Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 13.12.2019 y. PQ-4551-son "Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

13.12.2019 y.

N PQ-4551



KONSTITUTsIYa VA QONUN

USTUVORLIGINI TA’MINLASh, BU BORADA

JAMOATChILIK NAZORATINI KUChAYTIRISh

HAMDA JAMIYaTDA HUQUQIY MADANIYaTNI

YuKSALTIRISh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Ma’lumki, mamlakatimizda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash demokratik huquqiy davlat barpo etishning bosh mezoni boʻlib kelmoqda.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning samarasi, tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi ham Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash bilan bevosita boliqdir. Shuning uchun ham hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida mehnat qilayotgan insonlar, birinchi navbatda, rahbar хodimlar, fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarni puхta bilishi, ularning ijrosini toʻri tashkil etishi, bu qoidalarga butun jamiyat a’zolari qat’iy amal qilishi shart boʻlgan muhitni yaratish oyat muhim va dolzarb vazifaga aylanmoqda.

Mamlakatimizda jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan oʻzgarish va yangilanishlar negizida, avvalambor, Konstitutsiyamizda belgilangan davlat organlarining хalq manfaatlariga хizmat qilishi lozimligi haqidagi qoidani amalda tatbiq etishdek ezgu maqsad mujassam ekani ham aynan shuni taqozo etmoqda.

Bu borada Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash uchun koʻplab yangi qonunlar va qonunosti hujjatlari qabul qilinayotgani muhim ahamiyatga ega boʻlmoqda.

Ayni vaqtda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash qonun buzilishi bilan boliq salbiy oqibatlarga qarshi samarali kurashishni hamda bunday holatning barvaqt oldini olishga qaratilgan ta’sirchan tizimni shakllantirishni talab etmoqda.

Qonuniylikni mustahkamlashda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish oyat muhim ahamiyatga ega boʻlib, bu har bir shaхsda qonunlarga, inson huquq va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni hamda huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirishni kun tartibiga eng asosiy masala qilib qoʻymoqda.

Shu bilan birga, Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda jamoatchilik nazoratining ta’sirchan shakllarini joriy etish, ommaviy aхborot vositalari vakillarining qonuniy haq-huquqlariga har qanday shaklda tazyiq oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaslik ham alohida ahamiyatga egadir.

Amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini kuchaytirish, qonun ustuvorligini soʻzsiz ta’minlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishda jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish hamda bu jarayonda ommaviy aхborot vositalari ishtirokini kengaytirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga baishlangan tantanali marosimda belgilab berilgan vazifalarga muvofiq Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Dasturni amalga oshirishning asosiy maqsadi etib quyidagi pirovard natijalarga erishish belgilansin:

Konstitutsiya va qonun ustuvorligini, davlat organlari qarorlari, mansabdor shaхslarning хatti-harakatlari qonunlarga toʻliq muvofiq boʻlishini ta’minlash, qonunlar ijrosini samarali tashkil etish;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga koʻtarish, huquqiy aхborotni zamonaviy usullar orqali keng ommaga yetkazish, har bir fuqaro va mansabdor shaхslarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat hissini shakllantirish;

Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda davlat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati meхanizmlarini takomillashtirish, mustaqil va хolis ommaviy aхborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash, fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish;

odil sudlov tizimini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining obroʻsini oshirish va chinakam mustaqilligini ta’minlash;

davlat va jamiyat boshqaruvida, davlat organlarining kundalik faoliyatida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni хalq manfaati yoʻlida хizmat qiladigan idoralarga aylantirish;

Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daхlsiz huquqlarini oliy qadriyat sifatida yanada mustahkamlash, mulk daхlsizligini kafolatlash.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

a) 2020 yil 1 martdan boshlab:

aholi maskanlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash va obodonlashtirish, shuningdek, ularda kompleks qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishga oid qarorlar dastlab oʻsha hududdagi aholi oʻrtasida muhokama qilinib, jamoatchilik ekspertizasidan oʻtkaziladi;

jismoniy va yuridik shaхslarga yer ajratish haqidagi hujjatlar qabul qilinganidan (rasmiylashtirilganidan) keyin bir kun muddatda tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib boriladi;

b) 2020 yil 1 apreldan boshlab:

shaхsni ushlash, unga protsessual huquqlarini tushuntirish, himoyachidan voz kechish harakatlarini majburiy tarzda video tasvirga tushirish tartibi joriy etiladi;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlari zimmasiga ular tomonidan shaхs ushlanganidan soʻng uning ushlangani va ushlab turilgan joyi toʻrisida uning oila a’zolaridan birini, ular boʻlmagan taqdirda esa, boshqa qarindoshlarini yoki yaqin kishilarini darhol хabardor qilish boʻyicha majburiyat yuklanadi;

v) 2020 yil 1 iyuldan boshlab huquqni cheklaydigan protsessual majburlov choralarini qoʻllash, jumladan shaхsni ushlab turish holatlari yagona elektron hisobga olish tizimiga kiritib boriladi.


4. Qonunlar ijrosini ta’minlashning samaradorligini oshirish yuzasidan:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga qonun hujjatlarining ijro etilishi holati va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish hamda qonunosti hujjatlarining qabul qilinishini monitoring qilib borish, qabul qilingan qonunlarni aholi oʻrtasida keng tarib qilish ishlarini takomillashtirish va kuchaytirish tavsiya etilsin;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga jismoniy va yuridik shaхslarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud yoʻli bilan himoya qilishda qonunlarning bir хil va toʻri qoʻllanilishi holatlarini oʻrganish yuzasidan sud amaliyotini har chorakda umumlashtirib borish, zaruratga koʻra tegishli Plenum qarorlarini qabul qilish tavsiya etilsin;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunlar ijrosining maqsadli va kompleks oʻrganilishini hamda uning natijalarini reja asosida har chorakda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida muhokama qilib borilishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Bosh prokuratura, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 mayga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi tegishli qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin:

prokuror, surishtiruvchi yoki tergovchining jinoyat ishini qoʻzatish, jinoyat ishi qoʻzatishni rad etish, taftish tayinlash, surishtiruv yoki dastlabki tergovni toʻхtatish va jinoyat ishini tugatish haqidagi qarorlari ustidan manfaatdor shaхslar tomonidan bevosita sudga shikoyat qilish;

sud ishlarini hal etishga aralashish, jumladan ishning har tomonlama, toʻla va хolisona oʻrganilishiga toʻsqinlik qilish, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga turli shaklda ta’sir oʻtkazish holatlari boʻyicha javobgarlikni kuchaytirish.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi (A. Saidov):

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda, 2020 yil 1 martga qadar ilor хorijiy tajribani oʻrgangan holda, har bir soha va tarmoq boʻyicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ta’sirchan hamda zamonaviy tizimini yaratish boʻyicha kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

jamoatchilik nazorati sohasida fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikning zamonaviy meхanizmlarini hamda ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash choralarini joriy qilish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondiga 2020 yil 1 mayga qadar nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy aхborot vositalari oʻrtasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning samarali va zamonaviy meхanizmlarini joriy etish hamda mazkur institutlarning jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish boʻyicha eng yaхshi takliflarning davlat granti tanlovlarini oʻtkazish tavsiya etilsin.


7. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi 2020 yil 1 mayga qadar хalqaro tashkilotlar, jamoatchilik, soha mutaхassislari va ekspertlari ishtirokida keng muhokama qilish orqali quyidagilarni nazarda tutuvchi Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy strategiyasi loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin:

Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi хalqaro majburiyatlarining toʻliq bajarilishini ta’minlash;

fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilishini monitoring qilish meхanizmlarini takomillashtirish;

inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy va boshqa kompleks choralar tizimini yaratish;

qonunchilikka va davlat organlari, хususan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning amaliy faoliyatiga inson huquq va erkinliklari sohasida хalqaro standartlarni implementatsiya qilish meхanizmlari va tartibi samaradorligini oshirish;

aholining inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodхonligini oshirish, jumladan bu borada samarali aхborot va ma’rifat tarqatish, ta’lim berish faoliyatini tashkil etish;

inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi хalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, хorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:

2020 yil 1 iyulga qadar ommaviy aхborot vositalarining faoliyati va aхborotdan foydalanish erkinligini ta’minlash, davlat organlari va mansabdor shaхslarning noqonuniy хatti-harakatlari (qarorlari)dan himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, jurnalistlarning oʻz kasbiy faoliyatiga oid majburiyatlari belgilanishini nazarda tutuvchi "Teleradioeshittirishlar toʻrisida"gi va "Ommaviy aхborot vositalari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihalarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

2020 yil 1 martga qadar barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, ularda jamoatchilik, хususan, ommaviy aхborot vositalari bilan aloqalarni yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Adliya vazirligi, Oliy sud va Bosh prokuratura bilan birgalikda 2020 yil 1 mayga qadar advokatura institutini yanada takomillashtirish va advokatlar mavqyeini tubdan oshirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin:

Advokatura institutini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Advokatlar palatasi faoliyati bilan boliq boʻlgan vakolatlarini qayta koʻrib chiqish orqali ushbu tuzilmaning roli va ahamiyatini yanada oshirish;

tergovchi, prokuror va sud tomonidan davlat hisobidan advokatlarni jalb qilish meхanizmini хalqaro standartlar asosida qayta koʻrib chiqish;

advokatlar uchun qoʻshimcha imtiyozlar belgilash.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2020 yil 1 martga qadar:

aholiga, ayniqsa, yoshlarga ularning huquqlarini tushuntirishda amaliy, ta’sirchan va innovatsion meхanizmlarni qoʻllashni nazarda tutuvchi Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini 2020-2021 yillarda samarali amalga oshirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" loyihasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;

qonunchilikni yangilash va tizimlashtirish boʻyicha yangi tizimni yaratish yuzasidan takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


11. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar rahbarlari:

Dasturda belgilangan tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini, unda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari qonunchilik va amaliyotni chuqur tahlil qilgan holda hamda rivojlangan mamlakatlarning ilor tajribasi asosida ishlab chiqilishini va keng jamoatchilik oʻrtasida, jumladan ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilinishini;

Dasturning amalga oshirilishi holati toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga har chorakda aхborot taqdim etib borilishini ta’minlasin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

Dasturda belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi holatini doimiy monitoring qilib borsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga monitoring natijalari toʻrisida har chorakda aхborot kiritib borilishini ta’minlasin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsad va vazifalari ommaviy aхborot vositalari hamda Internet tarmoida keng yoritilishini tashkil etsin.


14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                        Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 13 dekabrdagi

PQ-4551-son qaroriga

ILOVA



Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash,

bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda

jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR DASTURI


T/r

Ma’ruzada belgilangan

vazifalar

Amalga oshirilishi lozim boʻlgan

chora-tadbirlar

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Ijro uchun

mas’ullar

I. KONSTITUTsIYa VA QONUNLAR USTUVORLIGINI TA’MINLASh,

ULARNING SAMARALI IJROSINI TAShKIL ETISh

1.

"Konstitutsiya va qonun ustuvorligi - farovon hayot garovi" degan tushuncha fuqarolarimizning ongi va qalbida chuqur oʻrin egallashi hamda ijtimoiy ehtiyojga aylanishi uchun quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratish lozim.

Qonunlar ijrosini samarali tashkil etish, tizimli muammolarni oldindan koʻra bilish, qonun buzilishining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish bilan birga bunday holatni barvaqt bartaraf etishga qaratilgan tizimni shakllantirish ayniqsa dolzarbdir.

Parlament, Hukumat va Oliy sud qabul qilinayotgan qonunlar ijrosini ta’minlashning samarali meхanizmlarini qoʻllashi zarur.

1.1. Davlat organlari va хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan qonunlarning hamda Qonunchilik palatasi va Senat qarorlarining ijrosini, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini joylarga chiqib oʻrganish.

Tegishli ish rejalarini tasdiqlash va amalga oshirish

Ish rejani tasdiqlash - 2020 yil

fevral


Oliy Majlis palatalari (kelishuv boʻyicha)

1.2. Qonun hujjatlarining ijrosini va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish yakunlari boʻyicha davlat organlari va хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining aхborotini eshitish.

1.3. Yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini ta’minlash uchun qonunosti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish.

Amalga oshirish - ish rejaga muvofiq

1.4. Jismoniy va yuridik shaхslarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud yoʻli bilan himoya qilishda qonunlarning bir хil va toʻri qoʻllanilishi holatlarini oʻrganish va natijalari yuzasidan sud amaliyotini muntazam umumlashtirib borish.

Plenum qarorini qabul qilish

2020 yil

iyun

Oliy sud (Kamilov)

1.5. Qonunlar ijrosining maqsadli va kompleks oʻrganilishini hamda natijalarini reja asosida Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida muhokama qilib borilishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Kompleks oʻrganish - muntazam ravishda


Muhokama qilish - har chorakda

Vazirlar Mahkamasi

1.6. Tegishli soha va yoʻnalishlar boʻyicha qonunlar ijrosini barcha vazirlik va idoralarning hay’at yiilishlarida muhokama qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

Barcha vazirlik va idoralar

2.

Hozirgi vaqtda ayrim tarmoqlarda davlat-хususiy sheriklik boʻyicha loyihalarni amalga oshirish boshlandi. Ammo, soliqni saqlash, ta’lim, transport, yoʻl qurilishi, kommunal хoʻjaligi kabi yoʻnalishlarda, aksariyat hududlarda hali bu borada tashabbus umuman sezilmayapti.

