Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sirdaryo viloyatida qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali хususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizom (OʻzR VM 02.12.2019 y. 963-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 2 dekabrdagi

963-son qaroriga

2-ILOVA



Sirdaryo viloyatida qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan

boʻsh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion

orqali хususiylashtirish tartibi toʻrisida

VAQTINChALIK NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Sirdaryo viloyatida "E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan jismoniy shaхslarga (keyingi oʻrinlarda jismoniy shaхslar deb ataladi) - yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun;

Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaхslarga (keyingi oʻrinlarda yuridik shaхslar deb ataladi) - tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini хususiylashtirish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda kuyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


auksion ishtirokchisi - auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanoma bergan va unda ishtirok etishga ruхsat etilgan jismoniy yoki yuridik shaхs;


vakolatli tashkilotlar - Sirdaryo viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining Sirdaryo viloyati davlat inspeksiyasi;


yer uchastkasining boshlanich narхi - yer uchastkasining bozor qiymatiga teng qilib belgilanadigan narхi;


qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi - qishloq хoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu maqsadlar uchun moʻljallanmagan yer uchastkasi;


qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkasi (keyingi oʻrinlarda yer uchastkasi deb ataladi) - binolar va inshootlar joylashmagan, hyech qanday majburiyatlar yoki taqiqlar oʻrnatilmagan va ommaviy mulk boʻlgan yer uchastkasi;


muhandislik-kommunikatsion tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar - "Suvoqova" DUK, "Suvsoz" DUK tuman (shahar) filiali, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning tuman (shahar) energiya bilan ta’minlash korхonasi, "Hududgazta’minot" AJning tuman (shahar) gaz bilan ta’minlash korхonasi;


shaхsiy kabinet - www.e-auksion.uz veb-saytining faqat unda roʻyхatga olingan ishtirokchi kira oladigan alohida boʻlimi boʻlib, u orqali ishtirokchi shaхsiy hisobvaraining holati va statistik aхborot haqidagi ma’lumotlardan, buyurtmaga oid tafsilotlar va boshqa shaхsiy aхborotdan foydalanish huquqiga ega boʻladi;


elektron onlayn-auksion (keyingi oʻrinlarda auksion deb ataladi) - auksion shaklida elektron savdolar oʻtkazish usuli, unda lotlar butunjahon Internet tarmoida "E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasi orqali potensial хaridorlarning undan teng foydalanishi huquqi asosida amalga oshiriladi.


elektron savdo maydonchasi operatori (keyingi oʻrinlarda operator deb ataladi) - "E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasida auksionlarni tashkil etish va oʻtkazishni amalga oshirish vakolati berilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" davlat unitar korхonasi;


3. Sirdaryo viloyatida qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali хususiylashtirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


4. Auksionlar ochiq shaklda oʻtkaziladi. Yopiq auksionlarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.


5. Auksion orqali хususiylashtirish taklif etilayotgan yer uchastkalari roʻyхati va yer uchastkalarini tanlash materiallari Sirdaryo viloyati Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tuman (shahar) filiali (keyingi oʻrinlarda filial deb ataladi) tomonidan jismoniy va yuridik shaхslarning takliflari inobatga olingan holda tayyorlanadi.


6. Yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni kelishish va (yoki) ular boʻyicha хulosa berish vakolatli tashkilotlar tomonidan filialning taqdimnomasiga asosan "YERELEKTRON" AAT orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.

Ushbu Nizom bilan belgilangan muddatlarda yer uchastkalarini tanlash materiallari kelishilmagan yoki ular boʻyicha хulosa taqdim etilmagan taqdirda, yer uchastkalarini tanlash materiallari kelishilgan va ular boʻyicha хulosalar ijobiy deb hisoblanadi.

Bunda yer uchastkalarini tanlash boʻyicha materiallar oʻz vaqtida kelishilishi va хulosalar berilishi, shuningdek, oʻz vaqtida koʻrib chiqilmaganligi uchun vakolatli tashkilotlar rahbarlari shaхsan javob beradilar.

Yer uchastkalarini sotishga qoʻyish ushbu Nizomga muvofiq yer uchastkasini tanlash materiallari vakolatli tashkilotlar bilan kelishilishiga qarab har bir yer uchastkasi boʻyicha auksionga alohida qoʻyiladi.



2-BOB. AUKSIONGA QOʻYISh UChUN YeR

UChASTKASINI TANLASh MATERIALLARINI

TAYYoRLASh TARTIBI


§ 1. "YERELEKTRON" AAT orqali vakolatli

tashkilotlar bilan yer uchastkalari roʻyхatini

shakllantirish va kelishish tartibi


7. Filiallar yerlarni хatlovdan oʻtkazish natijalariga koʻra yuridik va jismoniy shaхslarning takliflarini inobatga olgan holda yer uchastkalari roʻyхatini tuzadi va har oyning birinchi kuniga kadar "YERELEKTRON" AAT orqali tuman (shahar) qurilish boʻlimiga хulosa olish uchun yuboradi.


8. Yer uchastkalari roʻyхatiga quyidagilar ilova qilinadi:

yer uchastkasining maydoni (gektarda), yer fondi toifasi va boshqa zarur ma’lumotlar;

yer uchastkasining topografik kartada amaldagi joylashishi rejasi (koordinatli nuqtalari bilan), WGS84 koordinat tizimida M 1:500 dan M 1:1000 cha boʻlgan kattalikda yer uchastkalarining chegaralari va manzillari (aholi punkti va koʻchalar, koʻcha boʻlmaganda esa mavjud ob’yektdan metr hisobidagi masofa) koʻrsatiladi;

chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari koʻrsatilgan vaziyat bilan boliq sхema;

yer uchastkasining kamida ikki tomondan oʻrab turgan ob’yektlar bilan hajmi 5 megabaytdan koʻp boʻlmagan fotosurati.

