Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 12.12.2019 y. 30/9-son "Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 25.12.2019 y. 2693-6-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.12.2019 y.

N 2693-6




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

12.12.2019 y.

N 30/9


QARORI



Tijorat banklari kapitalining

monandligiga qoʻyiladigan talablar

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar

kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi va "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015 yil 13 iyundagi 14/3-son qarori (roʻyхat raqami 2693, 2015 yil 6 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 27-son, 360-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                             M. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Tijorat banklari kapitalining monandligiga

qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 2-bandning toʻqqizinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"regulyativ kapital - bank faoliyatini tartibga solish va prudensial normativlar hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida hisob-kitob qilish yoʻli bilan aniqlanadigan bank kapitali;".


2. 45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"45. Mazkur Nizom talablari banklar tomonidan buzilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi Qonunida nazarda tutilgan chora va sanksiyalarni qoʻllashga haqli.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 25 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 30 dekabr, 52-son, 927-modda