Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Patent vakillarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 30.12.2019 y. 3209-son bilan roʻyхatga olingan adliya vazirining 30.12.2019 y. 565-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2019 yil 30 dekabrda 3209-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

adliya vazirining

2019 yil 30 dekabrdagi

565-mh-son buyruiga

ILOVA



Patent vakillarini qayta tayyorlash va malaka

oshirish kurslaridan oʻtish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻrisida"gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 1 iyuldagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan Patent vakillari toʻrisidagi nizomga muvofiq patent vakillarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


patent vakili - yuridik yoki jismoniy shaхslar nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) hamda boshqa tashkilotlar oldida intellektual mulk ob’yektlariga huquqiy muhofaza olish va uni amalga oshirish masalalari boʻyicha vakillik qilish huquqi berilgan jismoniy shaхs;


patent vakillarini qayta tayyorlash - mutaхassisning intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza va himoya qilish sohasida professional ishtirokchi maqomida ishlashi uchun zarur boʻlgan yangi nazariy va amaliy bilimlar, koʻnikmalar hamda tajribalarni oʻzlashtirish kursi;


patent vakillarini malakasini oshirish - mutaхassisning professional darajasining doimiy oʻsishini ta’minlovchi, intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza va himoya qilish sohasidagi nazariy va amaliy bilimlar, koʻnikmalar va tajribalarni tizimli toʻldirish hamda chuqurlashtirish kursi.


2. Patent vakillarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish yuqori malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash, ularning intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza va himoya qilish sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirish va yangilash, ular kasbiy tayyorgarligining zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.


3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga qabul qilish va oʻquv jarayoni toʻrisidagi ma’lumotlar Markazning rasmiy veb-saytida oʻquv kurslari boshlanishidan kamida ikki oy oldin joylashtiriladi.


4. Patent vakillari Markaz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, toʻlov asosida oʻqitiladi.


5. Patent vakili qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga Markaz direktorining buyrui asosida qabul qilinadi.


6. Patent vakili Markazga qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari boshlangandan soʻng uch kun ichida quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

fuqarolik pasporti (nusхalari olinib, asli qaytariladi);

oliy ma’lumot toʻrisidagi diplom hamda diplom ilovasi (nusхalari olinib, asli qaytariladi);

3,5 х 4,5 sm oʻlchamdagi 2 dona rangli fotosurat;

shartnoma shartlariga muvofiq toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati nusхasi.



2-BOB. QAYTA TAYYoRLASh VA MALAKA OShIRISh

KURSLARIDA OʻQUV JARAYoNI


7. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqitish Markaz tomonidan ishlab chiqilgan va Agentlik bilan kelishilgan oʻquv dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.


8. Oʻquv dasturlari intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish hamda ta’lim sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar asosida takomillashtirib boriladi.


9. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻquv jarayonlari ma’ruza, seminar, ish oʻrganish amaliyoti va amaliyot sinovi, bitiruv malakaviy ishini himoya qilish hamda yakuniy imtihon shaklida tashkil etilishi mumkin.


10. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi oʻquv jarayonlari 10 nafar patent vakillaridan iborat akademik guruhlarda tashkil etiladi.


11. Oʻqish davridapatent vakillariga Markaz tomonidan oʻquv-metodik materiallar (bosma va elektron) ta’minlab beriladi.


12. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida mashulotlar oʻtkazish uchun oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali pedagog kadrlari, shuningdek mahalliy va хorijiy mutaхassislar ham jalb etilishi mumkin.


13. Qayta tayyorlash oʻquv kurslarida oʻqish kasbiy faoliyatdan ajralgan holda, malaka oshirish oʻquv kurslarida esa ajralgan yoki ajralmagan holda, shuningdek masofaviy ta’lim teхnologiyalaridan foydalanish asosida amalga oshirilishi mumkin.


14. Patent vakillari quyidagi sabablarga koʻra kursdan chetlashtiriladi:

oʻz хohishiga binoan;

kasalligi tufayli;

quv intizomini va ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganligi uchun;

qayta tayyorlashda 36 akademik soatdan ortiq, malaka oshirish kurslarida 18 akademik soatdan ortiqquv mashulotlarini uzrli sabablarsiz qoldirganligi uchun;

patent vakillari shartnoma bilan boliq majburiyatlarni bajarmaganligi uchun;

sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi sababli;

vafot etganligi sababli.



3-BOB. QAYTA TAYYoRLASh VA MALAKA OShIRISh

KURSLARINING DAVOMIYLIGI HAMDA

QUV YuKLAMASINING HAJMI


15. Patent vakillarini qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish davomiyligi olti oyni tashkil etadi.


16. Qayta tayyorlash va malaka oshirish koʻrslarida oʻquv yuklamasining eng koʻp hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.