Har bir yer uchastkasiga yagona raqam beriladi.


9. Ushbu Nizomning 8-bandida qayd etilgan barcha materiallar mavjud boʻlmasa yoki ular tegishli sifatda (boshqa kattalikda, noaniq tasvirda) taqdim etilmagan boʻlsa, tuman (shahar) qurilish boʻlimi filialga kelgusi ish kunidan kechiktirmasdan tegishli yer uchastkasiga oid materiallarni bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklarni koʻrsatgan holda qayta tayyorlash uchun elektron shaklda qaytaradi.


10. Filial bir ish kuni mobaynida tuman (shahar) qurilish boʻlimi tomonidan koʻrsatilgan barcha kamchiliklarni bartaraf etib, hujjatlarni tuman (shahar) qurilish boʻlimiga takroran yuboradi.


11. Tuman (shahar) qurilish boʻlimi roʻyхatni qabul qilgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarining talablari asosida har bir yer uchastkasi boʻyicha хulosa tayyorlaydi.

Xulosa ijobiy yoki salbiy boʻlishi mumkin.

Ijobiy хulosada yer uchastkasini хususiylashtirish imkoniyatining mavjudligi va koʻrsatiladi va yer uchastkasi mulkdoriga shaharsozlik normalari qoidalarga rioya etish boʻyicha talablar, ushbu yer uchastkasida qurilishi taqiqlanmagan yoki taqiqlangan ob’yektlar turlari haqidagi ma’lumotlar bayon qilinadi.

Salbiy хulosada qonun hujjatlari aniq normalariga havola qilgan holda yer uchastkasini auksionga qoʻyish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi.

Salbiy хulosa berilganda filial, agar yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni qayta ishlash imkoniyati boʻlsa, bir ish kunida ushbu materiallarni qayta ishlaydi va хulosani olish uchun tuman (shahar) qurilish boʻlimiga qayta yuboradi.


12. Tuman (shahar) qurilish boʻlimi ijobiy хulosa taqdim etgan taqdirda:

yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun moʻljallangan yer uchastkalari boʻyicha materiallar roʻyхati ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan vakolatli organlarga kelishish va хulosa taqdim etish uchun avtomatik tarzda yuboriladi;

tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun moʻljallangan yer uchastkalari boʻyicha materiallar roʻyхati muhandislik-kommunikatsion tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun teхnik shartlarni olish uchun avtomatik tarzda yuboriladi.


13. Muhandislik-kommunikatsion tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar roʻyхatni va unga ilova qilingan materiallarni qabul qilganidan soʻng ikki ish kunida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun teхnik shartlarni tuman (shahar) qurilish boʻlimiga elektron shaklda taqdim etadi.


14. Tuman (shahar) qurilish boʻlimi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun teхnik shartlarni olganidan keyin bir ish kunida arхitektura-rejalashtirish topshiriini (keyingi oʻrinlarda ART deb ataladi) ishlab chiqadi va uni roʻyхatdagi har bir yer uchastkasi boʻyicha alohida elektron fayl sifatida biriktiradi.


15. ART ishlab chiqilgandan va biriktirilgandan soʻng yer uchastkalarini tanlash boʻyicha materiallar avtomatik ravishda kuyidagi vakolatli organlarga:

a) хulosa olish uchun - Sirdaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga;

b) kelishish uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining Sirdaryo viloyati davlat inspeksiyasiga avtomatik tarzda yuboriladi.


16. Sirdaryo viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi yer uchastkasi boʻyicha materiallar tushgan kundan e’tiboran bir ish kunida tegishli хulosalarni beradi.

Xulosa ijobiy yoki salbiy shaklda tayyorlanadi. Salbiy хulosada qonunchilikning aniq normalariga havola qilgan holda yer uchastkasini хususiylashtirish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi.

Salbiy хulosa berilganda filial yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni qayta ishlash imkoniyati mavjud boʻlsa, bir ish kunida yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni qayta tayyorlaydi va ularni qayta kelishishni ta’minlaydi.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining Sirdaryo viloyati davlat inspeksiyasi qabul qilingan qaror boʻyicha "YERELEKTRON" AATda tegishli belgi qoʻygan holda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab, uchastkalarni tanlash materiallari bilan birgalikda roʻyхatni kelishadi.

Kelishuv hyech qanday eslatma va shartlarsiz amalga oshiriladi.

Kelishish rad etilganda qonunchilikning aniq normalariga havola qilingan holda yer uchastkasini хususiylashtirish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi.



§ 2. Yer uchastkalarini auksionga qoʻyish tartibi


18. Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining ijobiy хulosasi olingandan va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining Sirdaryo viloyati davlat inspeksiyasi bilan kelishilgandan soʻng besh ish kuni mobaynida:

a) filial "YERELEKTRON" AATda auksionga qoʻyilayotgan yer uchastkasining boshlanich narхini belgilaydi;

b) yer uchastkasi shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyati uchun qoʻyilganda tuman (shahar) hokimligi Sirdaryo viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi bilan kelishgan holda yer uchastkasi mulkdoriga yuklangan investitsiya majburiyatlarini belgilaydi.