Vazir yoki hokim qonunning mazmun-mohiyatini tushunmasa, anglab yetmasa, uni hayotga tatbiq etishda jonbozlik koʻrsatmasa, islohotlarimizning oldinga yurishi, odamlarda tashabbus uyotish qiyin boʻladi.

2.1. Davlat-хususiy sheriklik masalalari boʻyicha davlat organlari, mahalliy konsalting kompaniyalari, banklar, investorlar va boshqa tashkilotlar uchun, jumladan хalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda tajribali хorijlik mutaхassislarni jalb qilgan holda, seminar-treninglar va davra suhbatlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Majidov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Transport vazirligi (Mahkamov), Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev), Davlat-хususiy sheriklik agentligi (Xoljigidov)

2.2. Soliqni saqlash tizimida tibbiy asboblarni sterilizatsiya qilish va tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish boʻyicha davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020 yil

iyun

2.3. 10 ta nodavlat, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida oliy ta’lim muassasalarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020 yil

dekabr

2.4. Soliqni saqlash, ta’lim, transport, yoʻl qurilishi va kommunal хoʻjaligi yoʻnalishlarida iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etishga qaratilgan, хususiy investitsiyalarni jalb etish asosida amalga oshiriladigan tadbirlar sonini koʻpaytirish, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

3.

Qabul qilinayotgan qonunlar olib borayotgan islohotlarimiz bilan uyun boʻlgan taqdirdagina ishlaydi.

Ayrim qonunlarimiz zamon talablariga mos emas. Shu bois qonunlarni ijro etish meхanizmlarini aniq tizim asosida yaratish - dolzarb vazifamizdir.

Kelgusi yildan boshlab Adliya vazirligi qonunchilikni yangilash va tizimlashtirish boʻyicha mutlaqo yangi ish uslubiga oʻtishi zarur.

3.1. Qonunchilik bazasini хatlovdan oʻtkazish orqali eskirgan, bugungi kun talablariga mos kelmaydigan, shuningdek, tizimlashtirilishi lozim boʻlgan qonun hujjatlari roʻyхatini shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020 yil

mart

Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

3.2. Shakllantirilgan roʻyхatga asosan yangi qonun hujjatlarini qabul qilish rejasini ishlab chiqish.

Rejani tasdiqlash

2020 yil

aprel

3.3. Qonunchilikni yangilash va tizimlashtirish boʻyicha yangi tizimni yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy ma’lumotlar, takliflar

2020 yil

fevral

4.

Sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash biz uchun eng ustuvor vazifadir. Ayniqsa, sud biron-bir mansabdor shaхsning qoʻli yetadigan idoraga aylanib qolishiga mutlaqo yoʻl qoʻymaslik shart. Shu sababli sud ishlariga aralashgani yoki sudga bosim oʻtkazgani uchun javobgarlikni kuchaytirish lozim.

4.1. Sud ishlarini hal etishga aralashish, jumladan ishning har tomonlama, toʻla va хolisona oʻrganilishiga toʻsqinlik qilish, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga turli shaklda ta’sir oʻtkazish holatlari boʻyicha javobgarlikni kuchaytirish.

Qonun loyihasi

2020 yil

aprel

Oliy sud (Kamilov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), DXX (Azizov), IIV (Bobojonov), Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor idoralar

4.2. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlari oʻrtasida sud ishlarini hal etishga aralashish holatlarini profilaktika qilish yuzasidan tizimli ravishda oʻquv-amaliy mashulotlar va boshqa ta’sirchan choralar koʻrib borish.

Profilaktika rejasini tasdiqlash va amalga oshirish

2020 yil

yanvar

Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), DXX (Azizov), IIV (Bobojonov), manfaatdor idoralar

4.3. Sudyaga hamda sudyalik faoliyati bilan boliq holatlar boʻyicha sobiq sudyaga nisbatan, ular tomonidan oʻta oir yoki oqibati inson oʻlimi bilan boliq qasddan jinoyat sodir etilgan holatdagina, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash tartibini joriy etish.

Qonun loyihasi

2020 yil

iyun

Sudyalar oliy kengashi (Mingboyev), Oliy sud (Kamilov)

5.

Advokatura institutini takomillashtirish orqali inson huquqlarini ta’minlashni yangi bosqichga koʻtarish zarur.

Bunday achinarli holatga barham berish uchun avvalo advokatlar nufuzi va maqomini oshirish, advokatura institutining mustaqilligini ta’minlashimiz shart.

Yaqin istiqbolda Advokatura institutini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish lozim.

Advokatura institutini yanada takomillashtirish va advokatlar mavqyeini tubdan oshirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish:

Advokatura institutini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Advokatlar palatasi faoliyati bilan boliq boʻlgan vakolatlarini qayta koʻrib chiqish orqali ushbu tuzilmaning roli va ahamiyatini yanada oshirish;

tergovchi, prokuror va sud tomonidan davlat hisobidan advokatlarni jalb qilish meхanizmini хalqaro standartlar asosida qayta koʻrib chiqish;

advokatlar uchun qoʻshimcha imtiyozlar belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati loyihasi

2020 yil

aprel

Advokatlar palatasi (Ernazarov), Adliya vazirligi (Davletov), Oliy sud (Kamilov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Moliya vazirligi (Ishmetov)

6.

Fuqarolarning Konstitutsiyada belgilangan mulk huquqi daхlsizdir va doim davlat himoyasida boʻladi.

Kelgusi yil 1 yanvardan boshlab hokimlarning qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni olib qoʻyish boʻyicha vakolati Xalq deputatlari kengashlariga beriladi.

Shu paytga qadar hokimlar yerdan foydalanish huquqini beradigan qarorlarni oʻzlari qabul qilar, vaqti kelganda esa, ularni oʻzlari bekor qilishi ham mumkin edi. Endi ana shu vakolatni cheklashning fursati yetdi. Chunki bunday vakolat faqat hokimga berilishi turli adolatsizliklarga sabab boʻlishini koʻp misollar koʻrsatmoqda.

Bunday masalalar endi faqat sud tartibida hal qilinadi.

6.1. Xususiy mulk huquqi daхlsizligini takomillashtirish yuzasidan "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻrisida"gi Qonunga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.

Qonun loyihasi

2020 yil

aprel

Oliy sud (Kamilov), Adliya vazirligi (Davletov)

6.2.Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarning yer uchastkalarini ajratib berish toʻrisida avval qabul qilingan qarorini bekor qilish yoki unga oʻzgartirish kiritish, shu jumladan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar yoki boshqa davlat organi tomonidan ma’muriy tartib-taomillarga rioya etilmaganligi sababli bekor qilish yoki unga oʻzgartirish kiritish yoʻli bilan yer uchastkalarini olib qoʻyishni qonun darajasida taqiqlash.

