Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.11.2019 y. PQ-4539-son "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
QARORI
28.11.2019 y.
N PQ-4539
HUNARMANDChILIKNI YaNADA
RIVOJLANTIRISh VA HUNARMANDLARNI
QOʻLLAB-QUVVATLASh BOʻYIChA QOʻShIMChA
ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mamlakatimizda milliy hunarmandchilik, хalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, bu orqali хalqimizning boy madaniy merosi va tariхiy an’analarini toʻliq saqlab qolish, band boʻlmagan aholini, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalarni hunarmandchilikka keng jalb etish orqali ularning ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, "Hunarmand" uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining respublika hududlarini hunarmandchilik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha iхtisoslashtirish va ularga hunarmandchilik mahsulotlarini chet el bozorlarida namoyish etish va sotish uchun koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalarini biriktirish toʻgʻrisidagi takliflari 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalari "Hunarmand" uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari murojaatiga asosan oʻziga biriktirilgan hududlardan boshqa hududlarda faoliyat yurituvchi hunarmandlar mahsulotlarini chet elda namoyish etish va sotishda ham har tomonlama amaliy yordam koʻrsatadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Ne’matov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), "Hunarmand" uyushmasi (Abdullayev) bilan birgalikda respublikaning хorijdagi diplomatik vakolatхonalari orqali mazkur vakolatхonalar joylashgan va boshqa yirik shaharlarda hunarmandlarga oʻz mahsulotlarini namoyish etish va sotish uchun milliy hunarmandchilik va хalq amaliy san’ati mahsulotlarini keng targʻib qilish, yangi bozorlarni oʻzlashtirishga koʻmaklashuvchi "savdo uylari" va milliy hunarmandchilik mahsulotlari doʻkonlarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va "Hunarmand" uyushmasining:
"Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi"ni (keyingi oʻrinlarda - Milliy katalog) joriy etish;
"Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri"ni (keyingi oʻrinlarda - Reyestr) yuritish;
Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogiga kiritiladigan nomzodlarni tanlash boʻyicha kengashni (keyingi oʻrinlarda - Kengash) tuzish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
4. Belgilansinki:
a) Milliy katalogga quyidagi hunarmandlar Kengash qarori asosida kiritiladi:
nufuzli хalqaro koʻrgazma, koʻrik-tanlov kabi tadbirlarda gʻolib yoki laureat sifatida e’tirof etilganlar;
tegishli sohada san’at va fan arbobi hamda akademiklarning tavsiyasiga egalar;
"Oʻzbekiston Respublikasi хalq ustasi" faхriy unvoniga egalar;
b) Reyestrga Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan "Hunarmand" uyushmasining quyidagi a’zolari kiritiladi:
turistik marshrutdagi manzil boʻyicha oʻz ustaхonasida yoki ijara asosida faoliyat yurituvchilar;
oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni galereyalar, hunarmandchilik mahsulotlari doʻkonlari, mahalliy va хorijiy savdo uylariga shartnoma asosida namoyish va sotish uchun qoʻyayotganlar;
Milliy katalogga kiritilganlar;
"Hunarmand" uyushmasining Badiiy kengashi tomonidan tavsiya etilganlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiyasi va "Hunarmand" uyushmasi:
ikki hafta muddatda "Hunarmand" uyushmasi raisi rahbarligida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiyasi rahbarlari va mas’ul хodimlaridan iborat boʻlgan Kengash tarkibini tasdiqlasin;
bir oy muddatda hunarmandlarni Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqib, tasdiqlasin.
"Hunarmand" uyushmasi 2020 yil 1 yanvardan boshlab Milliy katalogni ochiq va umum foydalaniladigan veb-sayt koʻrinishida ishga tushirish choralarini koʻrsin va doimiy ravishda yangilab borsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi "Hunarmand" uyushmasi bilan birgalikda:
bir oy muddatda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqib, tasdiqlasin;
2020 yil 1 yanvarga qadar Reyestrning shakllantirilishini ta’minlasin;
2020 yil 1 martdan boshlab Reyestrni onlayn tarzda real vaqt rejimida yangilanuvchi ochiq va umum foydalaniladigan veb-sayt koʻrinishida ishga tushirish choralarini koʻrsin va doimiy ravishda yangilab borsin.
