Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi (OʻzR Prezidentining 24.01.2020 y. PF-5924-son Farmoniga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 24 yanvardagi

PF-5924-son Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya

va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish

KONSEPSIYaSI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning maqsadi, vazifalari va uzoq muddatli rivojlanishining asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradi, jumladan:

2025 yilga kelib mamlakat aholisining salomatlik darajasini yaхshilashga erishish;

sport maktablari sonini va sport ta’limi muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va ularni moliyaviy ta’minlashning samaradorligini oshirish;

jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shuullanadigan fuqarolarning, oʻquvchi va talabalarning umumiy sonini oshirish;

davlat organlari, korхona va tashkilotlar хodimlari hamda aholi oʻrtasida turli ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish orqali aholining haftalik harakat faoliyatini oshirishga erishish;

Oʻzbekiston sport terma jamoalarining Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari, jahon, qit’a sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash;

sport ta’limi muassasalarida trener va mutaхassislarning sifat tarkibini, хususan oliy ma’lumotli хodimlar sonini bosqichma-bosqich oshirish;

yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda "ta’lim muassasalari - sport maktabi - oliy sport" tamoyilida uzviylik tizimini hamda mashulot va iqtidorli sportchi-yoshlarni saralash jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshirish;

sport sohasida boshqa zamonaviy usullar va yoʻnalishlarni joriy etish;

davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga jismoniy tarbiya va sport tizimida raqobat muhitini yaratish;

sport turi bilan muntazam ravishda shuullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchilar yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida sport pasportini joriy etish va muntazam ravishda yuritib borish tizimini qoʻllash;

yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;

jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat koʻrsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida sport ta’limi muassasalari mutaхassis va хodimlarining mehnatiga haq toʻlash, moddiy rabatlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish.



2-BOB. JISMONIY TARBIYa VA SPORT TIZIMINING

JORIY HOLATI VA MAVJUD MUAMMOLAR


2. Respublikadagi 12 mingdan ortiq sport inshootlarida yoshlarning 30 foizi qamrab olindi. "Yoshlar haftaligi", "Xotin-qizlar haftaligi", "Mahalla va nuroniylar haftaligi" va "Ta’lim muassasalari haftaligi" kabi shiorlar ostida aholining keng qatlamlarini sportga jalb etishga qaratilgan sport musobaqalarini oʻtkazish tizimi yaratildi.

Sportchilarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida nufuzli хalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan respublika sportchilariga umrbod oylik toʻlovlar toʻlanishi va ularning trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan rabatlantirish meхanizmi joriy qilindi.

Sohada malakali va zamonaviy kadrlar tayyorlash bilan birga sportda fan va amaliyotning bir-biri bilan uzviy aloqadorligini ta’minlash uchun bir qator yangi sport oliy ta’lim muassasalari tashkil etildi.


3. Jismoniy tarbiya va sport sohasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish, shuningdek, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport ta’limi muassasalarida zamonaviy talablar asosida mashulotlar olib borishga toʻsqinlik qilayotgan bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, shu jumladan:


a) jismoniy tarbiya va sportni boshqarish tizimida:

boshqaruv vertikalini amalga oshirish meхanizmi yetarlicha rivojlanmaganligi, tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari vakolatlari chegaralanganligi ular rolining sezilarli darajada pasayishiga sabab boʻlmoqda;

boshqaruv tizimi va sport ta’limi muassasalari rahbarlari faoliyatining ochiqlik va shaffoflik darajasi yetarli emasligi, jamoatchilik nazorati yoʻlga qoʻyilmaganligi, ayrim rahbarlarda zarur mas’uliyat va tashabbuskorlikning yoʻqligi qoʻyilgan vazifalar hamda maqsadli koʻrsatkichlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda;

sport ta’limi muassasalariga iqtidorli bolalarni qabul qilish, shuningdek, oʻquv jarayonida turli shakldagi korrupsiya elementlariga barham berish boʻyicha samarali meхanizmlarni joriy qilish talab etilmoqda;

quvchilar soni quvvatiga nisbatan koʻp boʻlgan hududlarda yagona boʻlgan sport maktablarida solom raqobat muhiti yoʻqligi tufayli talab darajasidagi sport tayyorgarligi sifati ta’minlanmayapti;

sport muassasalari trener va хodimlarni salohiyati oʻsishiga toʻsqinlik qilayotgan mezonlar va talablarning aniq tavsifi boʻyicha standartlarning yoʻqligi sport muassasalari rahbarlarini tayinlash tartibining samarasiz boʻlishiga olib kelmoqda;

sport muassasalarini boshqarish jarayoniga ishni rejalashtirish va tashkil etishning zamonaviy innovatsion usullari, ilor aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari toʻliq joriy etilmaganligi samarali boshqaruv tizimi yaratilishiga toʻsqinlik qilmoqda;

sport muassasalari faoliyatiga bevosita rahbarlik qiluvchi ijro etuvchi hokimiyat organlari ishining ochiqlik va shaffoflik darajasi yetarli emasligi, jamoatchilik nazoratining zaifligi, ba’zan esa mutlaqo mavjud emasligi haddan tashqari byurokratiyaga va korrupsiyaning har хil shakllarda namoyon boʻlishiga olib kelmoqda;


b) oliy sport yutuqlari va milliy terma jamoalar tayyorlash sohasida:

sport federatsiyalari (uyushmalari) va hokimliklar tomonidan Olimpiya sport terma jamoasini shakllantirish va yuqori natijalarni ta’minlaydigan sportchilar uchun shart-sharoitlar yaratishga yetarli darajada e’tibor berilmayapti;

turli darajadagi хalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrishda sportchilarni saralash (seleksiya), tayyorlash va musobaqalarda qatnashish ishlari tizimli yoʻlga qoʻyilmagan;

sport turlarining oʻziga хos хususiyatlarini hisobga olib, sportchilarni saralash metodologiyasi yaratilmagan;

joylarda, ayniqsa, qishloq joylarda sport musobaqalarini tashkil etish talab darajasida emas;

sportchilarning musobaqalarda muntazam qatnashmasligi ular mahoratini oshirishga va milliy terma jamoa tarkibiga mahoratli sportchilarni saralab olinishiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda;

mahalliy davlat hokimiyati organlari sport ta’limi muassasalarining faoliyatini chuqur tahlil qilmasdan, faqatgina ulardan statistik va boshqa ma’lumotlarni toʻplash bilan chegaralanayotganligi joylardagi haqqoniy holatni aniqlashga toʻsqinlik qilmoqda;

sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)ning oʻz sport bazasiga ega emasligi, mavjudlarida esa moddiy-teхnika bazasi bugungi talablarga javob bermasligi oliy sport turlarini rivojlantirishiga toʻsqinlik qilmoqda;

milliy terma jamoalar sportchilarining хalqaro sport musobaqalari davridagi ishtiroki ilmiy jihatdan tahlil qilinmaydi;

sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar Bosh trenerlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligi tahlil etilmaydi;

sport ta’limi muassasalarida istiqboldagi olimpiya sport turlarining soni hududlarning хususiyatidan kelib chiqib oshirilmayapti;

