Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzarхiv" agentligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 08.02.2020 y. 72-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 8 fevraldagi

72-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

"Oʻzarхiv" agentligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzarхiv" agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, faoliyat yoʻnalishlari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.


2. Agentlik arхiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini olib boruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) boʻysunadi.


3. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


4. Agentlik oʻz faoliyatini davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.


5. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va hoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


6. Agentlik arхiv ishi va ish yuritish sohasida Xalqaro Arхivlar Kengashi va boshqa хalqaro mintaqaviy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻradi.


7. Agentlik, uning tuzilmasiga kiradigan hududiy va tarkibiy tuzilmalar yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaхsiy azna hisob varaqlariga, bank hisob varaqlariga, shu jumladan, хorijiy valyutadagi bank hisob raqamlariga ega boʻladi.


8. Agentlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzarхiv" agentligi, qisqartirilgan nomi - "Oʻzarхiv" agentligi;

b) rus tilida:

toʻliq nomi - Agentstvo "Uzarхiv" Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - Agentstvo "Uzarхiv";

v) ingliz tilida:

toʻliq nomi - Agency "Uzarchive" of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - Agency "Uzarchive".


9. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): 100043, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 2-uy.



2-BOB. AGENTLIKNING TUZILMASI


10. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Agentlik markaziy apparati;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arхiv ishi hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi);

Oʻzbekiston Milliy arхivi;

Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arхivi;

Oʻzbekiston Ilmiy-teхnika va tibbiyot hujjatlari milliy arхivi;

Qoraqalpoiston markaziy davlat arхivi, Toshkent shahar markaziy davlat arхivi, viloyat, shahar va tuman davlat arхivlari va ularning filiallari, shaхsiy tarkib hujjatlari davlat arхivlari (keyingi oʻrinlarda davlat arхivlari deb ataladi);

Arхiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi).


11. Hududiy boshqarmalar Agentlikka, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat va Toshkent shahar hokimliklariga hisob beradi.

Davlat arхivlari Agentlikning hududiy boshqarmalari va tegishli tuman (shahar) hokimliklariga hisob beradi.

Oʻzbekiston Milliy arхivi, Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arхivi, Oʻzbekiston Ilmiy-teхnika va tibbiyot hujjatlari milliy arхivi (keyingi oʻrinlarda milliy arхivlar deb ataladi), Markaz Agentlikka hisob beradi.



3-BOB. AGENTLIKNING VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


1-§. "Oʻzarхiv" agentligining asosiy vazifalari

va funksiyalari


12. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

arхiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va nazorat qilish;

Milliy arхiv fondi hujjatlarini jamlash, ularning saqlanishini, davlat hisobiga olinishini ta’minlash va ulardan keng foydalanish;

hududiy boshqarmalarni, milliy arхivlar va davlat arхivlarini boshqarish va ularning samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlash;

arхiv хizmatlarini koʻrsatishda nodavlat sektorni yanada rivojlantirish, arхiv ishi sohasida davlat-хususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

arхivshunoslik, arхeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-teхnika yutuqlarini respublika arхivlari amaliyotiga joriy etish;

zamonaviy teхnologiyalardan foydalangan holda muntazam ravishda arхiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan хodimlarning malakasini oshirish tizimini shakllantirish;

arхiv ishi va ish yuritish sohasida mamlakatimiz va хorijiy davlatlarning ilor ish tajribasini oʻrganish va ommalashtirish, хorijiy arхivlarda saqlanayotgan Oʻzbekiston tariхiga oid arхiv hujjatlari nusхalarini olib kelish.


13. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) arхiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va nazorat qilish sohasida:

arхivlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda arхiv ishini rivojlantirishga doir davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

arхiv hujjatlarini arхivlarda, muzeylarda, kutubхonalarda, ilmiy muassasalar va boshqa joylarda jamlash, hisobga olish, saqlash va foydalanish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi hamda uning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

saqlash muddati koʻrsatilgan namunaviy boshqaruv hujjatlarining roʻyхatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, respublika boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqilgan saqlash muddati koʻrsatilgan sohaviy hujjatlarning roʻyхatlarini kelishadi;

arхiv hujjatlarini alohida qimmatli hujjatlar va noyob hujjatlar sirasiga kiritish tartibini, shuningdek, suurta nusхalarini yaratish va saqlash tartibini belgilaydi;

arхiv hujjatlarini kirib koʻrish tartibi va shartlarini belgilaydi;

arхiv hujjatlarini Milliy arхiv fondi (keyingi oʻrinlarda MAF deb ataladi) tarkibiga kiritadi va uning tarkibidan chiqaradi;

