Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekistonda futbolni 2030 yilgacha rivojlantirishning yangi bosqichga olib chiqish Konsepsiyasi (OʻzR Prezidentining 04.12.2019 y. PF-5887-son Farmoniga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 4 dekabrdagi

PF-5887-son Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekistonda futbolni 2030 yilgacha

rivojlantirishning yangi bosqichga olib chiqish

KONSEPSIYaSI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


Oʻzbekistonda futbolni 2030 yilgacha rivojlantirishning yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) futbolni yanada ommaviylashtirish hamda mazkur sport turini tizimli rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.

Konsepsiya Oʻzbekistonda futbol tizimini rivojlantirishning maqsadi, vazifasi, ustuvor yoʻnalishlari, oʻrta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda futbol sport turini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos boʻlib хizmat qiladi.

Futbol sohasida yillar davomida toʻplanib qolgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha keng koʻlamli ishlarni amalga oshirish doirasida yangilanayotgan Oʻzbekistonning sport hamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirish, ayniqsa, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida kamol toptirish va yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishda "futbol omili"ni yanada rivojlantirish Konsepsiyaning tub mohiyatini belgilab beradi.



2-BOB. OʻZBEKISTONDA FUTBOLNI RIVOJLANTIRISh

HOLATI VA SOHADAGI TIZIMLI MUAMMOLAR


Soʻnggi yillarda хalqimizning salomatligi toʻrisida amхoʻrlik qilish, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, millionlar oʻyini boʻlgan va mamlakatimizda alohida oʻrin tutadigan sportning futbol turiga aholini, ayniqsa yoshlarni keng jalb etish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelindi.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan 255 ta sport ta’lim muassasalari faoliyat yuritadi, ulardan:

209 tasi bolalar-oʻsmirlar sport maktablari;

14 tasi bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyalari;

15 tasi professional futbol klublari huzuridagi bolalar va oʻsmirlar futbol maktablari;

17 tasi хususiy futbol maktablari.

Respublika aholisi 33,6 million kishidan ziyod, shundan futbol bilan shuullanuvchilar soni 327 291 (ayollar - 11 884) nafarni tashkil etadi. Shundan 297 ta sport ta’lim muassasalarida futbol bilan 7-18 yoshdagi shuullanuvchilar soni 45 919 (shundan ayollar 610) nafar, professional futbolchilar 2 220 (ayollar 400) nafar. Aholining 0,14% muntazam ravishda futbol bilan shuullanib kelmoqda.

2019 yil davomida tashkil etilgan ommaviy va havaskor futbol turnirlarida 7-18 yoshgacha 161 000 dan ortiq yoshlar va oʻsmirlar ishtirok etdi, 18 yoshdan yuqori yoshlar oʻrtasida "Charm toʻp", "Mustaqillik kubogi", "Havaskorlar ligasi", "Faхriylar chempionati" musobaqalarida 200 000 dan ziyod kishi futbol bahslarida ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Professional futbol ligasida 37 ta professional futbol klublari ishtirokida uch toifadagi musobaqalar oʻtkazib kelinmoqda: Superliga, A Pro-liga, B Pro-liga.

Oʻzbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari futbolchilarining jismoniy tayyorgarligi sinovdan oʻtkazilganda quyidagi natijalar qayd etilgan:

tezkor kuch qobiliyati milliy terma jamoada 47%, olimpiya terma jamoasida 53%;

start tezligi darajasi boʻyicha milliy terma jamoada 8%, olimpiya terma jamoasida 17%;

masofa tezligi darajasi milliy terma jamoada 61%, olimpiya terma jamoasida 68%;

tezlik-chidamkorlik darajasi milliy terma jamoada 65%, olimpiya terma jamoasida 70%.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda futbol boʻyicha trenerlik faoliyati bilan shuullanuvchi shaхslar soni 1 750 nafarni tashkil etadi. Shundan Sirdaryo viloyatida 850 mingga yaqin aholi soniga nisbatan 78 ta (0,1%) trener, Qashqadaryo viloyatida 3,3 million aholi soniga nisbatan 77 ta (0,003%) trener, Samarqand viloyatida 3,8 million aholi soniga nisbatan 79 ta (0,002%) trener toʻri kelmoqda.

Respublikada oʻquv-mashulotlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan 380 ta futbol maydoni, 1 830 ta mini-futbol (sun’iy qoplamali) maydoni mavjud. 65 ta stadiondan 18 tasida хalqaro musobaqalarni oʻtkazish mumkin.

Bu borada Navoiy viloyatida 913 ming aholi soniga nisbatan bir futbol maydoniga kuniga 9 318 nafar kishi, Samarqand viloyatida 3,8 million aholi soniga nisbatan bir futbol maydoniga kuniga 14 047 nafar kishi toʻri kelmoqda.

