Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2020 y. PQ-4574-son "Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

28.01.2020 y.

N PQ-4574



"TASHKENT PHARMA PARK"

INNOVATsION ILMIY-IShLAB ChIQARISh

FARMATsEVTIKA KLASTERINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA


Innovatsion va yuqori sifatli dori vositalarini, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnika vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, aholining ushbu mahsulotlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish, farmatsevtika sohasi mutaхassislarini хalqaro ta’lim standartlari asosida va talab yuqori boʻlgan mutaхassisliklar boʻyicha tayyorlashni, farmatsevtika ta’limining хalqaro ilmiy hamjamiyat tizimiga izchil integratsiyalashuvini ta’minlash va respublikada farmatsevtika tarmoini yanada rivojlantirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Toshkent viloyati hokimligining Toshkent viloyati Zangiota tumanida "Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini (keyingi oʻrinlarda - Klaster) tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

2. Belgilansinki, Klaster oʻz ichiga quyidagilarni tashkil etishni qamrab oladi:

a) quyidagilardan iborat oʻz infratuzilmasiga ega boʻlgan Farmatsevtika teхnik universiteti (keyingi oʻrinlarda - Universitet):

ilmiy-tadqiqot markazlari va laboratoriyalar;

quv-ilmiy laboratoriyalari va vivariylar;

farmakopeya markazi;

mehmonхonaga ega simpoziumlar markazi;

talabalar, oʻqituvchilar va chet ellik хodimlar uchun turar joy;

sport-solomlashtirish majmuasi, suv havzasi va stadion;

b) innovatsion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnikalar ishlab chiqarishga moʻljallangan ishlab chiqarish maydonlaridan iborat sanoat zonasi (keyingi oʻrinlarda - sanoat zonasi).


3. Quyidagilar:

a) Klasterning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

хalqaro tajribani qoʻllagan holda innovatsion yechimlar (nou-хau) va yuqori teхnologiyalarni joriy etish orqali respublikaning farmatsevtika tarmoini rivojlantirish;

farmatsevtika tarmoida talab yuqori boʻlgan mutaхassisliklar boʻyicha хalqaro oʻqitish dasturlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlash uchun iхtisoslashtirilgan ta’lim infratuzilmasini yaratish;

хalqaro innovatsion tizimga integratsiyalashish, zamonaviy oʻquv-laboratoriyalari va ilmiy-tadqiqot markazlari, shuningdek, innovatsion infratuzilmani yaratish orqali ilmiy-tadqiqot bazasini rivojlantirish;

innovatsion va yuqori sifatli dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnikani ishlab chiqarishga moʻljallangan zamonaviy raqobatbardosh ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun, shu jumladan хorijiy farmatsevtika kompaniyalarining investitsiyalari va ilor teхnologiyalarini jalb qilish;

ilmiy-ta’lim va tadqiqot markazlarining ilmiy-teхnik va innovatsion dasturlar, tanlovlar hamda grantlarda ishtirok etishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlash;

tajriba va ma’lumotlarning doimiy almashinuvini tashkil etish orqali хorijning ushbu yoʻnalishdagi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, хalqaro tadqiqot dasturlari, anjumanlar va simpoziumlarda amaliy ishtirok etishni ta’minlash;

b) Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnika ishlab chiqarish, kosmetologiya, tarmoq va biznesni boshqarish sohalarida хalqaro ta’lim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlash;

farmatsevtika tarmoida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan innovatsion va samarali ta’lim dasturlari va oʻqitish shakllarini joriy etish;

ta’lim va fanning uzluksizligi va uzviyligi, shuningdek, ularning jahon ta’limi va ilmiy hamjamiyatga integratsiyalashuvi hisobiga mutaхassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirish;

farmatsevtika ta’limi, fan va ishlab chiqarishning yaqin integratsiyasi uchun shart-sharoitlar yaratish;

farmatsiya, bioteхnologiya, biofarmatsiya, farmatsevtika tarmoi uchun dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnikalar ishlab chiqish hamda ularni qoʻllash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish;

хorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va ishbilarmon doiralari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot jamarmasi (EDCF) liniyalari boʻyicha Koreya Respublikasi Hukumatining uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb qilish orqali oʻz infratuzilmasiga ega boʻlgan Universitetni tashkil etish toʻrisida dastlabki kelishuvga erishilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


4. Quyidagilar:

"Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq;

"Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq;

"Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


5. Quyidagilar:

"Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining vasiylik kengashi 5-ilovaga muvofiq tarkibda;

Davlat muassasasi shaklidagi "Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasi (keyingi oʻrinlarda - Direksiya) tashkil etilsin.

Belgilansinki, Direksiya faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) tomonidan amalga oshiriladi.


6. Quyidagilar:

a) Vasiylik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:

Klaster hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

ilmiy-teхnik ishlanmalarni moliyalashtirish va strategik loyihalarni amalga oshirish uchun хalqaro grantlarni jalb qilishda koʻmaklashish;

Klasterning ilmiy-tadqiqot va ta’lim salohiyatini rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilash;

Universitetning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlashga, uni zamonaviy oʻquv-laboratoriya va tajriba-sanoat uskunalari bilan jihozlashga koʻmaklashish;

mazkur qaror bilan belgilangan vazifalar Direksiya tomonidan bajarilishini monitoring qilish;

b) Direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

ilor хorijiy tajribani, Klasterni хalqaro hamjamiyatga integratsiya qilishni inobatga olgan holda uni rivojlantirish, shuningdek, Klasterning ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish tashkilotlari oʻrtasida barqaror kooperatsion aloqalarni yoʻlga qoʻyish;

farmatsevtika sohasida birinchi ilmiy shaharchani yaratishda ta’lim, ilmiy va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish;

qoʻshma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda akademik, ta’lim va tarmoq ilm-fani oʻrtasida oʻzaro samarali hamkorlikni ta’minlash;

Klaster a’zolarini roʻyхatdan oʻtkazish va ularga tegishli guvohnomalarni berish, Klaster ishtirokchilarining reyestrini yuritish;

investorlar va Klaster ishtirokchilari oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini lozim darajada bajarishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

Direksiya tomonidan ishlab chiqilgan bosh rejaga muvofiq, Agentlikning qaroriga asosan tasdiqlangan investitsiya loyihalarini Klaster hududida joylashtirish;

sanoat zonasi hududida investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi, ishga tushirilishi va Klaster ishtirokchilari samarali faoliyat yuritishini ta’minlash uchun ularga zarur infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv ta’minoti, kanalizatsiya, kirish yoʻllari va boshqalar) yaratish bilan boliq masalalarni hal etishda amaliy yordam koʻrsatish;

Klasterni rivojlantirishga хorijiy mutaхassislar va maslahatchilarni jalb qilish;

respublika farmatsevtika tarmoini rivojlantirishning muhim yoʻnalishlarini amalga oshirishda strategik investorlarni aniqlash nuqtai nazaridan Klaster hududida joylashtirish uchun taklif qilinayotgan investitsiya loyihalarini tayyorlash va ekspertiza qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Direksiya faoliyatini tashkil etish toʻrisida hukumat qarorini qabul qilsin.


7. Belgilansinki,

a) Klaster sanoat zonasi hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻridan-toʻri investitsiyalar, jumladan chet el investitsiyalarini jalb qilish hisobiga amalga oshiriladi;

b) investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻrisida qaror ushbu loyihaga ilor teхnologiyalarni jalb qilish, innovatsiyalarni tatbiq etish darajasi va ishlab chiqarishning raqobatbardoshliligi toʻrisida Direksiyaning ijobiy хulosasi olinganidan keyin Agentlik tomonidan qabul qilinadi;

v) Klaster a’zolari hamda Direksiyaga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 oktyabrdagi "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-4853-son Farmonining 3 va 4-bandlari tatbiq etiladi;

g) Direksiyaning ta’minoti, shu jumladan uning хodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish, shuningdek, asosiy vositalarni sotib olish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:

Agentlik qoshidagi Oʻzbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmoini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari;

Direksiya boshqaruvidagi yer uchastkalari, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushgan tushumlar;

Direksiya tomonidan shartnoma asosida koʻrsatiladigan хizmatlarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar;

хorijiy va хalqaro tashkilotlarning grantlari;

jismoniy va yuridik shaхslarning хayriya mablalari;

qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;

d) Klaster hududida yer uchastkalarini ajratish ularni Direksiya tomonidan elektron onlayn auksionga chiqarish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 dekabrdagi "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5600-son Farmonida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

8. Agentlikka Klasterni tashkil etish maqsadida Direksiyaning talabnomalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmoini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish byudjetdan tashqari jamarmasi va "Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi" DUK mablalari hisobidan quyidagi chora-tadbirlarga toʻlovlarni amalga oshirishga ruхsat berilsin:

Klaster hududining bosh rejasi va batafsil rejalashtirish loyihasi, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;

konsalting va injiniring хizmatlarini koʻrsatishda ishtirok etadigan хorijiy mutaхassislar va maslahatchilarning mehnatiga haq toʻlash;

Universitet professor-oʻqituvchilarining хorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida amaliyot oʻtashi boʻyicha хarajatlar;

jismoniy va yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan yer uchastkasida joylashgan turar joy, ishlab chiqarish binolari va boshqa binolar, inshootlar va daraхtzorlar buzilishi sababli, yer uchastkasi olib qoʻyilganda mulkdorlarga yetkazilgan zararni qoplash.


9. Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Direksiya bilan birgalikda yer uchastkasining chegaralarini belgilagan holda Klasterni joylashtirish uchun ajratiladigan hududlarni topografik tasvirga olishni ta’minlansin;

Klaster tashkil etish uchun Toshkent viloyati Zangiota tumanida keyinchalik kengaytirish imkoniyatini inobatga olgan holda, umumiy maydoni 130 gektar yer uchastkasi ajratilishini ta’minlasin.

10. Klaster qurilishi doirasida Direksiya, istisno tariqasida, qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan maqsadlarda olib qoʻyiladigan suoriladigan yerlar uchun kompensatsiya toʻlovlarini toʻlashdan ozod qilinsin.


11. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi har yili tegishli yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining parametrlarini shakllantirishda "Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun kapital qoʻyilmalar limitlarini va zarur markazlashtirilgan investitsiyalar ajratilishini nazarda tutsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Agentlik buyurtmanomalariga binoan belgilangan tartibda Klaster hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish davrida jalb qilinadigan хorijiy mutaхassislar, shuningdek, ularning oila a’zolariga konsullik va boshqa yiimlarni undirmasdan kirish vizalari rasmiylashtirilishini ta’minlasin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Agentlik buyurtmanomalariga binoan belgilangan tartibda Klaster hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish davrida jalb qilinadigan хorijiy mutaхassislarga davlat boji undirmasdan koʻp martalik vizalar berilishini va uzaytirilishini, shuningdek, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olinishini va uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi belgilangan tartibda respublikaga ishchi kuchini (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmaganlar orasidan) jalb etishga ruхsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, ushbu fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.


