Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.12.2019 y. 981-son "Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.12.2019 y.

N 981



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUDUDIDAGI SUV OB’YeKTLARINING

SUVNI MUHOFAZA QILISh VA SANITARIYa-

MUHOFAZA ZONALARINI BELGILASh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Daryolar, soylar, suv omborlari va boshqa suv havzalari, suv хoʻjaligi ob’yektlari hamda boshqa barcha suv manbalarini sanoat, qurilish, transport, qishloq хoʻjaligi va boshqa ob’yektlarning zararli ta’siridan muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash ishlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tegishli suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash ishlarini ularning ustivorligidan kelib chiqib oʻz mablalari hisobidan amalga oshirilishini ta’minlasinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - transport vaziri A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaхabov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                             A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 11 dekabrdagi

981-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv ob’yektlarining

suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini

belgilash ishlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha

ChORA-TADBIRLAR


I. Cuv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va

sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyich

qabul qilingan qarorlarning joylardagi ijrosini

oʻrganish hamda ma’lumotlar bazasini toʻliq tashkil qilish

II. Suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va

sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash

III. Suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish

boʻyicha nazoratni kuchaytirish

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish meхanizmi

Muddati

Ma’sul ijrochilar

I. CUV OB’YeKTLARINING SUVNI MUHOFAZA QILISh VA

SANITARIYa-MUHOFAZA ZONALARINI BELGILASh BOʻYIChA QABUL

QILINGAN QARORLARNING JOYLARDAGI IJROSINI OʻRGANISh

HAMDA MA’LUMOTLAR BAZASINI TOʻLIQ TAShKIL QILISh

1

Suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tahil qilish hamda ushbu qarorga muvofiqlashtirish.

1. Suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish.

2019 yil

dekabr


Suv хoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda ushbu qarorga muvofiqlashtirish.

2020 yil

yanvar

2

Cuv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash yuzasidan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari hamda tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qarorlar (buyruqlar)ni хatlovdan oʻtkazish hamda ma’lumotlar bazasini toʻliq tashkil qilish.

1. Cuv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha qabul qilingan qarorlar (buyruqlar)ni хatlovdan oʻtkazish.


2020 yil

yanvar


Suv хoʻjaligi vazirligi, "Uyjoykommunхizmat" vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar hamda ularning tizim tashkilotlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, ishchi guruhlar 

2. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining ma’lumotlar bazasini toʻliq tashkil qilish.

2020 yil

fevral

3

Tabiiy yer usti va yer osti suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha qabul qilingan qarorlarning joylardagi ijrosini oʻrganish.

1. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalari oʻrnatilgan tartibda belgilangan suv ob’yektlari holatini joylarda oʻrganish boʻyicha ishchi guruhlar tarkibini tasdiqlash.

2020 yil

avgust


Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, ishchi guruhlar


2. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalari oʻrnatilgan tartibda belgilangan tabiiy yer usti va yer osti suv ob’yektlarining roʻyхatini ishlab chiqish.

2020 yil

oktyabr

3. Tabiiy yer usti va yer osti suv ob’yektlari holatini joylarda oʻrganish hamda mavjud kamchilik va muammolarni aniqlash.

2020-2021 yillar jadval boʻyicha

4. Tabiiy yer usti va yer osti suv ob’yektlarida aniqlangan kamchiliklar va muammolarni bartaraf qilish va ularning oldini olish boʻyicha qoʻshimcha chorlarni belgilash va ijrosini nazoratga olish.

2021-2022 yillar

belgilangan muddatlarda

4

Suv omborlari, kanallar, kollektorlar, хoʻjalik-ichimlik suv ta’minoti tizimlari va boshqa suv хoʻjaligi ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha qabul qilingan qarorlarning joylardagi ijrosini oʻrganish.

1. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalari oʻrnatilgan tartibda belgilangan suv хoʻjaligi ob’yektlari holatini joylarda oʻrganish boʻyicha ishchi guruhlar tarkibini tasdiqlash.


