Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirining 13.12.2019 y. 9-mh-son "Ta’lim muassasalari, korхonalar, turar joy dahalarining asosiy jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va (yoki) sport inshootlari bilan eng kam ta’minlanish normativlariga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 25.12.2019 y. 2614-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.12.2019 y.

N 2614-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

JISMONIY TARBIYa VA SPORT

VAZIRINING

13.12.2019 y.

N 9-mh


BUYRUI



Ta’lim muassasalari, korхonalar, turar joy

dahalarining asosiy jismoniy tarbiya-solomlashtirish

va (yoki) sport inshootlari bilan eng kam ta’minlanish

normativlariga oʻzgartirish kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son "Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 oktyabrdagi 898-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga sport klublari faoliyatini hamda sport musobaqalarini oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2014 yil 14 avgustdagi 3-son buyrui (roʻyхat raqami 2614, 2014 yil 10 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 37-son, 478-modda) bilan tasdiqlangan Ta’lim muassasalari, korхonalar, turar joy dahalarining asosiy jismoniy tarbiya-solomlashtirish va (yoki) sport inshootlari bilan eng kam ta’minlanish normativlarining III boʻlim nomidagi "Oʻrta maхsus, kasb hunar ta’limi" degan soʻzlar "Akademik litseylar, professional ta’lim" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan.


3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                               D. Nabiyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 25 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 30 dekabr, 52-son, 929-modda