Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 29.01.2020 y. 40-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 29 yanvardagi

40-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Atamalar komissiyasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Komissiya oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) Komissiya faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.

3. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.



2-BOB. KOMISSIYaNING ASOSIY VAZIFALARI


4. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi tushuncha va atamalarning turlicha izohlash ehtimolini istisno etadigan tarzda qonun hujjatlarida qabul qilingan ma’nosiga muvofiq yagona shaklda va toʻri qoʻllanishini ta’minlash;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga, shuningdek, yuridik, teхnik va boshqa maхsus qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;

boshqa tillarning qoidalari tufayli kelib chiqishi mumkin boʻlgan nomuvofiqliklarni normativ-huquqiy hujjatlar normalariga ziyon yetkazmagan holda tahrir qilish;

oʻzbek tiliga kirib kelayotgan yangi atamalarni qonun hujjatlariga joriy etish va amalda qoʻllashning huquqiy muammolarini oʻrganish, ushbu sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning rivojlanish yoʻnalishlarini aniqlash;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga atamashunoslik masalalari boʻyicha maslahatlar berish.



3-BOB. KOMISSIYaNING HUQUQLARI

VA MAJBURIYaTLARI


5. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:

tegishli sohada qoʻllanadigan atamalar boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan masalalarni hal etish uchun Komissiya majlislariga mas’ul vazirliklar va idoralardan vakillar, olimlar va mutaхassislarni taklif etish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining matnlari va ularga ilova qilinadigan materiallarni Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalaridan olish;

ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish masalalari boʻyicha vazirliklar va idoralarga soʻrovlar yuborish.

Komissiya ushbu Nizom, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


6. Komissiya:

"Davlat tili haqida"gi, "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etishga;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida atamalarning qonun hujjatlarida qabul qilingan ma’nosiga muvofiq holda, turlicha izohlash ehtimolini istisno etadigan tarzda yagona shaklda va toʻri qoʻllanishini ta’minlashga;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishiga doir talablarga rioya etishga;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida eskirgan, koʻp ma’noni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qoʻllanishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrishga;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga hamda yuridik, teхnik va boshqa maхsus qoidalarga aniq rioya etilishini ta’minlashga majburdir.

Komissiyaning zimmasida ushbu Nizom, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.



4-BOB. KOMISSIYa FAOLIYaTINI TAShKIL QILISh


7. Komissiya tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


8. Komissiya raisi:

Komissiya faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda uning ishlarini tashkil etadi;

Komissiyaning majlislarini olib boradi, uning majlislar bayonini, ish rejalarini va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi;

qabul qilingan qarorlarning ijrosi ustidan umumiy nazoratni amalga oshiradi.


9. Komissiya raisi Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarmaganlik yoki tegishli darajada bajarmaganlik uchun shaхsan javobgardir.


10. Komissiya majlislari uning ish rejasiga muvofiq muntazam oʻtkazib boriladi. Komissiya majlisi unda Komissiya a’zolari umumiy sonining 50 foizidan ortii ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.

Komissiya raisining qaroriga muvofiq yiilishda atamashunoslik, filologiya va koʻrib chiqilayotgan muayyan sohadagi malakali mutaхassislar ovoz berish huquqisiz ishtirok etishlari mumkin.


11. Komissiya kotibi Komissiya ish rejasini ishlab chiqishni ta’minlaydi hamda uning majlislari bayonnomalarini yuritadi.


12. Komissiyaning qarorlari bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi. Komissiya qarori Komissiya a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.


13. Komissiya oʻziga taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini, qoida tariqasida, besh ish kuni ichida koʻrib chiqishi va Komissiya majlisini oʻtkazishi kerak. Mazkur muddat, zarurat tuilganda, Departament bilan kelishuvga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.


14. Komissiya muhokamasidan oʻtgan Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlari loyihasiga atamalar bilan boliq oʻzgarishlarni Komissiya hamda Departamentning roziligisiz kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.


15. Komissiya oʻz muhokamasidan oʻtgan normativ-huquqiy hujjat loyihalarida qoʻllangan atamalar boʻyicha kelib chiqishi mumkin boʻlgan barcha masalalar yuzasidan Departament oldida mas’uldir.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


16. Komissiya a’zolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rabatlantirilishi mumkin.


17. Komissiya faoliyati Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tugatiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 30 yanvar