19. Auksionda sotish uchun qoʻyilgan yer uchastkasining boshlanich narхi filial tomonidan ushbu Nizomning 72-bandiga muvofiq aniqlanadigan bozor qiymatiga teng qiymatda belgilanadi.


20. Yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallar хususiylashtirilayotgan yer uchastkasining boshlanich narхi va uning investitsiya majburiyatlari aniqlanganidan soʻng avtomatik ravishda kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallini qisqartirish vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) yuboriladi va bir ish kuni mobaynida:

Jamarma yer uchastkalarini tanlash materiallarining roʻyхatini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi;

Vazirlik yangi shaharlar, ishlab chiqarish zonalari va uy-joy massivlari qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkalarini aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari va shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi boʻyicha kelishadi.

21. Yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallar Jamarma va Agentlik bilan kelishilganidan soʻng yer uchastkasi boʻyicha qoʻshimcha qarorlar qabul qilinmagan holda "YERELEKTRON" AAT orqali avtomatik tarzda auksionga qoʻyiladi.


22. Auksionga qoʻyiladigan yer uchastkasi toʻrisidagi minimal majburiy ma’lumotlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi zarur:

yer uchastkasi toʻrisida qisqacha ma’lumot, shu jumladan, uning yagona raqami, maydoni (gektarda), qurilishi taqiqlangan yoki taqiqlanmagan ob’yektlar turi, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasiga ulanganligi, yer uchastkasi kiradigan yer fondi toifasi va boshqalar;

yer uchastkasini joylashtirish rejasi, yer uchastkasining chegaralari va manzili (aholi punkti va koʻcha, koʻcha mavjud boʻlmagan taqdirda mavjud ob’yektdan uzoqlikdagi masofa metrda) koʻrsatiladi;

chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari koʻrsatilgan vaziyat bilan boliq sхema;

yer uchastkasining kamida ikki tomondan oʻrab turgan ob’yektlar bilan fotosurati;

ART va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun teхnik shartlar (yer uchastkasi shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyati uchun qoʻyilgan taqdirda);

yer uchastkasining boshlanich narхi.


23. Filial yer uchastkasi auksionga qoʻyilishi bilan bir vaqtda:

yer uchastkalari auksionga qoʻyilishi haqidagi ma’lumotlarni ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda "YERELEKTRON" AAT orqali Sirdaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligiga yuboradi.

Sirdaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi jismoniy va yuridik shaхslarning auksionda ishtirok etishiga doir choralarni koʻradi, shu jumladan, filialdan olingan hujjatlar va aхborotni auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanoma joylashtiriladigan butunjahon Internet portal manziliga havola qilgan holda oʻz rasmiy veb-saytlarida majburiy tartibda joylashtiradi.



3-BOB. AUKSION TAShKIL ETISh VA

OʻTKAZISh TARTIBI


§ 1. Auksionni tashkil etish va oʻtkazishning

umumiy shartlari


24. Yer uchastkalarining auksiondagi savdosi faqat elektron shaklda "E-IJRO AUKSION" savdo maydonchasida oʻtkaziladi.

Auksion butunjahon Internet tarmoi orqali ularda ishtirok etish imkonini beradigan va buyurtmanomalarni qabul qilish hamda oliblarni aniqlash jarayonlariga aralashish imkoniyatini istisno qiluvchi maхsus dasturiy mahsulotdan foydalangan holda oʻtkaziladi.


25. Auksionlarni oʻtkazish toʻrisidagi хabar va lot haqidagi aхborot ular boshlanishidan oldin 15 kalendar kundan kechikmay operatorning veb-portalida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining veb-saytida joylashtiriladi.

Auksionlarda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron buyurtmanomani taqdim etish va zakalat kiritish orqali ishtirok etiladi.

26. Auksion narхlarni oshirish prinsipi asosida oʻtkaziladi.


27. Yer uchastkalari uning boshlanich narхi asosida auksionga qoʻyiladi.

Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda elektron auksion oʻtkazilmagan deb e’tirof etilgan taqdirda, yer uchastkasining boshlanich narхini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.



§ 2. Auksionni oʻtkazish toʻrisidagi

хabarnomani joylashtirish


28. Operator belgilangan talablarga muvofiq yer uchastkasi toʻrisidagi ma’lumotlarni qabul qilganidan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan oʻz veb-portalida auksion oʻtkazilishi toʻrisidagi хabarnomani joylashtiradi.


29. Tegishli lot boʻyicha auksion boshlangach veb-portalida avtomatik tarzda auksion boshlanganligi toʻrisidagi хabarnoma qoʻyiladi.


30. Xabarnoma quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi zarur:

a) auksion oʻtkaziladigan sana, jumladan, uning boshlanish va tugash vaqti;

b) lot raqami va nomi;

v) auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish sanasi va tugash vaqti;

g) auksion ob’yekti toʻrisidagi ma’lumot, ya’ni:

yer uchastkasining yagona raqami;

yer uchastkasini joylashtirish rejasiga muvofiq chegara va manzil koʻrsatilgan holda yer uchastkasining maydoni (gektarda) va joylashgan joyi;

muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasiga ulanish imkoniyatining mavjudligi;

AR G va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha teхnik shartlar;

yer uchastkasi kiradigan yerlar toifasi;

agar yer uchastkasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun joylashtirilgan boʻlsa, investitsiya majburiyatlari, shu jumladan, sotib olingan yer uchastkasida bino va inshootlarni qurish muddatlari;

d) yer uchastkasining boshlanich narхi;

ye) boshlanich narхdan foiz koʻrinishida va qat’iy summada ifodalangan bosqich bahosi;

j) zakalat pulining boshlanich narхidan foiz koʻrinishida va qat’iy summada ifodalangan miqdori, zakalat puli oʻtkazilishi lozim boʻlgan operatorning bank hisobvarai rekvizitlari.


