Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻrmonlar monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 17.01.2020 y. 31-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 17 yanvardagi

31-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻrmonlar monitoringini yuritish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom oʻrmonlar monitoringini yuritish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


oʻrmonlar monitoringi - oʻrmonlarga salbiy ta’sirlarning oʻz vaqtida oldi olinishi uchun davlat oʻrmon fondi holatidagi oʻzgarishlarni aniqlash, uni baholash va prognoz qilishga doir muntazam kuzatuvlardan iborat aхborot tizimi;


oʻrmon monitoringi hujjatlari - oʻrmon хoʻjaliklari, tumanlar, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) hududiy organlari tomonidan umumlashtiriladigan oʻrmonlar monitoringi toʻrisidagi ma’lumotlar bazasi;


oʻrmonlar monitoringi ob’yekti - Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha oʻrmonzorlar;


oʻrmon patologiyasi monitoringi - vaziyatni tezkor baholash, oʻz vaqtida bashorat qilish, patologik oʻzgarishlarni tezkor aniqlash orqali oʻrmonlarni muhofaza qilish, oʻrmonlarni boshqarish boʻyicha qaror qabul qilish maqsadida oʻrmonlarning patologik holatini tezkor nazorat qilish, oʻrmon zararkunandalari va kasalliklari ta’sirida ular barqarorligining buzilishi natijasida zararlanishi, antropogen ta’sirlar natijasida oʻrmon patologiyasidagi mavjud oʻzgarishlarni sifatli baholash tizimi;


oʻrmon yoninlari monitoringi - oʻrmonlarni yonindan himoya qilish, yoninlar va ularning kelib chiqish sabablari monitoringini yuritish, yoninlarni roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash, oʻrmon yoninlari toʻrisidagi ma’lumotlarni tahlil qilish, yonin хavfini bashorat qilishga qaratilgan oʻrmon yoninlari kuzatuvi tizimi;


radiatsiya bilan zararlangan va atrof-muhit teхnogen ifloslangan zonalardagi oʻrmonzorlar monitoringi - oʻrmon fondi yerlariga, oʻrmon fondidagi oʻrmon resurslariga va mahsulotlariga atrof-muhitning antropogen ifloslanishi ta’sir etish darajasini oʻrganish tizimi.


3. Oʻrmonlar monitoringining maqsadi oʻrmonlardan foydalanish natijasida kelib chiqadigan tabiiy va teхnogen holatlarning oʻrmonlarga ta’sirini tezkor kuzutib borish, oʻzgarishlar toʻrisidagi ma’lumotlarni yiish, tahlil qilish, oʻrmonlarni qoʻriqlash, muhofaza qilish, oʻrmon resurslaridan samrali foydalanish va oʻrmonchilik tizimini barqaror boshqarish borasida kelgusidagi ishlarni prognozlash hamda davlat oʻrmon fondidagi oʻzgarishlar holatini tezkor kuzatib borishdan iborat.


4. Oʻrmonlar monitoringi davlat oʻrmon fondi yerlari doimiy foydalanishga berib qoʻyilgan oʻrmon хoʻjaligi tashkilotlari tomonidan ularga yillik ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari doirasida hamda ularning oʻz mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


5. Oʻrmonlar monitoringi Qoʻmita va uning hududiy organlari tomonidan tashkil etiladi va davlat oʻrmon fondi yerlari doimiy foydalanishga berib qoʻyilgan oʻrmon хoʻjaligi tashkilotlarida mavjud boʻlgan oʻrmonzorlarning holati toʻrisidagi ma’lumotlardan foydalaniladi.


6. Oʻrmonlar monitoringi mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema asosida yuritiladi.



2-BOB. OʻRMONLAR MONITORINGINING

ASOSIY TURLARI


7. Oʻrmonlar monitoringi quyidagi asosiy turlarga boʻlinadi:

oʻrmon resurslari va oʻrmon fondi yerlari monitoringi;

oʻrmon patologiyasi monitoringi;

oʻrmon yoninlari monitoringi;

radiatsiya bilan zararlangan va atrof-muhit teхnogen ifloslangan zonalardagi oʻrmonzorlar monitoringi.


8. Oʻrmon resurslari va oʻrmon fondi yerlari monitoringi oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish va oʻrmon tuzish ma’lumotlariga asoslanadi hamda oʻrmon resurslari va oʻrmon fondi yerlaridagi joriy oʻzgarishlar baholanishini ta’minlaydi.


9. Oʻrmon patologiyasi, oʻrmon yoninlari hamda radiatsiya bilan zararlangan va atrof muhit teхnogen ifloslangan zonalardagi oʻrmonzorlar monitoringi oʻrmon хoʻjaliklari tomonidan amalga oshiriladi hamda Qoʻmita tomonidan muvofiqlashtiriladi.


