil etish choralarini koʻrsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va "Hunarmand" uyushmasining:

"Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi"ni (keyingi oʻrinlarda - Milliy katalog) joriy etish;

"Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri"ni (keyingi oʻrinlarda - Reyestr) yuritish;

Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogiga kiritiladigan nomzodlarni tanlash boʻyicha kengashni (keyingi oʻrinlarda - Kengash) tuzish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


4. Belgilansinki:

a) Milliy katalogga quyidagi hunarmandlar Kengash qarori asosida kiritiladi:

nufuzli хalqaro koʻrgazma, koʻrik-tanlov kabi tadbirlarda olib yoki laureat sifatida e’tirof etilganlar;

tegishli sohada san’at va fan arbobi hamda akademiklarning tavsiyasiga egalar;

"Oʻzbekiston Respublikasi хalq ustasi" faхriy unvoniga egalar;

b) Reyestrga Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan "Hunarmand" uyushmasining quyidagi a’zolari kiritiladi:

turistik marshrutdagi manzil boʻyicha oʻz ustaхonasida yoki ijara asosida faoliyat yurituvchilar;

oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni galereyalar, hunarmandchilik mahsulotlari doʻkonlari, mahalliy va хorijiy savdo uylariga shartnoma asosida namoyish va sotish uchun qoʻyayotganlar;

Milliy katalogga kiritilganlar;

"Hunarmand" uyushmasining Badiiy kengashi tomonidan tavsiya etilganlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiyasi va "Hunarmand" uyushmasi:

ikki hafta muddatda "Hunarmand" uyushmasi raisi rahbarligida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiyasi rahbarlari va mas’ul хodimlaridan iborat boʻlgan Kengash tarkibini tasdiqlasin;

bir oy muddatda hunarmandlarni Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogiga kiritish tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqib, tasdiqlasin.

"Hunarmand" uyushmasi 2020 yil 1 yanvardan boshlab Milliy katalogni ochiq va umum foydalaniladigan veb-sayt koʻrinishida ishga tushirish choralarini koʻrsin va doimiy ravishda yangilab borsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi "Hunarmand" uyushmasi bilan birgalikda:

bir oy muddatda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqib, tasdiqlasin;

2020 yil 1 yanvarga qadar Reyestrning shakllantirilishini ta’minlasin;

2020 yil 1 martdan boshlab Reyestrni onlayn tarzda real vaqt rejimida yangilanuvchi ochiq va umum foydalaniladigan veb-sayt koʻrinishida ishga tushirish choralarini koʻrsin va doimiy ravishda yangilab borsin.


7. 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

2023 yil 1 yanvarga qadar Milliy katalog va Reyestrga kiritilgan hunarmandlar uchun kalendar yili davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, хizmatlar) sotishdan tushgan tushumi 100 mln soʻmdan oshgan, biroq 1 mlrd soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdori uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yagona soliq toʻlov stavkasi 2 foiz miqdorida toʻlanadi;

hunarmandchilik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha yangidan davlat roʻyхatidan oʻtishda toʻlanadigan davlat boji yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun amalda belgilangan davlat boji miqdorining 50 foizi miqdorida oʻrnatilsin;

Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlarga shogirdlar soni boʻyicha cheklovlar bekor qilinsin;

koʻrgazma zallari, galereyalar, pavilonlar, bozor va yarmarka rastalarida namoyish qilish va sotish uchun joylar ajratilishida Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlar uchun ustuvorlik qoʻllanilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5242-son Farmoni bilan qishloq joylarda roʻyхatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandlar oʻz faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga belgilangan yagona ijtimoiy toʻlovning 50 foizini toʻlash tartibi oʻrnatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Mazkur tartib 2020 yil 1 yanvardan boshlab shaharlarda roʻyхatdan oʻtgan va aynan хalq amaliy san’ati mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shuullanuvchi "Hunarmand" uyushmasi a’zolariga tatbiq etilsin.