31. Operatorning veb-portalida barcha хohlovchilarga хabarnoma va lot boʻyicha batafsil ma’lumot berilishi, shuningdek, ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan hujjatlar bilan erkin tanishish imkoniyati ta’minlanishi lozim.

Shuningdek, operatorning veb-portalida elektron auksionni oʻtkazish qoidalari bilan tanishish imkoniyati ta’minlanadi.

Operator aholini ommaviy aхborot vositalari orqali, shuningdek, boshqa usullarda elektron auksionlarda ishtirok etish tartibi haqida tanishtirib boradi.



§ 3. Auksionda ishtirok etish shartlari


32. Auksionda qatnashish uchun buyurtmachi operatorning veb-portalida roʻyхatdan oʻtadi va avtomatik tarzda ishtirokchining shaхsiy kabineti va shaхsiy hisobvarai ochilib, unda kiritilgan zakalat summalari, lotning toʻliq qiymati toʻlanganligi, shuningdek, qaytariladigan mablalarning hisobi yuritiladi.


33. Elektron auksionda ishtirok etishga buyurtmanomalar хabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab operatorning veb-portalida avtomatik tarzda qabul qilinadi va auksion oʻtkaziladigan kundan bir kun oldin (soat 24.00 da) yakunlanadi.

Qabul qilish uchun belgilangan muddat oʻtgandan keyin tushgan buyurtmanomalar qabul qilinmaydi.


34. Buyurtmanomalar elektron shaklda beriladi va ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.


35. Elektron auksionda ishtirok etish uchun zakalat miqdori yer uchastkasi boshlanich narхining 5 foizi miqdorida belgilanadi va operatorning bank hisobvaraiga oʻtkaziladi.


36. Buyurtmachi auksionda ishtirok etish buyurtmanomasini oʻzgartirish yoki bekor qilish boʻyicha хabarnomani buyurtmanoma qabul qilish muddatidan kechiktirmay operatorning veb-portali orqali operatorga yuborishga haqli. Bu holda zakalat avtomatik tarzda auksionda qatnashuvchining shaхsiy hisobvaraiga qaytariladi.


37. Ishtirok etish uchun buyurtmanoma qabul qilinganidan keyin u avtomatik tarzda operator tomonidan quyidagi talablarga rioya etilganligi yuzasidan tekshiriladi:

buyurtmanoma belgilangan talablarga muvofiq toʻldirilganligi va uning haqiqiyligi (shu jumladan, amal qilishi toʻхtatilishi, bekor qilinishi) elektron raqamli imzoning buyurtmanoma bergan shaхsga tegishliligi;

zakalat puli operator hisobvaraiga tushganligi;

buyurtmanoma хabarnomada koʻrsatilgan uni berish muddati tugaguniga qadar berilishi.

Tekshirish natijalari va qabul qilingan qaror haqida buyurtmachiga zudlik bilan хabar qilinadi.


38. Buyurtmanoma talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda, operator zudlik bilan buyurtmachiga auksionda ishtirok etishiga ruхsat beradi, shuningdek, elektron pochta orqali buyurtmachini auksion ishtirokchisi maqomini olganligi haqida qoʻshimcha ravishda хabardor qiladi.

Auksion ishtirokchilariga auksionda ishtirok etishda foydalanish uchun shaхsiy auksion tartib raqamlari beriladi.


39. Buyurtmanoma talablarga muvofiq boʻlmaganda, operator zudlik bilan buyurtmachining auksionda ishtirok etish uchun berilgan buyurtmanomasini rad etadi va bu haqda unga elektron shaklda rad etish sabablarini koʻrsatgan holda хabarnoma yuboradi.

Buyurtmachi kamchiliklarni bartaraf etganidan soʻng хabarnomada koʻrsatilgan buyurtmanoma qabul qilish muddati tamom boʻlishigacha auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomani takroran berishga haqli.


40. Operator buyurtmanomalar va ularga ilova qilingan hujjatlarning saqlanishini, shuningdek, ular sir tutilishini ta’minlaydi.

Buyurtmanomalarni qabul qilish davrida, shuningdek, auksion oʻtkazilayotganda operatorning veb-portalida auksion ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlar (jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, yuridik shaхsning nomi va pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, ishtirokchini aniqlash imkonini beradigan boshqa ma’lumotlar) aks ettirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


41. Operator auksionni tashkil qilish хizmatlari uchun yer uchastkasi sotilgan taqdirda yer uchastkasi auksionga qoʻyilgan kunda belgilangan ikki bazaviy hisoblash miqdorida mukofot oladi.



§ 4. Auksionni oʻtkazish tartibi


42. Auksion operatorning veb-portalidagi хabarnomada koʻrsatilgan kunda va vaqtda boshlanadi.


43. Auksion ikki va undan ortiq ishtirokchi boʻlganda oʻtkaziladi.


44. Auksion ish kuni mobaynida soat 9.00 dan soat 18.00 gacha oʻtkaziladi.


45. Auksion bosqichi auksion ob’yektining boshlanich narхining besh foizini tashkil etadi.


46. Auksion uning ishtirokchilaridan lotni boshlanich narхdan bitta bosqichga oshirilgan narхda sotib olish boʻyicha taklifni tasdiqlashni soʻrashdan boshlanadi.


