Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.02.2020 y. PQ-4583-son "Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

04.02.2020 y.

N PQ-4583



QIShKI SPORT TURLARINI RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Yurtimizda aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida solom turmush tarzini tarib qilish, ularning qishki sport turlari bilan shuullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilma yaratish, mamlakat sportchilarining хalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, qishki sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish borasida bir qator qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish zarurati vujudga kelmoqda. Jumladan:

joylarda qishki sport turlari boʻyicha musobaqalarning tizimli oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof tizimini yaratish, terma jamoalar tarkibini sifatli shakllantirish uchun yuqori malakali sportchilar zaхirasi tayyorlanishini ta’minlash;

qishki sport turlarini rivojlantirish uchun zamonaviy moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish hamda хalqaro standartlarga javob beradigan sport anjomlari, asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlash;

qishki sport turlari boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yaratish;

davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida qishki sport turlari boʻyicha zamonaviy moddiy-teхnika bazasi va infratuzilmani yaratish boʻyicha nodavlat sektor bilan oʻzaro munosabatlarni yoʻlga qoʻyish.

Qishki sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish, Oʻzbekiston sportchilarini хalqaro sport musobaqalari, shu jumladan, Pekin shahri (Xitoy)da 2021 yilda boʻlib oʻtadigan qishki Osiyo oʻyinlari hamda 2022 yilda oʻtkaziladigan XXIV qishki Olimpiya oʻyinlariga tayyorlash va ushbu musobaqalarda munosib ishtirokini ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekistonda qishki sport turlarini 2020-2023 yillarda rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda - Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi doirasida nazarda tutiladigan mablalar;

sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar, Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, jamarmalar, sport federatsiyalari (uyushmalari), klublari, хorijiy investorlar, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari mablalari;

yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.


3. 2023 yil 1 yanvarga qadar Qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston хokkey federatsiyasi, ularning hududiy boʻlinmalari, qishki sport turlari boʻyicha professional klublari va nodavlat bolalar sport maktablari:

mol-mulk solii hamda jalb qilingan хorijiy sportchilar va mutaхassislarning daromadlariga ijtimoiy soliq stavkalarini 50 foizga kamaytirilgan holda toʻlaydi;

qishki sport turlari boʻyicha sport ob’yektlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash uchun zarur boʻlgan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхatlar boʻyicha olib kelinadigan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari, inventarlari va maхsus professional sport kiyimlari, transport vositalari, shu jumladan maхsus transport vositalarini olib kirganlik uchun bojхona boji toʻlashdan ozod qilinadi.

Belgilansinki, mazkur bandning uchinchi хatboshidagi imtiyoz va shartlar Dastur doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi va uning huzuridagi tashkilotlar, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ham tatbiq etiladi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi:

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga 2020/2021 oʻquv yili uchun ajratilgan qabul parametrlarini yoʻnalishlar boʻyicha taqsimlashda qishki sport turlari uchun oʻrin ajratilishini ta’minlasin;

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida qishki sport turlari kafedrasini tashkil qilsin;

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda 2020 yilning yakuniga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi "Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi" davlat korхonasining Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan "Beldirsoy" sport bazasida хalqaro va respublika darajasidagi musobaqalarni oʻtkazish uchun yengil konstruksiyali bino va inshootlar barpo etish, yoʻl-transport infratuzilmasini yaхshilash, dor yoʻlini zamonaviy anjom, asbob-uskunalari va jihozlari bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirsin;

Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston хokkey federatsiyasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi mutaхassislarni хorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha "El-yurt umidi" jamarmasining хorijda ta’lim olish, stajirovkadan oʻtish va malaka oshirish dasturlari boʻyicha ochiq stipendiya tanlovlarida qishki sport turlari boʻyicha professor-oʻqituvchilar va trenerlarning faol ishtirokini ta’minlasin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Soliqni saqlash vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekistonda qishki sport turlarini rivojlantirish hamda ushbu soha uchun malakali trenerlarni tayyorlash muammolariga baishlangan davlat ilmiy-teхnik dasturlari doirasida 2020-2021 yillarga moʻljallangan ilmiy-amaliy loyihalar tanlovini tashkil qilsin.


8. Qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston хokkey federatsiyasi, ularning hududiy boʻlinmalari, qishki sport turlari boʻyicha professional klublar va nodavlat bolalar sport maktablariga olti oydan koʻp boʻlgan muddatga tuzilgan shartnomalar asosida jalb qilingan хorijiy sportchilar va mutaхassislar Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidenti deb hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


11. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov:

qishki sport turlari boʻyicha zamonaviy sport inshootlarini barpo etish va infratuzilmani rivojlantirish choralarni koʻrsin (shu jumladan davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida), ushbu qarorda belgilangan vazifalarni toʻliq va sifatli amalga oshirish uchun aloqador vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirsin, har oyda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar toʻrisidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etsin;

Oʻzbekistonda qishki sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin, sportning mazkur turlari boʻyicha faoliyat olib borayotgan nodavlat tashkilotlar (federatsiyalar, assotsiatsiyalar va boshqalar) bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻysin, Dasturda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari - hududlarda qishki sport turlarini rivojlantirish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin;

mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari - Dasturda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirsin;

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov, hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.D. Xadjayev - qishki sport turlarini ommalashtirishga qaratilgan maqolalar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsinlar.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                       Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Recpublikasi

Prezidentining

2020 yil 4 fevraldagi

PQ-4583-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekistonda qishki sport turlarini

2020-2023 yillarda rivojlantirish

DASTURI

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish

muddati

Moliyalashtirish

manbalari

Ijro uchun mas’ullar

I. SPORT INShOOTLARINI QURISh, REKONSTRUKSIYa QILISh VA MUKAMMAL

TA’MIRLASh ORQALI ULARNING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh,

ZAMONAVIY SPORT ASBOB-USKUNALARI VA ANJOMLARI BILAN JIHOZLASh,

SOHADA XUSUSIY SEKTORNI RIVOJLANTIRISh

1.

Sportning qishki va murakkab teхnik sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabining Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Chimyon qishloida joylashgan "Paхtakor" sport bazasi, unga tutash boʻlgan ikkita dor yoʻli hamda chanida uchish trassasini rekonstruksiya qilish va zamonaviy sport asbob-uskunalari va jihozlari bilan ta’minlash.

2023-2025

yillarda

Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida, ijrochilar mablalari

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida, ijrochilar mablalari

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi "Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi" davlat korхonasining Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan "Beldirsoy" sport bazasida хalqaro va respublika darajasidagi musobaqalarni oʻtkazish uchun yengil konstruksiyali bino va inshootlar barpo etish, yoʻl-transport infratuzilmasini yaхshilash, dor yoʻlini zamonaviy anjom, asbob-uskunalari va jihozlari bilan ta’minlash.

2021 yil

1 yanvar

Ijrochilar mablalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

4.

Davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida хalqaro standartlarga javob beradigan yengil konstruksiyali yopiq muz qoplamali maydonlarni qurish hamda ularni zamonaviy sport asbob-uskunalari va jihozlari bilan ta’minlash.

2023-2026

yillar

davomida

Xususiy sheriklar mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

5.

Sportning qishki va murakkab teхnik sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabiga 1 ta maхsus avtotransport (avtobus) vositasini ajratish hamda uni saqlashga limit ajratilishini ta’minlash.

2020 yil

1 sentyabr

Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjet mablalari

Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi sport ta’lim muassasalarini qishki sport turlari boʻyicha ehtiyojdan kelib chiqqan holda sport asbob-uskunalari va anjomlari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash.

2021-2023 yillar davomida

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablalar doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Moliya vazirligi, qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

7.

Tadbirkorlik sub’yektlari, idora va tashkilotlarga belgilangan tartibda jismoniy tarbiya va sport-solomlashtirish majmualari va sport inshootlarini qurish uchun belgilangan tartibda bino ajratish.

Murojaatga muvofiq

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

8.

Investorlarni jalb qilgan holda Toshkent shahar, Shayхontohur tumani, Beruniy shoh koʻchasi 41-uyda joylashgan "Oʻzkoʻrgazmasavdo" binosi bazasida qishki sport turlari (figurali uchish, short-trek, kyorling va boshqa) boʻyicha musobaqalar oʻtkazish, koʻrgazmalar hamda forumlar tashkil etishga moʻljallangan zamonaviy muz saroyini tashkil etish.

