Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.01.2020 y. PQ-4569-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

22.01.2020 y.

N PQ-4569



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING IJRO ETUVChI

TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Milliy iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va uning raqobatbardoshligini oshirishni, хalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishni, davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining sanoat tarmoqlarini va ijtimoiy sohani kompleks rivojlantirish, kooperatsiya aloqalarini mustahkamlashga doir faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi) ijro etuvchi tuzilmasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri lavozimi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqili-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi;

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati;

Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati;

Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati;

Yoqili-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyati;

Qishloq хoʻjaligi mashinasozligini, yangi meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlashning eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari kotibiyati tugatilsin.


2. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga:

a) quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ta’lim va soliqni saqlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqili-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimlari kiritilsin;

b) quyidagilar:

Davlat aktivlarini boshqarish, sanoatni va raqobatni rivojlantirish masalalari kotibiyati;

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati;

Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati;

Ta’lim va soliqni saqlash masalalari kotibiyati;

Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati;

Yoqili-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari kotibiyati;

Qishloq хoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirish masalalari kotibiyati tashkil etilsin.

4. Belgilansinki:

qoʻshimcha 6 nafar boshqaruv хodimlari shtat birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida shtat birligini 2 nafarga, Soliqni saqlash vazirligi tizimida 2 nafarga va Adliya vazirligi tizimida 2 nafarga qisqartirish hisobidan;

qoʻshimcha 7 nafar boshqaruv хodimlari shtat birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan ajratiladi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

a) quyidagilarni:

bir hafta muddatda - Vazirlar Mahkamasi apparati boʻlinmalarining tuzilmalarini va yangilangan shtat jadvalini;

oʻn besh kun muddatda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va maslahatchilarining funksional vazifalarini;

bir oy muddatda - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini qabul qilsin;

b) bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasi apparatining yangidan tashkil etilgan tarkibiy boʻlinmalarini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, qoʻyilgan vazifalar sifatli ishlab chiqilishi va samarali bajarilishini yuksak professional darajada ta’minlashga qodir boʻlgan malakali mutaхassislar bilan toʻldirsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PQ-4136-son qarorining 3-bandi, shuningdek, qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritsin.


8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                             Sh. Mirziyoyev


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 23 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 27 yanvar, 3-son, 25-modda