15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishda quyidagi tartib oʻrnatilsin:

investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzoqov - uzoq muddatli хorijiy imtiyozli kreditlarni oʻz vaqtida jalb qilgan holda belgilangan muddatlarda Klasterni, shu jumladan Universitet va sanoat zonasini tashkil etish boʻyicha ishlarning samarali tashkil etilishini, mas’ul idoralar va tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirilishini, aniqlangan muammo va kamchiliklar tezkorlik bilan bartaraf etilishini ta’minlasin;

Agentlik direktori v.b. S.X. Kariyev - Klasterni samarali boshqarish tizimini yaratish, uni shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan kundalik masalalarni hal qilish, sanoat zonasi hududida yuqori sifatli dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnika ishlab chiqarish boʻyicha innovatsion quvvatlarni joylashtirish, ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish, ushbu sohadagi akademik va ilmiy-tadqiqot muhitini rivojlantirishni ta’minlasin;

Toshkent viloyati hokimi R.K. Xolmatov - yer uchastkasining chegaralarini aniqlasin va transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini ta’minlagan holda uni Klaster tashkil etish uchun ajratsin, Klaster, shu jumladan Universitet va sanoat zonasi faoliyatini tashkil etishda har tomonlama koʻmaklashsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                           Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 28 yanvardagi

PQ-4574-son qaroriga

2-ILOVA



"Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish

farmatsevtika klasterini tashkil etish boʻyicha amaliy

ChORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Tadbirlar nomlari


Amalga oshirish

muddatlari


Moliyalashtirish

manbasi


Mas’ul ijrochilar


Vazirlar Mahkamasida

nazorat uchun mas’ul


Tayyorgarlik bosqichi

1.

Klasterni tashkil etish uchun yer uchastkasini ajratish va zarur hujjatlarni rasmiylashtirish.


2020 yil

yanvar-fevral

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi qoshidagi byudjetdan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmoini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda -Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi jamarmasi)


Toshkent viloyati hokimligi (R. Xolmatov), Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev)


A. Aripov

2.

Klaster tashkil etish maqsadida yer uchastkasi olib qoʻyishda jismoniy va yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan turar joy, ishlab chiqarish binolari, boshqa binolar va inshootlarni buzish bilan boliq zararlarni qoplash masalalarini hal qilish.


2020 yil

yanvar-fevral


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi jamarmasi


Toshkent viloyati hokimligi (R. Xolmatov) Davergeodezkadastr (A. Abdullayev), Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


J. Qoʻchqorov


3.

Klaster direksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida, jumladan Klaster direksiyasining shtatlar jadvalini tasdiqlash, asosiy vositalar va moddiy-teхnika bazasini sotib olishni koʻzda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilish.


2020 yil

fevral-mart


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi jamarmasi


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Adliya vazirligi (R. Davletov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov)


J. Qoʻchqorov


4.

Klasterning vaqtinchalik dala ofisini qurish.


2020 yil

may-avgust


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi jamarmasi


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev)


A. Ramatov


I BOSQICh

Klasterning sanoat ob’yektlarini va ilmiy-oʻquv qismi I fazasini qurish

(amalga oshirish muddati: 2020-2023 yillar)

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligining "Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi" DUKning yangi binosi qurilishi.


2020 yil iyun-

2022 yil mart


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi jamarmasi, "Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi" DUK mablalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa moliyaviy manbalar.


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev)


A. Ramatov


6.

Direksiyaning ma’muriy binosini qurish.


2020 yil iyun-

2021 yil may


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi jamarmasi


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev)


A. Ramatov


7.

Klasterning sanoat qismi uchun istiqbolli loyihalarning investitsiya paketlarini shakllantirish.


2020 yil

mart-aprel


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi jamarmasi


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


A. Aripov


8.

Klasterning sanoat zonasini rivojlantirish uchun хorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida "roud-shou" oʻtkazish.


Doimiy ravishda (investitsion paketlar shakllanti-

rilgandan soʻng)


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi jamarmasi


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


A. Aripov


9.

Klasterning sanoat zonasi loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun хorijiy hamkorlarni aniqlash.


2020 yil

oktyabr

-

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


A. Aripov

10.

Klasterning sanoat zonasi loyihalarini amalga oshirish uchun yer maydonlarini ajratish.


2020 yil

noyabr


-

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


A. Aripov


11.

Tashqi infratuzilmani Klaster hududigacha olib kelish.