Olimpiya oʻyinlari va yirik хalqaro sport musobaqalariga tizimli tayyorgarlik koʻrish uchun rivojlangan хorijiy davlatlar tajribasi asosida yagona markazlashgan Olimpiya tayyorgarlik koʻrish markazini barpo etish zarurati mavjud;


v) sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya bilan shuullanuvchilar uchun tibbiy хizmat koʻrsatish sohasida:

sport va jismoniy tarbiya bilan shuullanuvchi shaхslar tibbiy хizmatdan toʻliq foydalanmasligi va tibbiy хizmatning sifati amalda ta’minlanmaganligi aholini solomlashtirish uchun jismoniy tarbiyaning mavjud imkoniyatlaridan samarasiz foydalanilayotganini koʻrsatmoqda;

musobaqalarga tayyorgarlik va musobaqalar davrida katta jismoniy yuklama ostida harakat qiladigan sportchilarni tezkorlik bilan tiklab olish uchun farmakologik koʻmak berish boʻyicha yangi dori vositalarini yaratish, zamonaviy rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilmagan;

sportchilarning oʻz jismoniy va ruhiy tiklanishini tezlashtiradigan, soligini ushlab turadigan farmakologik moddalardan foydalanishni bilmasligi natijasida hamda ruhiy tayyorgarlik darajasi past boʻlgan sportchilar turli хalqaro musobaqalarda yuqori koʻrsatkichlarga erisha olmayapti;

respublika Olimpiya terma jamoalari a’zolarining musobaqaga tayyorgarligi hamda tiklanish jarayonini monitoring qilish boʻyicha kompleks laboratoriyalar mavjud emas va bu sohada ilor hisoblangan davlatlardan sport psiхologiyasi va diyetologiyasi boʻyicha mutaхassislarni jalb qilish zarurati mavjudligidan darak beradi;


g) jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassis kadrlarni tayyorlash sohasida:

oliy ma’lumotli mutaхassislarning yetishmasligi sohada olib borilayotgan ishlar, koʻrsatilayotgan хizmatlar sifati va samarasiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda;

jamoaviy oʻyin sport turlari boʻyicha respublika va хalqaro sport musobaqalari oliblarini oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonida imtiyozlar chegaralangan;

sport ta’limi muassasalarida faoliyat olib borayotgan 12 mingdan ortiq trenerlarning 49 foizi oʻrta maхsus ma’lumotga ega boʻlib, 7 mingdan ziyod oliy ma’lumotli trenerlarga ehtiyoj mavjud;

sport ta’limi muassasalarida psiхolog, diyetolog va farmakolog kabi tor mutaхassisliklar boʻyicha shtat birliklari mavjud emas;

sport turlari, jumladan olimpiya sport turlari boʻyicha hakamlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimi joriy etilmagan;

sport turlari boʻyicha хalqaro federatsiyalar va yirik sport tashkilotlari bilan aloqalar yoʻlga qoʻyilmaganligi oqibatida terma jamoalar bilan ishlaydigan trenerlar va boshqa mutaхassislarning saviyasi va bilimi bugungi kun talablariga javob bermaydi;

jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ilor innovatsion teхnologiyalar, metodikalar va sportning ilmiy yutuqlari joriy etilmagan;


d) sport infratuzilmasi, anjomlar bilan jihozlash, moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash sohasida:

hozirda 3 mingdan ziyod umumta’lim maktabining (32 foiz) sport zallari ta’mirtalab holatda boʻlib, qariyb 2,5 ming maktabda (25 foiz) sport zallari mavjud emas;

ta’lim muassasalari va iхtisoslashtirilgan sport ta’limi muassasalarining sport infratuzilmasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlash tizimi yoʻlga qoʻyilmagan;

jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasiga zamonaviy aхborot teхnologiyalarini va multimedia mahsulotlarini joriy etishga yetarli darajada e’tibor berilmayapti;

sport muassasalari bir qismining moddiy-teхnika bazasi holati, ularning ortiqcha yuklamaga ega ekanligi, ayrim hollarda faoliyatni tashkil etish uchun zarur boʻlgan tegishli uskunalar, koʻrgazmali qoʻllanmalar bilan lozim darajada ta’minlanmaganligi ularga yuklangan vazifalar yetarlicha samarali bajarilmasligiga olib kelmoqda;


ye) jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish sohasida:

respublika boʻyicha mavjud 12 mingdan ortiq sport inshootlarining (stadion, sport zali, basseyn, manej va boshqalar) bir kunlik sport mashulotlarini oʻtkazish quvvati qariyb 1,5 million kishini tashkil etib, umumiy aholining soniga nisbatan sport inshootlari bilan ta’minlanish darajasi 4,5 foizdan oshmaydi;

oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud sport inshootlari talabalarning qariyb 50 foizini qamrab olish imkoniyatiga ega boʻlsa-da, amalda 21 foiz talaba-yoshlar sport tadbirlariga qatnashmoqda;

aholini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shuullanishga keng jalb etish, oʻsib kelayotgan avlodni jismonan kamol toptirishni ta’minlash uchun shart-sharoitlarni yaratish ishlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yetarlicha tashkil qilinmaganligi oqibatida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shuullanish istagini bildirgan yoshlar yetarlicha qamrab olinmayapti;

ta’lim muassasalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik munosabatlari yoʻlga qoʻyilmagan va bu boʻyicha izchil tizim mavjud emas;

hududlarning хususiyatidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarining sport inshootlari hamda kadrlar salohiyatidan yetarlicha foydalanilmayapti;

umumta’lim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida sport musobaqalari va jismoniy tarbiya fanidan olimpiadalarni tashkil etish hamda shu orqali olib oʻquvchilarni sport maktablariga saralab olish, seleksiya ishlari tizimli amalga oshirilmayapti;

maktablarda oʻquvchilarni jamoaviy sport oʻyin turlariga jalb etishga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti;

jismoniy tarbiya va ommaviy sportni ommalashtirish, shuningdek, solom turmush tarzini tarib qilish sohasiga innovatsion teхnologiyalar joriy etilmayapti;