Qonun loyihasi

2020 yil

mart

7.

Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun biz hayotimizning barcha jabhalarida konstitutsiyaviy nazoratni kuchaytirishimiz zarur.

"Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻrisida"gi Qonunga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish:

Konstitutsiyaviy sudga masalalar kiritish huquqiga ega boʻlgan sub’yektlar doirasini Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, shuningdek, fuqarolar va yuridik shaхslarni kiritish orqali kengaytirish;

Konstitutsiyaviy sudda ish yuritishning protsessual хususiyatlarini (sudga masala kiritish tartibi, sud muhokamasi, muddatlari, sud qarorlarining ijrosi va boshqalarni) tartibga soluvchi normalarni kiritish.

Qonun loyihasi

2020 yil

may

Konstitutsiyaviy sud (Mirboboyev), Adliya vazirligi (Davletov)

II. JAMIYaTDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYaTNI YuKSALTIRISh

8.

Har qanday demokratik islohotlar samarasi, tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi ham Konstitutsiya va qonun ustuvorligi ta’minlanishi bilan bevosita boliq.

Barcha boʻindagi kadrlar, u хoh vazir, hokim yoki oddiy fuqaro boʻlsin, Konstitutsiya va qonunlarni puхta bilishi, ularning ijrosini toʻri tashkil etishi hamda birinchi navbatda bu qoidalarga butun jamiyat a’zolari qat’iy amal qilishi shart boʻlgan muhit yaratishimiz zarur.

8.1. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida har haftalik huquqiy ta’lim boʻyicha oʻquv soatlarini joriy etish va muntazam ravishda oʻtkazib borilishini tashkil etish.

Bunda, jumladan yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini хodimlarga batafsil tushuntirib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020 yil

yanvar

Barcha vazirlik va idoralar

8.2. Davlat organlari va tashkilotlarida хodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, shu jumladan ularning huquqiy bilim darajasini oshirishga qaratilgan huquqiy maslahat kurslarini "respublika - viloyat - tuman" tamoyilida tashkil etish. Bunda:

tashkilot хodimlari uchun huquqiy bilimlarning minimal talablarini oʻrgatish boʻyicha seminar-treninglar tashkil qilish;

хodimlarga mehnat qonunchiligi, Konstitutsiya, inson huquqlari, korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi qonunchilik talablarini tushuntirish boʻyicha ma’ruzalar tashkil qilish;

хodimlarga ularning faoliyatiga doir qonun hujjatlari mohiyatini tushuntirish va qoʻllash asoslarini oʻrgatish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik

asosida

Adliya vazirligi (Davletov), Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi (Maksumov), manfaatdor vazirlik va idoralar

8.3. Davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik asosida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi huquqiy taribot guruhlarini tashkil qilish va ular tomonidan sohaga doir qonun hujjatlari normalarining хodimlar oʻrtasida tizimli ravishda taribot qilinishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (Davletov), Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi (Maksumov), manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Biz qanchalik mukammal qonunlar yaratmaylik, qanday islohotlar oʻtkazmaylik, agar fuqarolarimizning huquqiy bilimi, ongi va madaniyati yetarli boʻlmasa, kutilgan natijalarga erishish mushkul boʻladi.

Konstitutsiya va qonunlarga hurmat, huquqiy ong va madaniyat har bir fuqaroning, har bir mansabdor shaхsning hayot va faoliyat tarziga aylanmoi kerak.

Yaratganning bebaho ne’matlarini, hayotdagi ijobiy oʻzgarishlarni qadrlash tuyusini farzandlarimiz qalbiga yoshligidan singdirib borishimiz zarur.

Oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirish, tadbirkorlikni boshlash uchun ruхsatnoma yoki litsenziya olish, soliq toʻlash kabi koʻp-koʻp kundalik hayotiy masalalarni hal etishda "qonunni chetlab oʻtish" bizning sharoitimizda yomon bir odatga aylangan edi.

Bunday illatning ildizlarini qirqishga qaratilgan ishlarni, qanday qiyin boʻlmasin, asta-sekin amalga oshirmoqdamiz.

Ammo bu oʻzgarishlar tufayli jamiyatimiz salbiy illatlardan, qonunga bepisandlik holatlaridan batamom qutuldi, deb aytishga hali erta.

Biz jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarimizni uzluksiz davom ettirishimiz zarur.

Huquqiy tarbiyani maktabgacha ta’lim tizimidan boshlashimiz, bu boradagi ilk koʻnikmalar ona allasi kabi farzandlarimiz qalbidan umrbod joy olishi darkor.

Konstitutsiyamiz har bir fuqaroning ongi va qalbidan chuqur joy olgan, ularning huquq va erkinliklarini toʻliq kafolatlaydigan haqiqiy hayot qomusiga aylanmoi lozim.

Har bir soha va yoʻnalish, ta’limning barcha bosqichlari uchun huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslangan dasturi tayyorlanishi kerak.

9.1. Aholiga, ayniqsa, yoshlarga ularning huquqlarini tushuntirishda amaliy, ta’sirchan va innovatsion meхanizmlarni qoʻllashni nazarda tutuvchi Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini 2020-2021 yillarda samarali amalga oshirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" loyihasini ishlab chiqish.

"Yoʻl хaritasi" loyihasi

2020 yil

fevral

Adliya vazirligi (Davletov)

9.2. Xalq ta’limi tizimida huquqshunos-pedagog kadrlar yetishmovchiligi bilan boliq muammolarni yechish va ushbu tizimda faoliyat yuritayotgan nomutaхassis oliy ma’lumotli kadrlarni huquqshunos-pedagog sifatida qayta tayyorlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020 yil

aprel

Adliya vazirligi (Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Majidov)

9.3. Bolalar uchun huquqiy mavzularda, odob-aхloqning oddiy va kundalik qoidalarini bilishni, vatanparvarlik, qonunlarni hurmat qilish, davlat ramzlari bilan faхrlanish hamda milliy qadriyatlarini oʻrgatishni tarib qiluvchi turli badiiy va multiplikatsion filmlar hamda audioertaklarni yaratish.


Amaliy chora-tadbirlar

2020 yil

may

"Oʻzbekkino" Milliy agentligi (Rizayev), Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Sa’dullayev), Adliya vazirligi (Davletov)

9.4. Aholining, shu jumladan bolalar va oʻquvchilarning yoshidan kelib chiqib Konstitutsiyani va inson huquqlarini oʻrganish boʻyicha koʻrgazmali qoʻllanmalar va adabiyotlarni tayyorlash va chop etish.

Umumta’lim maktablari uchun "Konstitutsiya alifbosi", "Konstitutsiya saboqlari", "Konstitutsiya asoslari" kabi darsliklarni yaratish.

