Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mudofaa vazirligining 45-son, Ichki ishlar vazirligining 104-son, Davlat хavfsizlik хizmatining 38-son "Muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarga Oʻzbekiston Rsspublikasi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi 30.12.2019 y. Qarori (AV tomonidan 31.01.2020 y. 2914-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

31.01.2020 y.

N 2914-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MUDOFAA VAZIRLIGINING

30.12.2019 y.

N 45


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRLIGINING

30.12.2019 y.

N 104


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATINING

30.12.2019 y.

N 38


QARORI



"Muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy

хizmatchilarga Oʻzbekiston Rsspublikasi oliy

ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun

tavsiyanomalar berish tartibi toʻrisidagi

nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorni oʻz

kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 iyuldagi PF-5759-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat хavfsizlik хizmati QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy хavfsizlik хizmatining 2017 yil 14 iyuldagi 22, 30 va 82-son "Muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2914, 2017 yil 22 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 34-son, 901-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.

Mudofaa vaziri

B. Kurbanov

Ichki ishlar vaziri



P. Bobojonov

Davlat хavfsizlik хizmati raisi

A. Azizov

        


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 31 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 3 fevral, 4-son, 42-modda