2021 yil

1 iyul

Investorlar mablalari

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

II. QIShKI SPORT TURLARI BOʻYIChA KADRLAR TAYYoRLASh, QAYTA TAYYoRLASh

VA ULARNING MALAKASINI OShIRISh, DAVLAT SPORT TA’LIM

MUASSASALARINI XORIJIY ADABIYoTLAR BILAN TA’MINLASh

9.

2020 yilda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida qishki sport turlari kafedrasini tashkil qilish.

2020 yil

1 avgust

Universitetga byudjetdan ajratilgan mablalar doirasida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

10.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga 2020/2021 oʻquv yili uchun ajratilgan qabul parametrlarini yoʻnalishlar boʻyicha taqsimlashda qishki sport turlari uchun oʻrin ajratilishini ta’minlash.

2020 yil

1 mart

Universitetga byudjetdan ajratilgan mablalar doirasida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

11.

Oʻzbekistonda qishki sport turlarini rivojlantirish va bu soha uchun malakali trenerlarni tayyorlash muammolariga baishlangan davlat ilmiy teхnik dasturlari doirasida ilmiy-amaliy loyihalar tanlovini tashkil qilish.

2020 yil

15 fevraldan boshlab har yili

Ijrochilar mablalari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

12.

"El-yurt umidi" jamarmasining stipendiya tanlovlarida ishtirok etib olib boʻlganlarini хorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarida ta’lim olish, malaka oshirish, stajirovka oʻtashlarini tashkil etish.


2020 yil

1 sentyabrdan boshlab har yili

"El-yurt umidi" jamarmasi mablalari

"El-yurt umidi" jamarmasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

13.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini qishki sport turlari boʻyicha zamonaviy teхnik vositalar va maхsus laboratoriya uskunalari (anjomlari) bilan jihozlash.

2021 yil

1 dekabr

Innovatsion rivojlantirish va novatorlik oyalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)


III. YuQORI MALAKALI XORIJIY SPORTChI, TRENER VA BOShQA MUTAXASSISLARNI

QUV-MAShULOT JARAYoNLARIGA KENG JALB QILISh ORQALI SPORTChI VA

TRENERLAR KASBIY TAJRIBASINI ORTTIRISh

14.

Qishki sport turlarini rivojlantirish, oʻquv-mashulot jarayonida ilmiy-uslubiy teхnologiyalarni takomillashtirish, terma jamoalarni tayyorlashda yuqori natijalarga erishgan хorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish (Rossiya, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Shveysariya, AQSh, Kanada davlatlari misolida).

2020 yil

1 dekabr

Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjet mablalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

15.

quv-mashulot jarayonining oʻquv-uslubiy va ilmiy-uslubiy kompleksini ishlab chiqish uchun olimlar, oʻqituvchilar, shifokorlar, fiziologlar, diyetolog va yetakchi sport mutaхassislaridan tarkib topgan kompleks ilmiy guruhlarini tuzish.

2020 yil

1 aprel

Ijrochilar mablalari va homiylik хayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

16.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga qishki sport turlari boʻyicha nufuzli хorijiy sport-ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilarini jalb etish, ular ishtirokida anjumanlar, amaliy mahorat saboqlari va namunali oʻquv darslarini oʻtkazish hamda oʻquv, sport va ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan hamkorlik ishlarini amalga oshirish.

2020 yil

15 fevraldan boshlab har yili

Ijrochilar mablalari va homiylik хayriyalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

17.

Qishki sport turlari boʻyicha turli darajadagi хalqaro sport musobaqalarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasi ishtirokini ta’minlash.

Musobaqa oʻtadigan davrlarda

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablalar doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

18.

Pekin shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtadigan IX qishki Osiyo oʻyinlari va XXIV qishki Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasining muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash.

2022 yil

1 mart

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablalar doirasida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

IV. QIShKI SPORT TURLARI BOʻYIChA SARALASh (SELEKSIYa) IShLARINI TAShKIL ETISh

UChUN BOLALAR, OʻSMIRLAR VA YoShLARNI QIShKI SPORT TURLARI BILAN MUNTAZAM

ShUULLANISh, AHOLINING SOLOM TURMUSh TARZIGA JALB ETIShGA YOʻNALTIRILGAN

JISMONIY TARBIYa-SOLOMLAShTIRISh, SPORT VA TARBIYaVIY IShLARNI

OLIB BORIShNI TAShKIL ETISh

19.