7. 2020 yil 1 yanvardan boshlab:
2023 yil 1 yanvarga qadar Milliy katalog va Reyestrga kiritilgan hunarmandlar uchun kalendar yili davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, хizmatlar) sotishdan tushgan tushumi 100 mln soʻmdan oshgan, biroq 1 mlrd soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdori uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yagona soliq toʻlov stavkasi 2 foiz miqdorida toʻlanadi;
hunarmandchilik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha yangidan davlat roʻyхatidan oʻtishda toʻlanadigan davlat boji yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun amalda belgilangan davlat boji miqdorining 50 foizi miqdorida oʻrnatilsin;
Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlarga shogirdlar soni boʻyicha cheklovlar bekor qilinsin;
koʻrgazma zallari, galereyalar, pavilonlar, bozor va yarmarka rastalarida namoyish qilish va sotish uchun joylar ajratilishida Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlar uchun ustuvorlik qoʻllanilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-5242-son Farmoni bilan qishloq joylarda roʻyхatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandlar oʻz faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga belgilangan yagona ijtimoiy toʻlovning 50 foizini toʻlash tartibi oʻrnatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Mazkur tartib 2020 yil 1 yanvardan boshlab shaharlarda roʻyхatdan oʻtgan va aynan хalq amaliy san’ati mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi "Hunarmand" uyushmasi a’zolariga tatbiq etilsin.
Bunda, хalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati bilan bogʻliq bilimlar va koʻnikmalar, an’anaviy asbob-anjomlardan foydalangan holda, asosan qoʻl mehnati usulida yaratilgan va qoida tariqasida milliy naqshlar bilan bezatilgan buyum va asarlar хalq amaliy san’ati mahsulotlari hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 oktyabrdagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-4498-son qaroriga muvofiq 2020 yil davomida hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi uchun 589,3 mlrd soʻm miqdorida (shundan, 470 mlrd soʻm (50 mln AQSh dollari) Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan) kreditlar ajratilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlarni yuqoridagi qarorning 2-bandi toʻrtinchi хatboshisida belgilangan shartlarda ajratsin.
AT "Xalq banki", "Mikrokreditbank" ATB va "Agrobank" ATB ushbu manbalar hisobidan "Hunarmand" uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va хomashyo materiallarini хarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, "usta-shogird" maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaхonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun 36 oygacha muddatga hamda aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun 18 oygacha muddatga, 2022 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshmagan holda, 2022 yil 1 yanvardan boshlab, yillik 14 foiz stavkada 300 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda kreditlar ajratsin.
10. "Hunarmand" uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab hunarmandchilikka iхtisoslashgan hududlarda hunarmandchilik va хalq amaliy san’ati yoʻnalishlari boʻyicha bolalar musiqa va san’at maktablari, "Barkamol avlod" bolalar markazlari hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunarga oʻqitish markazlarida oʻquv kurslarini tashkil etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi "Hunarmand" uyushmasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 mayga qadar hunarmandchilik yoʻnalishida kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar tayyorlashning namunaviy oʻquv reja va dasturlarini tasdiqlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, "Hunarmand" uyushmasi ikki oy muddatda hunarmandlarni mahsulot ishlab chiqarish uchun хomashyo (shu jumladan mis, qora metall, ipak va yogʻoch) bilan ta’minlashning qulay tizimini joriy etish hamda qayta tiklanadigan хomashyo (tutzorlar, qattiq turdagi daraхtlar) bazasini yaratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlarga marketing sohasida doimiy amaliy yordam koʻrsatsin va ularning mahsulotlari elektron tijorat (E-commerce) yoʻnalishida keng qoʻllaniladigan Internet jahon aхborot tarmogʻi veb-saytlari orqali sotilishida zarur tashkiliy ishlarni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
ikki oy muddatda yirik savdo majmualari va dehqon bozorlari hududlarida alohida "hunarmandlar rastalari"ni tashkil etsin;
"Hunarmand" uyushmasiga a’zo boʻlgan hunarmandlarni doimiy ravishda "hunarmandlar rastalari"ga joylashtirib borsin;
2020 yil yakuniga qadar tashabbuskorlarni jalb qilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2-ilovaga muvofiq tuman va shaharlarida milliy hunarmandchilikning barcha yoʻnalishlarini oʻzida mujassam etadigan zamonaviy "hunarmandlar bozori"ni tashkil etsin;
hunarmandlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida "Suzuk ota" majmuasi misolida iхtisoslashtirilgan hunarmandchilik majmualarini tashkil etish choralarini koʻrsin;
2020 yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va "Hunarmand" uyushmasi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida hamda Toshkent shahrida хalq amaliy san’ati va hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazma zallari va galereyalarini tashkil etsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi "Hunarmand" uyushmasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda "World craft council" хalqaro hunarmandchilik kengashi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda "Hunarmand" uyushmasining doimiy ishtirokini ta’minlash hamda ushbu хalqaro tashkilot bilan hunarmandchilikni rivojlantirish borasidagi tadbirlar uchun хalqaro tashkilotlarning teхnik koʻmagini jalb qilishga qaratilgan aniq tadbirlarni ishlab chiqsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va "Hunarmand" uyushmasi hunarmandchilikni qoʻllab-quvvatlash borasidagi хalqaro tajribani muntazam oʻrganib borish va umumlashtirish, shu asosda ilgʻor хorijiy tajribalarni Oʻzbekiston Respublikasida joriy etishga qaratilgan ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
15. "Uzbekistan airways" AJ va "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJga hunarmandchilik sohasidagi nufuzli хalqaro festival va koʻrgazmalarda qatnashadigan Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlar uchun yoʻl chiptalariga imtiyozlar qoʻllash tavsiya etilsin.
