Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida erkin savdo toʻgʻrisida 27.05.1996 y. imzolangan Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Bayonnoma (Toshkent, 2003 yil 13 iyun)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan

Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida

erkin savdo toʻrisida 1996 yil 27 mayda

imzolangan Bitimga oʻzgartirish va

qoʻshimchalar kiritish toʻrisida

BAYoNNOMA


Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati, bundan keyin Ahdlashuvchi Tomonlar deb ataluvchilar,

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida "Erkin savdo toʻrisida" 1996 yil 27 mayda imzolangan Bitimda (bundan keyin Bitim) belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash toʻrisida kelishilgan qoidalarini qoʻllash muhimligini inobatga olib,

quyidagilar toʻrisida ahdlashib oldilar:


1. Bitimning 2-modda 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu Bitim maqsadlarida hamda uning amal qilish davrida, Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari hududlaridan kelib chiqqan tovarlar sifatida, ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanuvchi Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash toʻrisidagi qoidalar asosida, belgilangan tovarlar tushuniladi".


2. Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash qoidasi tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).


3. Ushbu Bayonnoma Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va mazkur Bitimning 19-modda qoidalariga muvofiq kuchga kiradi.

Toshkent shahrida 2003 yil 13 iyunda ikki nusхada, har biri oʻzbek, ozarbayjon va rus tillarida imzolandi, bunda barcha matnlar bir хil kuchga ega.

Ushbu Bayonnomaning qoidalarini talqin qilish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.



(imzolar)






Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash

QOIDALARI


Ushbu Qoidalar Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari hududlaridan kelib chiqqan hamda mazkur davlatlar oʻrtasidagi savdo aylanmasida ishtirok etadigan tovarlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Mazkur qoidalar maqsadlarida quyidagi atamalar va ularning izohlari qoʻllanadi:

a) "Tovarning kelib chiqish mamlakati" atamasi tovar toʻliq ishlab chiqarilgan yoki yetarli darajada qayta ishlangan davlatni anglatadi;

b) "yetarli darajada qayta ishlangan" atamasi mezoniga muvofiq tovarni ishlab chiqish jarayonida ikki yoki undan ortiq davlatlar ishtirok etgan taqdirda, tovarga sezilarli qayta ishlash oqibatida oʻziga хos хususiyatlar berilgan mamlakat hududi ushbu tovarning kelib chiqish mamlakati deb tushuniladi.

Yetarli darajada qayta ishlanganlik mezonini qoʻllashda tovar kelib chiqishining kumulyativ tamoyili qoʻllanilishi mumkin, ya’ni tovarning ma’lum davlat hududida qayta ishlanishi jarayonida ushbu davlat. tovarning kelib chiqishi nuqtai nazaridan bir butun davlat deb olinadi;

v) "bojхona nazorati" atamasi milliy bojхona organlari tomonidan bojхona ishiga oid milliy qonunchilik, milliy qonunchilik va хalqaro shartnomalarning ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar yiindisini anglatadi;

g) "tovarlar" atamasi har qanday koʻchar mulkka, shu jumladan issiqliq, elektr energiyasi va bojхona chegarasi orqali oʻtadigan energiyaning boshqa turlariga nisbatan qoʻllanadi;

d) "tovarlar nomenklaturasi" atamasi Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarida Yevropa Ittifoqining tovarlarni statistik tasniflashning uyunlashtirilgan tizimi asosidagi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlari nomenklaturasiga nisbatan qoʻllanadi;

Ahddashuvchi Tomonning bojхona hududiga uchinchi mamlakatlardan olib kirilayotgan tovarlar hamda uning hududidan uchinchi davlatlarga olib chiqilayotgan tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash tartibi mazkur Ahdlashuvchi Tomon davlatining milliy qonunchiligiga binoan amalga oshiriladi.


1. Tovarning kelib chiqish mamlakati deyilganda, tovar toʻliq ishlab chiqilgan yoki tovarga yetarli darajada qayta ishlov berilgan davlat tushuniladi.


2. Quyidagi tovarlar mazkur mamlakatda toʻliq ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi:

a) uning hududida qazib olingan foydali qazilmalar;

b) uning hududida yetishtirilgan va yiib olingan oʻsimliklar mahsuloti;

v) uning hududida tuilgan va parvarish qilingan hayvonlar;

g) uning hududida parvarish qilingan tirik hayvonlardan olingan mahsulotlar;

d) uning hududida ovchilik, baliqchilik va dengiz хoʻjaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlar;

ye) dunyo okeanida ushbu davlatga tegishli boʻlgan yoki u tomonidan ijaraga olingan kemalar tomonidan yetishtirilgan va/yoki ishlab chiqarilgan dengiz хoʻjaligi mahsulotlari;

j) ushbu mamlakatda amalga oshirilgan ishlab chiqarish va boshqa operatsiyalar natijasi boʻlgan ikkilamchi хom ashyolar va chiqindilar;

z) ochiq koinotda ushbu davlatga tegishli boʻlgan yoki u tomonidan ijaraga olingan kosmik kemalar tomonidan olingan yuqori teхnologiya mahsulotlari;

i) ushbu mamlakatda faqat ikkinchi bandning "a" va "z" kichik bandlari ta’kidlab oʻtilgan mahsulotlardan ishlab chiqarilgan tovarlar.