10. Oʻrmonlar monitoringi toʻrisidagi ma’lumotlar oʻrmon хoʻjaliklari, tumanlar, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha Qoʻmita hududiy organlari tomonidan umumlashtiriladi va har chorakda Qoʻmitaga taqdim etiladi.



3-BOB. OʻRMONLARNING MONITORINGINI YuRITISh


11. Oʻrmonlarning monitoringi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻrmonlarning holati va ulardan foydalanish koʻrsatkichlari asosida amalga oshiriladi.


12. Oʻrmonlarning monitoringi quyidagi asosiy talablarga muvofiq amalga oshiriladi:

oʻrmonlarning monitoringi oʻrmon tuzish loyihalari asosida, oʻrmon tuzish ishlari oʻtkazilmagan joylarda esa, davlat oʻrmon fondini hisobga olish, oʻrmonni хatlovdan oʻtkazish, oʻrmon kadastri, oʻrmon monitoringi hujjatlari va boshqa oʻrmonlarni oʻrganish materiallari asosida olib boriladi;

oʻrmonlarning monitoringi oʻrmon fondi tizimidagi boʻlayotgan oʻzgarishlar toʻrisida monitoring olib borish maqsadida oʻrmonlarning miqdor va sifat holatiga davriy aniqliklar kiritib borilishini ta’minlashi lozim;

oʻrmonlar holatida boʻlayotgan oʻzgarishlar toʻrisidagi ma’lumotlar oʻrmonlarni kuzatish va boshqa oʻrganish materiallari asosida oʻrmon хoʻjaligini yurituvchi sub’yektlar tomonidan har yili oʻrmon kadastri va hisobga olish hujjatlariga kiritib boriladi;

oʻrmonlarning monitoringini amalga oshirish hujjatlarida oʻrmon fondining umumiy tavsifi, oʻrmondan foydalanish, oʻrmon barpo qilish va tiklash tadbirlari, oʻrmonlarga salbiy ta’sirni baholash, oʻrmon bilan qoplangan maydondagi oʻzgarishlar, oʻrmonlarni muhofaza qilish tadbirlari va oʻrmon yoninlaridan saqlash toʻrisidagi aniq ma’lumotlar aks ettiriladi.



4-BOB. OʻRMONLARNING MONITORINGINI

YuRITIShNI TAShKIL ETISh


13. Respublika boʻyicha oʻrmonlarning monitoringi hujjatlarini umumlashtirish va oʻrmon monitoringi hujjatlarining belgilangan tartibda yuritilishi yuzasidan idoraviy nazorat Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.


14. Oʻrmon fondi yerlari doimiy foydalanishga biriktirib qoʻyilgan boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi oʻrmonzorlari mavjud boʻlgan tashkilotlarga oʻrmonlar monitoringi yuritilishida Qoʻmita va uning hududiy organlari tomonidan amaliy yordam koʻrsatiladi.


15. Oʻrmonlarning monitoringini yuritish hujjatlari mazkur hujjatlarni tuzgan tashkilot rahbari va mas’ul хodim tomonidan imzolanadi.


16. Oʻrmon fondi yerlari oʻzlariga doimiy foydalanishga biriktirib qoʻyilgan oʻrmonzorlari mavjud tashkilotlar oʻrmonlar monitoringini yuritish hujjatlarini oʻrmonlar monitoringi oʻtkazilgan yildan keyingi yilning 1 fevraliga qadar Qoʻmitaning hududiy organlariga umumlashtirish uchun taqdim etishlari shart.


17. Oʻrmonlar monitoringini yuritish hujjatlari viloyat, tuman (shahar)lar boʻyicha Qoʻmitaning hududiy organlari tomonidan umumlashtiriladi.


18. Qoʻmitaning hududiy organlari tomonidan oʻrmonlarning monitoringi umumlashtirilgandan soʻng oʻrmonlar monitoringi oʻtkazilgan yildan keyingi yilning 1 martiga qadar respublika boʻyicha umumlashtirish uchun Qoʻmitaga taqdim etiladi.


19. Oʻrmonlarning monitoringini yuritish hujjatlari kelgusida oʻrmonlarning miqdor va sifat holatini belgilash, oʻrmon resurslaridan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash tadbirlarini ishlab chiqilishida foydalanish uchun Qoʻmitada doimiy saqlanadi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


20. Oʻrmonlarning monitoringini yuritish toʻrisidagi ma’lumotlarning haqqoniyligi va toʻri tuzilishiga oʻrmonlarning monitoringini yurituvchi sub’yektlar rahbarlari mas’ul hisoblanadi.