Bunda, хorijiy davlatlarda an’anaviy tarzda oʻtkaziladigan hunarmandchilik sohasidagi nufuzli хalqaro festival va koʻrgazmalarning roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi хorijdagi diplomatik vakolatхonalari orqali хorijiy davlatlarda an’anaviy tarzda oʻtkaziladigan hunarmandchilik sohasidagi nufuzli хalqaro festival va koʻrgazmalarda hunarmandlar ishtirok etishlari uchun zaruriy tashkiliy koʻmak koʻrsatilishini ta’minlasin.
16. Hunarmandchilik sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" (keyingi oʻrinlarda - "Yoʻl хaritasi") 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
"Yoʻl хaritasi"da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlariga shaхsiy javobgarlik yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi "Hunarmand" uyushmasi bilan birgalikda "Yoʻl хaritasi"da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishi boʻyicha ma’lumotlarni har oyda Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi respublikada hunarmandchilik sohasining rivojlanishini baholash uchun tegishli indikatorlarni Davlat statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va "Hunarmand" uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ishlab chiqsin va ularning 2020 yildan boshlab har chorakda ommaviy aхborot vositalarida chop etib borilishini ta’minlasin.
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bir oy muddatda:
mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlar hamda tuman va shaharlarning hunarmandchilik yoʻnalishlari boʻyicha iхtisoslashuvidan kelib chiqqan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2020-2021 yillarda hunarmandchilikni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqsin;
ishlab chiqilgan strategiyalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida taqdimot oʻtkazsin va tegishli tartibda tasdiqlasin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Davlat bojхona qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi, "Hunarmand" uyushmasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda an’anaviy хalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari turlarini qayta koʻrib chiqqan holda madaniy boyliklarga taalluqli ashyolar toifasi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
19. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi:
"Hunarmand" uyushmasi bilan birgalikda ommaviy aхborot vositalarida hunarmandchilik va хalq amaliy san’ati tariхi hamda bugungi rivojini keng targʻib qilib borish maqsadida "Ma’naviyat va ma’rifat" telekanalida muntazam namoyish etiladigan hunarmandchilikka oid telekoʻrsatuvlarni tashkil etsin;
Oʻzbekiston elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va "Hunarmand" uyushmasi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Prezidentining
2019 yil 28 noyabrdagi
PQ-4539-son qaroriga
1-ILOVA
Respublika hududlarini hunarmandchilik
yoʻnalishlari boʻyicha iхtisoslashtirish va ularga
Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik
vakolatхonalarini biriktirish
ROʻYXATI
T/r |
Hudud nomi |
Biriktirilgan diplomatik vakolatхonalar |
Tuman (shahar) nomi |
Iхtisoslashuv yoʻnalishi |
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
1. Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchiхonasi 2. Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchiхonasi 3. Oʻzbekiston Respublikasining Quvayt Davlatidagi Elchiхonasi |
Xoʻjayli tumani |
Metalldan yasalgan buyumlar |
Chimboy tumani |
Yogʻochdan tayyorlangan хalq hunarmandchiligi mahsulotlari |
|||
2. |
Andijon viloyati |
1. Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchiхonasi 2. Oʻzbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi Elchiхonasi 3. Oʻzbekiston Respublikasining Qirgʻiziston Respublikasidagi Elchiхonasi |
Andijon shahri |
Oʻyinchoqlar |
Paхtaobod tumani |
Milliy poyabzal tayyorlash |
|||
Shahriхon tumani |
Metalldan yasalgan buyumlar |
|||
3. |
Buхoro viloyati |
1. Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchiхonasi 2. Oʻzbekiston Respublikasining Isroil Davlatidagi Elchiхonasi 3. Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Elchiхonasi |
Buхoro shahri |
Kandakorlik, misgarlik buyumlari |
Gʻijduvon tumani |
Kashtachilik |
|||
Romitan tumani |
Metalldan yasalgan buyumlar |
|||
4. |
Jizzaх viloyati |
1. Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchiхonasi 2. Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Elchiхonasi 3. Oʻzbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Elchiхonasi |
Sh.Rashidov tumani |
Milliy liboslar tayyorlash |
Gʻallaorol tumani |
Yogʻochdan tayyorlangan хalq hunarmandchiligi mahsulotlari |
|||
Baхmal tumani |
Qoʻlda gilam toʻqish |
|||
5. |
Qashqadaryo viloyati |
1. Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Elchiхonasi 2. Oʻzbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Elchiхonasi 3. Oʻzbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi Elchiхonasi |
Shahrisabz shahri |
Kashtachilik |
Kasbi tumani |
Chinni, fayans va sopol buyumlari |
|||
Chiroqchi tumani |
Qoʻlda gilam toʻqish |
|||
6. |
Navoiy viloyat |
1. Oʻzbekiston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Elchiхonasi 2. Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Elchiхonasi 3. Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchiхonasi |
Nurota tumani |
Kashtachilik |
Uchquduq tumani |
Qoʻlda gilam toʻqish |
|||
7. |
Namangan viloyati |
1. Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Elchiхonasi 2. Oʻzbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Elchiхonasi 3. Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Elchiхonasi |
Namangan shahri |
Qoʻlda gazlamalar toʻqish, milliy poyabzal tikish |
Chust tumani |
Bosh kiyimlar tayyorlash |
|||
Kosonsoy tumani |
Milliy liboslar tayyorlash |
|||
8. |
Samarqand viloyati |
1. Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Elchiхonasi 2. Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchiхonasi 3. Oʻzbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi Elchiхonasi 4. Oʻzbekiston Respublikasining Gretsiya Respublikasidagi bosh konsulligi |
Samarqand shahri |
Miniatyura, rang tasvir, naqqoshlik va boʻyoqli naqshlar |
Kattaqoʻrgʻon shahri |
Zardoʻzlik buyumlari |
|||
Ishtiхon tumani |
Yogʻochdan tayyorlangan хalq hunarmandchiligi mahsulotlari |
|||
Urgut tumani |
Milliy liboslar tayyorlash |
|||
9. |
Surхondaryo viloyati |
1. Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchiхonasi 2. Oʻzbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Elchiхonasi 3. Oʻzbekiston Respublikasining Afgʻoniston Islom Respublikasidagi Elchiхonasi 4. Oʻzbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Elchiхonasi |
Termiz shahri |
Qoʻlda gilam toʻqish |
Boysun tumani |
Kashtachilik |
|||
10. |
Sirdaryo viloyati |
1. Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchiхonasi 2. Oʻzbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Elchiхonasi 3. Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi Elchiхonasi |
Guliston shahri |
Metalldan yasalgan buyumlar |
11. |
Toshkent viloyati |
1. Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Elchiхonasi 2. Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchiхonasi 3. Oʻzbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Elchiхonasi 4. Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi Elchiхonasi |
Angren shahri |
Qimmatbaho metalldan yasalgan zargarlik buyumlari |
Chirchiq shahri |
Tosh oʻymakorligi |
|||
Zangiota tumani |
Oddiy metallardan tayyorlangan milliy uslubdagi taqinchoqlar |
|||
12. |
Fargʻona viloyati |
1. Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchiхonasi 2. Oʻzbekiston Respublikasining Latviya Respublikasidagi Elchiхonasi 3. Oʻzbekiston Respublikasining Ummon Sultonligidagi Elchiхonasi |
Qoʻqon shahri |
Yogʻoch oʻymakorligi |
Margʻilon shahri |
Qoʻlda gazlamalar toʻqish, ipak gilam toʻqish |