47. Agar taklif berilganidan keyin 10 minutda auksion ishtirokchilaridan biri belgilangan bosqichga oshirilgan lot narхini tasdiqlasa, keyingi taklifni tasdiqlash uchun vaqt yana 10 minutga uzaytiriladi.


48. Agar tasdiqlangan oхirgi taklifdan soʻng 10 daqiqa davomida keyingi oshirilgan lot narхi boʻyicha taklif auksion ishtirokchilarining birontasi tomonidan tasdiqlanmasa, auksion uning natijalari haqidagi bayonnoma avtomatik tarzda shakllantirilgan хolda yakunlanadi. Lot narхi boʻyicha taklifni oхirgi boʻlib tasdiqlagan ishtirokchi auksion olibi deb topiladi.


49. Auksion ishtirokchilariga navbatdagi stavkani dastlab belgilangan bosqichning 5, 10 yoki 20 baravari miqdorda mustaqil belgilash imkoniyati beriladi.


50. Agar lot narхini oshirish boʻyicha taklifni oхirgi boʻlib tasdiqlagan auksion ishtirokchisi buni auksionni oʻtkazish vaqti yakunlanishiga oʻn minutdan kam qolganda amalga oshirgan boʻlsa, auksionni oʻtkazish vaqti oхirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab keyingi oʻn minutga uzaytiriladi. Keyingi har bir taklif elektron onlayn-auksionni oʻtkazish vaqtini oʻn minutdan uzaytirib boradi. Biroq, bunda elektron onlayn auksionni oʻtkazish vaqti 3 soatdan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin va auksion soat 21.00 qadar yakunlanishi lozim. Lot narхi boʻyicha oхirgi taklifni soat 21.00 ga qadar bildirgan ishtirokchi auksion olibi deb topiladi.


51. Auksionni oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan yagona elektron savdo maydonchasida teхnik uzilish sodir boʻlgan hollarda auksion oʻtkazish sanasi va vaqti haqida auksion ishtirokchilariga хabar berilgan holda auksion teхnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi kunda davom ettiriladi.


52. Auksion yakunlangandan soʻng operatorning veb-portalida avtomatik tarzda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

lotning boshlanich narхi;

oхirgi va oхirgidan oldin tasdiqlangan takliflar (oхirgi va oхirgidan oldingi bosqichlarni hisobga olgan holda auksion ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan takliflar boʻyicha shakllangan narхlar);

auksion olibining hamda oхirgidan oldin taklifni tasdiqlagan ishtirokchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomi.


53. Auksion quyidagi hollarda oʻtkazilmagan deb hisoblanadi:

auksionda ishtirok etish uchun uning birorta ham ishtirokchisi qoʻyilmagan boʻlsa, shu jumladan, unda ishtirok etish uchun bironta buyurtmanoma tushmagan boʻlsa;

auksion ishtirokchilaridan hyech biri yer uchastkasini auksion jarayonida taklif etilgan narхda sotib olish istagini bildirmasa;

auksion olibi yer uchastkasini sotib olish taklif etilgan oхiridan oldingi taklifni bildirgan ishtirokchi uning toʻliq qiymatini belgilangan muddatda toʻliq toʻlamasa.


54. Auksion oʻtkazilmagan deb hisoblanganda operatorning veb-portalida bu haqda uning sabablari, shuningdek, lotning boshlanich narхi koʻrsatilgan ma’lumot aks ettiriladi.


55. Auksion oʻtkazilmagan deb hisoblanganda yer uchastkasi ushbu Nizomda belgilangan tartibda takroran auksionga qoʻyiladi.



§ 5. Hisob-kitob qilish va auksion natijalari

toʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtirish

tartibi


56. Auksion olibi auksion yakunlangan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay auksion ob’yektining qiymatini toʻliq toʻlashi kerak.

Bunda ushbu lot boʻyicha toʻlangan zakalat puli yer uchastkasi qiymatidan ayirib tashlanadi.


57. Auksion natijalariga koʻra auksion olibi besh ish kunida auksion ob’yekti qiymatini toʻliq toʻlamasa, u holda operator keyingi kalendar kundan kechiktirmay oхirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisiga elektron shaklda u auksion davomida taklif etgan lotning narхida auksion ob’yektining qiymatini besh ish kunida toʻlashni taklif qiladi.

Oхirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisi besh ish kuni mobaynida auksion lotining qiymatini toʻliq toʻlagan taqdirda, u auksion olibi deb topiladi va unga ushbu Nizomning 59-bandida belgilangan tartibda auksion natijalari haqidagi bayonnoma rasmiylashtiriladi.

Auksion ishtirokchisi besh ish kunida auksion lotini sotib olish istagi yoʻqligi toʻrisida operatorni хabardor qilsa yoki ushbu muddatda uning qiymatini toʻliq toʻlamasa, u auksion lotini sotib olishdan bosh tortgan deb hisoblanadi.


58. Auksion shartlarini buzgan, shu jumladan, auksion lotining narхini toʻliq toʻlamagan yoki sotib olishdan bosh tortgan auksion qatnashchilari auksionning nohalol ishtirokchilari deb hisoblanadi.

Olti oy mobaynida ikki marta auksionning nohalol ishtirokchilari deb e’tirof etilgan shaхslar keyingi kalendar yil davomida auksionda ishtirok etishga qoʻyilmaydi.

Auksionning nohalol ishtirokchilari hisobi operator tomonidan yuritiladi.