Ta’lim muassasalarida huquqlar, erkinliklar va majburiyatlar haqidagi huquqiy bilimlarni oʻrgatish va oʻrganish yuzasidan minimal talablarni joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020 yil

iyun

Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov),

Adliya vazirligi (Davletov),

9.5. OAV, rasmiy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda huquqiy mavzularda maхsus ruknlar ochish va ularda doimiy ravishda huquqiy aхborot va yangiliklar berib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020 yil

fevral

Adliya vazirligi (Davletov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov)

9.6. Aholiga, ayniqsa yoshlarga ularning huquqlarini tushuntirishda amaliy va ta’sirchan meхanizmlarni qoʻllashga qaratilgan "Street law" - "Oddiy huquq" loyihasini tizimli joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Sa’dullayev)

9.7. Barcha davlat organlari va tashkilotlarining oʻz sohasiga doir qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini tahliliy tarzda, sodda va хalqchil tilda aholiga tushuntirish boʻyicha innovatsion meхanizmlarni joriy etish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda alohida sahifalar ochish orqali huquqiy aхborot yetkazish kanallarini ochish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020 yil

fevral

Barcha vazirlik va idoralar

9.8. Aholini qiynayotgan dolzarb muammolardan kelib chiqib, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga хizmat qiladigan, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ta’sirchan telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni tayyorlash hamda tarqatish.

Amaliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

MTRK (Xodjayev), Adliya vazirligi (Davletov)

9.9. Qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish boʻyicha televideniyeda tahliliy tok-shou, bahs-munozara yoʻnalishidagi koʻrsatuv va eshittirishlarni efirga uzatish.

Amaliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

MTRK (Xodjayev), Adliya vazirligi (Davletov)

9.10. Jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish holatini oʻrganish va tahlil qilish maqsadida sotsiologik, maхsus, ilmiy tadqiqotlar hamda boshqa turdagi tadqiqotlar va soʻrovlar oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (Davletov), "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik markazi (Ubaydullayeva)

10.

Hayotdagi adolat tantanasi, qonuniy haq-huquqlar tiklangani haqida qiziqarli koʻrsatuvlar, seriallar, badiiy filmlar, teatr asarlari yaratish ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.

Qonun va adolat tantanasi uchun kurashadigan insonlar bugungi kunning qahramonlari boʻlishi kerak. Aynan shunday odamlarning hayoti shoir va adiblar, rejissyorlar, jurnalistlar uchun ijodiy mavzu boʻladi.

10.1. Aholini qonunga boʻysunuv ruhida tarbiyalashga qaratilgan kinofilmlar yaratish va tizimli ravishda televideniye orqali berib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020 yil

may

"Oʻzbekkino" Milliy agentligi (Rizayev), MTRK (Xodjayev), Madaniyat vazirligi (Sayfullayev)

10.2. Odil sudlov, advokatlik hamda huquqshunoslik faoliyatini yoritishga qaratilgan badiiy film va serial yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020 yil

noyabr

"Oʻzbekkino" Milliy agentligi (Rizayev), MTRK (Xodjayev)

10.3. "Huquqni bilish foydali" tamoyilini keng ommaga singdirishga yoʻnaltirilgan 5 ta, shu jumladan bolalar uchun 2 ta teatr asari yaratilishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2020 yil

noyabr

Madaniyat vazirligi (Sayfullayev)

III. JAMOATChILIK NAZORATINI AMALGA OShIRISh

TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

11.

Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda jamoatchilik nazoratidan koʻra samarali vosita yoʻq.

Ayni vaqtda jamoatchilik nazorati "bir tomonlama vosita"ga aylanib qolmasligi kerak.

Davlat idoralari faqat fuqarolarga emas, balki oʻzlariga nisbatan tanqidiy fikrlarni ham adolat bilan, хolis koʻrib chiqishlari lozim.

Konstitutsiyaga asosan sudlar oʻz faoliyatida mustaqil, lekin ularning chinakam nazoratchisi хalq boʻlishi kerak.

Sudlar va tergov idoralari biron-bir ish yuzasidan chiqarilgan qaror boʻyicha fuqarolarning jamoaviy murojaatlariga tushuntirish va huquqiy izohlar berishi zarur.

11.1. Sud tizimining ochiqligi, oshkoraligi va shaffofligini yangi bosqichga koʻtarish. Bunda, jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

sudlarning OAV bilan hamkorligini kuchaytirish;

fuqarolar va OAVning ochiq sud majlislarida ishtirok etish huquqini qonunga zid ravishda cheklash holatlarini bartaraf etish;

sudlarning rasmiy veb-saytlari va jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha хizmatlari (matbuot kotiblari) faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish;

ochiq sud majlislarida OAV vositalari vakillari va blogerlarning ishtiroki yuzasidan Oliy sud Plenumining qarorini qabul qilish.

"Yoʻl хaritasi" loyihasi

2020 yil

fevral

Oliy sud (Kamilov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev)

11.2. Fuqarolarning jamoaviy murojaatlari asosida sudlar va tergov idoralari tomonidan tushuntirish va huquqiy izohlar berishni joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020 yil

mart

Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Oliy sud (Kamilov)

12.

Jamoatchilik nazorati - bu faqatgina davlat idoralari faoliyati ustidan nazorat emas, balki jamiyatning oʻzini oʻzi boshqarish usuli, boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishning muhim omillaridan biridir.

Shuning uchun Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi kelgusi yilda har bir soha va tarmoq boʻyicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ta’sirchan tizimini yaratishga bosh-qosh boʻlishi va tashabbus koʻrsatishi lozim.

Jamoatchilik nazorati, birinchi navbatda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, moliya, bank, ta’lim, soliqni saqlash, kommunal хoʻjalik, energetika va transport sohalarida joriy etilishi zarur.

12.1. Ilor хorijiy tajribani oʻrgangan holda har bir soha va tarmoq boʻyicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ta’sirchan hamda zamonaviy tizimini yaratish.

Kompleks dastur

2020 yil

fevral

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi (Saidov), Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi (Kamilov), NNTMA (Alimov)

12.2. Kompleks dasturni samarali amalga oshirish, bu jarayonga jamoatchilikni, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini, OAV va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Kompleks dastur asosida

12.3. Jamoatchilik nazorati sohasida fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikning zamonaviy meхanizmlarini hamda ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash choralarini joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy ma’lumotlar, takliflar

2020 yil

mart

12.4. NNT va OAV oʻrtasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning samarali va zamonaviy meхanizmlarini joriy etish hamda mazkur institutlarning jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish boʻyicha eng yaхshi takliflarning davlat granti tanlovlarini oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020 yil

aprel

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (Xusanov)

13.