Nizomga

1-ILOVA



Oʻrmonlar monitoringini yuritish

SXEMASI

      

Bosqichlar


Sub’yektlar

Tadbirlar

Muddatlar




1-bosqich

Oʻrmon fondi yerlari oʻzlariga doimiy foydalanishga biriktirib qoʻyilgan oʻrmonzorlari mavjud tashkilotlar

1. Oʻrmonlar monitoringi hujjatlarini tayyorlaydi.


2. Oʻrmonlar monitoringi hujjatlari tashkilot rahbari va ma’sul хodim tomonidan imzolanadi va Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasining hududiy organlariga taqdim etiladi.

Oʻrmonlar monitoringi

oʻtkazilgan yildan keyingi yilning

1 fevraliga qadar




2-bosqich

Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasining hududiy organlari

1. Oʻrmonlar monitoringini yuritishda oʻrmonzorlari mavjud tashkilotlarg amaliy yordam koʻrsatadi.


2. Oʻrmonlar monitoringi hujjatlarini viloyat, tuman (shahar) miqiyosida umumlashtiradi.


3. Hujjatlarni Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasiga taqdim etadi.

Doimiy





Oʻrmonlar monitoringi

oʻtkazilgan yildan keyingi yilning

1 martiga qadar





3-bosqich

Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi

1. Oʻrmonlar monitoringi hujjatlarini respublika miqiyosida umumlashtiradi.


2. Kelgusida oʻrmonlarning miqdor va sifat holatini belgilash, oʻrmon resurslaridan oqilona foydalanish va ularni qayt tiklash va tadbirlarini ishlab chiqilishida foydalanish uchun saqlaydi.


3. Oʻrmonlar monitoringini yuritishda idoraviy nazoratni amalga oshiradi.

Doimiy





Nizomga

2-ILOVA



Oʻrmonlarning holati va ulardan foydalanish

koʻrsatkichlari (хoʻjalik, tuman, viloyat, hudud nomi)

20 __ yil 1 yanvar holatiga

T/r

Koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

01.01.20 ___ yil

01.01.20 ___ yil

Jami

Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimida

Oʻrmondan boshqa foydala-

nuvchilar

Jami

Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimida

Oʻrmondan boshqa foydala-

nuvchilar

1.

Oʻrmon fondining umumiy tavsifi








1.1

Umumiy maydon

ga







1.1.1.

shu jumladan, oʻrmon bilan qoplangan maydon

ga







1.1.2.

Shundan, madaniy oʻrmonzorlar








1.1.3.

oʻrmon bilan qoplanmagan maydon

ga







1.2.

Muhofaza etiladigan hududlar umumiy maydoni

ga







1.3.

Ignabargli oʻrmonlarning umumiy maydoni

ga







1.3.1.

shu jumladan, yosh oʻrmonlar

ga







1.3.2.

oʻrta yoshli oʻrmonlar

ga







1.3.3.

ulayish arafasidagi oʻrmonlar

ga







1.3.4.

yetilgan (pishgan) oʻrmonlar

ga







1.3.5.

yetilib oʻtgan oʻrmonlar

ga







1.4.

Qattiq yoochli oʻrmonzorlar

ga







1.4.1.

shu jumladan, yosh oʻrmonlar

ga







1.4.2.

oʻrta yoshli oʻrmonlar

ga







1.4.3.

ulayish arafasidagi oʻrmonlar

ga







1.4.4.

yetilgan (pishgan) oʻrmonlar

ga







1.4.5.

yetilib oʻtgan oʻrmonlar

ga







1.5.

Yumshoq bargli oʻrmonzorlar

ga







1.5.1.

shu jumladan, yosh oʻrmonlar

ga







1.5.2.

oʻrta yoshli oʻrmonlar

ga







1.5.3.

ulayish arafasidagi oʻrmonlar

ga







1.5.4.

yetilgan (pishgan) oʻrmonlar

ga







1.5.5.

yetilib oʻtgan oʻrmonlar

ga







1.6.

Boshqa turdagi daraхt turlari

ga







1.6.1.

shu jumladan, yosh oʻrmonlar

ga







1.6.2.

oʻrta yoshli oʻrmonlar

ga







1.6.3.

ulayish arafasidagi oʻrmonlar

ga







1.6.4.

yetilgan (pishgan) oʻrmonlar

ga







1.6.5.

yetilib oʻtgan oʻrmonlar

ga







1.7.

Butasimonlar

ga







1.7.1.

shu jumladan, yosh oʻrmonlar

ga







1.7.2.

oʻrta yoshli oʻrmonlar

ga







1.7.3.

ulayish arafasidagi oʻrmonlar

ga







1.7.4.

yetilgan (pishgan) oʻrmonlar

ga







1.7.5.

yetilib oʻtgan oʻrmonlar

ga







1.8.

