Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.01.2020 y. PQ-4570-son "Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

22.01.2020 y.

N PQ-4570



XALQARO ShARTNOMANI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


1. 2019 yil 1 avgust kuni Minsk shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida ta’limga oid hujjatlarni, oʻqishga oid hujjatlarni oʻzaro tan olish toʻrisidagi bitim tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi yuqorida koʻrsatilgan хalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur хalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani Belarus tomoniga yuborsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu хalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                      Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 23 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 27 yanvar, 3-son, 26-modda