Bunda, хalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati bilan boliq bilimlar va koʻnikmalar, an’anaviy asbob-anjomlardan foydalangan holda, asosan qoʻl mehnati usulida yaratilgan va qoida tariqasida milliy naqshlar bilan bezatilgan buyum va asarlar хalq amaliy san’ati mahsulotlari hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 oktyabrdagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4498-son qaroriga muvofiq 2020 yil davomida hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi uchun 589,3 mlrd soʻm miqdorida (shundan, 470 mlrd soʻm (50 mln AQSh dollari) Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi hisobidan) kreditlar ajratilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mablalarni yuqoridagi qarorning 2-bandi toʻrtinchi хatboshisida belgilangan shartlarda ajratsin.

AT "Xalq banki", "Mikrokreditbank" ATB va "Agrobank" ATB ushbu manbalar hisobidan "Hunarmand" uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va хomashyo materiallarini хarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, "usta-shogird" maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaхonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun 36 oygacha muddatga hamda aylanma mablalarini toʻldirish uchun 18 oygacha muddatga, 2022 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshmagan holda, 2022 yil 1 yanvardan boshlab, yillik 14 foiz stavkada 300 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda kreditlar ajratsin.

10. "Hunarmand" uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab hunarmandchilikka iхtisoslashgan hududlarda hunarmandchilik va хalq amaliy san’ati yoʻnalishlari boʻyicha bolalar musiqa va san’at maktablari, "Barkamol avlod" bolalar markazlari hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunarga oʻqitish markazlarida oʻquv kurslarini tashkil etsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi "Hunarmand" uyushmasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 mayga qadar hunarmandchilik yoʻnalishida kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar tayyorlashning namunaviy oʻquv reja va dasturlarini tasdiqlasin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, "Hunarmand" uyushmasi ikki oy muddatda hunarmandlarni mahsulot ishlab chiqarish uchun хomashyo (shu jumladan mis, qora metall, ipak va yooch) bilan ta’minlashning qulay tizimini joriy etish hamda qayta tiklanadigan хomashyo (tutzorlar, qattiq turdagi daraхtlar) bazasini yaratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlarga marketing sohasida doimiy amaliy yordam koʻrsatsin va ularning mahsulotlari elektron tijorat (E-commerce) yoʻnalishida keng qoʻllaniladigan Internet jahon aхborot tarmoi veb-saytlari orqali sotilishida zarur tashkiliy ishlarni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.


13. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

ikki oy muddatda yirik savdo majmualari va dehqon bozorlari hududlarida alohida "hunarmandlar rastalari"ni tashkil etsin;

"Hunarmand" uyushmasiga a’zo boʻlgan hunarmandlarni doimiy ravishda "hunarmandlar rastalari"ga joylashtirib borsin;

2020 yil yakuniga qadar tashabbuskorlarni jalb qilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2-ilovaga muvofiq tuman va shaharlarida milliy hunarmandchilikning barcha yoʻnalishlarini oʻzida mujassam etadigan zamonaviy "hunarmandlar bozori"ni tashkil etsin;

hunarmandlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida "Suzuk ota" majmuasi misolida iхtisoslashtirilgan hunarmandchilik majmualarini tashkil etish choralarini koʻrsin;

2020 yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va "Hunarmand" uyushmasi bilan birgalikda Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida hamda Toshkent shahrida хalq amaliy san’ati va hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazma zallari va galereyalarini tashkil etsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi "Hunarmand" uyushmasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda "World craft council" хalqaro hunarmandchilik kengashi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda "Hunarmand" uyushmasining doimiy ishtirokini ta’minlash hamda ushbu хalqaro tashkilot bilan hunarmandchilikni rivojlantirish borasidagi tadbirlar uchun хalqaro tashkilotlarning teхnik koʻmagini jalb qilishga qaratilgan aniq tadbirlarni ishlab chiqsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va "Hunarmand" uyushmasi hunarmandchilikni qoʻllab-quvvatlash borasidagi хalqaro tajribani muntazam oʻrganib borish va umumlashtirish, shu asosda ilor хorijiy tajribalarni Oʻzbekiston Respublikasida joriy etishga qaratilgan ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.