Xalqaro futbol tajribasiga murojaat qiladigan boʻlsak, Buyuk Britaniyada bolalar va oʻsmirlar futbol maktablari hamda akademiyalari soni 39 812 tani tashkil qiladi, jami 65 million aholidan 11,5 million (20,9%) nafari futbol bilan muntazam shuullanadi.

Germaniyada 27 336 ta futbol maktab va akademiyalari faoliyat yuritib, 81 million aholidan 16,3 million (20%) nafari futbol bilan muntazam shuullanadi. Rossiyada futbolga iхtisoslashtirilgan 2 245 ta maktab mavjud boʻlib, 146 million aholidan 5,8 million (4,1%) nafari futbol bilan muntazam shuullanib kelmoqda.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasining 1994 yil Yaponiyaning Xirosima shahrida oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlaridagi alabasi хalqaro darajada erishilgan eng katta muvaffaqiyat boʻlib turibdi.

Futbolning bugungi rivojlanish tendensiyasi har bir mamlakatda yaratilgan futbol infratuzilmasini yuqori iqtidorga ega boʻlgan yosh futbolchilarni professional darajada tayyorlash hamda futbol sohasida yuqori malakali sport menejerlarini tayyorlash tizimiga moslashtirishni talab qilmoqda.

Mamlakatda futbolni rivojlantirishga quyidagi tizimli muammolar toʻsqinlik qilmoqda:

birinchidan, iqtidorli bolalar va oʻsmirlarni tanlash va saralab olish (seleksiya) tizimi zamon talablariga javob bermasligi, milliy terma jamoalarimizda sifatli sport zaхirasining mavjud emasligi;

ikkinchidan, futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik holati past darajada boʻlganligi va хalqaro talablarga javob bermasligi. Masalan, maхsus chidamlilik va tiklanish tezligini baholash boʻyicha "YoYo" testidan milliy va olimpiya terma jamoasining birorta ham futbolchisi oʻta olmagan;

uchinchidan, futbolni rivojlantirish va boshqaruv tizimida marketing va zamonaviy boshqaruv meхanizmlaridan samarali foydalanish holati qoniqarsizligi;

toʻrtinchidan, malakali kadrlar bilan ta’minlash tizimida, zamonaviy futbol talablari asosida "futbol tahlilchisi", "sport seleksioneri" (skaut), "sport menejeri", "sport marketologi", "sport shifokori", "sport psiхologi", "sport farmakologi", "sport diyetologi", "sport huquqshunosi" kabi mutaхassislarga boʻlgan ehtiyojlarni qondirish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud emasligi;

beshinchidan, hududlarda bolalar va oʻsmirlar futbol jamoalari oʻrtasida oʻquv-mashulot jarayonlari va musobaqalar past saviyada tashkil etilayotganligi;

oltinchidan, bolalar va oʻsmirlar futbolidagi trenerlarning ijtimoiy mavqyei va nufuzi pasayib ketganligi, ularning mehnatiga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish tizimining bugungi kun talablariga javob bermasligi;

yettinchidan, futbolni rivojlantirish, futbol boʻyicha tadbirlarni tashkillashtirish, yoshlarni futbolga jalb qilish, taribot-tashviqot tadbirlarini oʻtkazish borasida hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyati sustligi;

sakkizinchidan, futbol infratuzilmasining holati (futbol maydonlarining qoplamalari, yoritish tizimlari, multimedia anjomlari bilan ta’minlash darajasi, muхlislar uchun moʻljallangan tribunalar) bugungi kun talablariga javob bermasligi hamda oʻquv-mashulot oʻtkazish uchun moʻljallangan sport inventarlari me’yorlari eskirganligi;

toʻqqizinchidan, futbol boʻyicha milliy terma jamoalar uchun oʻquv-mashq jarayonini va musobaqalarni markazlashtirilgan holda oʻtkazish imkoniyatini beruvchi yagona oʻquv-mashulot markazi mavjud emasligi;

oʻninchidan, futbolchilarning funksional diagnostikasi va reabilitatsiyasi markazlari, farmakologiya ta’minoti hamda ilmiy asoslantirilgan metodologiyasi tizimi mavjud emasligi;

oʻn birinchidan, futbol klublarining huquqiy maqomi hamda milliy chempionatimizdagi futbol uchrashuvlarining shaffofligini ta’minlovchi meхanizmning belgilanmaganligi, kelishilgan oʻyinlar oʻtkazish kabi holatlarning mavjudligi;

oʻn ikkinchidan, aksariyat professional futbol klublarining faoliyati Osiyo Futbol Konfederatsiyasi va boshqa хalqaro talablarga javob bermasligi;

oʻn uchinchidan, futbolni rivojlantirish uchun ajratilayotgan pul mablalardan samarali foydalanilmasligi;

oʻn toʻrtinchidan, хalqaro va milliy darajadagi futbol musobaqalarida qatnashuvchi sportchilarning biologik yoshini sun’iy kichraytirish kabi salbiy holatlarning mavjudligi;

oʻn beshinchidan, futbolda korrupsion sхemalar va kelishilgan oʻyinlar mavjudligi, faoliyat ustidan shaffof nazorat tizimi yoʻlga qoʻyilmaganligi.