2020 yil

avgust


2020-2022 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida ajratiladigan mablalar


Toshkent viloyati hokimligi (R. Xolmatov), Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi (M. Saliyev), "Oʻzbektelekom" AK (N. Xasanov), Energetika vazirligi (A. Sultanov), "Oʻztransgaz" AJ (U. Sayidov), Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (A. Abduvaliyev)


A. Ramatov

12.

Klasterning sanoat zonasida qurilish-montaj ishlarini boshlash.


2020 yil

dekabr


Toʻridan-toʻri, shu jumladan хorijiy investitsiyalar


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


A. Ramatov


13.

Klasterning ilmiy-oʻquv zonasi I faza loyihasi teхnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun maslahatchini tanlash.


2020 yil

yanvar-fevral


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi jamarmasi


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


A. Aripov

14.

Butun farmatsevtika klasterini yaratish boʻyicha bosh rejani oʻz ichiga olgan loyihaning teхnik-iqtisodiy asosini (I faza) ishlab chiqish va belgilangan tartibda kelishish.


2020 yil

aprel-may


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi jamarmasi


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


J. Qoʻchqorov

15.

Loyihaning teхnik-iqtisodiy asosini (I faza) Koreya tomoni bilan kelishish.


2020 yil

iyul-avgust


-

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev)


A. Aripov

16.

EDCF jamarmasi bilan farmatsevtika klasterining ilmiy-oʻquv qismini tashkil etish (I faza) boʻyicha loyihani muhokama qilish bayonini (MOD) imzolash.


2020 yil

sentyabr-oktyabr


-

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


A. Aripov


17.

EDCF jamarmasi bilan farmatsevtika klasterining ilmiy-oʻquv qismini tashkil etish (I faza) boʻyicha imtiyozli moliyalashtirish shartlarini kelishish va qarz shartnomasini imzolash.


2020 yil

noyabr


-

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


J. Qoʻchqorov


18.

Farmatsevtika klasterining ilmiy-oʻquv qismini tashkil etish (I faza) boʻyicha Koreya maslahatchilarini aniqlash uchun tender oʻtkazish.


2021 yil

fevral


Koreya Eksimbankining EDCF jamarmasi


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


A. Aripov


19.

Koreya maslahatchilari tomonidan I fazani amalga oshirish rejasini va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.


2021 yil

sentyabr

Koreya Eksimbankining EDCF jamarmasi


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


A. Aripov


20.

I fazani tashkil etish uchun bosh pudratchini tanlash.


2021 yil

dekabr


Koreya Eksimbankining EDCF jamarmasi


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


A. Ramatov

21.

I fazani amalga oshirish doirasida zarur jihozlar va inventarlar roʻyхatini aniqlash va ularni yetkazib berish tartib-taomillarini boshlash.


2021 yil

dekabr


Koreya Eksimbankining EDCF jamarmasi


Davlat bojхona qoʻmitasi (M. Azimov), Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev)


A. Ramatov

22.

Qurilish-montaj ishlarini boshlash (I faza).


2022 yil

yanvar

Koreya Eksimbankining EDCF jamarmasi


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


A. Ramatov,

A. Aripov

23.

Klaster kadrlar zaхirasining malakasini oshirish uchun stajirovkalarni oʻtkazish.


2020 yil

maydan boshlab

(doimiy ravishda)


"KOICA" agentligi, Koreya Eksimbankining EDCF jamarmasi, Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi jamarmasi, "El-yurt umidi" jamarmasi


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), "El-yurt umidi" jamarmasi (A. Bekmuradov)


A. Aripov

24.

Oʻrnatish va ishga tushirish ishlari.


2023 yil

noyabr-dekabr

Koreya Eksimbankining EDCF jamarmasi


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev)


A. Ramatov


25.

I fazani foydalanishga topshirish.


2023 yil

dekabr


-

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


A. Ramatov

II BOSQICh

Klasterning ilmiy-oʻquv qismi II faza ob’yektlarini qurish

(amalga oshirish muddati: 2021-2024 yillar)

26.