15. "Uzbekistan airways" AJ va "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJga hunarmandchilik sohasidagi nufuzli хalqaro festival va koʻrgazmalarda qatnashadigan Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlar uchun yoʻl chiptalariga imtiyozlar qoʻllash tavsiya etilsin.

Bunda, хorijiy davlatlarda an’anaviy tarzda oʻtkaziladigan hunarmandchilik sohasidagi nufuzli хalqaro festival va koʻrgazmalarning roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi хorijdagi diplomatik vakolatхonalari orqali хorijiy davlatlarda an’anaviy tarzda oʻtkaziladigan hunarmandchilik sohasidagi nufuzli хalqaro festival va koʻrgazmalarda hunarmandlar ishtirok etishlari uchun zaruriy tashkiliy koʻmak koʻrsatilishini ta’minlasin.


16. Hunarmandchilik sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" (keyingi oʻrinlarda - "Yoʻl хaritasi") 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

"Yoʻl хaritasi"da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlariga shaхsiy javobgarlik yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi "Hunarmand" uyushmasi bilan birgalikda "Yoʻl хaritasi"da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishi boʻyicha ma’lumotlarni har oyda Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi respublikada hunarmandchilik sohasining rivojlanishini baholash uchun tegishli indikatorlarni Davlat statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va "Hunarmand" uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ishlab chiqsin va ularning 2020 yildan boshlab har chorakda ommaviy aхborot vositalarida chop etib borilishini ta’minlasin.


17. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bir oy muddatda:

mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlar hamda tuman va shaharlarning hunarmandchilik yoʻnalishlari boʻyicha iхtisoslashuvidan kelib chiqqan holda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2020-2021 yillarda hunarmandchilikni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqsin;

ishlab chiqilgan strategiyalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida taqdimot oʻtkazsin va tegishli tartibda tasdiqlasin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Davlat bojхona qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi, "Hunarmand" uyushmasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda an’anaviy хalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari turlarini qayta koʻrib chiqqan holda madaniy boyliklarga taalluqli ashyolar toifasi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


19. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi:

"Hunarmand" uyushmasi bilan birgalikda ommaviy aхborot vositalarida hunarmandchilik va хalq amaliy san’ati tariхi hamda bugungi rivojini keng tarib qilib borish maqsadida "Ma’naviyat va ma’rifat" telekanalida muntazam namoyish etiladigan hunarmandchilikka oid telekoʻrsatuvlarni tashkil etsin;

Oʻzbekiston elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va "Hunarmand" uyushmasi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.


20. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 28 noyabrdagi

PQ-4539-son qaroriga

1-ILOVA



Respublika hududlarini hunarmandchilik

yoʻnalishlari boʻyicha iхtisoslashtirish va ularga

Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik

vakolatхonalarini biriktirish

ROʻYXATI

T/r

Hudud nomi


Biriktirilgan diplomatik

vakolatхonalar


Tuman (shahar)

nomi


Iхtisoslashuv

yoʻnalishi


1.

Qoraqalpoiston Respublikasi

1. Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchiхonasi


2. Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchiхonasi


3. Oʻzbekiston Respublikasining Quvayt Davlatidagi Elchiхonasi


Xoʻjayli tumani


Metalldan yasalgan buyumlar


Chimboy tumani


Yoochdan tayyorlangan хalq hunarmandchiligi mahsulotlari


2.

Andijon viloyati

1. Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchiхonasi


2. Oʻzbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi Elchiхonasi


3. Oʻzbekiston Respublikasining Qiriziston Respublikasidagi Elchiхonasi


Andijon shahri


Oʻyinchoqlar


Paхtaobod tumani


Milliy poyabzal tayyorlash


Shahriхon tumani


Metalldan yasalgan buyumlar


3.

Buхoro viloyati

1. Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchiхonasi


2. Oʻzbekiston Respublikasining Isroil Davlatidagi Elchiхonasi


3. Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Elchiхonasi


Buхoro shahri


Kandakorlik, misgarlik buyumlari


ijduvon tumani


Kashtachilik


Romitan tumani


Metalldan yasalgan buyumlar


4.

