Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.12.2019 y. 1039-son "Iste’mol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash boʻyicha respublika degustatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
26.12.2019 y.
N 1039
ISTE’MOL ETIL SPIRTI VA ALKOGOL
MAHSULOTLARI SIFATINI ORGANOLEPTIK
BAHOLASh BOʻYIChA RESPUBLIKA DEGUSTATsIYa
KOMISSIYaSI FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh
ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida" 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4161-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) huzuridagi Iste’mol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash boʻyicha respublika degustatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Respublika degustatsiya komissiyasi) tashkil etilsin.
2. Agentlik huzuridagi Iste’mol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash boʻyicha respublika degustatsiya komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
Respublika degustatsiya komissiyasi faoliyatiga Agentlik direktori tomonidan tayinlanadigan rais rahbarlik qiladi;
Respublika degustatsiya komissiyasi tarkibi vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan nomzodlardan shakllantiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Ushbu qarorning 2-bandi 2020 yil 1 fevraldan e’tiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.J. Vaхabov va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2019 yil 27 dekabr