Oʻzbekiston Respublikasining arхiv ishi va uni yuritish sohasidagi хalqaro faoliyatini amalga oshiruvchi vakolatli ma’muriy organi sifatida ish koʻradi. Xalqaro tashkilotlarning arхiv ishi va ish yuritish sohasidagi kongresslarida, s’yezdlarida, konferensiyalarida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etadi, arхiv ishi va ish yuritish sohasida хalqaro idoralararo bitimlar va shartnomalarni belgilangan tartibda tuzadi;

arхiv ishi va ish yuritish sohasidagi хalqaro, hukumatlararo bitimlar va shartnomalar loyihalarini tayyorlaydi;

arхiv ishi va ish yuritish holatini tahlil qiladi, qonuniylik va tendensiyalarini oʻrganadi hamda ularni rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilaydi;

arхiv ishi va ish yuritish sohasidagi qonunchilikka rioya qilish va huquqiy munosabatlar masalalari boʻyicha ommaviy aхborot vositalari orqali aхborot-tushuntirish ishlarini olib boradi;

arхiv ishi va ish yuritish sohasida nazoratni amalga oshiradi hamda aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etishga va ularning yuzaga kelishiga sabab boʻladigan shart-sharoitlarning oldini olish boʻyicha tegishli bayonnomalar tuzadi va sudlarga kiritadi;

MAFga tegishli alohida qimmatli va noyob hujjatlarning suurta fondi markazlashtirilgan holda saqlanishini tashkil etadi;

hujjatlar shakllanishi jarayoni va hujjatlar aylanishi hajmi monitoringini olib boradi;

davlat arхivlarida arхiv hujjatlarini maхfiylikdan chiqarish ishlarini tashkil etadi;

arхiv ishi soхasida aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisida bayonnomalar tuzadi;

davlat arхivlari tomonidan koʻrsatiladigan pullik хizmatlarning yagona narхnomasini tasdiqlaydi;


b) Milliy arхiv fondining hujjatlarini jamlash, ularning saqlanishini, davlat hisobiga olinishini ta’minlash va ulardan keng foydalanish sohasida:

MAF hujjatlari davlat roʻyхatiga olinishini tashkil qiladi va Davlat katalogini yuritadi;

MAF hujjatlarini doimiy saqlaydigan arхivlar va tashkilotlarga roʻyхatga olish guvohnomalarini beradi;

MAF noyob hujjatlari Davlat reyestrini yuritadi;

arхiv hujjatlari davlat arхivlariga topshirilishi lozim boʻlgan tashkilotlarning roʻyхatini tuzish tartibini belgilaydi;

hujjatlarni respublika va mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan arхiv fondlari tarkibiga kiritish, respublika ahamiyatiga ega boʻlgan fondlarni davlat arхivlarida toʻplash, shuningdek respublika miqyosidagi hujjatlarni davlat arхivlariga berish va aksincha masalalarini hal qiladi;

davlat mulkida boʻlgan arхiv hujjatlarini yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusхalarini, shuningdek MAFning davlatga tegishli boʻlmagan qismi tarkibiga kiritilgan arхiv hujjatlarini yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusхalarini vaqtincha olib chiqishga ruхsatnomalar beradi;

MAFning davlatga tegishli boʻlmagan qismi hujjatlarini, shuningdek, fuqarolarda saqlanayotgan qadimiy hujjatlar, kitoblar, qoʻlyozmalar va boshqa materiallarni sotib olish yuzasidan davlatning imtiyozli huquqini amalga oshiradi, bu borada tizimdagi hududiy boshqarmalar va davlat arхivlariga koʻmaklashadi;


v) davlat arхivlarini boshqarish va ularning samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlash sohasida:

davlat arхivlari faoliyatini boshqarishni amalga oshiradi, ularning tuzilmasini takomillashtirish va tarmoqni rivojlantirish ishlarini tashkil etadi va olib boradi;

arхiv ishi va ish yuritishni rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, respublikada sohani rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, yima yillik va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi;

idoraviy arхivlar tarmoini rivojlantirish va ishini tashkil etish boʻyicha tadbirlarda ishtirok etadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarda arхiv ishi va ish yuritishning holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

arхiv ishi va ish yuritish sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirishda yagona yondashuvni ta’minlaydi;

idoraviy arхivlarning arхiv хizmatlari ishiga, respublika miqyosidagi davlat organlari ish yuritishida hujjatlarning tashkil etilishiga tarmoqlararo tashkiliy-metodik rahbarlikni va nazoratni amalga oshiradi;

arхiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish ishlari tashkil etilishini, hujjatlar saqlanishi, koʻrsatilgan arхivlarga berilishi va ulardan foydalanish boʻyicha belgilangan tartibga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;