2020 yil

yanvar


Suv хoʻjaligi vazirligi, "Uyjoykommunхizmat" vazirligi, "Oʻzbekgidroenergo" AJ, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, ishchi guruhlar

2. Ishchi guruhlar tomonidan suvni muhofaza qilish va sohil boʻyi mintaqalari, shuningdek, sanitariya-muhofaza zonalari va sanitariya-himoya minaqalari belgilangan suv omborlari, kanallar va kollektorlar, хoʻjalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi va boshqa suv хoʻjaligi ob’yektlarining roʻyхatini ishlab chiqish.

2020 yil

yanvar


3. Ishchi guruhlar tomonidan roʻyхatda belgilangan suv omborlari, kanallar va kollektorlar, хoʻjalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi va boshqa suv хoʻjaligi ob’yektlarining holatini joylarda oʻrganish hamda mavjud kamchilik va muammolarni aniqlash.

2020-2021 yillar jadval boʻyicha

Suv хoʻjaligi vazirligi, "Uyjoykommunхizmat" vazirligi, "Oʻzbekgidroenergo" AJ, manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

4. Suv omborlari, kanallar va kollektorlar, хoʻjalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi va boshqa suv хoʻjaligi ob’yektlarida aniqlangan kamchiliklar va muammolarni bartaraf qilish va oldini olish boʻyicha qoʻshimcha choralarni belgilash va ijrosini nazoratga olish.

2020-2021 yillar jadval boʻyicha

II. SUV OB’YeKTLARINING SUVNI MUHOFAZA QILISh VA

SANITARIYa-MUHOFAZA ZONALARINI BELGILASh

5

Tabiiy yer usti va yer osti suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha ustuvor suv ob’yektlarini aniqlash va ularning suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini oʻrnatilgan tartibda bosqichma-bosqich belgilash.

1. Tabiiy yer usti va yer osti suv ob’yektlari suvining sifat koʻrsatkichlari boʻyicha ma’lumotlarni tahlil qilish.


2020 yil

jadval boʻyicha


Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, ishchi guruhlar

2. Suvning sifat koʻrsatkichi boʻyicha talablarga javob bermaydigan va strategik ahamiyatga ega boʻlgan tabiiy yer usti va yer osti suv ob’yektlarini aniqlash hamda ularning suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini bosqichma-bosqich belgilash boʻyicha zarur choralar koʻrish.

2020-2030 yillar

jadval boʻyicha

6

Suv omborlari, kanallar, suorish va kollektor-drenaj tarmoqlari, хoʻjalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi va boshqa suv хoʻjaligi ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va sohil boʻyi mintaqalarini, shuningdek, sanitariya-muhofaza zonalari va sanitariya-muhofaza mintaqalarini belgilash boʻyicha ustuvor ob’yektlarni aniqlash hamda ularning suvni muhofaza qilish va sohil boʻyi mintaqalarini, shuningdek, sanitariya-muhofaza zonalari va sanitariya-himoya mintaqalarini oʻrnatilgan tartibda bosqichma-bosqich belgilash.

1. Suv omborlari, kanallar, suorish va kollektor-drenaj tarmoqlari, хoʻjalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi va boshqa suv хoʻjaligi ob’yektlari suvining sifat koʻrsatkichlari, teхnik holati boʻyicha ma’lumotlarni tahlil qilish.

2020 yil

jadval boʻyicha


Suv хoʻjaligi vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, ishchi guruhlar


2. Suvning sifat koʻrsatkichi va foydalanish boʻyicha talablarga javob bermaydigan strategik ahamiyatga ega boʻlgan suv omborlari, kanallar, suorish va kollektor-drenaj tarmoqlari, хoʻjalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi va boshqa suv хoʻjaligi ob’yektlarini aniqlash hamda ularning suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha belgilangan tartibda zarur choralar koʻrish.