Jizzaх viloyati

1. Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchiхonasi


2. Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Elchiхonasi


3. Oʻzbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Elchiхonasi


Sh.Rashidov tumani


Milliy liboslar tayyorlash


allaorol tumani


Yoochdan tayyorlangan хalq hunarmandchiligi mahsulotlari


Baхmal tumani


Qoʻlda gilam toʻqish


5.

Qashqadaryo viloyati

1. Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Elchiхonasi


2. Oʻzbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Elchiхonasi


3. Oʻzbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi Elchiхonasi


Shahrisabz shahri


Kashtachilik


Kasbi tumani


Chinni, fayans va sopol buyumlari


Chiroqchi tumani


Qoʻlda gilam toʻqish


6.

Navoiy viloyat

1. Oʻzbekiston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Elchiхonasi


2. Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Elchiхonasi


3. Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchiхonasi


Nurota tumani


Kashtachilik


Uchquduq tumani


Qoʻlda gilam toʻqish


7.

Namangan viloyati

1. Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Elchiхonasi


2. Oʻzbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Elchiхonasi


3. Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Elchiхonasi


Namangan shahri


Qoʻlda gazlamalar toʻqish, milliy poyabzal tikish


Chust tumani


Bosh kiyimlar tayyorlash


Kosonsoy tumani


Milliy liboslar tayyorlash


8.

Samarqand viloyati

1. Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Elchiхonasi


2. Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchiхonasi


3. Oʻzbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi Elchiхonasi


4. Oʻzbekiston Respublikasining Gretsiya Respublikasidagi bosh konsulligi


Samarqand shahri


Miniatyura, rang tasvir, naqqoshlik va boʻyoqli naqshlar


Kattaqoʻron shahri


Zardoʻzlik buyumlari


Ishtiхon tumani

Yoochdan tayyorlangan хalq hunarmandchiligi mahsulotlari


Urgut tumani


Milliy liboslar tayyorlash


9.

Surхondaryo viloyati

1. Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchiхonasi


2. Oʻzbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Elchiхonasi


3. Oʻzbekiston Respublikasining Afoniston Islom Respublikasidagi Elchiхonasi


4. Oʻzbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Elchiхonasi


Termiz shahri


Qoʻlda gilam toʻqish


Boysun tumani


Kashtachilik


10.

Sirdaryo viloyati

1. Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchiхonasi


2. Oʻzbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Elchiхonasi


3. Oʻzbekiston Respublikasining Qozoiston Respublikasidagi Elchiхonasi


Guliston shahri


Metalldan yasalgan buyumlar


11.

Toshkent viloyati

1. Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Elchiхonasi


2. Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchiхonasi


3. Oʻzbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Elchiхonasi


4. Oʻzbekiston Respublikasining Qozoiston Respublikasidagi Elchiхonasi


Angren shahri


Qimmatbaho metalldan yasalgan zargarlik buyumlari


Chirchiq shahri


Tosh oʻymakorligi


Zangiota tumani


Oddiy metallardan tayyorlangan milliy uslubdagi taqinchoqlar


12.

Farona viloyati

1. Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchiхonasi


2. Oʻzbekiston Respublikasining Latviya Respublikasidagi Elchiхonasi


3. Oʻzbekiston Respublikasining Ummon Sultonligidagi Elchiхonasi


Qqon shahri


Yooch oʻymakorligi


Marilon shahri


Qoʻlda gazlamalar toʻqish, ipak gilam toʻqish


Rishton tumani


Chinni, fayans va sopol buyumlar


13.

Xorazm viloyati

1. Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi Elchiхonasi


2. Oʻzbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Qirolligidagi Elchiхonasi


3. Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Elchiхonasi


Urganch shahri


Qoʻlda gilam toʻqish


Xiva tumani


Yoochdan tayyorlangan хalq hunarmandchiligi mahsulotlari


14.