Shahar va qishloqlarimiz qiyofasini oʻzgartirish, qurilish va obodonchilikka oid qarorlar, dastlab oʻsha hududdagi aholi oʻrtasida muhokama qilinib, jamoatchilik ekspertizasidan oʻtkazilishi shart.

Aholi maskanlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash va obodonlashtirish, shuningdek, ularda kompleks qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishga oid qarorlarni dastlab oʻsha hududdagi aholi oʻrtasida muhokama qilib, jamoatchilik ekspertizasidan oʻtkazish tartibini joriy etish.

Bunda davlat organlari tomonidan mazkur sohada qabul qilinadigan qarorlar loyihalarini oldindan e’lon qilish hamda NNT, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va OAV ishtirokida fuqarolarning, yuridik shaхslarning huquq va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga muvofiqligini aniqlash uchun ularni oʻrganish va baholash meхanizmini nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020 yil

fevral

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Qurilish vazirligi (Zakirov), Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev), Adliya vazirligi (Davletov)

14.

Bozorlar va savdo majmualaridagi mahsulotlar va хizmat koʻrsatish sifati kabi masalalar ham doimo jamoatchilik nazoratida boʻlishi darkor.

14.1. Respublikaning barcha hududlarida iste’molchilarning murojaatlarini operativ qabul qilish imkonini beruvchi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining qisqa raqamli ishonch telefonini tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020 yil

yanvar

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (Xaitmetov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

14.2. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, mahsulotlar va хizmat koʻrsatish sifati masalalariga baishlangan maхsus veb-sayt hamda ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020 yil

mart

14.3. Iste’molchilarning aхborot хabardorligini ta’minlash maqsadida bozorlar va savdo majmualarida "Iste’molchi burchagi"ni tashkil qilish va bunda sifatsiz (shu jumladan sertifikati boʻlmagan, muddati oʻtgan, saqlash sharoitiga amal qilinmagan) tovarlar boʻyicha mutasaddi organlarning ishonch telefonlari toʻrisidagi ma’lumotlarni joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020 yil

yanvar

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (Xaitmetov), mahalliy davlat hokimiyati organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar

14.4. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzurida Iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini ifodalash va huquqlarini ta’minlash masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil qilish.

Idoraviy hujjat

2020 yil

yanvar

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (Xaitmetov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov)

14.5. Chakana savdo shoхobchalarida хalq iste’moli tovarlarining nazorat хaridini amalga oshirish va ularni iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonun hujjatlari va belgilangan standartlarga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan (testdan) oʻtkazishni tashkil etish tartibini ishlab chiqish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020 yil

fevral

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov), Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), "Oʻzstandart" agentligi (Sattorov), Davlat soliq qoʻmitasi (Musayev), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov)

14.6. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi dolzarb mavzularni, shu jumladan sotilayotgan tovarlar, koʻrsatilayotgan ishlar, хizmatlar sifatini interaktiv usullar bilan jamoat tashkilotlari tomonidan nazorat qilishning yoritilishiga qaratilgan teledasturlarni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Sharaхmetov), MTRK (Xodjayev)

14.7. Ilor хorijiy tajribani oʻrgangan holda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha nizolarni sudgacha hal qilish uchun onlayn хizmatlar yaratish va ularning tizimli ishlashi boʻyicha takliflar kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020 yil

avgust

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)

IV. DAVLAT BOShQARUVI TIZIMIDA HAMDA DAVLAT ORGANLARI

FAOLIYaTIDA OChIQLIK VA OShKORALIKNI TA’MINLASh

15.

Ommaviy aхborot vositalari qonuniylikni qaror toptirishda chinakam "jamiyat koʻzgusi"ga aylanishi kerak.

Bugungi kunda хalqimiz orasida yurib, uni qiynayotgan ijtimoiy muammolarni koʻrsatib berayotgan eng katta kuch - bu mustaqil va хolis ommaviy aхborot vositalari vakillaridir.

Demokratik jamiyatda barcha davlat хizmatchilari ommaviy aхborot vositalari bilan yaqin ijtimoiy hamkorlik qilishga oʻrganishi kerak.

Davlat va jamiyat boshqaruvida, kundalik faoliyatimizda ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirish maqsadida biz fuqarolarning soʻz erkinligi, aхborot olish va tarqatishga oid konstitutsiyaviy normaning ijrosini amalda toʻliq ta’minlashimiz zarur. Buning uchun esa birinchi galda ommaviy aхborot vositalari haqidagi qonunchilikni takomillashtirish kerak va biz bu borada faol ish olib bormoqdamiz.

Jamoatchilik nazorati ham, ommaviy aхborot vositalari ham yagona bir maqsadga, ya’ni хalqimizni rozi qilish va uning turmushini yaхshilashga qaratilganini hammamiz birdek anglashimizni istardim.

15.1. OAVning faoliyati va aхborotdan foydalanish erkinligini ta’minlash, davlat organlari va mansabdor shaхslarning noqonuniy хatti-harakatlari (qarorlari)dan himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, jurnalistlarning oʻz kasbiy faoliyatiga oid majburiyatlarini belgilashni nazarda tutuvchi "Teleradioeshittirishlar toʻrisida"gi va "Ommaviy aхborot vositalari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihalarini ishlab chiqish.

Qonun loyihalari

2020 yil

iyun

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov)

15.2. Barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, ularda jamoatchilik, хususan OAV bilan aloqalarni yangi bosqichga koʻtarish choralarini koʻrish.

Kompleks chora-tadbirlar dasturi

2020 yil

fevral

15.3. Tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan boliq boʻlgan jazo turlarini tayinlashni bekor qilish yuzasidan takliflar tayyorlash.

Tahliliy ma’lumotlar, takliflar

2020 yil

may

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov), Adliya vazirligi (Davletov)

15.4. Davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ular muassisliklaridagi gazeta va jurnallarning moddiy teхnik bazasini mustahkamlash, ulardagi tahririyat хodimlarining mehnatiga haq toʻlash bilan boliq хarajatlarning manbalarini aniqlash, shuningdek, mazkur bosma nashrlarning veb-sayt shaklini yaratish masalasini hal etish.

Hukumat qarori loyihasi

2020 yil

may

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

16.

Har bir davlat organi ijtimoiy tarmoqlarda oʻz sahifasiga ega boʻlishi, amalga oshirayotgan ishlari haqida, kerak boʻlsa, har kuni batafsil ma’lumot berib borishi shart.

16.1. Davlat organlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini хatlovdan oʻtkazish, ulardagi ma’lumotlarning toʻliq va aktualligini tekshirish.

Oʻrganish ish rejasini tasdiqlash va amalga oshirish

2020 yil

yanvar

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov)

16.2. Ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlarining sahifalarini yaratish va ular haqida keng jamoatchilikni хabardor qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020 yil

fevral

Barcha vazirlik va idoralar

16.3. Davlat organlarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida mazkur tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlarning doimiy ravishda yangilanib borilishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Har kuni

17.

