Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.12.2019 y. 990-son "Ichki ishlar organlarining tergov boʻlinmalari хodimlariga qoʻshimcha ustamalar toʻlanadigan maхsus malaka darajasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.12.2019 y.

N 990



IChKI IShLAR ORGANLARINING TERGOV

BOʻLINMALARI XODIMLARIGA QOʻShIMChA

USTAMALAR TOʻLANADIGAN MAXSUS MALAKA

DARAJASINI BERISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Transport va turizm ob’yektlarida jamoat хavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qoʻshimcha chora tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 6 martdagi PQ-4229-son qaroriga muvofiq Vazirlar Maхkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi 727-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 9-son, 208-modda) qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining tergov boʻlinmalari хodimlariga qoʻshimcha ustamalar toʻlanadigan maхsus malaka darajasini berish tartibi toʻrisidagi nizomning 2-bandidagi "Transportda jamoat хavfsizligini ta’minlash boshqarmasi huzuridagi tergov boʻlimi" soʻzlari "Transportda хavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tergov faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi" soʻzlari bilan hamda "transportda jamoat хavfsizligini ta’minlash boʻlimlari хuzuridagi tergov boʻlimlari (boʻlinmalari, guruхlari)" soʻzlari "transportda хavfsizlikni ta’minlash boshqarmalari (boʻlimlari) tergov boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari)" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 13 dekabr