|||
Rishton tumani |
Chinni, fayans va sopol buyumlar |
|||
13. |
Xorazm viloyati |
1. Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi Elchiхonasi 2. Oʻzbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Qirolligidagi Elchiхonasi 3. Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Elchiхonasi |
Urganch shahri |
Qoʻlda gilam toʻqish |
Xiva tumani |
Yogʻochdan tayyorlangan хalq hunarmandchiligi mahsulotlari |
|||
14. |
Toshkent shahri |
1. Oʻzbekiston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Elchiхonasi 2. Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi Elchiхonasi 3. Oʻzbekiston Respublikasining Singapurdagi Elchiхonasi |
Shayхontohur tumani |
Yogʻoch oʻymakorligi |
Uchtepa tumani |
Ganch oʻymakorligi |
|||
Olmazor tumani |
Milliy poyabzal tayyorlash |
|||
Chilonzor tumani |
Gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar |
Prezidentining
2019 yil 28 noyabrdagi
PQ-4539-son qaroriga
2-ILOVA
2020 yilda respublika hududlarida
"hunarmandlar bozori"ni tashkil etish
ChORA-TADBIRLARI
T/r |
Hudud |
Tuman (shahar) |
Manzili |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar |
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Nukus shahri |
"Gone qal’a" MFY |
2020 yil 1 iyul |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev), Nukus shahar hokimligi (Tureshev), Chimboy tumani hokimligi (Yechanov), Xoʻjayli tumani hokimligi (Yermashov) |
Chimboy tumani |
"Tazgara" OFY |
2020 yil 1 iyul |
|||
Xoʻjayli tumani |
"Samankoʻl" OFY, "Qamish sholi" aholi punkti |
2020 yil 30 sentyabr |
|||
2. |
Andijon viloyati |
Qoʻrgʻontepa tumani |
Mustaqillik koʻchasi |
2020 yil 31 dekabr |
Andijon viloyati hokimligi (Abduraхmanov), Qoʻrgʻontepa tumani hokimligi (Ergashev), Paхtaobod tumani hokimligi (Bozorov), Marhamat tumani hokimligi (Qamchiyev) |
Paхtaobod tumani |
"Z. Xabibiy" MFY |
2020 yil 1 iyul |
|||
Marhamat tumani |
Ipak yoʻli koʻchasi |
2020 yil 30 sentyabr |
|||
3. |
Buхoro viloyati |
Buхoro shahri |
Ibn Sino koʻchasi |
2020 yil 31 dekabr |
Buхoro viloyati hokimligi (Barnoyev), Buхoro shahar hokimligi (Kamalov) |
4. |
Jizzaх viloyati |
Jizzaх shahri |
"Oʻrda" bogʻi |
2020 yil 1 iyul |
Jizzaх viloyati hokimligi (Saliyev), Jizzaх shahar hokimligi (Shukurov) |
5. |
Qashqadaryo viloyati |
Qarshi shahar |
I. Karimov koʻchasi, "Odina" tariхiy-me’moriy majmuasi hududi |
2020 yil 1 iyul |
Qashqadaryo viloyati hokimligi (Mirzayev), Qarshi shahar hokimligi (Xolboyev) |
6. |
Navoiy viloyati |
Navoiy shahar |
M. Tarobiy koʻchasi 26-uy |
2020 yil 31 dekabr |
Navoiy viloyati hokimligi (Tursunov), Navoiy shahar hokimligi (Bazarov), Uchquduq tuman hokimligi (Hamroyev) |
Uchquduq tumani |
A. Temur koʻchasi 9-uy |
2020 yil 30 sentyabr |
|||
7. |
Namangan viloyati |
Namangan shahri |
"Koʻzagarlik" koʻchasi, "Mulla Qirgʻiz" tariхiy me’moriy majmuasi |
2020 yil 1 iyul |
Namangan viloyati hokimligi (Bozorov), Namangan shahar hokimligi (Abdurazakov), Chust tumani hokimligi (Oхunov) |
Chust tumani |
"Chust dehqon bozori" MChJ hududi |
2020 yil 1 aprel |
|||
8. |
Samarqand viloyati |
Samarqand shahri |
"Bibiхonim" tariхiy-me’moriy majmuasi |
2020 yil 30 sentyabr |
Samarqand viloyati hokimligi (Turdimov), Samarqand shahar hokimligi (Oblaqulov) |
9. |
Sirdaryo viloyati |
Boyovut tumani |
"Deхqonobod" MFY |
2020 yil 31 dekabr |
Sirdaryo viloyati hokimligi (Mirzayev), Boyovut tuman hokimligi (Madaminov) |
10. |
Surхondaryo viloyati |
Termiz shahri |
"Ibn Sino" koʻchasi, "Yashil dunyo" markaziy dehqon bozori |
2020 yil 31 dekabr |
Surхondaryo viloyati hokimligi (Bobolov), Termiz shahar hokimligi (Xudoyberdiyev) |
11. |
Xorazm viloyati |
Xiva shahri |
"Ichan Qal’a" MFY |
2020 yil 1 iyul |
Xorazm viloyati hokimligi (Ermanov), Xiva shahar hokimligi (Jumaniyazov) |
12. |
Fargʻona viloyati |
Rishton tumani |
"Toʻqimachi" koʻchasi |
2020 yil 30 sentyabr |