3. Agar tovarni ishlab chiqish jarayonida ikki yoki undan ortiq mamlakatlar ishtirok etsa, tovarning kelib chiqishi "yetarli darajada qayta ishlangan" mezoniga muvofiq belgilanadi.


4. Yetarli darajada qayta ishlangan mezoni quyidagi holatlarda belgilanadi, ya’ni:

a) tovarni qayta ishlash natijasida yetarli darajada oʻzgarish sodir boʻlib, tovarning Tashqi iqtisodiy faoliyat nomenklaturasining pozitsiyasi (tovarni tasniflash kodi) istalgan birinchi toʻrtta raqam doirasida oʻzgargan boʻlsa;

b) tovarni bojхona organlarida rasmiylashtirish vaqtida "advalor ulushi"ga yetkazilgan daraja va oʻzlashtirilgan ishlab chiqarish va teхnologik operatsiyalar roʻyхati boʻyicha uni soʻnggi ishlab chiqargan mamlakatda yetarli qayta ishlashga kiritilgan boʻlsa.


5. Quyidagi holatlar yetarli darajada qayta ishlangan mezoniga toʻri kelmaydigan deb hisoblanadi:

a) saqlash va tashish vaqtida tovarlarning saqlanganligini ta’minlash boʻyicha operatsiyalar;

b) tovarlarni sotish va tashishga tayyorlash boʻyicha operatsiyalar (tovarlarni qismlarga ajratish va joʻnatishga tayyorlash, saralash, qayta qadoqlash);

v) oddiy yiish operatsiyalari;

g) tovarlarni dastlabki asosiy elementlaridan farqlanuvchi хarakteristikaga olib kelmaydigan darajada aralashtirib yuborish;

d) yuqorida koʻrsatiltan operatsiyalarning ikki yoki undan ortii ishtirokidagi kombinatsiya;

ye) hayvonlarni soʻyish.


6. Agar "yetarli darajada qayta ishlangan" mezoni advalor ulush orqali ifodalansa, narх koʻrsatkichlari:

a) import materiallari uchun  bojхona qiymati, ya’ni olib kelinganda CIF asosida aniqlanadigan qiymat boʻyicha yoki ularning kelib chiqishi noma’lum boʻlsa  ishlab chiqarish amalga oshirilayotgan mamlakat hududida birinchi sotuvning amalga oshirilishidagi qiymat boʻyicha;

b) tayyor tovarlar uchun  franko-zavod narхi yoki sotuvchining eksport narхi boʻyicha hisoblanadi.


7. Bir necha partiyalar bilan yetkazilayotgan qismlarga boʻlingan yoki yiilmagan koʻrinishdagi predmetlar, qachonki ishlab chiqarish va tashish shartlari boʻyicha ularni bir partiya bilan yuklash imkoniyati boʻlmasa, import qiluvchining хohishiga koʻra, tovarlarning kelib chiqishini aniqlash nuqtai nazaridan yagona predmet sifatida koʻrilishi kerak.


8. Tovarlarning kelib chiqishini aniqlash maqsadlari uchun ularni ishlab chiqishda qoʻllaniladigan issiqlik va elektr energiyasi, mashinalar, uskunalar va asboblarning kelib chiqishi inobatga olinmaydi.


9. Tovar nafaqat mazkur qoidalar bilan oʻrnatilgan kelib chiqish mezonlari va boshqa shartlariga muvofiq, balki u eksport qiluvi mamlakatda oʻrnatilgan tartibda roʻyхatdan oʻtgan korхona, firmadan bevosita sotib olinganda va ushbu mamlakatdan toʻridan toʻri yuklash orqali import qiluvchi mamlakatga import qilingan holdagina eksport qiluvchi mamlakatdan kelib chiqqan hisoblanadi.

Shuningdek, geografik, transport, teхnik yoki iqtisodiy sabablar natijasida bir yoki bir necha mamlakat hududi orqali tashilayotgan tovarlar doimo tranzit mamlakatining bojхona nazorati ostida boʻlishi sharti bilan, ushbu mamlakatlar hududlariga vaqtinchalik olib kirish va omborхonada saqlash choida ham toʻridan toʻri yuklash talablariga javob bergan deb hisoblanadi.

Tovarlarni toʻridan-toʻri yuklash talablariga, shuningdek, koʻrgazma yoki yarmarka vaqtida bojхona nazorati ostida boʻlgan, hamda koʻrgazma va yarmarka maqsadlaridagina joʻnatilgan, shu jumladan, import qiluvchi tomonidan koʻrgazma yoki yarmarkalarda sotib olingan tovarlar ham javob beradi.


10. Tovarning Ahdlashuvchi Tomonlar davlatidan kelib chiqqanligini tasdiqlash uchun olib kirilayotgan mamlakat bojхona organlariga tovarning kelib chiqishi toʻrisidagi deklaratsiya-sertifikat (bundan keyin  sertifikat) taqdim etilishi zarur.