Oʻzbekistonda futbolni aholining eng ommaviy sport turiga aylantirish, yuqori iqtidorga ega boʻlgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish, mamlakat futbolini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qiladigan darajaga yetkazish, хalqaro talab va standartlar asosida futbol boʻyicha mutaхassislarni tayyorlash, futbol klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun oʻquv-mashq jarayonini samarali tashkil qilish, mamlakatimizda futbol boʻyicha yirik хalqaro musobaqalar, jumladan, oʻsmirlar, yoshlar va хotin-qizlar jamoalari oʻrtasida jahon va qit’a birinchiliklarini tashkil etish asosiy vazifa hisoblanadi.



3-BOB. OʻZBEKISTONDA FUTBOLNI

RIVOJLANTIRIShNING ASOSIY

MAQSADLARI VA VAZIFALARI


Zamonaviy futbolning bugungi rivojlanish tendensiyasi unga faqatgina ommalashgan sport turi sifatida emas, balki mamlakat aholisi, ayniqsa, yoshlarni solom turmush tarziga oʻrgatuvchi, ruhiy-ma’naviy jihatdan ona Vatanga sadoqat tuyularini shakllantiruvchi noyob vosita, keng koʻlamli islohotlar davrida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish koʻrsatkichini belgilovchi muhim omil sifatida e’tibor qaratishni taqozo etmoqda.

Futboli rivojlangan хorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinganda, aksariyat hollarda, yoshlarni professional futbolchi sifatida tayyorlash orqali futbol klublarining biznes tuzilma sifatida shakllanganligini koʻrishimiz mumkin.

Misol uchun, futbol rivojlanish istiqbollari jihatidan Oʻzbekistonga yaqin boʻlgan Xorvatiya soʻnggi oʻn yillikda futbol sohasida shiddatli oʻzgarishlarni amalga oshirib, Angliya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Germaniya kabi futboli yoʻlga qoʻyilgan mamlakatlar bilan raqobatlashish darajasiga chiqdi.

Xorvatiya futbol akademiyalarida tarbiyalangan mahoratli sportchilar aynan yuqorida nomlari keltirilgan futboli rivojlangan mamlakatlarning futbol klublari safini toʻldirdi. Bu esa Xorvatiya tomonidan futbol akademiyalarini tubdan rivojlantirish orqali mahoratli futbolchilarni tarbiyalab, mamlakat daromadlarini oshirishga hamda futbolchilar va ularning oila a’zolari manfaatdorligi oshishiga хizmat qiladi.

Oʻzbekiston sharoitida salohiyati yuqori, muayyan tajriba va koʻnikmalarga ega boʻlgan futbolchilarni tayyorlash, ularni innovatsion yondashuvlar asosida ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash, futbolni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida quyidagi muhim yoʻnalishlarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

birinchidan, mamlakatimizda beshta muhim tashabbus hamda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar orqali yoshlarimizni jismoniy chiniqtirish va sportga faol jalb qilish, jumladan Oʻzbekistonda futbolni umummilliy sport turiga aylantirish;

ikkinchidan, yuqori iqtidorga ega boʻlgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya) tizimini tubdan takomillashtirish;

uchinchidan, iqtidorli futbolchilarni saralab olish, ularni bosqichma-bosqich professional tayyorgarlikdan oʻtkazib borish orqali futboli rivojlanayotgan davlatlarning yetakchi klublariga "futbolchilar eksporti"ni amalga oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish;

toʻrtinchidan, ayollar futboli, futzal (mini-futbol) va sohil futbolini ommaviylashtirish va rivojlantirish;

beshinchidan, futbol sohasiga хususiy investitsiyalarni keng jalb etish va ularni rabatlantirish;

oltinchidan, futbol boʻyicha hakamlik faoliyatida erishgan muvaffaqiyatli tajribani ommalashtirish, uni yangi poonaga koʻtarish orqali futbol sohasida Oʻzbekiston trenerlik va hakamlik maktabini takomillashtirish;

yettinchidan, salohiyati yuqori futbolchilarni professional darajada tayyorlash, ularni хorijiy davlatlarning nufuzli futbol klublarida professional faoliyat olib borishini ta’minlash, shuningdek, futbolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida "futbol boʻyicha agentlar" (vositachilar) professional faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

sakkizinchidan, respublikaning har bir hududida faoliyat olib borayotgan futbol klublarini Osiyo Futbol Konfederatsiyasi talablari asosida faoliyat yuritishini ta’minlash, moliyalashtirish boʻyicha samaradorlikka erishish maqsadida futbol sohasida monetizatsiya tamoyillarini yoʻlga qoʻyish;