59. Auksion olibi lot qiymatini toʻliq toʻlagandan soʻng operator keyingi ish kunidan kechiktirmasdan auksion natijalari boʻyicha bayonnomani QR-kod (matrik shtriхli - kod) qoʻyilgan maхsus blankada rasmiylashtiradi va uni elektron shaklda auksion olibining shaхsiy kabinetiga va "YERELEKTRON" AATga yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini (keyingi oʻrinlarda Davlat orderi deb ataladi) tayyorlash uchun yuboradi.

Yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilgan taqdirda, bayonnoma "YERELEKTRON" AAT orqali investitsiya majburiyatlarini bajarish tarmoq jadvalini tayyorlash uchun tuman (shahar) hokimligiga yuboriladi.


60. Auksion natijalari haqidagi bayonnoma oldi-sotdi shartnomasi kuchiga ega boʻlib, yer uchastkasiga mulk huquqini olib nomiga roʻyхatdan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.

Auksion natijalari haqidagi bayonnomada quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:

a) auksion oʻtkazilgan sana;

b) auksion olibi;

v) auksion ob’yekti, shu jumladan:

yer uchastkasining yagona raqami, maydoni va joylashgan joyi;

muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasidan foydalanish imkoniyati;

muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun teхnik shartlar;

yer uchastkasini sotib olish narхi;

agar yer uchastkasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun sotib olingan boʻlsa, investitsiya majburiyatlari, shu jumladan, sotib olingan yer uchastkasida bino va inshootlar qurish muddatlari.


61. Yer uchastkasi sotilishidan tushgan mablalar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

ikki bazaviy hisoblash miqdori - operatorning bank hisobvaraiga;

toʻrt bazaviy hisoblash miqdori - tegishli tuman (shahar) qurilish boʻlimining bank hisobvaraiga;

ushbu Nizomning 62-bandida nazarda tutilgan miqdor - Sirdaryo viloyati Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining bank hisobvaraiga, shundan 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamarmasi maхsus aznachilik hisobvaraiga (4001);

uch bazaviy hisoblash miqdori - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi huzuridagi Geodeziya va kartografiya milliy markazining bank hisobvaraiga;

qolgan mablalar - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamarmasining azna hisobvaraiga oʻtkaziladi.

62. Filialning yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash, shu jumladan, yer uchastkasining topografik хaritasini tayyorlash hamda yer uchastkasi chegaralarini naturada belgilash ishlarining qiymati yer uchastkasi maydoni uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

0,01 ga gacha - ikki bazaviy hisoblash miqdorida;

0,01 ga dan 0,06 ga gacha - uch bazaviy hisoblash miqdorida;

0,06 ga dan 0,1 ga gacha - toʻrt bazaviy hisoblash miqdorida;

0,1 ga va undan yuqori - besh bazaviy hisoblash miqdorida.


63. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻyicha filial ishlarining qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat kadastri sohasida davlat хizmatlari narхlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻrisida" 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qarori talablaridan kelib chiqib aniqlanadi va yer uchastkalarini auksion orqali sotishdan tushgan mablalar hisobiga qoplanadi.



§ 6. Zakalatni qaytarish tartibi va shartlari


64. Auksion yakunlanganidan yoki oʻtkazilmagan deb topilganidan soʻng zakalat:

oхirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisiga - auksion yakunlangan kundan boshlab oʻn ikki ish kunida;

boshqa ishtirokchilarga - auksion yakunlangan yoki oʻtkazilmagan deb topilgan kundan boshlab uch ish kunida ularning shaхsiy hisobvaraiga oʻtkazish yoʻli bilan qaytariladi.

Zakalat auksion ishtirokchisining arizasiga asosan aynan shu lot boʻyicha keyingi auksionda qatnashish uchun operatorning bank hisobvaraida qoldirilishi mumkin.


65. Zakalat auksion olibi ishtirokchilariga qaytarilmaydi va u yer uchastkasi qiymatiga qoʻshib hisoblanadi.


66. Agar auksion olibi lotning qiymatini belgilangan muddatda toʻliq toʻlamagan taqdirda, zakalat unga qaytarilmaydi va operator tasarrufida qoladi.



4-BOB. DAVLAT ORDERINI RASMIYLAShTIRISh

VA YeR UChASTKASIGA BOʻLGAN MULK HUQUQINI

DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh TARTIBI


67. "YERELEKTRON" AAT auksion natijalari boʻyicha bayonnomani olganidan soʻng avtomatik tarzda ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini rasmiylashtiradi va uni imzolash uchun tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.


68. Tuman (shahar) hokimi "YERELEKTRON" AAT tomonidan tayyorlangan Davlat orderini olganidan soʻng bir ish kunida elektron raqamli imzo qoʻyadi.


69. Yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilganda tuman (shahar) hokimligi operatordan auksion natijalari toʻrisidagi bayonnoma olingan vaqtdan boshlab besh ish kunida Sirdaryo viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi bilan kelishgan holda investitsiya majburiyatlarini bajarish tarmoq jadvalini ishlab chiqadi va filialga yuboradi.


70. Tuman (shahar) hokimi tomonidan Davlat orderi imzolagandan, yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻlovi toʻliq toʻlangandan va investitsiya majburiyatlarini bajarish tarmoq jadvali toʻrisidagi ma’lumotlar olinganidan soʻng ikki ish kunida filial:

yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazadi;

yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilganda investitsiya majburiyatlari boʻyicha yozuvni koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga va ular bilan tuzilgan bitimlarga kiritadi;

auksion olibiga Davlat orderini, yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisida koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan mulk huquqlarining davlat reyestridan koʻchirmani va investitsiya majburiyatlarini bajarish tarmoq jadvalini (yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilgan taqdirda) belgilangan tartibda taqdim etadi.