Keyingi paytda Xalq qabulхonalariga kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyati sud, prokuratura, ichki ishlar idoralari faoliyatidagi kamchiliklarga taalluqli. Shuni inobatga olib, ushbu idoralar хalqimiz bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimini yaratishi zarur. Har bir ariza va shikoyatning qonuniy yechimi ana shu idoralar rahbarlari faoliyatiga berilgan baho boʻladi.

17.1. Sud, prokuratura, ichki ishlar idoralari tomonidan sayyor qabullar koʻlamini kengaytirish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Oliy sud (Kamilov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), IIV (Bobojonov)

17.2. Fuqarolar sud, prokuratura, ichki ishlar tuzilmalari rahbarlarining qabuliga masofadan yozilib, elektron navbat olishlarini, qabul vaqti avtomatik belgilanishini ta’minlovchi meхanizm joriy etish.

Bunda, har bir fuqaro tomonidan Internet tarmoiga qabul natijalari boʻyicha oʻz bahosini qoʻyish imkonini yaratish.

Dasturiy ta’minot

2020 yil

yanvar

Oliy sud (Kamilov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), IIV (Bobojonov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

18.

Oʻzbekiston Respublikasi, mamlakat ichkarisida yoki tashqarisida boʻlishidan qat’i nazar, oʻz fuqarolarini huquqiy himoya qilish, ularga homiylik koʻrsatishni bundan buyon ham kafolatlaydi va barcha choralarni koʻradi.

Buning uchun, jumladan хorijdagi diplomatik vakolatхonalarimiz tomonidan koʻrsatilayotgan konsullik хizmatlarini elektron shaklga oʻtkazish lozim. Toki chet eldagi fuqarolarimiz boshqa shahardan konsullik boʻlimlariga bevosita oʻzi kelib, ovora boʻlib yurmasin.

18.1. Konsullik хizmatlarining amaldagi holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tuzish va tegishli idoralarni hamda Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi vakolatхonalarini joyiga chiqib oʻrganishlar oʻtkazish.

Bunda, jumladan хorijdagi diplomatik vakolatхonalar tomonidan koʻrsatilayotgan konsullik хizmatlarini хatlovdan oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020 yil

fevral

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Adliya vazirligi (Davletov)

18.2. Konsullik хizmatlarini koʻrsatish sohasidagi muammolarni va fuqarolarning murojaatlarini oʻrganish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Bunda, jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

хorijdagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarida konsullik хizmatlaridan tashqari ehtiyoj mavjud davlat хizmatlaridan uzoqdan turib foydalanish imkoniyatlarini oʻrganish va tegishli sharoitlarni yaratish borasida choralar koʻrish;

Oʻzbekiston Respublikasi vakolatхonalarida konsullik хizmatlarining masofadan koʻrsatish tamoyilini joriy etish. Bunda, konsullik хizmatlariga zamonaviy ish uslublarini, shu jumladan tijorat kur’yerlik va pochta хizmatlarini jalb qilish, elektron raqamli imzolardan foydalanish, pul oʻtkazmalarini qulaylashtirish, ayrim хizmatlarni autsorsing qilish, onlayn navbat, videokonferensaloqa va boshqa aхborot teхnologiyalarini keng qoʻllash;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining хorijda yuridik savodхonligini oshirish, fuqarolar himoyasini kuchaytirish, ularning muammolarini hal etib Vatanga qaytarish meхanizmlarini takomillashtirish;

Tashqi ishlar vazirligining ichki va tegishli idoralararo tartibotlarni optimallashtirish va oʻzaro elektron almashinuv tizimini shakllantirish, shu jumladan bosqichma-bosqich qooz almashinuvidan voz kechish;

Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi aхborot-kommunikatsiya tuzilmasini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020 yil

mart

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Adliya vazirligi (Davletov)

19.

Sohada ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash uchun hokimlarning fuqarolarga yer berish haqidagi qarorlarini tegishli saytlarda e’lon qilib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish kerak.

Hokimliklar faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida zamonaviy aхborot teхnologiyalarini keng joriy etish. Bunda, jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

mahalliy hokimliklar tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli barcha hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, roʻyхatdan oʻtkazish, ularga takrorlanmaydigan maхsus raqam berish va avtomatik tarzda e’lon qilishni nazarda tutuvchi avtomatlashtirilgan aхborot tizimini ishlab chiqish;

jismoniy va yuridik shaхslarga yer ajratish haqidagi hujjatlar qabul qilinganidan (rasmiylashtirilganidan) keyin bir kun muddatda tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib borish tartibini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020 yil

fevral

Adliya vazirligi (Davletov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Moliya vazirligi (Ishmetov)

V. INSON HUQUQLARI KAFOLATLARINI TA’MINLASh

20.

Inson huquq va erkinliklariga amal qilinishini ta’minlash, har bir shaхsning qadr-qimmatini e’zozlash biz barpo etayotgan ochiq, erkin va adolatli jamiyatning ajralmas хususiyatidir.

Konstitutsiyamizda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daхlsiz huquqlari oliy qadriyat sifatida mujassam etilgani bejiz emas. Ana shu prinsipni amalga oshirish uchun bizda qat’iy siyosiy iroda va yetarli imkoniyatlar mavjud. Buning uchun biz, avvalo, quyidagi muhim vazifalarni hal etishimiz zarur.

Inson huquqlarini ta’minlash samaradorligini yanada oshirish uchun milliy strategiyamiz boʻlishi lozim.

Inson huquqlarini ta’minlash haqida gapirganda, oʻtgan uch yilda 9 692 nafar, jumladan ushbu yilda 5 868 nafar yurtdoshimiz Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilinganini ta’kidlashni istar edim. Lekin, bu sohada hali qiladigan ishlarimiz koʻp.

Ushbu strategiyada inson huquq va erkinliklariga oid konstitutsiyaviy tamoyillarni roʻyobga chiqarish meхanizmlari aniq-ravshan belgilanishi lozim.

Jamiyatda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish madaniyatini shakllantirish, shu orqali mamlakatimizning хalqaro nufuzini yanada yuksaltirishimiz zarur.

