Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 14.11.2019 y. 147-son "Sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgargirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 05.12.2019 y. 2899-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

05.12.2019 y.

N 2899-1




OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh

METROLOGIYa VA SERTIFIKATLAShTIRISh

AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING

14.11.2019 y.

N 147


BUYRUI



Sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni

attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgargirishlar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-son "Teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori, 2019 yil 10 yanvardagi PF-5624-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshkaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 apreldagi 348-son "Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2017 yil 20 iyundagi 411-son buyrui (roʻyхat raqami 2899, 2017 yil 21 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 29-son, 718-modda) bilan tasdiqlangan Sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Bosh direktor                                                 D. Sattarov






Buyruqqa

ILOVA



Sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni

attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7. Attestatsiya komissiyasi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) bosh direktorining buyruiga asosan Agentlik, Teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamenti, Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi, "Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi" DUK, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va teхnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot institutining mutaхassislari orasidan kamida toʻqqiz a’zodan iborat tarkibda tuziladi.".


2. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"26. Apellyatsiya komissiyasi attestatsiya komissiyasi tarkibiga kirmagan Agentlik, Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi, Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va teхnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti, "Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi" DUK va muvofiqlikni baholash organlarining mutaхassislaridan besh kishidan iborat tarkibda tuziladi.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 5 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 9 dekabr, 49-son, 898-modda