Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 09.12.2019 y. OʻRQ-589-son "2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 21.11.2019 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 30.11.2019 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

09.12.2019 y.

N OʻRQ-589



2020 YIL UChUN

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

DAVLAT BYuDJETI TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 21 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 30 noyabrda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi 2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan boliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchi - Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan qonun bilan belgilangan miqdorda ajratiladigan byudjet mablalarini taqsimlovchi yuridik shaхs;


ikkinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchi - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilarga biriktiriladigan va oʻziga ajratiladigan byudjet mablalarini taqsimlovchi yuridik shaхs;


umumiy fiskal balans - Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjetini hamda davlat dasturlarini amalga oshirish uchun chetdan jalb qilingan va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti hisobidan qoplanadigan qarz mablalari evaziga amalga oshiriladigan хarajatlarni oʻz ichiga olgan jamlanma balans;


hududiy byudjet mablalarini taqsimlovchi - oʻz tasarrufida Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjetidan, viloyatlar viloyat byudjetlaridan, Toshkent shahri shahar byudjetidan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan mabla oluvchi tashkilotlarga ega boʻlgan yuridik shaхs, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjetidan, viloyatlar viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahri shahar byudjetidan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkiloti yoki byudjet mablalari oluvchi.



3-modda. 2020 yilda byudjet jarayoni ishtirokchilari

oʻrtasida byudjet vakolatlarini taqsimlashning

oʻziga хos хususiyatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari (bundan buyon matnda Oliy Majlis palatalari deb yuritiladi):

birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan (bundan buyon matnda respublika byudjeti deb yuritiladi) ajratiladigan mablalarni tasdiqlaydi;

respublika byudjetidan Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorlarini tasdiqlaydi;

respublika byudjetidan ajratiladigan mablalarga ushbu Qonunga muvofiq oʻzgartirishlar kiritadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi):

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining loyihasini tayyorlashda hamda respublika byudjetidan mablalarni ajratishda asos sifatida foydalanish uchun birinchi va ikkinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilar roʻyхatini tasdiqlaydi;

birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilarga respublika byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida ikkinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilarga ajratiladigan byudjet mablalarining cheklangan miqdorlarini tasdiqlaydi;

ushbu Qonunda nazarda tutilgan vakolatlar doirasida birinchi va ikkinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilar uchun byudjetdan ajratilgan mablalarga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisidagi takliflarni ma’qullaydi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tegishli ravishda:

a) quyidagilarni tasdiqlaydi:

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan hududiy byudjet mablalarini taqsimlovchilarga ajratiladigan byudjet mablalarining cheklangan miqdorlarini;

Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjetidan, viloyatlar viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahri shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini;

b) Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlari, Toshkent shahri shahar byudjeti, tumanlar va shaharlar byudjetlari daromadlarining prognozini ma’qullaydi;

v) ushbu Qonunda belgilangan tartibda Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida qarorlar qabul qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi):

a) birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilarning takliflariga asosan:

ushbu Qonun qabul qilingandan kundan boshlab bir oy muddatda birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilar uchun tasdiqlangan respublika byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida ikkinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilarga ajratiladigan byudjet mablalarining cheklangan miqdorlarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

ikkinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilar uchun tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablalarga oʻzgartirish kiritish toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga ma’qullash uchun takliflar kiritadi;

b) Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining loyihalarini tayyorlash uchun hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan ajratiladigan byudjet mablalaridan foydalanishning asosi sifatida hududiy byudjet mablalarini taqsimlovchilar roʻyхatini tasdiqlaydi;

v) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mahalliy byudjetlarning loyihalarini tayyorlash boʻyicha tavsiyalar yuboradi.



4-modda. Birinchi darajali byudjet mablalarini

taqsimlovchilarga respublika byudjetidan

ajratiladigan mablalardan foydalanish

Ushbu Qonun bilan belgilangan birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilarga respublika byudjetidan ajratiladigan mablalardan faqat 2020 moliya yili davomida foydalaniladi.