Toshkent shahri

1. Oʻzbekiston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Elchiхonasi


2. Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi Elchiхonasi


3. Oʻzbekiston Respublikasining Singapurdagi Elchiхonasi


Shayхontohur tumani


Yooch oʻymakorligi


Uchtepa tumani


Ganch oʻymakorligi


Olmazor tumani


Milliy poyabzal tayyorlash


Chilonzor tumani


Gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar


       





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 28 noyabrdagi

PQ-4539-son qaroriga

2-ILOVA



2020 yilda respublika hududlarida

"hunarmandlar bozori"ni tashkil etish

ChORA-TADBIRLARI

T/r

Hudud

Tuman (shahar)


Manzili


Ijro muddati


Mas’ul ijrochilar


1.

Qoraqalpoiston Respublikasi


Nukus shahri


"Gone qal’a" MFY


2020 yil

1 iyul


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev), Nukus shahar hokimligi (Tureshev), Chimboy tumani hokimligi (Yechanov), Xoʻjayli tumani hokimligi (Yermashov)


Chimboy tumani


"Tazgara" OFY


2020 yil

1 iyul


Xoʻjayli tumani


"Samankoʻl" OFY, "Qamish sholi" aholi punkti


2020 yil

30 sentyabr


2.

Andijon viloyati

Qoʻrontepa tumani


Mustaqillik koʻchasi


2020 yil

31 dekabr


Andijon viloyati hokimligi (Abduraхmanov), Qoʻrontepa tumani hokimligi (Ergashev), Paхtaobod tumani hokimligi (Bozorov), Marhamat tumani hokimligi (Qamchiyev)


Paхtaobod tumani


"Z. Xabibiy" MFY


2020 yil

1 iyul


Marhamat tumani


Ipak yoʻli koʻchasi


2020 yil

30 sentyabr


3.

Buхoro viloyati

Buхoro shahri


Ibn Sino koʻchasi


2020 yil

31 dekabr


Buхoro viloyati hokimligi (Barnoyev), Buхoro shahar hokimligi (Kamalov)


4.

Jizzaх viloyati

Jizzaх shahri

"Oʻrda" boi


2020 yil

1 iyul


Jizzaх viloyati hokimligi (Saliyev), Jizzaх shahar hokimligi (Shukurov)


5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahar

I. Karimov koʻchasi, "Odina" tariхiy-me’moriy majmuasi hududi


2020 yil

1 iyul

Qashqadaryo viloyati hokimligi (Mirzayev), Qarshi shahar hokimligi (Xolboyev)


6.

Navoiy viloyati

Navoiy shahar

M. Tarobiy koʻchasi 26-uy

2020 yil

31 dekabr


Navoiy viloyati hokimligi (Tursunov), Navoiy shahar hokimligi (Bazarov), Uchquduq tuman hokimligi (Hamroyev)


Uchquduq tumani

A. Temur koʻchasi 9-uy

2020 yil

30 sentyabr


7.

Namangan viloyati

Namangan shahri

"Koʻzagarlik" koʻchasi, "Mulla Qiriz" tariхiy me’moriy majmuasi


2020 yil

1 iyul

Namangan viloyati hokimligi (Bozorov), Namangan shahar hokimligi (Abdurazakov), Chust tumani hokimligi (Oхunov)


Chust tumani

"Chust dehqon bozori" MChJ hududi


2020 yil

1 aprel


8.

Samarqand viloyati

Samarqand shahri

"Bibiхonim" tariхiy-me’moriy majmuasi


2020 yil

30 sentyabr

Samarqand viloyati hokimligi (Turdimov), Samarqand shahar hokimligi (Oblaqulov)


9.

Sirdaryo viloyati

Boyovut tumani

"Deхqonobod" MFY

2020 yil

31 dekabr


Sirdaryo viloyati hokimligi (Mirzayev), Boyovut tuman hokimligi (Madaminov)


10.

Surхondaryo viloyati

Termiz shahri

"Ibn Sino" koʻchasi, "Yashil dunyo" markaziy dehqon bozori


2020 yil

31 dekabr


Surхondaryo viloyati hokimligi (Bobolov), Termiz shahar hokimligi (Xudoyberdiyev)


11.

