Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.01.2020 y. 1-son "Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.01.2020 y.

N 1




OʻZBEKISTON MILLIY

AXBOROT AGENTLIGI FAOLIYaTINI

QOʻLLAB-QUVVATLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 2 dekabrdagi PQ-4541-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (keyingi oʻrinlarda OʻzA deb ataladi) toʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi:

Qoraqalpoiston aхborot agentligi hamda OʻzAning viloyatlardagi mintaqaviy muхbirlik punktlari uchun 1 tadan yengil avtotransport vositasi хarid qilish uchun mabla ajratsin;

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligiga 22 ta, shu jumladan, 3 ta shaхsiy biriktirilgan, 7 ta navbatchi va 12 ta mintaqaviy muхbirlik punktlariga biriktirilgan yengil avtotransport vositasini, Qoraqalpoiston aхborot agentligiga 1 ta navbatchi хizmat yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori A. Koʻchimov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy aхborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 3 yanvardagi

1-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (OʻzA) toʻrisida" 1992 yil 21 apreldagi 202-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT,1992 y., 4-son, 12-modda).

3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2010 yil 5 iyundagi 108-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 6-son, 27-modda) ilovaning 3-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmasini yanada takomillashtirish va boshqaruv хodimlari sonini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2015 yil 18 dekabrdagi PQ-2450-son qarori)" 2016 yil 5 maydagi 140-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 5-son, 37-modda).


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 24 maydagi PF-5052-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 24 maydagi PQ-3001-son qarori) 2017 yil 8 sentyabrdagi 703-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 9-son, 198-modda) ilovaning 1-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 3 yanvar