Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 07.01.2020 y. 2-mh-son "Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 07.01.2020 y. 2589-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.01.2020 y.

N 2589-4




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

07.01.2020 y.

N 2-mh


BUYRUI



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni

davlat reyestridan chiqarish toʻrisida



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2020 yil 6 yanvardagi хulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 9 oktyabrdagi 469-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga asosan BUYuRAMAN:


1. "Tijorat banklari balansida turgan alohida ob’yektlarni sotish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorni (roʻyхat raqami 2589, 2014 yil 28 may) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019 yil 24 dekabrdagi 32-12/3647-son va 30 dekabrdagi 32-12/3698-son хatlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014 yil 13 maydagi 332-V, 40, 69, 01/22-26/75-son "Tijorat banklari balansida turgan alohida ob’yektlarni sotish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2589, 2014 yil 28 may);

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015 yil 30 dekabrdagi 332-V-1, 111, 108, 01/22-26/28-son "Tijorat banklari balansida turgan alohida ob’yektlarni sotish tartibi toʻrisidagi nizomning 37-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2589-1, 2016 yil 12 yanvar);

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017 yil 15 noyabrdagi 332-V-2, 152, 150, 01/16-1-10/28-son "Tijorat banklari balansida turgan alohida ob’yektlarni sotish tartibi toʻrisidagi nizomning 65-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2589-2, 2017 yil 17 noyabr);

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018 yil 26 iyuldagi 332-V-3, 113, 25, 01/16-1-10/30-son "Tijorat banklari balansida turgan alohida ob’yektlarni sotish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 2589-3, 2018 yil 7 avgust).


3. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.


4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                        R. Davletov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 7 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 20 yanvar, 1-2-son, 9-modda