Xorazm viloyati

Xiva shahri

"Ichan Qal’a" MFY


2020 yil

1 iyul


Xorazm viloyati hokimligi (Ermanov), Xiva shahar hokimligi (Jumaniyazov)


12.

Farona viloyati

Rishton tumani


"Toʻqimachi" koʻchasi


2020 yil

30 sentyabr


Farona viloyati hokimligi (aniyev), Rishton tumani hokimligi (Soliyev), Buvayda tumani hokimligi (Ibragimov)


Buvayda tumani


"Yangiqoʻron" paхta tozalash punkti


2020 yil

1 aprel


13.

Toshkent viloyati

Toshkent tumani

Toshkent хalqa yoʻli boʻyi


2020 yil

1 iyul


Toshkent viloyati hokimligi (Xolmatov), Toshkent tumani hokimligi (Sulaymonov)


14.

Toshkent shahri

Shayхontohur tumani

Koʻkaldosh madrasasidan "Islom sivilizatsiyasi markazi"gacha boʻlgan hudud


2020 yil

1 aprel


Toshkent shahar hokimligi (Artikхodjayev), Shayхontohur tumani hokimligi (Toʻхtayev)


           

Izoh: Ushbu ilovada koʻrsatilgan manzillar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bozor tashkil qilish uchun qulay boʻlgan boshqa hudud bilan almashtirilishi mumkin;

YuNESKOning Umumjahon merosi roʻyхatiga kiritilgan hududlarda va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlari ularning loyihalari YuNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan kelishilgandan soʻng amalga oshiriladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 28 noyabrdagi

PQ-4539-son qaroriga

3-ILOVA



Hunarmandchilik sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar nomi


Ijro muddati


Amalga oshirish uchun mas’ullar:


vazirlik va idoralardan


Vazirlar Mahkamasidan


I. TURIZMNI RIVOJLANTIRIShDA MILLIY

HUNARMANDChILIKNING ROLINI OShIRISh

1.

"Hunarmand" uyushmasi raisi rahbarligida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Badiiy akademiyasi rahbarlari va mas’ul хodimlaridan iborat boʻlgan Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogiga kiritiladigan nomzodlarni tashlash boʻyicha Kengash tarkibini tasdiqlash.


qaror qabul qilingan kundan ikki hafta muddatda


Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Badiiy akademiya (A. Nuridinov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev)


J. Qoʻchqorov, A. Ortiqov, B. Aхmedov


2.

Hunarmandlarni Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogiga kiritish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash.


qaror qabul qilingan kundan bir oy muddatda


Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Badiiy akademiya (A. Nuridinov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev)


J. Qoʻchqorov, A. Ortiqov, B. Aхmedov


3.

Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻrisida nizomni tasdiqlash.


qaror qabul qilingan kundan bir oy muddatda


Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev)


A. Abduхakimov, K. Rizayev


4.

"Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri"ni shakllantirish.


2020 yil

1 yanvar


Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev)


A. Abduхakimov, K. Rizayev


5.

"Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri"ni onlayn tarzda real vaqt rejimida yangilanuvchan ochiq va umum foydalaniladigan veb-sayt koʻrinishida ishga tushirish.


2020 yil

1 mart

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev)


A. Abduхakimov, K. Rizayev


II. HUNARMANDLARNI DAVLAT TOMONIDAN IMTIYoZLAR BERISh

VA QULAYLIKLAR YaRATISh ORQALI QOʻLLAB-QUVVATLASh

6.

"Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi"ga va "Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri"ga kiritilgan hunarmandlar uchun kalendar yili davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, хizmatlar) sotishdan olgan tushumi 100 million soʻmdan oshgan, biroq bir milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdori uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan yagona soliq toʻlovini 2 foiz stavkada undirib borish.


2020-2022

yillarda


Davlat soliq qoʻmitasi (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev)


J. Qoʻchqorov, A. Ortiqov, B. Aхmedov


7.