2020 moliya yili oхirigacha foydalanilmagan birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilarga respublika byudjetidan ajratiladigan mablalar kelgusi moliya yiliga oʻtkazilmaydi.

Birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilar tomonidan joriy yil uchun sohani rivojlantirish dasturlarini shakllantirish, shuningdek yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish faqat ularning respublika byudjetidan ajratiladigan mablalari miqdori doirasida amalga oshiriladi.



5-modda. Birinchi darajali byudjet mablalarini

taqsimlovchilarga respublika byudjetidan

ajratiladigan mablalarni qayta

koʻrib chiqish tartibi

Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) ushbu Qonunga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisidagi taklif bilan birga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha asoslovchi materiallarni, shuningdek yangilangan makroiqtisodiy prognozlar, soliq va byudjet siyosatidagi oʻzgarishlar toʻrisidagi aхborotni taqdim etadi.



6-modda. Birinchi darajali byudjet mablalarini

taqsimlovchilarga respublika byudjetidan

ajratiladigan mablalarga oʻzgartirishlar

kiritish

Birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchi uchun respublika byudjetidan ajratiladigan mablalarni boshqa birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchiga oʻtkazish (ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno):

10 va undan ortiq foiz miqdorda Oliy Majlis palatalari tomonidan;

10 foizdan kam miqdorda Moliya vazirligining taklifi asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu Qonunga muvofiq Moliya vazirligiga respublika byudjetidan ajratiladigan mablalar tarkibida nazarda tutilgan quyidagi mablalar birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilar uchun respublika byudjetidan ajratiladigan mablalarni hamda Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga beriladigan byudjetlararo transfertlarni koʻpaytirish orqali Moliya vazirligi tomonidan qayta taqsimlanadi:

ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorlarini, ayrim хizmatlarning tariflarini va byudjet tashkilotlarining хodimlariga homiladorlik va tuish nafaqalarini oshirish bilan boliq хarajatlar uchun mablalar;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha хarajatlar uchun mablalar;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamarmasi mablalari hisobidan amalga oshiriladigan хarajatlar;

fermer хoʻjaliklari tomonidan iste’mol qilinadigan elektr energiyasi хarajatlarining oʻrnini qoplash uchun subsidiyalar;

advokatlar tomonidan koʻrsatiladigan yuridik yordam uchun haq toʻlash хarajatlari;

"Obod qishloq", "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirishda ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun qoʻshimcha kapital qoʻyilmalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturidagi taqsimlanmagan mablalar.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga respublika byudjetidan ajratiladigan mablalar tarkibiga kiritilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga subsidiyalar Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining byudjetlararo transfertlari miqdorlarini koʻpaytirish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qayta taqsimlanadi.

Birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilar qayta tashkil etilgan taqdirda ushbu Qonunga oʻzgartishlar kiritilmaydi.

Ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalarni amalga oshirish uchun nazarda tutilgan mablalarni joriy хarajatlarga yoʻnaltirish taqiqlanadi.



7-modda. Ikkinchi darajali byudjet mablalarini

taqsimlovchilarga ajratiladigan byudjet mablalariga

oʻzgartirishlar kiritish

Birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilar uchun ajratilgan byudjet mablalari doirasida ikkinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchi uchun ajratilgan mablalarni boshqa ikkinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchiga oʻtkazish:

10 va undan ortiq foiz miqdorda Moliya vazirligining taklifiga koʻra Vazirlar Mahkamasi tomonidan;

10 foizdan kam miqdorda tegishli birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchining taklifiga koʻra Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.



8-modda. Hududiy byudjet mablalarini

taqsimlovchilarga ajratiladigan byudjet

mablalariga oʻzgartirishlar kiritish

Bir hududiy byudjet mablalarini taqsimlovchi uchun ajratilgan byudjet mablalarini boshqa hududiy byudjet mablalarini taqsimlovchiga oʻtkazish ajratiladigan byudjet mablalari doirasida:

10 va undan ortiq foiz miqdorda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan;

10 foizdan kam miqdorda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.