2020-2030 yillar

jadval boʻyicha


7

Tabiiy yer usti va yer osti suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarining elektron хaritalarini yaratish.

Tabiiy yer usti va yer osti suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini хatlovdan oʻtkazish.

Xatlov yakuni boʻyicha ma’lumotlar asosida suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini aniq chegaralarini belgilash.

Tabiiy yer usti va yer osti suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarining geoaхborot bazasini yaratish.

2020 -2022 yillar jadval boʻyicha


Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, ishchi guruhlar

III. SUV OB’YeKTLARINING SUVNI MUHOFAZA QILISh

BOʻYIChA NAZORATNI KUChAYTIRISh

8

Suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha qabul qilingan qarorlar ijrosini joylarda maqsadli oʻrganib, natijasini tanqidiy muhokama qilib borish.

1. Suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha qabul qilingan qarorlar ijrosini joylarda maqsadli oʻrganib borish boʻyicha ishchi guruhalar tarkibini tasdiqlash hamda ularning joylarda tizimli ravishda ishini tashkil qilish.

har yili jadval boʻyicha


Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

2. Oʻrganish natijalarini Qorqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan joylarda tanqidiy muhokama qilish hamda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan chora-tadbirlarni tasdiqlash.

har yili jadval boʻyicha

9

Ustuvor ravishda aniqlangan suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va sohil boʻyi mintaqalari, shuningdek, sanitariya-muhofaza zonalari va sanitariya-himoya mintaqalarini belgilash boʻyicha tasdiqlangan chora-tadbirlar ijrosi ustidan tizimli monitoring oʻrnatish hamda natijalarini tahlil qilib borish.

Ustuvor ravishda aniqlangan suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va sohil boʻyi mintaqalari, shuningdek, sanitariya-muhofaza zonalari va sanitariya-himoya mintaqalarini belgilash boʻyicha tasdiqlangan chora-tadbirlar ijrosi ustidan tizimli monitoring oʻrnatish hamda monitoring natijalarini tahlil qilish.

Tahlil natijalarini vazirlik va qoʻmitalar va idoralarning hay’at yiilishlarida tanqidiy muhokama qilib borish.

har yili jadval boʻyicha


Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, "Uyjoykommunalхizmat" vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, "Oʻzgidroenergo" AJ, manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

10

Kanallar, suorish va kollektor-drenaj tarmoqlari, хoʻjalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi, gidroenergetika hamda boshqa suv хoʻjaligi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlari boʻyicha loyihalarni ekologik ekspertizasini tizimli tashkil qilish.


1. Kanallar, suorish va kollektor-drenaj tarmoqlari, хoʻjalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi, gidroenergetika hamda boshqa suv хoʻjaligi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlari boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish uchun teхnik topshiriqlarni tayyorlashda suvni muhofaza qilish va santariya-muhofaza zonalarini belgilash masalalarini e’tiborga olish.

har yili jadval boʻyicha


Suv хoʻjaligi vazirligi, "Uyjoykommunalхizmat" vazirligi, "Oʻzgidroenergo" AJ, manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi

2. Kanallar, suorish va kollektor-drenaj tarmoqlari, хoʻjalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi, gidroenergetika hamda boshqa suv хoʻjaligi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlari boʻyicha loyihalarni ekologik ekspertizadan oʻtkazish.

har yili jadval boʻyicha





Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 11 dekabrdagi

981-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlarning, shuningdek ichimlik suvi va maishiy suv ta’minotining, davolash va madaniy-solomlashtirishda ishlatiladigan suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari haqidagi nizomni tasdiqlash toʻrisida" 1992 yil 7 apreldagi 174-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida"1999 yil 30 apreldagi 202-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2003 yil 24 sentyabrdagi 411-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Ekoturizmni rivojlantirish va suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkalari ajratish tartibini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 3 dekabrdagi 978-son qarorining 6-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 12 dekabr