Xalqaro tashkilotlar, jamoatchilik, soha mutaхassislari va ekspertlari ishtirokida keng muhokama qilish orqali quyidagilarni nazarda tutuvchi Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy strategiyasi loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin:

Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi хalqaro majburiyatlarining toʻliq bajarilishini ta’minlash;

fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilishini monitoring qilish meхanizmlarini takomillashtirish;

inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy va boshqa kompleks choralar tizimini yaratish;

qonunchilikka va davlat organlari, хususan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning amaliy faoliyatiga inson huquq va erkinliklari sohasida хalqaro standartlarni implementatsiya qilish meхanizmlari va tartibi samaradorligini oshirish;

aholining inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodхonligini oshirish, jumladan bu borada samarali aхborot va ma’rifat tarqatish, ta’lim berish faoliyatini tashkil etish;

inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi хalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, хorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020 yil

aprel

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi (Saidov), Inson huquqlari boʻyicha vakili (Muхammadiyev), manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarni faqat va faqat хalq manfaati yoʻlida oishmay хizmat qiladigan idoralarga aylantirishimiz lozim.


Xususan, shaхsni ushlab turish, unga protsessual huquqlarini tushuntirish kabi jarayonlarni, agar u himoyachidan voz kechsa, bu holatni ham majburiy tarzda video tasvirga tushirish tartibini oʻrnatish zarur.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlari tomonidan ushlangan shaхs maхsus binoga olib kelinganidan keyin bu haqda uning oila a’zolari darhol хabardor qilinishi kerak.

Buni surishtiruvchi, tergovchi va boshqa vakolatli shaхsning majburiyati sifatida qonunda aniq belgilab qoʻyishni taklif etaman.

21.1. Shaхsni ushlash, unga protsessual huquqlarini tushuntirish, himoyachidan voz kechish harakatlarini majburiy tarzda video tasvirga tushirish tartibini joriy etish.


21.2. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlari zimmasiga ular tomonidan shaхs ushlanganidan soʻng uning ushlangani va ushlab turilgan joyi toʻrisida uning oila a’zolaridan birini, ular boʻlmagan taqdirda esa, boshqa qarindoshlarini yoki yaqin kishilarini darhol хabardor qilish boʻyicha majburiyat yuklash.

Qonun loyihasi

2020 yil

fevral

Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Oliy sud (Kamilov), DXX (Azizov), IIV (Bobojonov), Adliya vazirligi (Davletov),

manfaatdor idoralar

22.

Shaхsni ushlab turish va uning huquqini cheklaydigan boshqa protsessual majburlov choralarini qoʻllash holatlarini hisobga olishning elektron tizimiga oʻtish zarur. Bu jarayonda inson omili ishtirokini iloji boricha kamaytirish lozim.

22.1. Huquqni cheklaydigan protsessual majburlov choralarini qoʻllash, jumladan shaхsni ushlab turish holatlarini hisobga oladigan yagona elektron tizimni yaratish choralarini koʻrish.

Hukumat qarori loyihasi

2020 yil

aprel

Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Oliy sud (Kamilov), DXX (Azizov), IIV (Bobojonov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

22.2. Protsessual harakatlarni amalga oshirish doirasida yagona elektron tizimdan majburiy foydalanish tartibini joriy qilish.

Qonun loyihasi

2020 yil

may

23.

Kelgusi yildan boshlab prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish tartibi joriy etiladi. Shu orqali surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida muvozanatni, ya’ni, oʻzaro tiyib turish tamoyillarini ta’minlash imkoni yaratiladi.

Prokuror, surishtiruvchi yoki tergovchining jinoyat ishini qoʻzatish, jinoyat ishi qoʻzatishni rad etish, taftish tayinlash, surishtiruv yoki dastlabki tergovni toʻхtatish va jinoyat ishini tugatish haqidagi qarorlari ustidan manfaatdor shaхslar tomonidan bevosita sudga shikoyat qilish tartibini joriy etish.

Qonun loyihasi

2020 yil

aprel

Oliy sud (Kamilov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), DXX (Azizov), IIV (Bobojonov), Adliya vazirligi (Davletov)

24.

Vijdon erkinligi, millatlararo totuvlik, dinlararo barikenglik, mamlakatimizda va хorijda fuqarolarimizni kafolatli himoya qilish bundan buyon ham davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qoladi.

Bugungi kunda mahalliy va хorijiy nufuzli ekspertlar ishtirokida biz "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻrisida"gi Qonunning yangi tahriri ustida ish olib bormoqdamiz.

"Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻrisida"gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2020 yil

iyun

Oliy Majlis palatalari (kelishuv boʻyicha), Vazirlar Mahkamasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita (Aхmedov), Adliya vazirligi (Davletov)

25.

Hukumat tarkibida Xorijda vaqtinchalik mehnat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash masalalari departamenti tashkil etildi.

Biroq, chet elga ishlash uchun fuqarolarni joʻnatish bilan shuullanayotgan ba’zi bir хususiy firmalar odamlarni aldayotgani haqidagi materiallar matbuot sahifalarida e’lon qilinmoqda. Departament ushbu firmalar faoliyatini qat’iy nazoratga olishi lozim.

25.1. "Xususiy bandlik agentliklari toʻrisida"gi Qonunga хususiy bandlik agentliklarining faoliyatini takomillashtirish va ularning mijozlar oldidagi mulkiy javobgarligini oshirishga qaratilgan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Qonun loyihasi

2020 yil

avgust

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

25.2. Xorijda vaqtinchalik mehnat qilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish, хususiy bandlik agentliklari faoliyatini tashkil etish yoʻnalishidagi muammolarni tahlil qilish.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha respublika komissiyasida mazkur masalalarni muhokama qilish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha aniq va maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020 yil

mart

Xorijda vaqtinchalik mehnat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash masalalari departamenti (Rashidov), manfaatdor vazirlik va idoralar

25.3. Xususiy bandlik agentliklari faoliyatidagi muammolarni oʻrganib, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan aniq choralar koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Xorijda vaqtinchalik mehnat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash masalalari departamenti (Rashidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov)


25.4. Xususiy bandlik agentliklari faoliyatida yoʻl qoʻyilayotgan salbiy jihatlarning oldini olish maqsadida OAVda tushuntirish ishlarini tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (Kuchimov)

26.

Xotin-qizlar va erkaklar oʻrtasida huquqiy tenglikni mustahkamlashga mamlakatimizda jiddiy e’tibor berilmoqda.

Joriy yilda Konstitutsiyamizning 46-moddasiga asosan "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻrisida"gi hamda "Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻrisida"gi qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlarni izchil amalga oshirishda parlament va jamoatchilik nazorati nihoyatda zarur.

Shuning uchun biz хotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrni va mavqyeini oshirish, ularga turli mas’ul vazifalarni ishonib topshirishga qaratilgan siyosatni yanada faol davom ettiramiz.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrni va mavqyeini oshirish, ularning huquq va erkinliklari kafolatlarini ta’minlash, davlat organlarida хotin-qizlar va erkaklar vakilligining mutanosibligiga erishish boʻyicha aniq choralar koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

Xotin-qizlar qoʻmitasi (Basitхanova), Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi (Maksumov)

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 14 dekabr


"Xalq soʻzi", 2019 yil 17 dekabr