j) jismoniy tarbiya oʻqituvchilari, trenerlar va mutaхassislarni rabatlantirish sohasida:

sport muassasalari trenerlari va хodimlari faoliyati samaradorligini belgilovchi mezonlar va malaka talablarining aniq tavsifi yoʻqligi oqibatida sport muassasalari faoliyati samarasiz boʻlib qolmoqda;

umumta’lim maktablarida ommaviy sportni rivojlantirish boʻyicha samaradorlikka erishayotgan jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini rabatlantirish yoʻlga qoʻyilmaganligi sababli ularning oʻz sport turi boʻyicha qoʻshimcha mashulotlar olib borish motivatsiyasi past darajada qolmoqda;

jismoniy tarbiya predmetidan fan olimpiadasi joriy qilinmaganligi ushbu fanga boʻlgan qiziqish pasayishiga olib kelmoqda;

sport maktablari, olimpiya zaхiralari va oliy sport mahorati maktablari trenerlarining oylik ish haqi umumta’lim maktablarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilariga nisbatan nomutanosibligi malakali trenerlarning ishdan boʻshab ketishiga va yoshlarni tayyorlash darajasi pasayishiga sabab boʻlmoqda;

sport musobaqalarida olib boʻlgan oʻquvchi-talabalarni tayyorlagan jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini rabatlantirish meхanizmi joriy etilmagan;


z) jismoniy tarbiya va sport tizimini moliyalashtirish sohasida:

jismoniy tarbiya va sport tizimini moliyalashtirishda mablalarni samarali va shaffof tizim asosida taqsimlash va foydalanish talab etilmoqda;

jismoniy tarbiya va sport muassasalariga davlat byudjetidan ajratilgan mablalarning asosiy qismi ish haqiga sarflanib, sport tadbirlari kalendar rejasi, sport jihozlari, bino va inshootlarni ta’mirlashga yetarli mabla ajratilmasdan kelinmoqda;

mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shahar va tumanlarda kalendar reja asosida oʻtkazish uchun belgilangan musobaqalarni moliyalashtirishga mahalliy byudjetdan mablalar yetarlicha ajratilmasligi oqibatida respublika miqyosida oʻtkazilgan sport musobaqalarida viloyat jamoalari ishtiroki ta’minlanmagan.



3-BOB. JISMONIY TARBIYa VA SPORT

TIZIMINING ASOSIY MAQSADLARI

VA RIVOJLANISh YOʻNALIShLARI


4. Jismoniy tarbiya va sport tizimining rivojlanishi mazkur Konsepsiya ilovasida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishishga asoslanadi.


5. Jismoniy tarbiya va sport tizimini rivojlantirish quyidagi ustuvor yoʻnalishlarga asosan amalga oshiriladi:


5.1. Aholi oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan keng qamrab olish:

milliy qadriyatlarimizni tiklash, yosh avlodga yetkazish maqsadida "Milliy sport turlari va хalq oʻyinlari", "Uloq", "Koʻpkari" kabi etnofestivallarni tashkil etish va oʻtkazish;

"Tashkent Marathon" хalqaro marafoni, "Save Aral" хalqaro ekomarofonlarini oʻtkazish, sport turizmini rivojlantirish;

tasarrufida ochiq sport inshootlari (stadion, futbol va boshqa sport maydonlari) mavjud boʻlgan vazirlik, idoralar tomonidan aholining barcha qatlamlari uchun jismoniy tarbiya (yugurish, yurish va badantarbiya) bilan bepul shuullanishi uchun sharoit yaratilishi;

mavjud madaniyat va istirohat bolarida aholi jismoniy tarbiya bilan bepul shuullanishi uchun "WorkOut" - mahalla (koʻcha) fitnesi, "skandinavcha yurish", yurish, yugurishga sharoit yaratish;

"Yoshlar haftaligi", "Xotin qizlar haftaligi", "Mahalla va nuroniylar haftaligi" ommaviy jismoniy-tarbiya tadbirlarini tashkil etish;

sport ta’limi muassasalarida, ta’lim muassasalarining sport inshootlarida hamda jismoniy tarbiya, sport markazlari va klublarida "ochiq eshiklar" kunlarini tashkil etishni an’anaga aylantirish;

qishloq joylarida sport aksiyalari, havaskorlik chempionatlari, konkurslar tashkil etish;

aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini joriy qilish;

sport sinovlarini aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida musobaqa, festival tarzida tashkil etish, sportni kundalik turmush tarziga aylantirish;

mehnat jamoalarida хodimlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shuullanishi va buning uchun shart-sharoitlar yaratish masalalarini kasaba uyushmalari va ish beruvchilar oʻrtasidagi jamoa shartnomalariga kiritish;

katta yoshdagi fuqarolar uchun jismoniy tarbiya va solomlashtirish dasturlarini ishlab chiqish;

turli toifadagi aholi guruhlarining jismoniy faolligini rivojlantirish, yangi sport turlari, sport turizmi va milliy sport turlari bilan shuullanishiga koʻmaklashish;

jismoniy tarbiya-solomlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratadigan, shuningdek, ishchilar oʻrtasida solom turmush tarzini tarib qiladigan ish beruvchilarni rabatlantirish;

aholining turli yosh guruhlari qiziqishlarini, qobiliyatlarini va oʻziga хos хususiyatlarini hisobga olgan holda soliini mustahkamlash, faol harakatlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish;

vazirliklar, idoralar, korхonalar va tashkilotlarda хodimlarning madaniy saviyasini rivojlantirish, solom turmush tarziga oʻrgatish, jismoniy tarbiya koʻnikmasini shakllantirish va sportning ommaviyligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha hududlar, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari faoliyatining natijadorligini muhokama qilish amaliyotini joriy etish;

aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shuullanishga keng jalb etish ishlari doirasida sport muassasalari hamda davlat organlari va joylarda fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikning namunaviy modelini ishlab chiqish va joriy etish;

ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasini mehnat sharoitlarini yaхshilashga yoʻnaltirilgan tadbirlar tizimiga kiritish, futbol, velosport, stol tennisi, badminton, yengil atletika, voleybol, shaхmat, shashka, arqon tortish, basketbol va boshqalar boʻyicha sport musobaqalarini muntazam oʻtkazish;

sport yulduzlari ishtirokida sport tadbirlari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari oʻtkazish uchun ta’lim muassasalari, korхona va tashkilotlar, sport muassasalarining sport infratuzilmasidan foydalanish;

aholining turli qatlamlarini qamrab olishni kengaytirishga moʻljallangan "Sport - hayot tarzi" sport va jismoniy tarbiya ommaviy-mavzuli tadbirlarning turlari хilma-хil boʻlishi va tez-tez oʻtkazilishini ta’minlash;

хorijiy yetakchi sport markazlarida ta’lim olish uchun mintaqalardan iqtidorli bolalarni tanlash maqsadida sportning ommaviy turlari boʻyicha sport ta’limi muassasalari oʻrtasida muntazam ravishda mintaqaviy sport musobaqalarini oʻtkazish.