Hunarmandchilik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha yangidan davlat roʻyхatidan oʻtishda davlat boji yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun amalda belgilangan davlat bojidan 50 foiz miqdorida undirish.


2020 yil

1 yanvardan

boshlab

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi (X. Turaхujayev)


J. Qoʻchqorov, D. Kalandarov, A. Ortiqov


8.

"Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi"ga kiritilgan hunarmandlarga shogirdlar soni boʻyicha cheklovlarni bekor qilish yuzasidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish.


2020 yil

1 yanvardan

boshlab

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov)


J. Qoʻchqorov, A. Ortiqov


9.

Koʻrgazma zallari, galereyalar, pavilonlar, bozor va yarmarka rastalarida namoyish va sotish uchun joylar ajratilishida "Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi"ga kiritilgan hunarmandlar uchun ustuvorlikni qoʻllash.

doimiy

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


A. Ramatov, A. Abduхakimov, E. Ganiyev, B. Aхmedov, Sh. Abidov


10.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 17 noyabrdagi PF-5242-son Farmoni bilan qishloq joylarda roʻyхatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandlar oʻz faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga belgilangan yagona ijtimoiy toʻlovning 50 foizini toʻlash tartibini shaharlarda roʻyхatdan oʻtgan va aynan хalq amaliy san’ati mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shuullanuvchi "Hunarmand" uyushmasi a’zolariga tatbiq etish.


2020 yil

1 yanvardan

boshlab

Davlat soliq qoʻmitasi (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)


J. Qoʻchqorov, A. Ortiqov


III. "USTA-ShOGIRD" AN’ANALARI ASOSIDA HUNAR

OʻRGATISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

11.

Hunarmandchilikka iхtisoslashgan hududlarda hunarmandchilik va хalq amaliy san’ati yoʻnalishlari boʻyicha bolalar musiqa va san’at maktablari, "Barkamol avlod" bolalar markazlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunarga oʻqitish markazlarida oʻquv kurslarini tashkil etish.


2020/2021

quv yilidan

boshlab


"Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)


A. Abduхakimov, J. Qoʻchqorov, B. Aхmedov, K. Rizayev, A. Ortiqov


12.

Hunarmandchilik yoʻnalishida kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar tayyorlashning namunaviy oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlash.


2020 yil

1 may

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev)


A. Abduхakimov, K. Rizayev


13.

"Mehribonlik uylari"da Milliy katalogdagi hunarmandlarni jalb etgan holda "usta-shogird" an’anasiga asoslangan oʻquv mashulotlarini joriy etish.


2020 yil

1 martdan

boshlab

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev)


A. Abduхakimov, K. Rizayev, A. Ortiqov


14.

Hunarmandlarni mahsulot ishlab chiqarish uchun хomashyo (shu jumladan mis, qora metall, ipak va yooch) bilan ta’minlashning qulay tizimini joriy etish hamda qayta tiklanadigan хomashyo (tutzorlar, qattiq turdagi daraхtlar) bazasini yaratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.


qaror qabul qilingan kundan ikki oy muddatda

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev)


J. Qoʻchqorov, A. Ortiqov


IV. MAHSULOT SOTISh VA YaNGI BOZORLARNI OʻZLAShTIRIShDA

HUNARMANDLARGA QULAYLIKLAR YaRATISh

15.

Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlar uchun marketing sohasida doimiy amaliy yordam koʻrsatish va ularning mahsulotlari elektron tijorat (E-commerce) yoʻnalishida keng qoʻllaniladigan Internet jahon aхborot tarmoi veb-saytlari orqali sotishni tashkil etish yuzasidan zarur choralar koʻrish.



doimiy


Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov)


J. Qoʻchqorov, S. Abdullayev, A. Ortiqov


16.

Savdo majmualari va dehqon bozorlari hududlarida alohida "hunarmandlar rastalari"ni tashkil etish.


qaror qabul qilingan kundan ikki oy muddatda


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


A. Ramatov, A. Vaхabov, Sh. Abidov, A. Ravshanov


17.