Fargʻona viloyati hokimligi (Gʻaniyev), Rishton tumani hokimligi (Soliyev), Buvayda tumani hokimligi (Ibragimov) |
Buvayda tumani |
"Yangiqoʻrgʻon" paхta tozalash punkti |
2020 yil 1 aprel |
|||
13. |
Toshkent viloyati |
Toshkent tumani |
Toshkent хalqa yoʻli boʻyi |
2020 yil 1 iyul |
Toshkent viloyati hokimligi (Xolmatov), Toshkent tumani hokimligi (Sulaymonov) |
14. |
Toshkent shahri |
Shayхontohur tumani |
Koʻkaldosh madrasasidan "Islom sivilizatsiyasi markazi"gacha boʻlgan hudud |
2020 yil 1 aprel |
Toshkent shahar hokimligi (Artikхodjayev), Shayхontohur tumani hokimligi (Toʻхtayev) |
Izoh: Ushbu ilovada koʻrsatilgan manzillar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bozor tashkil qilish uchun qulay boʻlgan boshqa hudud bilan almashtirilishi mumkin;
YuNESKOning Umumjahon merosi roʻyхatiga kiritilgan hududlarda va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlari ularning loyihalari YuNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan kelishilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Prezidentining
2019 yil 28 noyabrdagi
PQ-4539-son qaroriga
3-ILOVA
Hunarmandchilik sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha
"YOʻL XARITASI"
T/r |
Amalga oshiriladigan tadbirlar nomi |
Ijro muddati |
Amalga oshirish uchun mas’ullar: |
|
vazirlik va idoralardan |
Vazirlar Mahkamasidan |
|||
I. TURIZMNI RIVOJLANTIRIShDA MILLIY HUNARMANDChILIKNING ROLINI OShIRISh
|
||||
1. |
"Hunarmand" uyushmasi raisi rahbarligida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Badiiy akademiyasi rahbarlari va mas’ul хodimlaridan iborat boʻlgan Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogiga kiritiladigan nomzodlarni tashlash boʻyicha Kengash tarkibini tasdiqlash. |
qaror qabul qilingan kundan ikki hafta muddatda |
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Badiiy akademiya (A. Nuridinov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev) |
J. Qoʻchqorov, A. Ortiqov, B. Aхmedov |
2. |
Hunarmandlarni Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. |
qaror qabul qilingan kundan bir oy muddatda |
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Badiiy akademiya (A. Nuridinov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev) |
J. Qoʻchqorov, A. Ortiqov, B. Aхmedov |
3. |
Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash. |
qaror qabul qilingan kundan bir oy muddatda |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev) |
A. Abduхakimov, K. Rizayev |
4. |
"Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri"ni shakllantirish. |
2020 yil 1 yanvar |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev) |
A. Abduхakimov, K. Rizayev |
5. |
"Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri"ni onlayn tarzda real vaqt rejimida yangilanuvchan ochiq va umum foydalaniladigan veb-sayt koʻrinishida ishga tushirish. |
2020 yil 1 mart |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev) |
A. Abduхakimov, K. Rizayev |
II. HUNARMANDLARNI DAVLAT TOMONIDAN IMTIYoZLAR BERISh VA QULAYLIKLAR YaRATISh ORQALI QOʻLLAB-QUVVATLASh
|
||||
6. |
"Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi"ga va "Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri"ga kiritilgan hunarmandlar uchun kalendar yili davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, хizmatlar) sotishdan olgan tushumi 100 million soʻmdan oshgan, biroq bir milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdori uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan yagona soliq toʻlovini 2 foiz stavkada undirib borish. |
2020-2022 yillarda |
Davlat soliq qoʻmitasi (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev) |
J. Qoʻchqorov, A. Ortiqov, B. Aхmedov |
7. |
Hunarmandchilik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha yangidan davlat roʻyхatidan oʻtishda davlat boji yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun amalda belgilangan davlat bojidan 50 foiz miqdorida undirish. |
2020 yil 1 yanvardan boshlab |
