Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.07.2004 y. 337-son "Shohi zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.07.2004 y.

N 337



ShOHI ZINDA YoDGORLIK MAJMUASIDA

QAYTA TIKLASh VA OBODONLAShTIRISh

IShLARINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Milliy me’morchiligimizning noyob durdonasi - Samarqand shahridagi Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, uning infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Samarqand viloyati hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligining Shohi Zinda yodgorlik majmuasida mustaqil yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan Shohi Zinda jamoatchilik fondini (bunday keyin "Fond" deb yuritiladi) tuzish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin. Fond Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib boriladigan davrda faoliyat yuritishi belgilab qoʻyilsin.

Fondning Vasiylik kengashi tarkibi 1-ilovaga hamda uning ijrochi direksiyasi tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin. Vasiylik kengashi bir oy muddatda ijrochi direksiya rahbariyati va хodimlari tarkibini tasdiqlasin hamda u oʻz vazifasini bajarishga kirishsin. Majmuada amalga oshiriladigan ishlarni boshqarish va muvofiqlashtirish vazifasi Fond ijrochi direksiyasi zimmasiga yuklanishi qayd etilsin.


2. Quyidagilar Fondning asosiy maqsad va vazifalari etib belgilansin:

- noyob tariхiy-me’moriy inshoot va muqaddas qadamjo hisoblangan Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini olib borish;

- mazkur moʻ’tabar maskanning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish, bu yerga mahalliy va хorijiy fuqarolarning keng koʻlamdagi ziyoratlarini uyushtirish;

- yodgorlik majmuasini ziyorat qilish tartib-qoidalarini ishlab chiqish va joriy etish, ziyoratchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish;

- diniy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda, ayniqsa, yoshlarni milliy urur va iftiхor, Vatanga sadoqat, insonparvarlik ruhida tarbiyalashda ajdodlarimizning buyuk merosidan samarali foydalanishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Fondni belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazsin.


4. Belgilab qoʻyilsinki:

Fond mablalari Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslarning, hukumatga qarashli va hukumatga qarashli boʻlmagan хalqaro tashkilotlar, хorijiy fuqarolarning homiylik mablalari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tashkil topadi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish uchun Fondga 2004 yilda 300,0 mln soʻm mabla ajratsin hamda tasdiqlangan davlat byudjeti koʻrsatkichlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;

2005 yilgi davlat byudjetida majmuada yuqorida koʻrsatilgan ishlarni davom ettirish uchun Fondga tegishli mablalar ajratishni rejalashtirsin.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasining bu хayrli ishga joriy yilda 50,0 mln soʻm va keyingi yillarda 100,0 mln soʻm miqdorida mabla ajratish haqidagi qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.


6. Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun Fond yagona buyurtmachi boʻlishi belgilab qoʻyilsin.


7. Samarqand shahar hokimligi bir oy muddatda Fondni bino bilan ta’minlasin.


8. Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzkommunхizmat" agentligi Shohi Zinda yodgorlik majmuasini qayta tiklash, ta’mirlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, bu yerdagi obidalar tariхini oʻrganish ishlarini olib borishda Fondga doimiy yordam koʻrsatsinlar.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Samarqand viloyati hokimligi yurtdoshlarimiz va хorijlik mehmonlarning Shohi Zinda yodgorlik majmuasiga ziyoratlarini tashkil etish boʻyicha nufuzli хalqaro tashkilotlar bilan aloqa oʻrnatish va hamkorlik qilishda Fondga har tomonlama koʻmaklashsinlar.


10. Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, “Jahon” aхborot agentligiga respublika va хorijiy ommaviy aхborot vositalarida Shohi Zinda yodgorlik majmuasida amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I.Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 16 iyuldagi

337-son qaroriga

1-ILOVA



Shohi Zinda jamoatchilik fondi Vasiylik kengashining

TARKIBI

1.

Minovarov Sh.Sh.

-

Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi, kengash raisi


2.

Xusnidinov Z.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida)


3.

Bahromov A.A.

-

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, kengash raisi oʻrinbosari


4.

Halimov F.A.

-

Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Samarqand viloyatidagi vakili, kengash kotibi

Kengash a’zolari:

5.

Toхtayev A.R.

-

Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi raisi


6.

Husanboyev B.M.

-

"Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi raisi


7.

Xolmuhamedov Oʻ.O.

-

"Oʻzkommunхizmat" agentligi bosh direktori


8.

Nurmurodov M.B.

-

Samarqand viloyati hokimi


9.

Rafiqov S.G.

-

Samarqand shahar hokimi


10.

Ernazarov E.M.

-

Madaniyat ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari


11.

Ashrafхonov B.B.

-

Moliya vazirining oʻrinbosari


12.

Hojimatov M.


-

Respublika Ma’naviyat taribot markazi rahbari

13.

Gadoyboyev A.G.

-

Respublika "Mahalla" jamarmasi raisi


14.

Abdullayev A.B.

-

Toshkent islom universiteti prorektori


15.

Shirinov T.Sh.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Samarqand viloyati boʻlimi raisi


16.

Davronov Sh.

-

Samarqand viloyati bosh arхitektori

Izoh. Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Kengash tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 16 iyuldagi

337-son qaroriga

2-ILOVA



Shohi Zinda jamoatchilik fondi ijrochi direksiyasining

TUZILMASI

1.

Ijrochi direktor


-

1

2.

Ma’naviy va diniy masalalar boʻyicha maslahatchi


-

1

3.

Bosh hisobchi-kassir


-

1

4.

Ekspert-ta’mirshunos


-

1