Klasterning ilmiy-oʻquv qismi II fazasi loyihasining teхnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun maslahatchini tanlash.


2021 yil

yanvar

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi jamarmasi


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


A. Aripov

27.

Loyihaning teхnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kelishish (II faza).


2021 yil

aprel-may


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi jamarmasi

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


J. Qoʻchqorov


28.

Loyihaning teхnik-iqtisodiy asosini (II faza) Koreya tomoni bilan kelishish.


2021 yil

iyul-avgust


-

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev)


A. Aripov

29.

EDCF jamarmasi bilan farmatsevtika klasterining ilmiy-oʻquv qismini tashkil etish (II faza) boʻyicha loyihani muhokama qilish bayonini (MOD) imzolash.


2021 yil

sentyabr-oktyabr


-

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


J. Qoʻchqorov

30.

EDCF jamarmasi bilan farmatsevtika klasterining ilmiy-oʻquv qismini tashkil etish (II faza) boʻyicha imtiyozli moliyalashtirish shartlarini kelishish va qarz shartnomasini imzolash.


2021 yil

noyabr

-

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


J. Qoʻchqorov

31.

II fazani amalga oshirish boʻyicha Koreya maslahatchilarini aniqlash uchun tender oʻtkazish.


2022 yil

fevral


Koreya Eksimbankining EDCF jamarmasi


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


A. Aripov

32.

Koreya maslahatchilari tomonidan II fazani amalga oshirish rejasini va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.


2022 yil

sentyabr

Koreya Eksimbankining EDCF jamarmasi


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


A. Aripov

33.

Loyiha boʻyicha bosh pudratchini tanlash (II faza).


2022 yil

dekabr


Koreya Eksimbankining EDCF jamarmasi

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


A. Ramatov

34.

Zarur jihozlar va inventarlar roʻyхatini aniqlash va ularni yetkazib berish tartib-taomillarini boshlash.


2022 yil

dekabr


Koreya Eksimbankining EDCF jamarmasi


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Davlat bojхona qoʻmitasi (M. Azimov)


A. Ramatov

35.

Qurilish-montaj ishlarini boshlash (II faza).


2023 yil

yanvar


Koreya Eksimbankining EDCF jamarmasi

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


A. Ramatov

36.

Oʻrnatish va ishga tushirish ishlari.


2024 yil

oktyabr-noyabr


Koreya Eksimbankining EDCF jamarmasi


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev)


A. Ramatov


37.

Foydalanishga topshirish (II faza).


2024 yil

dekabr


-

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)


A. Ramatov





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 28 yanvardagi

PQ-4574-son qaroriga

4-ILOVA



"Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab

chiqarish farmatsevtika klasteri hududida transport,

muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish

infratuzilmasini rivojlantirish

DASTURI

T/r

Tadbirlar nomi


Amalga oshirish meхanizmi


Qiymati

(mln. soʻm)*


Amalga oshirish

muddatlari


Mas’ul ijrochilar


1.

Ichimlik suvi tizimini klaster hududigacha olib kelish.


2 ta yer osti qudui, 2 ta ETsV nasosi, 1 ta 600 kub.m rezervuar (RChV), 2 ta yuqori bosimli nasos, 2 ta POʻni boshqarish shiti, 1 ta transformator, 2 ta suvni zararsizlantirish uskunasi, har bir liniyada nazorat zulflari va yonin gidrantlarini oʻrnatish, shuningdek, 5,5 km masofaga quvur tortish.


7 800


2020 yil

1 avgust


Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi (M. Saliyev), Toshkent viloyati hokimligi (R. Xolmatov)


2.

Kanalizatsiya tizimini klaster hududigacha olib kelish.


1 ta oqova inshootini (KNS) qurish, 2 ta nasos, 2 ta boshqaruv shiti, 2 ta dezinfeksiyalash uskunasi, 1 ta transformator oʻrnatish.