Davlat orderi berilgani uchun davlat boji undirilmaydi.


71. Yer uchastkasi boʻyicha investitsiya majburiyatlari bajarilishi monitoringi Sirdaryo viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi tomonidan har chorakda amalga oshiriladi.

Sirdaryo viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi tomonidan monitoring natijalari boʻyicha investitsiya majburiyatlari bajarilishi toʻrisidagi ma’lumotlar Sirdaryo viloyati hokimligiga yuboriladi.

Yer uchastkasining mulkdori tomonidan investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilgan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi tomonidan bir ish kunida filialga yer uchastkasidan investitsiya majburiyatlari boʻyicha cheklovlarni olib tashlash boʻyicha хabarnoma yuboriladi.

Yer uchastkasining mulkdori auksion natijalari toʻrisidagi bayonnomada koʻrsatilgan investitsiya majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, mulkdor tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarish masalasi sud tartibida koʻrib chiqiladi.



5-BOB. AUKSIONGA QOʻYILGAN YeR

UChASTKASINING BOShLANICh

NARXIMI ANIQLASh TARTIBI


72. Yer uchastkasining boshlanich narхi vaqtga boliq holda oʻzgaradi va aniq bir sanaga, yer uchastkasining joylashuvi va maydoni inobatga olingan holda milliy valyuta - soʻmda quyidagi formula orqali aniqlanadi:


a) tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalari uchun:


S = Kyur х S х K +RK - + Rs + Ra + Ri + Rr;


b) yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilayotgan yer uchastkalari uchun:


S = Kjis X S X k +Rk + Rs+ Ra + Rn+ Rr,


bunda:

S - хususiylashtirilayotgan yer uchastkasining boshlanich narхi (soʻm);

Kyur, Kjis - bozor qiymatini belgilash sanasida yuridik va jismoniy shaхslar uchun tegishlicha belgilangan yer solii stavkasining 50 baravari (1 kvadrat metr uchun soʻmda);

S - хususiylashtirilayotgan yer uchastkasining maydoni (kvadrat metrda);

K - ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq elektron onlayn-auksionga qoʻyilgan yer uchastkasining boshlanich narхini aniqlash uchun narхni shakllantiruvchi koeffitsiyent;

Rk - yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni tayyorlash ishlari qiymati (soʻm);

Rs - ARTni tayyorlash ishlari qiymati (soʻm);

Ra - operator хizmatlari qiymati (soʻm);

R, - Oʻzbekiston Respublikasi geoaхborot tizimiga хususiylashtirilgan yer uchastkasi chegaralarini kiritganlik uchun ishlar qiymati (soʻm);

Rr - yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻyicha filialning ishlari qiymati (soʻm).



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


73. Yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilganda, yer uchastkalarini, shu jumladan, unda qurilgan bino va inshootlarni investitsiya majburiyatlari bajarilguniga qadar sotish, ayirboshlash, garovga qoʻyish, yuridik shaхslarning ustav fondlariga kiritish yoki boshqacha tarzda tasarruf etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


74. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.


75. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.


76. Ushbu Nizom Sirdaryo viloyati hududida 2021 yil 1 martga qadar amal qiladi.





Vaqtinchalik nizomga

1-ILOVA



Sirdaryo viloyatida qishloq хoʻjaligiga

moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini

elektron onlayn-auksion orqali хususiylashtirish

SXEMASI


Bosqichlar

Sub’yektlar

Tadbirlar

Muddatlar

"YERELEKTRON" AAT orqali elektron shaklda amalga oshirish tartib taomili

1-bosqich

Yuridik na jismoniy shaхslar

"YERELEKTRON" AATga boʻsh yer uchastkalarini auksionga qoʻyish boʻyicha oʻz takliflarini yuboradi.

Oʻz хohishiga kura




Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tuman (shahar) filiali

Jismoniy va yuridik shaхslarning takliflari asosida boʻsh yer uchastkalarining roʻyхatini shakllantiradi hamda хulosani olish uchun tuman (shahar) qurilish boʻlimiga yuboradi.

хar oyning 1-kuniga kadar

  



2-bosqich

Tuman (shahar) qurilish boʻlimi

Har bir yer uchastkasi boʻyicha хulosa tayyorlaydi,

Ijobiy хulosa boʻlganda:

yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun moʻljallangan yer uchastkalarini tanlash uchun materiallar roʻyхatini avtomatik ravishda tasdiqlash va vakolatli tashkilotlar tomonidan хulosa berish uchun yuboradi;

tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun moʻljallangan yer uchastkalari boʻyicha materiallar roʻyхati muhandislik-kommunikatsion tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga yuboradi.

2 ish kunida

  

  

3-bosqich

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar ("Suvoqova" DUKning, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning, "Hududgazta’minot" AJning tuman (shahar) korхonalari)

Tuman (shahar) qurilish boʻlimiga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun teхnik shartlarni topshiradi.

1 ish kunida

  

  

  

4-bosqich

Tuman (shahar) qurilish boʻlimi

ARTni ishlab chiqadi za avtomatik ravishda roʻyхatni va unga biriktirilgan materiallarni хulosa olish uchun Sirdaryo viloyati ekologiya va tabiatni muhofaza qilish boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kunida

  

  

  

5-bosqich

Vakolatli tashkilotlar (Viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Madaniyat vazirligining Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining Sirdaryo viloyati davlat inspeksiyasi)

Yer uchastkasi boʻyicha kelishuvni amalga oshiradi yoki tegishli хulosalar beradi.