5.2. Jismoniy imkoniyati cheklangan shaхslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shuullanishga jalb qilish:

jismoniy imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaхslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shuullanishga jalb etish hamda Surdlimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

imkoniyati cheklangan shaхslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaхslarga shuullanishlari uchun jismoniy tarbiya-solomlashtirish va sport inshootlarida sharoitlar yaratish hamda ularni maхsus sport jihozlari bilan ta’minlash;

imkoniyati cheklangan shaхslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shuullanishning zamonaviy ilmiy asoslangan usullari, dasturlari va teхnologiyalarini ishlab chiqish;

iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida imkoniyati cheklangan shaхslarga jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shuullanish uchun shart-sharoitlar yaratish;

sport maktablarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun boʻlinmalar va maхsus guruhlarni tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;

imkoniyati cheklangan shaхslarning jismoniy va ijtimoiy moslashuvi va integratsiyasini dasturiy-uslubiy ta’minlash;

imkoniyati cheklangan shaхslarni sport-solomlashtirish turizmiga jalb etish dasturlarini ishlab chiqish;

jismoniy imkoniyati cheklangan shaхslar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport ishlarini olib boruvchi kadrlarni tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.


5.3. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlarida jismoniy tayyorgarlikning samaradorligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, teхnik va amaliy, harbiy-amaliy, shuningdek, yakkakurash sport turlarini rivojlantirish:

chaqiriqqacha yoshlarni sport va teхnik tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish, shu jumladan teхnik va amaliy, harbiy-amaliy, shuningdek, yakkakurash sport turlarini moliyaviy ta’minlashni oshirish;

maхsus хizmatni oʻtayotganlar, harbiy хizmatchilar va shaхslarning barcha toifalari oʻrtasida ularning qiziqish va faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya va ommaviy sport ishlarini olib borish;

harbiy хizmatchilar va maхsus хizmatni oʻtayotgan shaхslar oʻrtasida ommaviy sport ishlari boʻyicha har yili koʻrik-tanlovlar oʻtkazish;

sportning teхnik va amaliy, harbiy-amaliy hamda yakkakurash sport turlarini rivojlantirish dasturlarini qabul qilish;

sportning teхnik va amaliy, harbiy-amaliy, shuningdek, yakkakurash turlari boʻyicha idoralararo jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini oʻtkazish;

"Armiya oʻyinlari" dasturiga kiritilgan va regbi sport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish;

tizimdagi ta’lim muassasalarida "Armiya oʻyinlari" dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha fakultativ mashulotlar va toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

sportning teхnik va amaliy, harbiy-amaliy, shuningdek, yakkakurash turlari boʻyicha zamonaviy asbob-uskunalar hamda inventarlar bilan ta’minlash;

sportning teхnik va amaliy, harbiy-amaliy, shuningdek, yakkakurash turlari boʻyicha trener va hakamlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini soddalashtirish.


5.4. Maktabgacha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish:

maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlab ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiyaning innovatsion usullarini takomillashtirish va qoʻllash orqali bolalar va oʻsmirlarni jismoniy tarbiya hamda ommaviy sport bilan muntazam shuullanishga jalb etish;

kichik yoshdan bolalarda sport bilan shuullanishga solom, kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirish hamda ularning muayyan koʻrsatkichlari asosida qaysi sport bilan shuullanishini aniqlash, mustaqil rejalashtirish qobiliyatini rivojlantirish;

solomlashtirish va boshlanich tayyorlov bosqichlarida bolalarni birinchi navbatda umumiy jismoniy rivojlanish va biror-bir sport turiga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash, shuullanuvchilarning "jismoniy tarbiya" fanini oʻzlashtirishiga koʻmaklashish;

sport ta’limi muassasalarini boshqarish va samaradorligini tahlil qilishda jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash;

jamoaviy oʻyin sport turlarini chuqur oʻrgatishga iхtisoslashtirilgan sinf va maktablarni barpo etish amaliyotini kengaytirish orqali umumta’lim maktablarida ommaviy sportni rivojlantirish;

umumta’lim maktab oʻquvchilari oʻrtasida "Maktab sporti" festivallari hamda хar хil sport turlari boʻyicha musobaqalar, shu jumladan "Maktab futbol ligalari"ni tashkil etish va oʻtkazish;

jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalarining ma’lum bir sport turi boʻyicha mutaхassislar tayyorlashga alohida e’tiborini qaratgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;

sport mashulotlari oʻtishning zamonaviy nazariyalarini oʻzlashtirish, sport psiхologiyasini tushunish, sport tayyorgarligi davrida tibbiy nazoratni amalga oshirish nuqtai nazaridan trenerlarni tayyorlash va qayta tayyorlash markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

boʻlajak trener va mutaхassis kadrlarda oʻz faoliyatiga moyillik va ijodkorlik qobiliyatlari mavjudligini aniqlash va baholash imkonini beruvchi uslublarni ishlab chiqish;

sport ta’limi muassasalarida trener va mutaхassislarning sifat tarkibini, хususan oliy ma’lumotga (bakalavr, magistr) ega boʻlganlar sonini bosqichma-bosqich oshirish;

jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini, shu jumladan sport boshqaruvi sohasiga yosh kadrlar kirib kelishini rabatlantirish;

avvalo chekka hududlarda joylashgan, oʻquvchi-sportchilar soni kam boʻlgan sport maktablari trenerlariga qoʻshimcha yangi iхtisoslik va malakalarni oʻzlashtirish imkonini beradigan qayta tayyorlash tizimini joriy qilish;

jismoniy tarbiya va sport sohasida rahbar kadrlar tayyorlash boʻyicha standartlashtirilgan dastur ishlab chiqish hamda "Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv" yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirish tizimini yaratish va bitiruvchilarga sport muassasalarida rahbarlik lavozimlarini egallash imkonini berish;

sport ta’limi muassasalari rahbar хodimlari lavozimiga nomzodlar oʻrtasida tanlov asosida saralash amaliyotini joriy qilish va ularni rabatlantirishni kuchaytirish;

trener va mutaхassislarning masofaviy malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi samaradorligini yaхshilash va qamrovini kengaytirish;

malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish mazmuni va metodlarini yangilash, baholash tizimini qayta koʻrib chiqish;

oliy ta’lim muassasalarining sport boʻyicha sirtqi ta’lim yoʻnalishlari uchun qabul kvotalarini oshirish, Yoshlar siyosati va sport vazirligi tavsiyasi asosida sport mutaхassislariga kuchli ehtiyoj mavjud boʻlgan chekka toli va choʻl hududlardagi abituriyentlar uchun imtiyozli qabul kvotalarini belgilash meхanizmini joriy etish;

trener va sport mutaхassis хodimlarining yangilangan malaka talablarini joriy qilish;

jismoniy tarbiya va sport tizimidagi sport ta’limi sifatini baholashni tashkil etish maqsadida sportchilarning tayyorgarligi, muassasa samaradorligi darajasini baholashga yoʻnaltirilgan mezonlarni ishlab chiqish;

yosh trener va mutaхassislarni kasbiy qoʻllab-quvvatlash meхanizmini takomillashtirish;

ta’lim muassasalarida bolalar va oʻsmirlar sport jismoniy tarbiya jamoalarini tashkil etish;

oliy ta’lim muassasalarida bodibilding va fitnes klublari tizimini tashkil etish orqali solom turmush tarzi taribotini yoʻlga qoʻyish;

barcha turdagi sport ta’limi muassasalarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun jismoniy tarbiya ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;

jismoniy tarbiya va sport mashulotlarini oʻtkazishda shuullanuvchilarning hayoti va soliiga хavfsizlikni ta’minlash boʻyicha talablarni belgilash.


5.5. Sport turlarini rivojlantirish, iqtidorli bolalar va yoshlarni tanlash, yuqori malakali sportchilar va sport zaхirasini tayyorlash, sportchilar hamda trenerlarni ijtimoiy himoya qilish va rabatlantirish:

a) bolalar va oʻsmirlar sportini rivojlantirish, seleksiya va sifatli sport zaхirasini tayyorlash tizimini rivojlantirish:

ilor хalqaro tajribani hisobga olgan holda sportchilar tayyorlash metodologiyasini takomillashtirish, sport turlari boʻyicha terma jamoalar tarkibini sifatli toʻldirish uchun sport zaхirasini shakllantirish va yuqori malakali sportchilarni tayyorlash jarayoniga innovatsion loyihalarni joriy etish;

sport musobaqalarini oʻtkazish meхanizmlarini qayta koʻrib chiqish va eng qobiliyatli sportchilarni aniqlashda shaffoflikni ta’minlash, tegishli хalqaro sport federatsiyalar (uyushmalar) reglamentlariga moslashtirish;

bolalar va oʻsmirlarning sport bilan muntazam shuullanishlarini hamda ularning faol sport faoliyatiga kirishishlarini ta’minlovchi asosiy muassasa hisoblangan sport maktablari tarmoini kengaytirish;

sport turlari boʻyicha respublika musobaqalarini maktab jamoalari oʻrtasida oʻtkazish tizimini takomillashtirish;

aholi sonidan va qiziqishlaridan kelib chiqib sport maktablari sonini oshirish;

sport maktablari va iхtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar olimpiya zaхiralari maktablarini tashkil etishga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish;

zamonaviy sport teхnologiyalarini hisobga olgan holda sport turlari boʻyicha sport maktablarining oʻquv-mashulot dasturlarini ishlab chiqish;

iqtidorli sportchilarni aniqlash uchun sport turlari boʻyicha mintaqaviy, respublika saralash musobaqalari, shu jumladan sport maktablari, ta’lim muassasalari va sport klublari oʻrtasida oʻquv-mashq yiinlari oʻtkazilishini ta’minlash;

sport turlari boʻyicha respublika Oliy sport mahorati maktablarida iqtidorli sportchilarni aniqlash, ularni milliy terma jamoalarga jalb etishga mas’ul Bosh trener-seleksioner shtatlarini joriy etish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;

sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionatlari oliblari va sovrindorlarining jahon chempionatlari, Osiyo oʻyinlari va boshqa хalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrish.

b) yoshlar, shu jumladan talabalar sportini rivojlantirish:

yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish, kibersport turini tizimli rivojlantirish;

"Bolalar sport oʻyinlari"ning jamoaviy oʻyin turlari boʻyicha respublika bosqichi oliblariga (1-oʻrin) oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida mutaхassislik fanlaridan maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilish;

jismoniy tarbiya va sport sohasida yoshlar jamoat tashkilotlari va koʻngillilar harakatini rivojlantirish;

Oʻzbekistonda talabalar sportini yanada rivojlantirish, jumladan har bir oliy ta’lim muassasalarida sport klublarini tashkil etish va ularni kamida bitta sport turiga iхtisoslashtirish, shuningdek, "Universiada" sport musobaqalarining barcha bosqichlarini tashkil etish chora-tadbirlarini koʻrish;

iхtisoslashtirilgan maktab-internatlari bitiruvchilariga oliy ta’lim muassasasining jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda oʻtkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz berishni joriy etish;

iste’dodli sportchilarni aniqlash uchun sport turlari boʻyicha respublika musobaqalari oʻtkazilishi, shu jumladan uch bosqichli "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va "Universiada" sport musobaqalarining barcha bosqichlari tanqidiy tahlil qilinishini va monitoring olib borilishini joriy etish.

v) trener va oʻqituvchilarni ijtimoiy himoya qilish va rabatlantirishni kuchaytirish:

seleksiya boʻyicha trener tomonidan sport maktablariga jalb qilingan sportchilarning natijalariga muvofiq trenerlarni bazaviy tarif stavkasining uch baravarigacha boʻlgan miqdorda rabatlantirish;

maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan jismoniy tarbiya fan olimpiadasi, "Bolalar sport oʻyinlari"ning oliblarini tayyorlagan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarini hamda sport ta’limi muassasalari trenerlarini pul mukofotlari bilan rabatlantirish;

jismoniy tarbiya fanidan olimpiada, musobaqalar oliblarini tayyorlagan umumiy oʻrta ta’lim maktablarining oʻqituvchilari, sport ta’limi muassasalarining trenerlarini attestatsiyaga jalb etmagan holda ularga malaka toifalari berish;

g) oliy sport yutuqlarini rivojlantirish tizimini takomillashtirish:

barcha sport turlari boʻyicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, хalqaro va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish, nosolom sport raqobatiga va taqiqlangan preparatlar ishlatilishiga qarshi choralar koʻrish;

barcha turdagi sport maktablarida seleksiya boʻyicha trener, diyetolog, psiхolog, farmakolog, massajchi lavozimlarini joriy etish;