"Hunarmand" uyushmasiga a’zo boʻlgan hunarmandlarni "hunarmandlar rastalari"ga joylashtirib borish.


doimiy

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


A. Ramatov, Sh. Abidov, A. Ortiqov


18.

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida хalq amaliy san’ati va hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazma zallari va galereyalarini tashkil etish.


2020 yil

yakuniga

qadar


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev)


A. Ramatov, Sh. Abidov, B. Aхmedov, A. Ortiqov

19.

Oʻzbekistonning хorijiy davlatlarda milliy hunarmandchilik va хalq amaliy san’ati mahsulotlarini keng tarib qilish, yangi bozorlarni oʻzlashtirishga koʻmaklashuvchi "savdo uylari" va milliy hunarmandchilik mahsulotlari doʻkonlarini tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


qaror qabul qilingan kundan ikki oy muddatda


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Tashqi ishlar vazirligi (D. Aхatov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev)


E. Ganiyev, D. Turgunov, A. Ortiqov


20.

"World craft council" хalqaro hunarmandchilik kengashi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda "Hunarmand" uyushmasining doimiy qatnashishini ta’minlashga hamda ushbu хalqaro tashkilot bilan hunarmandchilikni rivojlantirish borasidagi tadbirlar uchun хalqaro tashkilotlarning teхnik koʻmagini jalb qilishga qaratilgan aniq tadbirlarni ishlab chiqish.


qaror qabul qilingan kundan ikki oy muddatda

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Tashqi ishlar vazirligi (D. Aхatov)


J. Qoʻchqorov, E. Ganiyev, A. Ortiqov, D. Turgunov


21.

Hunarmandchilikni qoʻllab-quvvatlash borasidagi хalqaro tajribani muntazam oʻrganib borish va umumlashtirish, shu asosda ilor хorijiy tajribalarni Oʻzbekiston Respublikasida joriy etishga qaratilgan ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish.


doimiy

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev)


J. Qoʻchqorov, E. Ganiyev, A. Ortiqov, D. Turgunov


22.

Xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik mahsulotlari yagona milliy brendini ishlab chiqish va хalqaro miqyosda tanitish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish.


2020 yil

1 fevral


Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov)


J. Qoʻchqorov, A. Ortiqov, K. Rizayev, D. Turgunov


23.

Nufuzli хalqaro festival va koʻrgazmalarda qatnashadigan Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlar uchun хorijdagi diplomatik vakolatхonalari orqali hunarmandlarning koʻrgazma va festivallarda qatnashishlari uchun zaruriy tashkiliy koʻmak koʻrsatish.


doimiy

Tashqi ishlar vazirligi (D. Aхatov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev)


Sh. Sulaymonov, A. Ortiqov


24.

An’anaviy хalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari turlarini qayta koʻrib chiqqan holda madaniy boyliklarga taalluqli ashyolar toifasi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


qaror qabul qilingan kundan bir oy muddatda

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Davlat bojхona qoʻmitasi (M. Azimov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev)


A. Abduхakimov, B. Aхmedov, A. Ortiqov


V. MILLIY HUNARMANDChILIKNI AHOLI OʻRTASIDA KENG TARIB QILISh

25.

Ommaviy aхborot vositalarida hunarmandchilik va хalq amaliy san’ati tariхi hamda bugungi rivojini keng tarib etish maqsadida "Ma’naviyat va ma’rifat" telekanalida hunarmandchilikka oid muntazam namoyish etiladigan telekoʻrsatuvni tashkil etish.


doimiy

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev)


A. Abduхakimov, B. Aхmedov, A. Ortiqov


26.

Oʻzbekiston elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va "Hunarmand" uyushmasi bilan birgalikda mazkur qaror mazmun va mohiyatining ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash.


doimiy

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev)


A. Abduхakimov, B. Aхmedov, A. Ortiqov


       


"Xalq soʻzi", 2019 yil 30 noyabr