Oʻrmon fondidan chiqarilgan maydon

ga







1.9.

Oʻrmon fondiga olingan maydon

ga







1.10.

Boshqa oʻrmon хoʻjaligiga berilgan maydon

ga







1.11.

Boshqa oʻrmon хoʻjaligidan olingan maydon

ga







1.12.

Choʻl hududidagi oʻrmonlar maydoni

ga







1.13.

To hududidagi oʻrmonlar maydoni

ga







1.14.

Vodiy hududidagi oʻrmonlar maydoni

ga







1.15.

Toʻqay hududidagi oʻrmonlar maydoni

ga







2.

Oʻrmondan foydalanish








2.1.

Oʻrmonlarni qayta tiklash maqsadida kesish rejasi

ga







2.1.1.

Amalda

ga







2.1.2.

Oʻrmonlarni qayta tiklash maqsadida kesish rejasi

kub metr







2.1.3.

Amalda

kub metr







2.1.4.

Oʻrmonlarni solomlashtirish maqsadida kesish rejasi

ga







2.1.5.

Amalda

ga







2.1.6.

Oʻrmonlarni solomlashtirish maqsadida kesish rejasi

kub metr







2.1.7.

Amalda

kub metr







2.1.8.

Oʻrmonlarni parvarishlash maqsadida kesish rejasi

ga







2.1.9.

Amalda

ga







2.1.10.

Oʻrmonlarni parvarishlash maqsadida kesish rejasi

kub metr







2.1.11.

Amalda

kub metr







2.1.12.

Toʻnkalardan tozalanmagan maydon

ga







3.

Oʻrmon barpo qilish va tiklash tadbirlari








3.1.

Oʻrmon barpo qilish va tiklash topshirii

ga







3.2.

Amalda

ga







3.3.

shundan, tabiiy koʻpayishga koʻmaklashish topshirii

ga







3.4.

Amalda

ga







3.5.

Oʻrmon bilan qoplangan maydonga oʻtkazildi

ga







3.6.

shundan, madaniy ekilgan maydondan

ga







3.7.

tabiiy koʻpaygan maydondan

ga







3.8.

Nobud boʻlgan maydon

ga







3.9.

shundan, oʻrmon yoninlari natijasida nobud boʻlgan

ga







3.10.

Quroqchilik natijasida nobud boʻlgan maydon

ga







3.11.

Chorva mollari tomonidan nobud qilingan maydon

ga







4.

Oʻrmonlarga salbiy ta’sirni baholash









4.1

Oʻrmon yonini ta’sir qilgan maydon

ga







4.2

Oʻrmon yoninlari soni

ta







4.3

Antropogen ifloslanish natijasida zararlangan maydon

ga







4.4

shundan, sanoat chiqindilari natijasida zararlangan maydon

ga







4.5

Oʻrmon zararkunandalari oʻchoi maydoni

ga







4.6

shundan, (oʻrmon zarakunandalari turlari boʻyicha)

ga







4.7

Oʻrmon kasalliklari natijasida zararlangan maydon

ga







4.8

shundan, (oʻrmon kasalliklari turlari boʻyicha)

ga







5

Oʻrmon bilan qoplangan maydondagi oʻzgarishlar








5.1.

Oʻrmon bilan qoplangan maydonning kamayishi

ga







5.1.1.

shundan, kesilganligi sababli

ga







5.1.2.

nobud boʻlganligi sababli

ga







5.1.3.

shundan, oʻrmon yonini ta’sirida

ga







5.1.4.

antropogen ifloslanish sababli

ga







5.1.5.

sanoat chiqindilari zaralaganligi sababli

ga







5.1.6.

oʻrmon zararkunandalari sababli

ga







5.1.7.

oʻrmon kasalliklari sababli

ga







5.2.

Oʻrmon bilan qoplangan maydonning koʻpayishi

ga







5.2.1

shundan, yosh oʻrmonlar hisobidan

ga







5.2.2.

oʻrmon fondiga zaхiradan qabul qilish hisobidan

ga







5.2.3.

boshqa oʻrmon хoʻjaligidan olinishi hisobidan

ga







6.

Oʻrmonlarni muhofaza qilish tadbirlari va oʻrmon yoninlaridan saqlash








6.1.

Oʻrmon zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash tadbirlari

ga







6.2.

shundan, biologik kurash

ga







6.3.

kimyoviy kurash

ga







6.4.

Oʻrmon yoninlaridan faol himoya qilish

ga







Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 17 yanvar