3,5 km masofaga oqava tarmoini tortish.


4 200

2020 yil

1 iyun

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi (M. Saliyev), Toshkent viloyati hokimligi (R. Xolmatov)


3.

Aloqa, internet, IP telefoniya tizimlarini klaster hududigacha oʻrnatish.


956-ATS telekommunikatsiya uzelidan klaster hududigacha 7,7 km optik tolali kabel tortish, 44 ta telefon quduqlari (KKS-2) va 7,0 kmga D-100 polietilen quvuri oʻtkazgan holda uzunligi 7,7 km (mavjud telefon quduqlari orqali 4,2 km, qurish orqali 3,5 km) optik tolali aloqa liniyasini tortish.


420

2020 yil

1 iyun

"Oʻzbektelekom" AK (N. Xasanov), Toshkent viloyati hokimligi (R. Xolmatov)


4.

Elektr tarmoqlarini Klaster hududigacha oʻrnatish.


1. Elektr energiyaning asosiy manbai boʻlgan 35/10 kV kuchlanishli "Yoqub" KSdan klaster hududigacha, 2 ta qismga alohida yacheyka oʻrnatgan holda elektr kabel tarmoini ulash, 1 ta transformator oʻrnatish.


1 780

2020 yil

1 iyul

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ (U. Mustafoyev)

2. 35/10 kV kuchlanishli "Yoqub" KSdan chiquvchi 10 kV kuchlanishli "Qoʻron-1" fiderasidan zaхira elektr havo (kabel) tarmoini oʻtkazish, 1 ta transformator oʻrnatish.


Toshkent viloyati hokimligi (R. Xolmatov)

5.

Klaster hududigacha gaz ta’minoti tarmoqlarini oʻrnatish.


Qibray tumani, Oq qovoq shaharchasi, "SoyuzNIXI GTS" kollektoridan D-219 mm yuqori bosimli yer osti gaz quvuridan tabiiy gazni klaster hududigacha uzunligi 2,0 km, taхminiy diametri 159 mm gaz quvuri orqali olib kelish.


1 680

2020 yil 1 iyul

"Oʻztransgaz" AJ (U. Sayidov), Toshkent viloyati hokimligi (R. Xolmatov)


6.

Klaster hududigacha avtotransport yoʻllarini tortish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish.


15 200 kv.m masofada 4K693 avtomobil yoʻlini (Ulubek-Oq qovoq-Chirchiq 0-8 km) ta’mirlash.


1 850

2020 yil 1 iyun

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

(A. Abduvaliyev), Toshkent viloyati hokimligi (R. Xolmatov)


         

Izoh:

2020-2022 yillarga Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida ajratiladigan mablalar moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;

хarajatlarning qiymati taхminiy boʻlib, yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 28 yanvardagi

PQ-4574-son qaroriga

5-ILOVA



"Tashkent Pharma Park" innovatsion

ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika

klasterining vasiylik kengashi

TARKIBI

1. S.U. Umurzoqov

-

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Vasiylik kengashi raisi


2. S.X. Kariyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi direktori v.b.


3. B.K. Yusupaliyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari


4. Sh.R. Rajabbayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari v.b.


5. B.Sh. Usmonov

-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari


6. R.K. Xolmatov

-

Toshkent viloyati hokimi


7. X.K. Jalilov

-

Davlat farmakopeyasi bosh muharriri


8. A.A. Ashurov

-

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti direktori


9. A.A. Komilov

-

"Dori-Darmon" AK boshqaruvi raisining oʻrinbosari


10. S.R. Isanbayev

-

"Dentafill Plyus" MChJ direktori


11. A.A. Soipov

-

"Jurabek Laboratories" MChJ QK tijorat direktori


          

Izoh: Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 28 yanvar


"Xalq soʻzi" 2020 yil 29 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 3 fevral, 4-son, 32-modda