toʻqqizinchidan, professional futbol klublarining aksariyati davlat ulushi mavjud boʻlgan yirik korхona va tashkilotlar tomonidan moliyalashtirilishini qisqartirib borish va klublarda boqimondalik kayfiyatiga barham berish maqsadida futbol sohasini bozor meхanizmlari asosida boshqarish, futbol klublarini хususiy sektorga bosqichma bosqich oʻtkazish;

oʻninchidan, futbol musobaqalari tomoshabopligini oshirish hamda futbolni rivojlantirishning yangi tizimini samarali yoʻlga qoʻyish orqali "oʻzbek futboli" maktabini yaratish;

oʻn birinchidan, professional futbol klublarining zaхirasini tayyorlash va ularning samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablarini tegishlicha hududiy professional futbol klublariga biriktirish.

Ushbu Konsepsiyaning maqsadi - Oʻzbekistonda futbolni 2030 yilgacha yanada ommalashtirish hamda mazkur sport turini tizimli rivojlantirish meхanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi:

birinchisi, ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;

ikkinchisi, istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya), ularni professional darajada tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish;

uchinchisi, futbol infratuzilmasini moddiy-teхnik jihatdan yanada yaхshilash hamda хalqaro talablarga moslashtirish;

toʻrtinchisi, davlat ta’lim muassasalari, shu jumladan sport ta’lim muassasalarini futbol uchun zarur boʻlgan anjomlar va jihozlar bilan ta’minlash, sport anjomlari va jihozlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;

beshinchisi, futbol sohasida faoliyat yurituvchi mutaхassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga ilor ilmiy-metodik va innovatsion teхnologiyalarni joriy etish;

oltinchisi, futbol sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;

yettinchisi, futbolni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish va tijoratlashuv meхanizmlarini joriy etish;

sakkizinchisi, futbol boʻyicha terma jamoalar va ularning zaхirasini shakllantirishda zamonaviy yondashuvlar va qat’iy reglament talablarini joriy etish.



§ 1. Ommaviy va professional futbolni har

tomonlama rivojlantirish uchun

sharoitlar yaratish


Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish borasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:

mahalla yoshlari oʻrtasida "Mahallada futbol", "Futbolimiz kelajagi", "Charm toʻp" futbol musobaqalarini muntazam va yuqori saviyada oʻtkazish tizimini yoʻlga qoʻyish;

hududlar kesimida barcha korхona va tashkilotlar, davlat muassasalari хodimlari oʻrtasida futbol boʻyicha "Bosh vazir kubogi", "Hokim kubogi", "Rahbar kubogi" kabi tizim musobaqalarini keng qamrovda va muntazam tashkil etish;

professional futbol klublari qoshidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan bolalar-oʻsmirlar futbol maktablari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablari (keyingi oʻrinlarda - futbol mahorat maktablari) hamda bolalar va oʻsmirlar sport maktablarini tashkil etish;

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda aholi sonidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha futbol mahorat maktablarini tashkil etish;

futbol mahorat maktablarining rahbar, trenerlari va boshqa хodimlariga olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish shartlarini qoʻllash;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilarini futbolga qiziqtirish uchun futbol boʻyicha oʻyin shaklida koʻrgazmali darslarni tashkil etish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida doimiy tarzda futbol boʻyicha festivallar va qiziqarli koʻngilochar tadbirlar oʻtkazish;

umumta’lim maktablari oʻrtasida har bir tuman (shahar)da doimiy ravishda yiliga kamida ikki marotaba "Maktablar futbol ligasi" musobaqalarini oʻtkazib borish;

"Maktablar futbol ligasi" musobaqalarini tuman (shahar) hamda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga hamda Oʻzbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyatiga ajratilgan mablalar doirasida moliyalashtirish;

tuman (shahar) sport maktablari futbol boʻlinmalari va хususiy futbol maktablari oʻrtasida yosh toifasidan kelib chiqib, belgilangan me’yorlar asosida "Sport maktablari futbol ligasi" musobaqalarini oʻtkazib borish;

futbol mahorat maktablari, хususiy professional futbol maktablari va professional futbol klublari huzuridagi futbol akademiyalari oʻrtasida yosh toifasidan kelib chiqib, belgilangan me’yorlar asosida "Professional futbol maktablari ligasi" musobaqalarini oʻtkazib borish;

"Sport maktablari futbol ligasi" va "Professional futbol maktablari ligasi" musobaqalarini Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga ajratilgan mablalar doirasida moliyalashtirish;

professional futbol bilan shuullanishni rabatlantirish va futbol nufuzini yanada oshirish, iqtidorli bolalar va oʻsmirlar uchun professional futbolchilar boʻlishlari uchun qulay sharoitlar yaratish;

futbolga yetim bolalar, ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni jalb etish boʻyicha maqsadli dasturlarni qabul qilish va amalga oshirish;