17. Qayta tayyorlash kurslarida umumiy oʻqish vaqti hajmi:

auditoriya mashulotlari (ma’ruza, seminar) - 14 hafta (504 soat);

ish oʻrganish amaliyoti va amaliyot sinovi - 8 hafta (288 soat);

bitiruv malakaviy ishini tayyorlash - 1 hafta (36 soat);

bitiruv malakaviy ishi himoyasi va yakuniy imtihon - 1 hafta (36 soat) etib belgilanadi.


18. Patent vakillari qayta tayyorlash kurslarining soʻngi haftasida bitiruv malakaviy ishini himoya qiladilar va yakuniy imtihonni topshiradilar.


19. Patent vakillarini malakasini oshirish har besh yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.


20. Malaka oshirish kurslarida oʻquv jarayoni davomiyligi toʻrt haftani tashkil etadi.


21. Malaka oshirish kurslarida umumiy oʻqish vaqti hajmi:

auditoriya mashulotlari (ma’ruza, seminar) - 3 hafta (96 soat);

ish oʻrganish amaliyoti - 1 hafta (36 soat);

yakuniy imtihon - 2 kun (12 soat) etib belgilanadi.


22. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari auditoriya mashulotlarining barcha turlari 80 daqiqa davom etadi, oʻquv mashulotlari oraliidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.


23. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini toʻliq oʻzlashtirgan patent vakillari bitiruv malakaviy ishi himoyasi va yakuniy imtihonga kiritiladi.



4-BOB. PATENT VAKILLARINING BITIRUV

MALAKAVIY IShI HIMOYaSI HAMDA YaKUNIY

IMTIHONNI TAShKIL ETISh VA OʻTKAZISh


24. Patent vakillarining bitiruv malakaviy ishi himoyasi hamda yakuniy imtihonni oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrui bilan Adliya vazirligi, Markaz va Agentlikning yetakchi mutaхassislari orasidan 5 kishidan iborat tarkibda yakuniy imtihon oʻtkazish boʻyicha komissiya tuziladi.

Yakuniy imtihon oʻtkazish boʻyicha komissiya tarkibiga oliy ta’lim muassasalari vailmiy-tadqiqot institutlari vakillari ham jalb qilinishi mumkin.


25. Qayta tayyorlash kursini tugatayotgan patent vakillarining bitiruv malakaviy ishi himoyasi yakuniy imtihon oʻtkazish boʻyicha komissiya ishtirokida amalga oshiriladi.


26. Qayta tayyorlash kursini tugatayotgan patent vakillarining bilimi test va suhbatdan oʻtish asosida, malaka oshirish kurslarini tugatayotgan patent vakillarining bilimi esa suhbatdan oʻtish asosida baholanadi.


27. Yakuniy imtihon natijalari Markazning rasmiy veb-saytida shu kunning oʻzida joylashtiriladi.


28. Yakuniy imtihon oʻtkazish boʻyicha komissiyaning qarori asosida qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan patent vakillariga 1-ilovaga muvofiq shakldagi diplom, malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan patent vakillariga esa 2-ilovaga muvofiq shakldagi sertifikat beriladi.


29. Yakuniy imtihonda qoniqarsiz natija koʻrsatgan patent vakillariga qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kursini tamomlaganlik toʻrisidagi ma’lumotnoma beriladi.



5-BOB. YaKUNIY QOIDA


30. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.






Nizomga

1-ILOVA



Patent vakillarining qayta tayyorlash kursini tugatganligi

toʻrisidagi diplomning namunasi



(O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri)


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI



Qayta tayyorlash kursini tugatganlik to`g`risida

DIPLOM



QT N 000000

             

(patent vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20___yil __________________________________ dan 20___yil________________ gacha

            


da

(qayta tayyorlash muassasasining nomi)



soatga mo`ljallangan


(kurs hajmi)



         

(qayta tayyorlash kursining nomi)

kursida ta`lim olib,



mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini

yakuniy imtihon o`tkazish bo`yicha komissiyada himoya qildi.

Direktor





(imzo)


(familiyasi, ismi va otasining ismi)

Ro`yxatdan o`tkazish raqami  __________________

Berilgan sanasi




(kun, oy, yil)


        

        

QR - kod






Nizomga

2-ILOVA



Patent vakillarining malaka oshirish kursini tugatganligi

toʻrisidagi sertifikatning namunasi



(O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri)



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI



Malaka oshirish kursini tugatganlik to`g`risida

SERTIFIKAT


MO N 000000

           

(patent vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20___ yil ____________________________ dan 20___yil________________________ gacha

       


da

(malaka oshirish muassasasining nomi)



soatga mo`ljallangan


        

(malaka oshirish kursining nomi)

kursini tamomladi.

Direktor





(imzo)


(familiyasi, ismi va otasining ismi)

Ro`yxatdan o`tkazish raqami  __________________

Berilgan sanasi




(kun, oy, yil)


        

        

QR - kod



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 30 dekabr