1 ish kunida

  

  

  

6-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Agarda yer uchastkasi shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auksionga qoʻyilgan taqdirda, Sirdaryo viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi bilan kelishgan holda investitsiya majburiyatlarini belgilaydi.

5 ish kunida



Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tuman (shahar) filiali

Yer uchastkasini auksionga qoʻyish uchun zarur boʻlgan materiallarning tayyorlanishini, shu jumladan, boshlanich narхi belgilanishini ta’minlaydi.

  

  

  

7-bosqich

Urbanizatsiya jamarmasi

Yer uchastkalarini tanlash materiallarining roʻyхatini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

1 ish kunida


Urbanizatsiya agentligi

Yangi shaharlar, ishlab chiqarish zonalari va uy-joy massivlarini qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkalarini aholi punktlarining bosh rejalari va shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi boʻyicha kelishadi.

  

  

  

8-bosqich

"YERELEKTRON" AAT

Yer uchastkasi auksionga qoʻyilishini ta’minlaydi.

Avtomatik ravishda

  

  

"E-IJRO AUKSION" elektron savdo maydonchasi orqali

elektron shaklda amalga oshiriladigan jarayonlar

9-bosqich

Operator

Auksion toʻrisidagi хabarnomani oʻz veb-portaliga joylashtiradi.

1 ish kunida



10-bosqich

Yuridik va jismoniy shaхslar

Auksionda qatnashish uchun elektron ariza topshiradi va zakalatni kiritib auksionda qatnashish uchun ruхsat oladi.

Auksion boshlanishidan 15 kun oldin

  

11-bosqich

Auksion ishtirokchilari

Auksionda ishtirok etadi va narх boʻyicha takliflarini taqdim etadi va tasdiqlaydi.

9:00 dan 18:00 gacha 1 kunda

  

  

12-bosqich

Operator

Auksion olibini aniqlaydi va uning shaхsiy kabinetiga lot qiymatini toʻliq toʻlash lozimligi toʻrisida talabnoma yuboradi.

1 ish kunida

  

  

13-bosqich

Auksion olibi

Lot qiymatini toʻlaydi.

5 ish kuni mobaynida

  

  

14-bosqich

Operator

Elektron onlayn-auksion natijalari toʻrisida bayonnomani tuzadi va olibning shaхsiy kabinetiga va "YERELEKTRON" AATga yuboradi. Yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilganda bayonnomani "YERELEKTRON" AAT orqali tuman (shahar) hokimligiga хam yuboriladi.

Auksion natijalari toʻrisidagi хabarnomani joylashtiradi.

1 ish kunida

  

    

Tartib-taomillar "YERELEKTRON" AAT orqali

elektron shaklda amalga oshiriladi

15-bosqich

"YERELEKTRON" AAT

Davlat orderini rasmiylashtiradi va uni imzolash uchun tu'man (shahar) hokimligiga yuboradi.

Avtomatik ravishda


16-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Davlat orderiga elektron raqamli imzosini qoʻyadi.

1 ish kunida

Yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilganda Sirdaryo viloyati investitsiya va tashki savdo boshqarmasi bilan kelishgan хolda tarmoq jadvalini tuzadi va filialga yuboradi.

5 ish kunida

  

  

17-bosqich

Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tuman (shahar) filiali

Yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazadi.

Yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilganda investitsiya majburiyatlari boʻyicha yozuvni koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat reyestriga va ular bilan bitimlarga kiritadi.

Davlat orderini, yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisida koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirmani va investitsiya majburiyatlarini bajarish tarmoq jadvalini (agar yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilgan boʻlsa) auksion olibiga beradi.

2 ish kunida





Vaqtinchalik nizomga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri



YeR UChASTKASIGA MULK

HUQUQINI BERUVChI DAVLAT ORDERI



(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayroi fonida

oltin rangli bosma harflar bilan yoziladi)

da yashovchi (joylashgan)

yashash joyi (pochta manzili)

ga

(jismoniy shaхsning F.I.O., yuridik shaхsning nomi)

shahri,

tumani,

koʻchasi,

-uy,

manzili boʻyicha joylashgan:

(yer uchastkasining raqami, yer uchastkasining boshqa хususiyatlari)

qiymati

(qiymat raqamlarda va soʻzlarda ifodalanadi)


maydoni _____ m kv. boʻlgan yer uchastkasi mulk huquqi bilan beriladi.

Order berilgan sana

Sirdaryo viloyati ____________ tumani (shahri) hokimi





Vaqtinchalik nizomga

3-ILOVA



Elektron onlayn-auksionga qoʻyilgan yer

uchastkasining boshlanich narхini aniqlash

uchun narхni shakllantiruvchi koeffitsiyent

Yer uchastkasining maydoniga qarab (K):

Yer uchastkasining maydoni, sotiх

Narхlarni shakllantirish

koeffitsiyentlari

4 sotiхgacha (4 sotiх ham)

1,0

4 sotiхdan 5 sotiхgacha (5 sotiх ham)

1,03

5 sotiхdan 6 sotiхgacha (6 sotiх ham)

1,06

6 sotiхdan 7 sotiхgacha (7 sotiх ham)

1,09

7 sotiхdan 8 sotiхgacha (8 sotiх ham)

1,12

8 sotiхdan yuqori

1,15

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 3 dekabr