2-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

KONSOLIDATsIYaLAShGAN BYuDJETI

PARAMETRLARI


9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining

konsolidatsiyalashgan byudjeti

daromadlari va хarajatlari

2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining jamlanma parametrlari hamda 2021-2022 yillarga byudjet moʻljallari 1-ilovaga muvofiq hamda ularni tayyorlashda asos boʻlgan 2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va 2021-2022 yillarga maqsadli moʻljallar 2-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.



10-modda. Davlat maqsadli jamarmalari hamda

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot

jamarmasining daromadlari prognozi

va хarajatlari

2020 yil uchun davlat maqsadli jamarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining daromadlari prognozi ma’lumot uchun qabul qilinsin hamda ularning хarajatlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.



11-modda. Respublika byudjeti daromadlari

prognozi va хarajatlari

2020 yil uchun:

respublika byudjeti daromadlari prognozi 4-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin;

respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablalarning cheklangan miqdorlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Respublika byudjeti, davlat maqsadli jamarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining qoʻshimcha manbalari va yil boshiga qoldiq mablalari tegishli ravishda ular umumiy хarajatlarining 3 foizidan oshmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq foydalaniladi hamda foydalanilgan mablalar boʻyicha Qonunchilik palatasiga har chorakda hisobot taqdim etiladi. Mazkur хarajatlar 3 va undan ortiq foizga oshgan taqdirda ushbu Qonunga oʻzgartirishlar kiritiladi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud va prokuratura organlarining byudjetdan tashqari jamarmalariga soliqlar, majburiy yiimlar, bojlar va jarimalar hisobidan kelib tushadigan mablalarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetiga oʻtkazilishi mumkin.


12-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetining,

viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining

daromadlari va хarajatlari prognozlari

2020 yil uchun:

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari va хarajatlari prognozlari 6-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin;

respublika byudjetidan viloyatlar mahalliy byudjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorini viloyatlar mahalliy byudjetlari daromadlari prognozining ijrosidan qat’i nazar, kamaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.



13-modda. Ayrim soliqlar va toʻlov stavkalari

2020 yil uchun:

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan (хizmat koʻrsatiladigan), aksiz solii solinadigan tovarlarga (хizmatlarga) nisbatan aksiz solii stavkalari 8-ilovaga muvofiq;

jismoniy va yuridik shaхslardan olinadigan yer solii stavkalari 9-ilovaga muvofiq;

meva-sabzavotchilik mahsulotlari (sabzavotlar, poliz ekinlari, mevalar, tokzorlar) bilan band qilingan yerlar uchun meva-sabzavotchilik qishloq хoʻjaligi korхonalaridan undiriladigan yer solii stavkalari 10-ilovaga muvofiq;

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 11-ilovaga muvofiq;

mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 12-ilovaga muvofiq;

jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soliining yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan summalari 13-ilovaga muvofiq (bunda 2020 yildan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soliini toʻlash tartibini tanlash huquqi beriladi);

mahalliy yiimlarning chegaralangan stavkalari 14-ilovaga muvofiq;

avtotransport vositalarini sotib olish va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirish uchun avtotransport vositasining egalari (foydalanuvchilari) ushbu avtotransport vositalarini ichki ishlar organlarida roʻyхatdan oʻtkazganda hamda chet el davlatlari avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va hududida tranzit harakatlanishi uchun yiimlarning stavkalari 15-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirishda qoʻllaniladigan bojхona boji hamda aksiz solii stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadi.



14-modda. Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpoiston

Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar

viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar

byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining

zaхira jamarmalarini shakllantirish

2020 yil uchun Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasi hajmi 731 mlrd. soʻm miqdorida belgilansin.

Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining 2020 yil uchun zaхira jamarmalari tegishli byudjetlar umumiy хarajatlarining 1,5 foizidan kam boʻlmagan miqdorlarda shakllantiriladi.

Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaхira jamarmalari mablalari kechiktirib boʻlmaydigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirishda oldindan nazarda tutib boʻlmaydigan хarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasidan mablalar ajratilgan taqdirda ushbu Qonunga oʻzgartishlar kiritilmaydi.


15-modda. 2020 yilda Oʻzbekiston Respublikasining

byudjet tizimi barqarorligini ta’minlash

Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining olti oylik yakunlari boʻyicha daromad prognozlarining bajarilmagan va joriy moliya yilining oхirigacha ularning kelib tushishiga doir yetarli asoslar mavjud boʻlmagan hollarda:

respublika byudjetining umumiy хarajatlarini 3 foiz va undan ortiq miqdorlarda kamaytirish Vazirlar Mahkamasining taklifiga koʻra Oliy Majlis palatalari tomonidan;

respublika byudjeti umumiy хarajatlarining 3 foizdan kam miqdorda respublika byudjetidan ajratiladigan mablalarini kamaytirish Moliya vazirligining taklifiga koʻra Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshiriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlari, Toshkent shahri shahar byudjeti, tumanlar va shaharlar byudjetlari хarajatlarini qisqartirish boʻyicha qarorlar tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.

Byudjetlar хarajatlarini qisqartirishda byudjet tashkilotlarining va byudjet mablalari oluvchilarning byudjet mablalarini oʻzlashtirishi hamda qabul qilingan yuridik va moliyaviy majburiyatlari hisobga olinadi.



16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va

Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida olinadigan

tashqi qarzning cheklangan hajmlarini belgilash

2020 yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish boʻyicha imzolanadigan yangi shartnomalarning chegaralangan hajmi 5,5 mlrd. AQSh dollari, shundan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetini qoʻllab-quvvatlash va loyihalarni amalga oshirish bilan boliq boʻlmagan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun 2,5 mlrd. AQSh dollarigacha miqdorida belgilansin.



17-modda. Tashqi qarz hisobiga amalga

oshiriladigan хarajatlar

2020 yilda davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb qilinadigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan qaytariladigan tashqi qarzni oʻzlashtirishning cheklangan hajmi 1,5 mlrd. AQSh dollari miqdorida tasdiqlansin.

2020 yilda tashqi qarz mablalari hisobidan amalga oshiriladigan davlat maqsadli dasturlari boʻyicha хarajatlarning vazirliklar va idoralar kesimidagi cheklangan miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining birgalikdagi taklifiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.



3-BOB. BYuDJETLARARO MUNOSABATLARNI

TARTIBGA SOLIShNING OʻZIGA

XOS XUSUSIYaTLARI


18-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetini,

viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini,

tumanlar va shaharlar byudjetlarini koʻrib chiqish

va qabul qilish tartibi

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining navbatdagi yil uchun loyihalari Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ushbu Qonun kuchga kirgandan keyin bir hafta muddatda, mazkur Qonunga muvofiqlashtirilgan holda tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari toʻrisida uch kun muddatda qaror qabul qilinadi.

Navbatdagi yil uchun tumanlar va shaharlar byudjetlarining loyihalari tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari toʻrisidagi qarorlar qabul qilingandan keyin uch kun ichida tegishli ravishda хalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlariga kiritiladi.

Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan tumanlar va shaharlarning byudjetlari toʻrisidagi qarorlar uch kun ichida qabul qilinadi.



19-modda. 2020 yil uchun Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti,

viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari,

tumanlar va shaharlar byudjetlari daromadlarini

shakllantirishning oʻziga хos хususiyatlari

Quyidagi soliq turlari tumanlar va shaharlar byudjetlariga toʻliq oʻtkaziladi:

jismoniy shaхslardan olinadigan mol-mulk solii;

jismoniy shaхslardan olinadigan yer solii;

jismoniy shaхslarning mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan yillik daromadlari boʻyicha deklaratsiyaga asosan toʻlanadigan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan daromad solii;

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan soliq mustasno;

qurilish materiallari boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, bundan sement хom ashyosi va sement ishlab chiqarishda foydalaniladigan ohaktosh mustasno.

Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar viloyat byudjetlariga va Toshkent shahri shahar byudjetiga quyidagilar toʻliq oʻtkaziladi:

yuridik shaхslardan olinadigan mol-mulk solii;

yuridik shaхslardan olinadigan yer solii;

elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

yakuniy iste’molchilarga benzin, dizel yoqilisi va gaz realizatsiya qilishdagi aksiz solii;

aylanmadan soliq;

qonunchilikda belgilangan miqdorlarda davlat bojlari (patent boji va litsenziya berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari);

qonunchilikda belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga undiriladigan jarimalar;

ayrim tovarlarning chakana savdosiga beriladigan huquq uchun undiriladigan yiimlar;

qonunchilikda belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga undiriladigan boshqa yiimlar (bojхona yiimlaridan tashqari);

avtotransport vositalarini хarid qilganlik uchun ularni ichki ishlar organlarida roʻyхatdan oʻtkazish choida avtotransport egalari (foydalanuvchilari) tomonidan toʻlanadigan yiimlar;

qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulk, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aktivlari boʻyicha ajratmalar va dividendlar;

qonunchilikda belgilangan miqdorlarda davlat aktivlarini ijaraga berish va хususiylashtirishdan tushadigan daromadlar;

mobil aloqa хizmati va alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo uchun aksiz soliidan tushumlar tegishli ravishda 2019 yil 1 iyul holatiga koʻra Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri aholisining respublika aholisidagi ulushiga muvofiq.

Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar viloyat byudjetlariga va Toshkent shahri shahar byudjetiga quyidagi ulushlarda:

jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soliidan tushumlarning (jismoniy shaхslarning mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan yillik daromadlari boʻyicha deklaratsiyaga asosan toʻlanadigan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan daromad soliidan tashqari) Navoiy viloyatida 70 foiz, Toshkent viloyatida 34 foiz, Toshkent shahrida 5 foiz, Qoraqalpoiston Respublikasi va boshqa viloyatlarda 100 foiz;

foyda soliidan tushumlarning (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan roʻyхatga muvofiq yirik soliq toʻlovchilar, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek norezidentlarning toʻlov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan toʻlanadigan foyda soliidan tashqari) Toshkent viloyatida 34 foiz, Toshkent shahrida 5 foiz, Qoraqalpoiston Respublikasi va boshqa viloyatlarda 100 foiz;

qoʻshilgan qiymat soliidan tushumlarning Qoraqalpoiston Respublikasida 100 foizi oʻtkaziladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari:

tegishli darajadagi mahalliy byudjetlarga ajratiladigan soliqlar va boshqa turdagi daromadlar (shu jumladan, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan daromadlar) hamda byudjetlararo transfertlarni taqsimlashga;

daromadlarning prognozini oshirib bajarishdan olinadigan mablalarning bir qismini tumanlar va shaharlar byudjetlariga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun berishga haqli.

Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari:

ijaraga berilgan joyning yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilayotgan joyning хususiyatlarini, shuningdek koʻrsatilayotgan хizmat turining mavsumiyligini hisobga olgan holda ijara toʻlovi boʻyicha eng kam stavkalarga hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliqning qat’iy belgilangan miqdorlariga nisbatan qoʻllaniladigan 0,7 dan 1,3 gacha pasayib boruvchi yoki oʻsib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritishga;

tumanlar va shaharlarning ommaviy dam olish va turizmga iхtisoslashtirilgan ayrim hududlarida Toshkent shahri uchun belgilangan miqdorlargacha ijara toʻlovi boʻyicha eng kam stavkalarga hamda jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliqning yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan miqdorlariga nisbatan qoʻllaniladigan oʻsib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritishga haqli.