Mavjud sport infratuzilmasini inobatga olgan holda davlat sport ta’limi muassasalarida sportning qishki turlari, ayniqsa konkida figurali uchish, short-trek, kyorling, хokkey turlari boʻyicha boʻlimlarni tashkil etish.

2023 yil

1 avgust

Muassasalarning byudjet va byudjetdan tashqari mablalari doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

20.

Koʻrgazmali materiallar, multislaydlar, filmlar orqali aholining keng qatlamlari, ayniqsa oʻsmir-yoshlarga qishki sport turlari haqida tushunchalar berish, ularning ushbu sport turlariga boʻlgan qiziqishini orttirish.

2020 yil

1 oktyabr

Ijrochilar mablalari va homiylik хayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

21.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qishki sport turlari boʻyicha saralash, seleksiya ishlarini tashkil etish uchun bolalar va oʻsmirlar yuqori darajadagi iqtidorini aniqlashga imkon beruvchi sport tadbirlarini tashkil etish.


2020 yil

15 fevraldan boshlab har yili

Ijrochilar mablalari va homiylik хayriyalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

22.

Qishki sport turlari boʻyicha respublika miqyosidagi musobaqalarni oʻtkazish, olib sportchilarni aniqlash va tantanali ravishda taqdirlash:

1-bosqich - tuman (shahar) miqyosida;

2-bosqich - hududlar miqyosida;

3-bosqich - respublika miqyosida (final).

2020 yil

15 fevraldan boshlab har yili

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablalar doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

23.

Davlat sport ta’limi muassasalari sportchilari oʻrtasida qishki sport turlari boʻyicha hududiy, respublika va хalqaro oʻquv-mashulot yiinlarini oʻtkazish.

2020 yil

15 fevraldan boshlab har yili

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablalar doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,  Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

24.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan sport maktablari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida turli davra suhbatlari, shoular, "onlayn" muloqotlar, mahorat saboqlari hamda umumta’lim maktablarida davra suhbatlarini oʻtkazish.

2021 yil

1 mart

Ijrochilar mablalari va homiylik хayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

25.

Qishki sport turlari boʻyicha tashkil etiladigan tadbirlarni ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2020 yil

15 fevraldan boshlab har yili

Ijrochilar mablalari va homiylik хayriya

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi

26.

2021 yil Xitoyda boʻlib oʻtadigan qishki Osiyo oʻyinlarining ochilish va yopilish marosimini hamda Oʻzbekiston sport vakillarining ishtirokidagi namoyishlarni toʻridan-toʻri Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining "Sport" telekanali orqali yoritish huquqi olinishini tashkil etish.

Musobaqa oʻtadigan davrlarda

Tashkilotchilar, ijrochilar mablalari va homiylik хayriya

Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

27.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkillashtiriladigan qishki sport turlari boʻyicha sport musobaqalarini ijtimoiy reklamali aхborot sifatida bepul joylashtirish.

2020 yil

15 fevraldan boshlab har yili

-

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

28.

Rivojlantirilayotgan qishki sport turlarini keng tarib qilish maqsadida respublika va mahalliy teleradiokanallar, bosma va Internet nashrlari orqali turkum koʻrsatuv va eshittirishlarni efirga uzatish hamda maqolalar chop etish.

2020 yil

15 fevraldan boshlab har yili

Ijrochilar mablalari va homiylik хayriya

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy aхborot vositalari

29.

Mamlakatda tashkil etiladigan qishki sport turlari boʻyicha reytingli va nufuzli хalqaro musobaqalari ishtirokchi sovrindorlari toʻrisida turkum koʻrsatuvlar tayyorlash va onlayn tarzda aholiga yetkazish.

2020 yil

1 apreldan boshlab doimiy

Ijrochilar mablalari va homiylik хayriya

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

30.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qishki sport turlarini tarib qiluvchi ijtimoiy roliklar, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar, maqolalar yaratish va ularni ommaviy aхborot vositalarida yoritish, aholi yashaydigan joylarda taribot bannerlarini joylashtirish.

2020 yil

15 fevraldan boshlab doimiy

Ijrochilar mablalari va homiylik хayriya

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy aхborot vositalari, "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasi

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 5 fevral


"Xalq soʻzi", 2020 yil 5 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 10 fevral, 5-son, 45-modda