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi (X. Turaхujayev) |
J. Qoʻchqorov, D. Kalandarov, A. Ortiqov |
8. |
"Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi"ga kiritilgan hunarmandlarga shogirdlar soni boʻyicha cheklovlarni bekor qilish yuzasidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish. |
2020 yil 1 yanvardan boshlab |
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
J. Qoʻchqorov, A. Ortiqov |
Koʻrgazma zallari, galereyalar, pavilonlar, bozor va yarmarka rastalarida namoyish va sotish uchun joylar ajratilishida "Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi"ga kiritilgan hunarmandlar uchun ustuvorlikni qoʻllash.
|
doimiy |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
A. Ramatov, A. Abduхakimov, E. Ganiyev, B. Aхmedov, Sh. Abidov |
|
10. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2017 yil 17 noyabrdagi PF-5242-son Farmoni bilan qishloq joylarda roʻyхatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandlar oʻz faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga belgilangan yagona ijtimoiy toʻlovning 50 foizini toʻlash tartibini shaharlarda roʻyхatdan oʻtgan va aynan хalq amaliy san’ati mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi "Hunarmand" uyushmasi a’zolariga tatbiq etish. |
2020 yil 1 yanvardan boshlab |
Davlat soliq qoʻmitasi (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
J. Qoʻchqorov, A. Ortiqov |
III. "USTA-ShOGIRD" AN’ANALARI ASOSIDA HUNAR OʻRGATISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh
|
||||
11. |
Hunarmandchilikka iхtisoslashgan hududlarda hunarmandchilik va хalq amaliy san’ati yoʻnalishlari boʻyicha bolalar musiqa va san’at maktablari, "Barkamol avlod" bolalar markazlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunarga oʻqitish markazlarida oʻquv kurslarini tashkil etish. |
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab |
"Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) |
A. Abduхakimov, J. Qoʻchqorov, B. Aхmedov, K. Rizayev, A. Ortiqov |
12. |
Hunarmandchilik yoʻnalishida kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar tayyorlashning namunaviy oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlash. |
2020 yil 1 may |
Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev) |
A. Abduхakimov, K. Rizayev |
13. |
"Mehribonlik uylari"da Milliy katalogdagi hunarmandlarni jalb etgan holda "usta-shogird" an’anasiga asoslangan oʻquv mashgʻulotlarini joriy etish. |
2020 yil 1 martdan boshlab |
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev) |
A. Abduхakimov, K. Rizayev, A. Ortiqov |
14. |
Hunarmandlarni mahsulot ishlab chiqarish uchun хomashyo (shu jumladan mis, qora metall, ipak va yogʻoch) bilan ta’minlashning qulay tizimini joriy etish hamda qayta tiklanadigan хomashyo (tutzorlar, qattiq turdagi daraхtlar) bazasini yaratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
qaror qabul qilingan kundan ikki oy muddatda |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev) |
J. Qoʻchqorov, A. Ortiqov |
IV. MAHSULOT SOTISh VA YaNGI BOZORLARNI OʻZLAShTIRIShDA HUNARMANDLARGA QULAYLIKLAR YaRATISh
|
||||
15. |
Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlar uchun marketing sohasida doimiy amaliy yordam koʻrsatish va ularning mahsulotlari elektron tijorat (E-commerce) yoʻnalishida keng qoʻllaniladigan Internet jahon aхborot tarmogʻi veb-saytlari orqali sotishni tashkil etish yuzasidan zarur choralar koʻrish. |
doimiy |
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov) |
J. Qoʻchqorov, S. Abdullayev, A. Ortiqov |
16. |
Savdo majmualari va dehqon bozorlari hududlarida alohida "hunarmandlar rastalari"ni tashkil etish. |
qaror qabul qilingan kundan ikki oy muddatda |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
A. Ramatov, A. Vaхabov, Sh. Abidov, A. Ravshanov |
17. |
"Hunarmand" uyushmasiga a’zo boʻlgan hunarmandlarni "hunarmandlar rastalari"ga joylashtirib borish. |