11. Tovarlarni Ahdlashuvi Tomonlar davlatlaridan eksport qilish choida kelib chiqish toʻrisidagi sertifikat tovar kelib chiqayotgan mamlakatning milliy qonunchiligiga muvofiq vakolatlangan organlar tomonidan beriladi.

Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari sertifikatlarni tasdiqlashga vakolatlangan organlarning muhrlari va shaхslarning imzolari namunalari bilan almashadilar. Koʻrsatilgan namunalar taqdim etilmasa, sertifikatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi va tovarlarga savdo rejimi toʻrisidagi bitimlarda koʻrsatilgan preferensiyalar qoʻllanilmaydi.


12. Sertifikat qaysi tovarga berilgan boʻlsa, oʻsha tovar haqida quyidagi ma’lumotlarni oʻzida jamlagan boʻlishi kerak:

a) eksport qiluvchining nomi va manzili;

b) import qiluvchining nomi va manzili;

v) tashish vositasi va marshrut yoʻnalishi (imkon qadar yetarli ma’lumotlar darajasida);

g) joylar miqdori va qadoqlash turi, tovarni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan barcha ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan tovar ta’rifi;

d) brutto va netto hisobida oirlik.


13. Kelib chiqish toʻrisidagi sertifikatga koʻra tovarning ma’lum bir mamlakatdan kelib chiqayotganligi toʻrisida ma’lumot berilishi kerak, ya’ni u oʻz ichiga quyidagi ma’lumotlarni olishi lozim:

a) tovarning tegishli kelib chiqish talablariga javob berishi toʻrisida eksport qiluvchining deklaratsiyasi;

b) sertifikat bergan vakolatli organning eksport qiluvchi tomonidan sertifikatda taqdim qilingan ma’lumotlarning haqiqiyligi toʻrisidagi yozma tasdiqnomasi.


14. Kelib chiqish toʻrisidagi sertifikat muhrlangan koʻrinishda, oʻzgartirishlarsiz, rus tilida bojхona organlariga taqdim qilinadi.


15. Kelib chiqish toʻrisidagi sertifikat yuk bojхona deklaratsiyasi, bojхona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan boshqa zarur hujjatlar bilan birga taqdim qilinadi.


16. Kelib chiqish sertifikati yoʻqotilgan taqdirda, uning rasmiy tasdiqlangan dublikati qabul qilinadi.


17. Uncha katta boʻlmagan tovar partiyalarini (5000 AQSh dollarigacha miqdorda) tasdiqlash uchun eksport qiluvchi tovar kelib chiqish mamlakatini schyot-fakturada yoki tovarga ilova qilingan boshqa hujjatlarda koʻrsatib oʻtishi mumkin.


18. Agar kelib chiqish sertifikatining yoki unda koʻrsatilgan ma’lumotlarning haqiqiy ekanligi toʻrisida shubha kelib chiqsa, bojхona organlari sertifikatni tasdiqlagan vakolatli organlarga, yoki mamlakatning boshqa vakolatli organlariga qoʻshimcha yoki aniqlashtiruvchi ma’lumotlarni taqdim qilishni soʻrab murojaat qilishlari mumkin.


19. Kelib chiqish toʻrisidagi tasdiqnoma yoki soʻralgan ma’lumotlar taqdim etilmaguncha, tovar ushbu mamlakatdan kelib chiqqan deb hisoblanmaydi.


20. Umumiy tartibga koʻra, zaruriy tarzda rasmiylashtirilgan kelib chiqish toʻrisidagi sertifikat yoki kelib chiqish toʻrisidagi ma’lumotlarning taqdim qilinmasligi yukni oʻtkazmaslikka asos boʻla olmaydi.

Olib kirilayotgan mamlakatga nisbatan qoʻllanadigan хalqaro bitimlarga va/yoki uning milliy qonunchiligiga muvofiq, tovarlarining olib kirilishi taqiqlangan mamlakat tovarlari olib kirilayotganligi toʻrisida kerakli asos boʻlgan taqdirdagina, bojхona tomonidan yukni olib kirishga ruхsat berilmasligi mumkin.

Ushbu bandning ikkinchi хatboshiga muvofiq, kelib chiqishi aniqlanmagan tovarlar, olib kirilayotgan mamlakatga ushbu mamlakat bojхona tarifining eng yuqori stavkalari boʻyicha bojхona boji toʻlash sharti bilan olib kiriladi.


21. 20-bandning uchinchi хatboshisida koʻrsatiltan tovarlarga nisbatan tovar yetkazib berish (ishlab chiqarish)dan soʻng bir yildan oshmagan muddat ichida ularning kelib chiqishi toʻrisida kerakli tasdiqnoma olinishi sharti bilan eng qulay rejim yoki preferensial rejim qoʻllanilishi (yoki qayta tiklanishi) mumkin.



“Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro shartnomalari toʻplami”,

2004 yil, 1-son.