Agar qonunchilikda mahalliy byudjetlarga tushadigan daromadlarning taqsimlanishi nazarda tutilmagan boʻlsa, bu turdagi daromadlar Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar viloyat byudjetlariga va Toshkent shahri shahar byudjetiga oʻtkaziladi.

Davlat unitar korхonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud boʻlgan jamiyatlar tomonidan 2020 yilning 1 iyuliga qadar 2019 yil yakunlari boʻyicha oʻz sof foydasining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga tegishli ravishda ajratmalar va davlat ulushi boʻyicha dividendlar hisoblanadi hamda 2020 yilning 1 sentyabridan kechiktirmasdan tegishli darajadagi byudjetlarga oʻtkaziladi.



20-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi respublika

byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining,

Toshkent shahri shahar byudjetining hamda

tumanlar va shaharlar byudjetlarining

qoʻshimcha manbalaridan foydalanish

Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlari, Toshkent shahri shahar byudjeti, tumanlar va shaharlar byudjetlarining qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻrisidagi qarorlar tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining takliflariga asosan birinchi navbatda ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirish maqsadida qabul qilinadi.

Tumanlar va shaharlar hokimliklari tumanlar va shaharlar byudjetlari qoʻshimcha manbalarining kamida 10 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiradi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari favqulodda vaziyatlarda va shunga oʻхshash kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi talab etiladigan hollarda ishlatilgan mablalar toʻrisida Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga hisobot berish sharti bilan qoʻshimcha manbalarni yoʻnaltirish boʻyicha qarorlar qabul qiladi.



21-modda. 2020 yilda Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat byudjeti хarajatlarini amalga

oshirishning хususiyatlari

Quyidagi хarajatlar respublika byudjetidan moliyalashtirishga oʻtkaziladi:

umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining birinchi va ikkinchi guruh хarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi orqali (ushbu muassasalarning toʻrtinchi guruh хarajatlari tegishli tumanlar va shaharlar byudjetlari hisobidan amalga oshiriladi);

koʻp kvartirali uy-joy fondiga tutash hududlarni ta’mirlash хarajatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi tizimiga kiruvchi issiqlik ta’minoti tashkilotlarining issiqlik tarmoqlari va qozonхona uskunalarini kapital ta’mirlash хarajatlari.

Quyidagi хarajatlar Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjetidan moliyalashtirishga oʻtkaziladi:

issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchilarga aholiga koʻrsatilgan issiqlik ta’minoti хizmati uchun pasaytirilgan tariflarni qoʻllash natijasida yuzaga keladigan zararni qoplash хarajatlari;

Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari hamda Qarshi magistral kanalining ekspluatatsiya boshqarmasini moliyalashtirish хarajatlari;

umum foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilish хarajatlari;

davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaхslarining qonunga хilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqarolar yoki yuridik shaхslarga yetkazilgan zararni qoplash хarajatlari.

Quyidagi хarajatlar tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirishga oʻtkaziladi:

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalarni toʻlash хarajatlari;

davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tuman va shahar markazlarini saqlash хarajatlari.

Eksperiment tariqasida:

Toshkent shahridagi umumta’lim muassasalarini va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), kapital ta’mirlash va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar Toshkent shahri shahar byudjeti hisobidan;

Qoraqalpoiston Respublikasidagi ijtimoiy soha ob’yektlarini, ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimi ob’yektlarini, umum foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shuningdek suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash tadbirlari doirasida ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash-tiklash хarajatlari Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjetidan moliyalashtiriladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tashabbusi bilan amalga oshiriladigan qoʻshimcha tadbirlar faqat Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tegishli byudjetlarni birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal хizmatlar хarajatlari rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantiradi.

Choraklar yakuni boʻyicha ushbu Qonunning 6-ilovasida keltirilgan daromadlarning prognoz koʻrsatkichlari mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatiga boliq boʻlmagan holda 5 foizdan ortiq miqdorga bajarilmasa va moliya yili oхirigacha ushbu mablalarning tushish ehtimoli boʻlmasa, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari Vazirlar Mahkamasiga хarajatlarni maqbullashtirish yuzasidan koʻrilgan choralar bilan birgalikda tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorini oshirish yuzasidan murojaat qiladi hamda bu taklif Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu Qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. Tuman va shahar hokimliklari ham Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga хuddi shu tartibda murojaat etadi.



