Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.09.2019 y. PQ-4455-son "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

16.09.2019 y.

N PQ-4455



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING MARKAZIY

APPARATI TUZILMASIGA QISMAN

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA



Respublikamizda qishloq, хoʻjaligi sohasida olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, agrosanoat kompleksi, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korхonalarini moliyalashtirish tizimini muvofiqlashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga agrosanoat majmuasini moliyalashtirish masalalariga mas’ul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chikquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan bir oy muddatda takliflar tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                          Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 16 sentyabr