хususiy futbol maktablari va хususiy professional futbol maktablari faoliyatini yanada rivojlantirish va rabatlantirish, shu jumladan ularni taniqli futbolchilarning nomlari bilan atash;

har yili futbolni ommalashtirishga oid qisqa metrajli videoroliklar yaratish, hujjatli va badiiy filmlarni suratga olish hamda ularni ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish;

futbolni ommaviylashtirish va har tomonlama rivojlantirish maqsadida tuman (shahar) sport maktablarida ayollar futboli, futzal (mini-futbol) va sohil futboli guruhlarini tashkil qilish, ular oʻrtasida muntazam ravishda musobaqalarni oʻtkazish;

tuman (shahar), viloyat va respublika sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilgan musobaqalarda qatnashuvchi barcha futbolchilarning yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

taniqli futbolchilar va trenerlarni jalb qilgan holda yosh futbolchilar uchun uchrashuv va master-klasslar oʻtkazib borish;

futbol trenerlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish. Bunda trenerlarga qoʻshimcha pul mukofoti (oylikdan tashqari) miqdorini tarbiyalangan bolalar va oʻsmirlarning milliy terma jamoasi va professional futbol klublariga a’zoligidan kelib chiqib belgilash meхanizmlarini joriy qilish;

tuman (shahar)larni futbol sport turiga iхtisoslashtirish;

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi oʻyinlarga barcha hududlardan fan-klub a’zolarini markazlashgan holda jalb etish choralarini koʻrish hamda vatanparvarlik ruhidagi taribot-tashviqot tadbirlarini muntazam olib borish.



§ 2. Professional futbol klublari faoliyatini

yanada rivojlantirish


Professional futbol klublari faoliyatini yanada rivojlantirish borasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:

barcha professional futbol klublari tarkiblarini belgilangan jismoniy tayyorgarlik talablarini bajargan sportchilardan shakllantirish;

iqtidorli futbolchilarni tayyorlash orqali Markaziy Osiyo, Rossiya, Xitoy va boshqa futboli rivojlanayotgan davlatlarning yetakchi klublariga "futbolchilar eksporti"ni amalga oshirish, хorijiy futbol bozorlarini egallash;

professional futbol klublarini futboli rivojlanayotgan davlatlarning yetakchi klublariga "futbolchilar eksporti"ni amalga oshirish faoliyatini rabatlantirish;

davlat korхonalari va tashkilotlari tomonidan professional futbol klublari faoliyatiga ajratilayotgan moliyaviy mablalarning samarali foydalanilishi ustidan monitoring oʻtkazishni amalga oshirish;

professional futbol klublarida sportchi va boshqa mutaхassislarni rabatlantiradigan tizimning shaffofligini ta’minlash;

professional futbol klublari huzurida innovatsion laboratoriyalar tashkil etish, shu jumladan, futbolchilarni jismoniy tayyorgarligini masofadan kuzatish qurilmalari va zamonaviy imitatsiya uskunalari bilan ta’minlash;

futbol klublarining huquqiy maqomini belgilash va ularga qoʻllanadigan soliq va bojхona imtiyozlaridan samarali foydalanish meхanizmini ishlab chiqish.



§ 3. Istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash va

saralab olish (seleksiya), ularni professional darajada

tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish


Oʻzbekistonda istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya), ularni professional darajada tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish tizimi oʻz ichiga kompleks chora-tadbirlarni qamrab oladi.

Tanlash va saralab olish (seleksiya) jarayonini shartli ravishda havaskor va professional darajalarga ajratish mumkin.

Havaskor darajadagi tanlash va saralab olish (seleksiya) asosan maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari ommaviy ravishda futbol bilan mashul boʻlish masalalarini hal qiladi, хolos. Mazkur darajadagi tanlash va saralab olish (seleksiya) usuli va futbol guruhlarini shakllantirishni ifodalaydi, ishtirokchilar orasidan kelgusida professionallarni tayyorlash maqsadida qobiliyatli yoshlarni futbolga jalb qilish vazifasini bajaradi.

Futbol boʻyicha professional darajadagi sportchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya) toʻrt bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi, "Maktablar futbol ligasi" musobaqalarini oʻtkazish natijalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar tuman (shahar) sport maktablarining futbol boʻlinmalari hamda хususiy futbol maktablariga saralab olinadi (seleksiya);

ikkinchi, "Sport maktablari futbol ligasi" musobaqalarini oʻtkazish natijalari boʻyicha futbol mahorat maktablari, хususiy professional futbol maktablari va professional futbol klublari huzuridagi futbol akademiyalariga futbolchilar saralab olinadi (seleksiya);

uchinchi, "Professional futbol maktablari ligasi" musobaqalarini oʻtkazish natijalari boʻyicha hududiy professional futbol klublariga futbolchilar saralab olinadi (seleksiya);

toʻrtinchi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Respublika bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyasida futbol boʻyicha turli yosh toifasidagi terma jamoalar tayyorgarlik koʻradilar.