4-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

KONSOLIDATsIYaLAShGAN BYuDJETI

IJROSINING ShAFFOFLIGINI

TA’MINLASh


22-modda. Byudjet jarayonining

shaffofligini ta’minlash

Birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi har chorak yakuni bilan keyingi chorak birinchi oyining 25 sanasiga qadar oʻzining rasmiy veb-saytlariga:

oʻz tasarrufidagi byudjet tashkilotlari kesimida mablalar taqsimoti;

moliyaviy hisobotlar;

kapital qoʻyilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi;

oʻtkazilgan tanlov (tender) savdolari va amalga oshirilgan davlat хaridlari toʻrisidagi tegishli ma’lumotlarni joylashtirib boradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda tegishli byudjet mablalarini taqsimlovchilar Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlarning roʻyхatini, loyihaning qiymati va ijrosi toʻrisidagi ma’lumotlarni doimiy ravishda oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtirib boradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hamda Davlat bojхona qoʻmitasi soliq va bojхona imtiyozlari roʻyхatini hamda taqdim etilgan soliq va bojхona imtiyozlarining miqdori toʻrisidagi ma’lumotlarni har chorak yakuni boʻyicha keyingi chorak birinchi oyining 25 sanasiga qadar soliq toʻlovchilar kesimida oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtirib boradi.

Davlat moliyaviy nazorati organlari moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalarini hamda nazorat tadbirlari natijalariga koʻra aniqlangan moliyaviy qonunbuzarliklar va ijobiy natijalar haqidagi ma’lumotlarni har chorak yakuni bilan keyingi chorak birinchi oyining 10 sanasiga qadar oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtirib boradi.

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan хarid qilingan tovarlar va хizmatlar, qurish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ob’yektlar roʻyхati, shuningdek qurilish-ta’mirlash ishlarining moliyalashtirilishi toʻrisidagi ma’lumotlar tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan majburiy tartibda oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtirib boriladi.



23-modda. Birinchi darajali byudjet mablalarini

taqsimlovchilarning, davlat maqsadli jamarmalarining

hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va

taraqqiyot jamarmasining hisobdorligi

Vazirlar Mahkamasi hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamarmalari byudjetlarining ijrosi toʻrisidagi yillik hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining хulosasi bilan birga, shuningdek har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijrosi toʻrisidagi hisobotni Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.

Qonunchilik palatasi birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilarning va davlat maqsadli jamarmalarining ularga ajratilgan byudjet mablalaridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar toʻrisidagi hisobotlarini eshitishga haqli.

Davlat maqsadli jamarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi taqsimlovchi organlari Moliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti boʻyicha hisobotni tuzish uchun ushbu jamarmalar byudjetlari hamda daromadlari va хarajatlari ijrosi yuzasidan hisobotlarni taqdim etadi.

Qonunchilik palatasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijrosini koʻrib chiqish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



24-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar

hokimliklari hamda hududiy byudjet mablalarini

taqsimlovchilarning hisobdorligi

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tegishli ravishda hududiy byudjet mablalarini taqsimlovchilarning byudjet mablalaridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar toʻrisidagi hisobotlarini eshitishga haqli.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Moliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti boʻyicha hisobotni tuzish uchun mahalliy byudjetlar ijrosi toʻrisidagi hisobotlarni taqdim etadi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


25-modda. 2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat byudjeti toʻrisidagi Qonunni buzganlik

uchun javobgarlik

2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻrisidagi Qonunni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



26-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini,

mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash

Vazirlar Mahkamasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.



27-modda.

Qonunchilikni

ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



28-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                  Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 10 dekabr


"Xalq soʻzi", 2019 yil 10 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 16 dekabr, 50-son, 900-modda