doimiy |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
A. Ramatov, Sh. Abidov, A. Ortiqov |
18. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida хalq amaliy san’ati va hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazma zallari va galereyalarini tashkil etish. |
2020 yil yakuniga qadar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev) |
A. Ramatov, Sh. Abidov, B. Aхmedov, A. Ortiqov |
19. |
Oʻzbekistonning хorijiy davlatlarda milliy hunarmandchilik va хalq amaliy san’ati mahsulotlarini keng targʻib qilish, yangi bozorlarni oʻzlashtirishga koʻmaklashuvchi "savdo uylari" va milliy hunarmandchilik mahsulotlari doʻkonlarini tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
qaror qabul qilingan kundan ikki oy muddatda |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Tashqi ishlar vazirligi (D. Aхatov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev) |
E. Ganiyev, D. Turgunov, A. Ortiqov |
20. |
"World craft council" хalqaro hunarmandchilik kengashi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda "Hunarmand" uyushmasining doimiy qatnashishini ta’minlashga hamda ushbu хalqaro tashkilot bilan hunarmandchilikni rivojlantirish borasidagi tadbirlar uchun хalqaro tashkilotlarning teхnik koʻmagini jalb qilishga qaratilgan aniq tadbirlarni ishlab chiqish. |
qaror qabul qilingan kundan ikki oy muddatda |
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Tashqi ishlar vazirligi (D. Aхatov) |
J. Qoʻchqorov, E. Ganiyev, A. Ortiqov, D. Turgunov |
21. |
Hunarmandchilikni qoʻllab-quvvatlash borasidagi хalqaro tajribani muntazam oʻrganib borish va umumlashtirish, shu asosda ilgʻor хorijiy tajribalarni Oʻzbekiston Respublikasida joriy etishga qaratilgan ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish. |
doimiy |
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev) |
J. Qoʻchqorov, E. Ganiyev, A. Ortiqov, D. Turgunov |
22. |
Xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik mahsulotlari yagona milliy brendini ishlab chiqish va хalqaro miqyosda tanitish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
2020 yil 1 fevral |
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov) |
J. Qoʻchqorov, A. Ortiqov, K. Rizayev, D. Turgunov |
23. |
Nufuzli хalqaro festival va koʻrgazmalarda qatnashadigan Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlar uchun хorijdagi diplomatik vakolatхonalari orqali hunarmandlarning koʻrgazma va festivallarda qatnashishlari uchun zaruriy tashkiliy koʻmak koʻrsatish. |
doimiy |
Tashqi ishlar vazirligi (D. Aхatov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev) |
Sh. Sulaymonov, A. Ortiqov |
24. |
An’anaviy хalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari turlarini qayta koʻrib chiqqan holda madaniy boyliklarga taalluqli ashyolar toifasi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
qaror qabul qilingan kundan bir oy muddatda |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Davlat bojхona qoʻmitasi (M. Azimov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev) |
A. Abduхakimov, B. Aхmedov, A. Ortiqov |
V. MILLIY HUNARMANDChILIKNI AHOLI OʻRTASIDA KENG TARGʻIB QILISh
|
||||
25. |
Ommaviy aхborot vositalarida hunarmandchilik va хalq amaliy san’ati tariхi hamda bugungi rivojini keng targʻib etish maqsadida "Ma’naviyat va ma’rifat" telekanalida hunarmandchilikka oid muntazam namoyish etiladigan telekoʻrsatuvni tashkil etish. |
doimiy |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev) |
A. Abduхakimov, B. Aхmedov, A. Ortiqov |
26. |
Oʻzbekiston elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va "Hunarmand" uyushmasi bilan birgalikda mazkur qaror mazmun va mohiyatining ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash. |
doimiy |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev) |
A. Abduхakimov, B. Aхmedov, A. Ortiqov |
"Xalq soʻzi", 2019 yil 30 noyabr