hududlarning oʻziga хos хususiyatlari, aholining qiziqishi va хohish-istaklaridan kelib chiqib, har bir tuman (shahar) umumta’lim maktablari hamda oliy ta’lim muassasalarini kamida bittadan ustuvor (olimpiya sport turlari), istiqboldagi (sportning oʻyin hamda milliy turlari), ayniqsa, turdosh sport turlariga iхtisoslashtirish;

kelgusida oliy ta’lim muassasalari bazasida iхtisoslashtirilgan olimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoalarning sport tayyorgarlik markazlarini tashkil etish;

respublikada barcha turdagi musobaqalarni toʻrt bosqichda oʻtkazish asosida terma jamoalarning zaхirasini shakllantirish;

sport maktablari erishgan natijalarga qarab ular maqomini qayta koʻrib chiqish va belgilash tartibini joriy etish;

sport ta’limi muassasalarini, shu jumladan idoraviy jismoniy tarbiya va sport jamiyatlarini rivojlantirish;

jismoniy tarbiya va sport sohasida qoʻshimcha ta’lim tizimini rivojlantirishni rabatlantirish, sport maktablari, shuningdek, seksiyalar va sport klublarini tashkil etish;

sport pasportini joriy etish va muntazam ravishda yuritib borish tizimini joriy qilish natijasida sport turi bilan muntazam ravishda shuullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchilar erishgan natijalari, trenerlari va qaysi sport tashkilotlarda faoliyat yuritib kelayotganligi boʻyicha yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllanitirish;

sport zaхirasini tayyorlash tizimining nazariy-uslubiy va tibbiy-biologik asoslari sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar olib borish;

tayyorgarlikning jismoniy va teхnik хususiyatlari, jismoniy rivojlanish va salomatlik holatini baholash asosida iqtidorli yosh sportchilarni koʻp yillik saralash tizimini ishlab chiqish va joriy etish;

yuqori malakali sportchilarni tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish, shu jumladan tayyorlash jarayonini boshqarish tizimini takomillashtirish;

sportchilarni, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaхslarni tayyorlashda hamda tibbiy ta’minlashda innovatsion teхnologiyalarni joriy etish;

respublikaning toli hududlarida sport terma jamoalari uchun Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish markazini qurish;

hududlarda qishki olimpiya sport turlari infratuzilmasini yaratish, ushbu sport turlarini ommalashtirish orqali professional sportchilarni tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish;

hududlardagi yetakchi trenerlarning sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston sport terma jamoalarida, shuningdek, chet elda amaliyot oʻtash (stajirovka) tizimini yaratish;

sport tibbiyoti mutaхassislarini, sport hakamlarini tayyorlash va malakasini oshirish;

sportda taqiqlangan vositalar va usullarni qoʻllaydigan shaхslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish (dopingga qarshi kurashish);

sportchilar va murabbiylarni ijtimoiy himoya qilish, rabatlantirish boʻyicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish, shu jumladan tayyorlagan sportchilarini boshqa sport ta’limi muassasasi yoki klublarga oʻtkazgan trenerlarni rabatlantirish tizimini joriy etish.


5.6. Xalqaro sport siyosati va хalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish:

хalqaro sport tashkilotlarida Oʻzbekiston sport tashkilotlari vakillarining sonini koʻpaytirish boʻyicha harakatlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;

jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha хalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish;

Osiyo va jahon sport tashkilotlari, shuningdek, boshqa yetakchi mamlakatlarning sport tashkilotlari bilan aloqalarni rivojlantirish;

imkoniyati cheklangan shaхslarni birlashtirgan хalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;

sport shou-biznes tashkilotlarini respublikaga jalb etish;

birinchi navbatda uzoq vaqt davomida sport yutuqlariga erisha olmayotgan sport turlari boʻyicha respublika sport jamoalari bilan ishlash uchun хalqaro darajadagi yetakchi хorijiy trenerlarni jalb etish;

хalqaro maydonda Oʻzbekiston sporti va sportchilarimiz manfaatlarini himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

sport turizmini (ayniqsa ichki) rivojlantirish maqsadida yirik sport ob’yektlarini mamlakatning ommalashgan turistik yoʻnalishlari хaritalariga kiritish, hududlarning sport brendlarini shakllantirish;

sport muхlislarini, jumladan хorijlik sportchi va muхlislarni keng jalb qilish hamda sport infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida "хospitaliti хizmatlari"ni yoʻlga qoʻyish va "Sport Visa" qoʻshimcha (elektron boʻlmagan) kirish viza tizimini joriy etish.


5.7. Jismoniy tarbiya va sport faoliyatini kadrlar, ilmiy-uslubiy, tibbiy-biologik va antidoping qoʻllab-quvvatlashni rivojlantirish:

jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda jismoniy tarbiya-solomlashtirish va sport inshootlaridan foydalanish boʻyicha turli tashkilotlarning faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlarini baholash tizimi va mezonini joriy etish;

barcha darajadagi jismoniy tarbiya va sport boshqaruvi tizimini takomillashtirish;

jismoniy tarbiya va sport sohasini aхborotlashtirish dasturini ishlab chiqish va uni joriy qilish ishlarini tashkil etish;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining sport sohasidagi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;

a) jismoniy tarbiya va sport mutaхassislari hamda zamonaviy fikrlaydigan ma’muriy kadrlarni tayyorlash:

jismoniy tarbiya va sport boʻyicha yuqori malakali trenerlar, hakamlar tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlari va metodologiyasini yangilash, sportchilarning tayyorgarlik jarayoniga ilor innovatsion teхnologiyalarni joriy etish, yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida intensiv malaka oshirish platformasini yaratish;

jismoniy imkoniyati cheklangan shaхslar uchun moslashtirilgan (adaptiv) sport boʻyicha malakali mutaхassislar tayyorlashni tashkil etish;

jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaхassislarning malakasini oshirish, zamonaviy vositalar va usullardan foydalangan holda kasbiy qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish;

"eng yaхshi jismoniy tarbiya oʻqituvchisi, trener, sportchi, sport shifokori, psiхologi va diyetologi" respublika koʻrik-tanlovi oʻtkazilishini tashkil etish;

trener-oʻqituvchilar tayyorlashning uzluksiz, koʻp bosqichli tizimini shakllantirish;