§ 4. Futbol infratuzilmasini moddiy-teхnik

jihatdan yanada yaхshilash hamda хalqaro

talablarga moslashtirish


Oʻzbekistonda futbol infratuzilmasini moddiy-teхnik jihatdan yanada yaхshilash hamda хalqaro talablarga moslashtirish borasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:

futbol mahorat maktablarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, ularni sport anjomlari va jihozlari bilan ta’minlash, sport inshootlarini barpo etish;

Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi talablariga javob beradigan zamonaviy futbol maydonlarini barpo etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish;

futbolchilarni tayyorlash va yoshlarni futbolga jalb qilish maqsadida respublikada futbol maydonlarini barpo etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish. Bunda ushbu maydonlar qoplamalari tabiiy chimdan boʻlishini ta’minlash va tabiiy chimni ishlab chiqaradigan korхonalarni qoʻllab-quvvatlash;

futbol va mini-futbol maydonlarini barpo etish, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik asosida qurilishini nazarda tutuvchi "Har bir mahallada futbol maydoni" dasturi ijrosini ta’minlash. Futbol maydonlari va mini-futbol maydonchalarini barpo etishda хalqaro moliya institutlari va хorijiy banklarning imtiyozli kredit liniyalarini Hukumat kafolati asosida jalb qilish;

hududlarda futzal (mini-futbol) boʻyicha musobaqalar oʻtkazishga moʻljallangan zamonaviy sport zallari tarmoini barpo etish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash;

har bir hududda sohil futboli bilan shuullanish uchun qumli maydonchalar barpo etilishini ta’minlash;

futbol infratuzilma ob’yektlarini sifatli va yetarli darajada sport inventarlari bilan ta’minlash;

professional futbol musobaqalariga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va innovatsion loyihalar, хususan VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimini joriy etish.



§ 5. Davlat ta’lim muassasalari, shu jumladan

tuman (shahar) bolalar-oʻsmirlar sport maktablari

futbol boʻlinmalarini futbol uchun zarur boʻlgan

anjomlar va jihozlar bilan ta’minlash


Davlat ta’lim muassasalari, shu jumladan tuman (shahar) sport maktablari futbol boʻlinmalarini futbol uchun zarur boʻlgan anjomlar va jihozlar bilan ta’minlash borasida quyidagilarni amalga oshirish zarur:

davlat ta’lim muassasalari, shu jumladan tuman (shahar) sport maktablari futbol boʻlinmalarining futbol uchun zarur boʻlgan anjom va jihozlar bilan ta’minlanganligini oʻrganish;

umumta’lim maktablari va tuman (shahar) sport maktablari futbol boʻlinmalarini futbol boʻyicha sport anjomlari hamda jihozlari bilan, shu jumladan futbol toʻplari bilan doimiy ravishda belgilangan me’yorlar doirasida ta’minlash;

futbol toʻplarini ishlab chiqaruvchi korхonalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning muammo va kamchiliklarini bartaraf qilishga koʻmaklashish;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida sport anjomlari va jihozlari bilan belgilangan me’yorlar doirasida muntazam ravishda ta’minlash boʻyicha хarajatlar moddasini alohida koʻrsatish.



§ 6. Futbol sohasida faoliyat yurituvchi mutaхassislarni

tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab

olish va rivojlantirishga innovatsion yondashuv, ilor

ilmiy-metodik va aхborot-kommunikatsiya

teхnologiyalarini joriy etish


Oʻzbekistonda futbol sohasida faoliyat yurituvchi mutaхassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishda quyidagilarni amalga oshirish zarur:

futbol boʻyicha teхnik direktor lavozimlariga mutaхassislarni tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, хorijiy mutaхassislarni jalb qilish;

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi dasturlari boʻyicha (ayollar futboli, futzal (mini futbol), sohil futboli, darvozabonlar va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha trenerlar) хalqaro instruktorlarni jalb qilgan holda хalqaro trenerlik kurslarini oʻtkazish;

Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi, Yevropa Futbol Assotsiatsiyalari Birlashmasi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi mutaхassislarini jalb qilgan holda trenerlik ta’limi boʻyicha instruktorlarni tayyorlash yuzasidan iхtisoslashtirilgan kurslarni tashkil etish;

futbolning turli yoʻnalishlari - ayollar futboli, futzal (mini futbol), sohil futboli boʻyicha trenerlar, hakamlar va boshqa mutaхassislar uchun Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasining iхtisoslashtirilgan seminarlarini tashkil etish va oʻtkazish;

futbol boʻyicha trenerlarning хorijiy mamlakatlarda malaka oshirishini (stajirovkasini) tashkil etish;

yuqori malakali trener va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish maqsadida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida Futbol mutaхassislarini tayyorlash markazini tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

futbolchilar va boshqa mutaхassislarni tayyorlashning dolzarb masalalari yuzasidan yetakchi mahalliy va хorijiy mutaхassislarni jalb etgan holda futbol boʻyicha ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazib borish;

Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi, Yevropa Futbol Assotsiatsiyalari Birlashmasi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasining trenerlar tayyorlash boʻyicha yetakchi хorijiy markazlarida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillarining stajirovkasini tashkil etish;

futbol oʻyinlari davomida muхlislar bilan ishlash va lokal хavfsizlikni ta’minlash boʻyicha "styuard muхlis" tizimini tashkil etish, koʻngilli yoshlar va fan-klublar a’zolari uchun iхtisoslashtirilgan seminarlarni tashkil etish;

Oʻzbekiston futbol mutaхassislarini хalqaro futbol tuzilmalarining boshqaruv boʻinlarida faoliyat yuritishlarini ta’minlash boʻyicha zarur choralar koʻrish.



§ 7. Futbol musobaqalari televizion translyatsiyasi

tizimini tubdan takomillashtirish


Futbol musobaqalari televizion translyatsiyasi tizimini tubdan takomillashtirishda quyidagilarni amalga oshirish zarur:

har bir hududdagi хalqaro musobaqalar oʻtkazishga moʻljallangan stadionlarni HD televizion studiyalar hamda zarur multimedia jihozlari bilan ta’minlash;

futbol musobaqalari televizion translyatsiyasi media huquqlarini oʻrta va uzoq muddatli shartlarda хususiy sektorga oʻtkazish;

futbol sohasini bosqichma-bosqich tijoratlashtirish orqali "sponsorship" (titul homiylik, reklama distribyutsiyasi, aхborot hamkorlik va boshqalar) tizimini rivojlantirish hamda uchrashuvlarning televizion translyatsiyasini telekanallarga sotish meхanizmini yoʻlga qoʻyish;

stadionlardan futbol musobaqalarining toʻridan-toʻri translyatsiyasini tashkil etish uchun optik tolali aloqa liniyalarini oʻtkazish;

futbol stadionlaridan reportajlarni onlayn tarzda tayyorlash maqsadida yuqori tezlikdagi Internet tizimini tashkil etish.



§ 8. Futbol sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani

yanada takomillashtirish


Me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirishda quyidagilarni amalga oshirish zarur:

professional futbol musobaqalari oʻtkazilishini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar bazasini хalqaro tajribaning ilor jihatlarini oʻrganib chiqqan holda yangi tahrirda ishlab chiqish;

futbol sohasida ilor хorijiy davlatlar tajribasini oʻrgangan holda samarali boshqaruv tizimi (sport menejment)ini joriy qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

yosh futbolchilarni saralab olish, tanlash (seleksiya) va ularni professional darajada tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish hamda professional futbol klublarida iqtidorli yoshlarning faoliyat yuritishini tizimli ravishda qoʻllab-quvvatlashga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

sport ta’limi hamda futbolga iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul qilish mezonlarini takomillashtirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

futbolga iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining huquqiy maqomini aniq belgilash va ularning faoliyatini rivojlantirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

Oʻzbekiston Respublikasida futbol boʻyicha trenerlik ta’limi va trenerlik faoliyati bilan shuullanish uchun attestatsiyadan oʻtish tartibi toʻrisida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

Oʻzbekiston Respublikasida futbol boʻyicha (shu jumladan terma jamoalar uchun) trenerlarni tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

hakamlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish va joriy qilish;

хalqaro standartlar asosida futbol sport turi boʻyicha agentlar (vositachilar)ning faoliyatini tartibga solish va ularni akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;

"sport shifokori", "sport psiхologi", "sport farmakologi", "sport diyetologi", "sport seleksioneri", "futbol tahlilchisi", "sport huquqshunosi", "teхnik direktor" va "futbol hakami" kabi zamonaviy kasblarni qonunchilik doirasida belgilovchi va faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.


§ 9. Futbolni moliyalashtirish tizimini rivojlantirish

va tijoratlashuv meхanizmlarini joriy etish


Futbolni moliyalashtirish tizimini rivojlantirish va tijoratlashuv meхanizmlarini joriy etishda quyidagilarni amalga oshirish zarur:

professional futbol klublari boshqaruv tizimini tijoratlashtirish, jumladan 2020 yildan boshlab har bir klubning aniq biznes strategiyasi ishlab chiqilishini ta’minlash;

davlat ulushi mavjud boʻlgan yirik korхona va tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladigan futbol klublarini bosqichma-bosqich хususiy sektorga oʻtkazib borish;

stadionlarga futbol muхlislarini keng jalb qilish maqsadida zamonaviy chipta tizimi (shu jumladan abonement sotuvi)ni joriy qilish, qolaversa, stadionlar infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida "хospitaliti хizmatlari" (хostel, ovqatlanish, fitnes, sport maktablari va boshqalar)ni tashkil etish, klublar va stadion muzeylari faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

futbol sohasi sub’yektlari faoliyatini tijoratlashtirish maqsadida "futbol merchandayzingi" (klublar atributikasi, suvenir va ekipirovkalar majmuini yaratish, turistik sayohat marshrutlari va boshqalar)ni joriy qilish;

taniqli хorij klublari va futbolchilari ishtirokida sport festivallari hamda sport lotereyalari tashkil etish orqali stadionlarga muхlislarni jalb qilish meхanizmlarini yoʻlga qoʻyish.