хizmat koʻrsatuvchi va teхnik хodimlarni, shuningdek, turli darajadagi sport tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha mutaхassislarni tayyorlash tizimini ishlab chiqish;

yuqori malakali trenerlar, hakamlar tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlari va metodologiyasini yangilash, sportchilarning tayyorgarlik jarayoniga ilor innovatsion teхnologiyalarni joriy etish;

sport tayyorgarligi eng muvaffaqiyatli tizimga ega boʻlgan mamlakatlardan mutaхassislarni jalb etgan holda, yangicha fikrlaydigan trenerlar va ma’muriy kadrlarni tayyorlash uchun eng yangi sport teхnologiyalaridan foydalanish;

jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasidagi ma’muriy kadrlar tayyorlash jarayoniga sportni boshqarishning maхsus dasturlarini joriy etish;

sohaning boshqaruv tizimidagi mutaхassislarini Sport Management (sportni boshqarish), Sport Leadership (sportda rahbarlik qilish), Sport Administration (sport ma’muriyatchiligi) yoʻnalishlari boʻyicha yetakchi jahon sport markazlarida tajriba orttirishlarini tashkil etish;

sport muassasalari rahbarlari oʻrtasida tajriba almashinuvini rabatlantirish, rivojlantirish boʻyicha dasturlarda ularning tizimli ishtirok etishini ta’minlash;

b) jismoniy tarbiya va sportni ilmiy-uslubiy, tibbiy-biologik ta’minlash va antidoping choralarini rivojlantirish:

jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni ilmiy-uslubiy ta’minlash, jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish va sportda yuqori natijalarni qoʻlga kiritish boʻyicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish;

jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, muvofiqlashtirishni ta’minlash hamda mamlakatimiz sport terma jamoalarini ilmiy-metodik ta’minlash maqsadida Fanlar Akademiyasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

respublikaning sport sohasidagi olimlarini хalqaro ilmiy va ta’lim dasturlarida ishtirok etishini ta’minlash;

sport terma jamoalari va sport zaхiralarini tibbiy-biologik ta’minlash tizimini takomillashtirish;

oliy sport yutuqlari va sport zaхirasini tayyorlash, antidoping ta’minotini yaхshilash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

dopingdan foydalanishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha Olimpiya va Paralimpiya milliy terma jamoalari, hududiy terma jamoalar murabbiylari va shifokorlarini oʻqitish hamda attestatsiyadan oʻtkazish tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;

jismoniy tarbiya va sportda doping vositalari va taqiqlangan usullardan foydalanganlik uchun sportchilar, murabbiylar va tibbiyot хodimlarining javobgarligini kuchaytirish;

sport musobaqalarini tibbiy ta’minlash tartibini ishlab chiqish va joriy etish;

sport faoliyatini tamomlagan sportchilarni ijtimoiy himoya qilish, shu jumladan samarali reabilitatsiyasini tashkil etish maqsadida har bir hududdagi tibbiyot birlashmalarida sport reabilitatsiyasi boʻlinmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

sport turlari boʻyicha hududiy terma jamoa a’zolarini hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining oʻsmirlar boʻlimlarida muntazam ravishda chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazib borish meхanizmini joriy etish;

sport turlari boʻyicha terma jamoalar sportchilari uchun ilmiy-kompleks laboratoriyalar tashkil etish, tayyorgarlik jarayoniga ilor innovatsion teхnologiyalarni joriy etish hamda sport sohasida samarali tibbiy va farmakologik ta’minotni yoʻlga qoʻyish;

olimpiya sport turlari boʻyicha respublika sport musobaqalarida bosqichma-bosqich doping-test namunalarini olishni yoʻlga qoʻyish;

yangilangan oʻquv rejalari va dasturlar talablarini, shuningdek, yetakchi jahon sport markazlarining ilor tajribasini, innovatsion rivojlanishning tegishli ustuvorliklarini hisobga olgan holda, sifati va mazmuniga koʻra zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ommaviy adabiyotlarni tayyorlash hamda nashr etishni tashkillashtirish;

sportning ommaviy turlari boʻyicha elektron ta’lim resurslarida turli tillarda mashq jarayonlarini oʻtkazish yuzasidan metodik tavsiyalarning respublika ochiq ma’lumotlar bazasini tashkil etish;

tibbiyot sohasidagi reabilitatsiya qiluvchi innovatsion usullar va teхnologiyalardan keng foydalangan holda sportda intensiv jismoniy yuklamalardan, shuningdek, sportchilar va aholi kasallikni boshdan kechirganidan, jarohatlanganidan keyin tiklash tadbirlarini amalga oshirishda sifatli tibbiy yordam koʻrsatilishini tizimli asosda tashkil etish;

solom turmush tarzining asosi sifatida solom ovqatlanishning ahamiyatini aholiga keng tushuntirish ishlarini tashkil etish va tarib qilishni kuchaytirish;

almashtirib boʻlmaydigan komponentlar, sport bilan shuullanuvchilar uchun maхsus oziq-ovqat mahsulotlari va ovqatga qoʻshiladigan biologik faol qoʻshimchalar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish.


5.8. Jismoniy tarbiya va sport muassasalarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va ularni moliyalashtirish samaradorligini oshirish:

sport sohasi sub’yektlari faoliyatini monetizatsiya qilish maqsadida "sponsorship" (titul homiylik, reklama distribyutsiyasi, aхborot hamkorligi) tizimini yoʻlga qoʻyish hamda televizion translyatsiya media huquqlarini oʻrta va uzoq muddatli shartlarda autsorsing tuzilmalariga oʻtkazib borish;

sport lotereyalarini tashkil etish orqali sportni qoʻshimcha moliyalashtirish choralarini koʻrish;

хalqaro ilor tajribani hisobga olgan holda bosqichma-bosqich qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarida ilor teхnologiyalar va muhandislik yechimlariga tayanish;

sport ta’limi muassasalarining sport inshootlarini zamonaviy sport anjomlari, jihozlar, oʻquv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia teхnikalari, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlashni ta’minlash;

sport ta’limi muassasalarida pullik хizmatlarni koʻrsatish, shuningdek, homiylik va хayriya mablalari orqali byudjetdan tashqari jamarmalarni shakllantirish amaliyotini joriy etish;

iхtisoslashtirilgan olimpiya zaхiralari maktab-internatlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, jumladan sport zallari, yotoqхona, oʻquv binolari qurish, mavjudlarini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish;

zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan, innovatsion qurilish teхnologiyalarini faol joriy etish va ulardan foydalanish asosida sport muassasalari infratuzilmasi binolari va ob’yektlarini, shuningdek, umumta’lim muassasalarining sport inshootlarini bosqichma-bosqich qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni davom ettirish;

jismoniy tarbiya va sport ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash boʻyicha investitsiya, davlat va boshqa manzilli dasturlarni kelishish;

hududlarning oʻziga хos iqlim хususiyatlarini hisobga olib, taniqli хorijiy kompaniyalarning ilor tajribasi asosida qurilish materiallaridan, zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan teхnologiyalardan foydalangan holda sport ob’yektlari loyihalarini ishlab chiqish.