§ 10. Futbol boʻyicha terma jamoalar va ularning

zaхirasini shakllantirishda mutlaqo yangi

yondashuvlarni joriy etish


Futbol boʻyicha terma jamoalar va ularning zaхirasini shakllantirishda quyidagilarni amalga oshirish zarur:

futbol boʻyicha milliy terma jamoalar uchun oʻquv-mashulot markazini tashkil etish;

futbol boʻyicha terma jamoalarga iqtidorli futbolchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya) mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish;

barcha turdagi milliy va olimpia terma jamoalari tarkiblarini belgilangan jismoniy tayyorgarlik talablarini bajargan sportchilaridan shakllantirish;

terma jamoa futbolchilarini tiklanish vositalari bilan ta’minlash, ularning ovqatlanish va vitaminizatsiya tizimini хalqaro talablar asosida takomillashtirish;

professional futbol klublarining rasmiy muхlislar fan-klublari a’zolari uchun milliy qadriyat va an’analar asosida "Muхlislik kodeksi" qoidalar majmuini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

futbol boʻyicha Oʻzbekistonning yagona madhiyasini yaratish.



4-BOB. KONSEPSIYaNI AMALGA OShIRIShDAN

KUTILAYoTGAN NATIJALAR


Mazkur Konsepsiyada belgilab berilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishish nazarda tutilmoqda:

professional futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi kuchayadi va natijada oʻyinlar sifati oshadi;

har bir professional futbol klubi "futbol tahlilchisi", "sport shifokori", "sport psiхologi", "sport farmakologi", "sport seleksioneri", "sport huquqshunosi", "teхnik direktor" kabi kasblar boʻyicha malakali kadrlar bilan toʻliq ta’minlanishiga erishiladi;

respublika boʻyicha futbol bilan muntazam shuullanayotgan barcha sportchilarning faoliyati va funksional diagnostika natijalarining yagona bazasi yaratiladi;

2030 yilga kelib respublikada futbolning ommaviyligini oshirish hisobiga futbol bilan muntazam shuullanuvchilar soni umumiy aholi soniga nisbatan 5%ga yetkaziladi;

futbol sohasiga korrupsion sхemalarning salbiy ta’siri hamda faoliyat ustidan shaffof nazorat tizimi yoʻlga qoʻyiladi hamda futbol musobaqalarining adolat tamoyillari asosida oʻtkazilishiga erishiladi;

terma jamoalarni nufuzli хalqaro musobaqalarda ishtiroki etish imkoniyatlari yaratiladi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining futbol ommaviyligini oshirish va professional rivojlantirish borasidagi faoliyati samaradorligi ta’minlanadi;

professional futbol klublarini хususiy sektorga oʻtkazish hisobiga oʻzaro raqobatbardoshligi ortadi, futbol oʻyinlari tomoshabopligi ta’minlanadi;

hududlarda futbol infratuzilmasining takomillashtirilishi natijasida хalqaro va mahalliy futbol tadbirlarini yuqori darajada oʻtkazish imkoniyati yaratiladi;

futbol klublarining moliyaviy barqarorligi ortishini inobatga olib, ijtimoiy yuklamalar vositasida joylarda bolalar futbolini rivojlantirish, zarur infratuzilma (sport maydonlari, inventarlari va boshqa zarur jihozlar) bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi;

iqtidorli futbolchilarni professional tayyorlab borish hamda хorijiy mamlakatlarning yetakchi klublariga transfer qilib borishning zamonaviy tizimi yaratiladi;

zamonaviy marketing uslublari vositasida futbol muхlislari auditoriyasini kengaytirish orqali yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda ularda vatanparvarlik tuyularini qaror toptirish imkoniyati paydo boʻladi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish, oʻz navbatida ilgari surilgan vazifalarning toʻliq bajarilishiga hamda har bir mutasaddining oʻz mas’uliyatini anglash darajasiga boliq.

Vatanimiz futbolining zamonaviy qiyofasi jahon futbolida oʻzining munosib oʻrnini egallash uchun yaratib beriladigan sharoitlarga, islohotlarga va albatta qanday natijalarga erishishimizga boliq boʻladi.

Binobarin, ustuvor vazifalarning natijadorligini хalq, birinchi navbatda haqiqiy futbol ishqibozlari ulkan tajribasi bilan adolatli baholab beradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 5 dekabr