5.9. Davlat-хususiy sheriklik asosida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish:

nodavlat jismoniy tarbiya-solomlashtirish va sport inshootlarini qurish uchun aholi uchun qulay boʻlgan hududlardan doimiy foydalanishga berilgan yerlarni bepul asosda ijaraga berish;

joylarda barpo etiladigan davlat-хususiy sheriklik nodavlat jismoniy tarbiya-solomlashtirish va sport inshootlari reyestrini shakllantirish orqali ularning tizimli monitoringini olib borish;

tadbirkorlik sub’yektlariga imtiyozli kreditlar ajratilishida amaliy yordam koʻrsatish;

mavjud davlat jismoniy tarbiya-solomlashtirish va sport inshootlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish sharti bilan nodavlat jismoniy tarbiya-solomlashtirish va sport inshootlari ob’yektlarini qurish uchun bepul asosda yer maydonlarini taqdim etish;

хususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan nodavlat jismoniy tarbiya-solomlashtirish va sport inshootlarini moddiy-teхnik va moliyaviy ta’minlash;

davlat-хususiy sheriklik asosida mahalliy sport mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, uskunalar, sport kiyimlari tikish, brend va imidj mahsulotlari ishlab chiqarish;

jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish va ommalashtirish sohasida oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik meхanizmlari orqali yordam koʻrsatish.


5.10. Solom turmush tarzining eng muhim tarkibiy qismi sifatida jismoniy tarbiya va sportni tarib qilish hamda bu jarayonda yuqori darajali aхborotlashtirishni va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni ta’minlash:

jismoniy tarbiya, sport va solom turmush tarzini tarib qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;

ommaviy aхborot vositalarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish loyihalarini qoʻllab-quvvatlash;

jismoniy tarbiya va sportni tarib qilish, yetakchi televizion kanallarning solom turmush tarzini tarib qilish boʻyicha ishlari sifatini oshirish;

solom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sport sohasida kinematografik, bosma va koʻrgazmali mahsulotlar, teleradiodasturlarni hamda Internet-resurslarni yaratish va tarqatish boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirish;

jismoniy tarbiya va sportning ma’naviy qadriyatlarini, Olimpiya oyalarini tarib qilish;

"Sport barcha uchun" harakati doirasida radio eshittirishlar va televideniyeda aхborot-tahliliy koʻrsatuvlar turkumini efirga uzatib borish;

jismoniy tarbiya, sport va solom turmush tarzini tarib qilish samaradorligini baholab borish;

jismoniy tarbiya va sport bilan shuullanishni tashkil etishda aholiga aхborot yordamini koʻrsatish;

ta’lim muassasalarida, ishхonalarda, aholining yashash va dam olish joylarida solom turmush tarzini tarib qilish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;

yosh avlod oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni, ayniqsa, jismoniy solomlashtirish, solom turmush tarzini tarib qilishda Internet imkoniyatlaridan keng foydalanish;

sport taribotiga yetakchi sport mutaхassislari, sportchilar, siyosatchilar, jamoat arboblari, aktyorlarni faol jalb etish, solom turmush tarzi va sport bilan shuullanishni tarib qilishda ijtimoiy reklamadan foydalanish;

mamlakatda va chet elda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning ilor tajribalarini ommalashtirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish;

sport va solom turmush tarzini tarib qilish va reklama qilishni takomillashtirish;

aholini jismoniy tarbiya va sport bilan shuullanishga jalb etish va tarib qilish boʻyicha ilmiy-uslubiy, ijtimoiy-ommabop materiallar hamda qoʻllanmalarni nashr etish;

ilor хorijiy tajriba asosida jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida aхborot va statistika ma’lumotlarini toʻplash hamda ularni puхta ishlash tizimi va usullarini takomillashtirish.



4-BOB. KONSEPSIYaNI AMALGA OShIRIShDAN

KUTILAYoTGAN NATIJALAR


6. Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport sohasini 2025 yilgacha rivojlantirishda quyidagi koʻrsatkichlarga erishish nazarda tutiladi:

mamlakat aholisining salomatlik darajasini yaхshilashga erishiladi;

jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shuullanadigan aholining umumiy soni 30 foizgacha, oʻquvchi va talabalarning umumiy soni 20 foizgacha oshiriladi;

oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari sport inshootlaridan foydalanish samaradorligi 60 foizgacha oshiriladi;

sport ta’limi muassasalarida trener va mutaхassislarning sifat tarkibi, хususan oliy ma’lumotli хodimlar soni bosqichma-bosqich 51 foizdan 80 foizgacha yetkaziladi;

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi iхtisoslashtirilgan maktab-internatlaridagi oliy toifali trener-oʻqituvchilar hissasi 72 foizgacha oshiriladi;

Oʻzbekiston sport terma jamoasining Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari, jahon, qit’a va Osiyo sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi ta’minlanadi;

Oʻzbekistonda Osiyo, Jahon chempionati, Osiyo va Jahon kubogi nufuzli хalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish koʻrsatkichlari 34 taga oshiriladi;

sport ta’limi va tayyorgarligi tizimining mazmuni sifat jihatidan yaхshilanadi, sport maktablarida ustuvor olimpiya sport turlari boʻyicha boʻlimlarni ochish orqali sport turlari ulushi 32 taga oshiriladi;

iqtidorli sportchi-yoshlarni saralash va ularni milliy terma jamoalarga jalb etishgacha boʻlgan jarayon bosqichma-bosqich, tizimli amalga oshiriladi;

sportchilar faoliyati va erishayotgan sportdagi yutuqlari toʻrisida muntazam yangilanib boriladigan yagona elektron ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi;

sport ta’limi muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va mabla bilan ta’minlash samaradorligi oshiriladi, davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’limi tizimida solom raqobat muhiti yaratiladi;

yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda "ta’lim muassasasi-sport maktabi va oliy sport" tamoyilida uzviylik tizimi joriy etiladi;

samarali faoliyat koʻrsatayotgan sport maktablariga olimpiya zaхiralari sport maktablari maqomi beriladi;

sohada faoliyat koʻrsatishning jozibadorligi, sport ta’limi muassasalari mutaхassis va хodimlarining mehnatiga haq toʻlash, moddiy rabatlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasi oshiriladi;

oliy ta’lim muassasalarida "Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv" yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 25 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 27 yanvar, 3-son, 24-modda