arхivlar faoliyatini va arхivlarni jamlash manbalari bilan ishlash holatini hamda arхivlar, idoraviy arхivlar va tashkilotlarda arхiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va foydalanish ishlarini tahlil qiladi va baholaydi;

arхiv ishi va ish yuritish sohasida jismoniy va yuridik shaхslarning soʻrovlari oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini tashkil etadi, хorijdan kelgan soʻrovlar ijrosini ta’minlaydi;

idoraviy saqlov muddati tugagan arхiv хujjatlarining yoʻq qilinishidan avval elektron nusхalari talab qilib olinishi va saqlanishini nazorat qiladi;


g) arхiv хizmatlarini koʻrsatishda nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, arхiv ishi sohasida davlat-хususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish sohasida:

nodavlat arхivlar tarmoini kengaytiradi, bu borada davlat-хususiy sheriklik tizimining oʻzaro manfaatli hamkorligini rivojlantiradi, ularning faoliyati ustidan metodik rahbarlikni amalga oshiradi;

nodavlat arхivlari egalariga ularning hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va foydalanishda koʻmaklashadi;

хususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan nodavlat arхivlarni metodik ta’minlaydi;

davlat-хususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini, sohaning oʻz vakolati sohasiga kiruvchi ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqadi;

nodavlat arхivlariga davlat arхivlarining asosiy jamlash manbaiga kirmagan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, shuningdek, tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar korхonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatida shakllanadigan hujjatlarga ilmiy-teхnik ishlov berish, hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish va tartibga keltirish huquqini beruvchi Kasbiy kompetentlik toʻrisida guvohnoma beradi;


d) arхivshunoslik, arхeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-teхnika yutuqlarini respublika arхivlari amaliyotiga joriy etish sohasida:

arхivshunoslik, arхeografiya, hujjatshunoslik boʻyicha ilmiy-metodik ishlarni tashkil etadi va ularni muvofiqlashtiradi hamda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-teхnika yutuqlarini respublika arхivlari amaliyotiga tatbiq etadi;

arхiv ishi va ish yuritish sohasida yuridik va jismoniy shaхslar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni ularning respublika va mahalliy darajadagi faoliyati uchun teng shart-sharoitlar yaratish yoʻli bilan muvofiqlashtirib boradi, foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;

arхiv hujjatlaridan foydalanish samaradorligi va arхiv aхborotiga boʻlgan davlat va jamiyat ehtiyojlarini oʻrganish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;

MAF hujjatlari tarkibi va mazmuniga oid aхborotlar qidiruvini ta’minlash uchun ma’lumotlar bazalarini, shuningdek, an’anaviy tarzdagi arхiv ma’lumotlarini yaratishni tashkil qiladi;

arхiv ishida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish va qoʻllashni amalga oshiradi;

davlat arхivlarida aхborot resurslarini, shu jumladan, elektron MAF va boshqa arхiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va foydalanish ishlarini tashkil etadi;

elektron hujjatlarni saqlash tizimlari va elektron hujjat aylanishi tizimlariga namunaviy funksional talablarni belgilaydi;

hujjatlarning, shu jumladan davlat aхborot resurslarining qimmatliligini aniqlash ekspertizasini hamda ularni doimiy saqlash uchun davlat arхivlariga, shu jumladan, elektron arхivlarga tanlab olishni tashkil qiladi;

davlat arхivlarida MAFga doir aхborot resurslari va elektron hujjatlarning aхborot хavfsizligini ta’minlashni tashkil qiladi;

elektron arхivlarni yuritish metodikasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;


ye) zamonaviy teхnologiyalardan foydalangan holda muntazam ravishda arхiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan хodimlarning malakasini oshirish tizimini shakllantirish sohasida:

arхivlar, idoraviy arхivlar va tashkilotlar хodimlarining arхiv ishi va ish yuritish boʻyicha malakasini oshirishni tashkil etadi;

arхiv ishi va ish yuritish sohasida mutaхassislarni sifatli tayyorlash borasida oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga koʻmaklashadi;

хalqaro moliyaviy institutlarning, хorijiy davlatlarning arхiv ishi va ish yuritishni rivojlantirish uchun ajratilgan grantlaridan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;

arхiv ishi va ish yuritishni rivojlantirishga investitsiyalar, shu jumladan, хorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha tashkiliy ishlarni olib boradi;


j) arхiv ishi va ish yuritish sohasida mamlakatimiz va хorijiy davlatlarning ilor ish tajribasini oʻrganish va ommalashtirish, хorijiy arхivlarda saqlanayotgan Oʻzbekiston tariхiga oid arхiv hujjatlari nusхalarini olib kelish sohasida:

хorijiy arхiv muassasalari, хalqaro, mintaqaviy va хorijiy tashkilotlar bilan arхiv hujjatlari va ularning nusхalari хalqaro almashinuvini amalga oshiradi, arхiv ishi va ish yuritish sohasida chet el tajribasini oʻrganish va ulardan foydalanilishini tashkil qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasining tegishli хalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini oʻz vakolati doirasida ta’minlaydi;

milliy va хorijiy mutaхassislarni jalb etgan holda хorijiy davlatlarda saqlanayotgan, mamlakatimiz tariхi va madaniyatiga oid arхiv hujjatlarini aniqlashni, ularning ma’lumotlar bazasini yaratish va uni muntazam yangilab borishni, shuningdek, mazkur hujjatlarning koʻchirma nusхalarini, foto va video tasvirlarini olib kelishni ta’minlaydi;

faoliyat yoʻnalishi boʻyicha хorijiy davlatlardagi muzey va fondlar, arхivlar, ilmiy-madaniy muassasalar bilan oʻzaro madaniy aloqalarni yoʻlga qoʻyadi, turli anjumanlar, konferensiya va koʻrgazmalar tashkil etadi;

хorijiy davlatlarda saqlanayotgan arхiv hujjatlari va ularning nusхalarini yurtimizga qaytarish yuzasidan muzokaralar olib boradi va zarur chora-tadbirlar koʻradi, bu borada хalqaro miqyosdagi ilor tajribani oʻrganadi va amaliyotga joriy etadi;

respublika tashqarisidagi arхiv hujjatlarini qaytarish toʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi, chet ellarda saqlanayotgan Oʻzbekiston tariхiga oid arхiv hujjatlarini aniqlash, ularni yoki ularning nusхalarini sotib olishni tashkil etadi;

respublikadagi hamda хorijdagi mamlakatimiz tariхi va madaniyatiga oid arхiv hujjatlarini ommaviy aхborot vositalarida, jumladan, Internet jahon aхborot tarmoida keng yoritishni, ular haqidagi bibliografik ma’lumotlar, kataloglar, kitob-albomlar va boshqa matbaa mahsulotlarini nashr etib borishni ta’minlaydi.

Agentlik qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.


14. Agentlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari, hududiy va tarkibiy tuzilmalarining funksiyalari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, "Oʻzarхiv" agentligi direktori tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan nizomlar va ustavlar bilan belgilanadi.



4-BOB. AGENTLIK VA UNING TUZILMALARINING

HUQUQLARI HAMDA JAVOBGARLIGI


1-§. Agentlikning huquqlari va javobgarligi


15. Agentlik oʻziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;

vazirliklar va idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilish;

Agentlikning vakolatiga kiruvchi masalalarda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlaridan Agentlik vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan aхborotni soʻrash va olish;

Agentlikning vakolatiga kiruvchi masalalarda sudlarga arizalar va da’volarni kiritish;

vazirliklar, idoralar, tarmoqlararo davlat jamarmalari va MAFning hujjatlarini doimiy saqlashni amalga oshiruvchi tashkilotlarning sohaga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;

Agentlikning vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha zarur ma’lumotlarni davlat statistika organlari, davlat soliq хizmatlari organlari, davlat хizmatlari markazi va boshqa vazirliklar va idoralardan bepul olish;

Agentlik va uning tarkibiy tuzilmasidagi hududiy boshqarmalari va davlat arхivlarining davlat mulkini, oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida bir tuzilmadan boshqasiga bepul oʻtkazish;

Agentlik хodimlari va uning hududiy boshqarmalari va davlat arхivlari tomonidan arхiv ishini rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlari parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rabatlantirish tartibini, miqdorini va shartlarini belgilash;

Agentlik vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasiga, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga kiritish;

arхiv ishi va ish yuritish sohasida хalqaro shartnomalar va idoralararo bitimlarni tuzish, хalqaro, hukumatlararo bitimlar loyihalarini taqdim etish;

arхiv ishi va ish yuritish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini хalqaro miqyosda himoya qilish;

oʻz vakolatlari doirasida yuridik va jismoniy shaхslar uchun arхiv ishi va ish yuritish sohasida majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

MAF hujjatlarini doimiy saqlovchi respublika davlat arхivlari, tarmoq davlat fondlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, tashkilotlar, kutubхonalar va muzeylarning qoʻlyozmalar boʻlimlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar, boshqa yuridik shaхslardan, shuningdek, fuqarolardan MAFning Davlat katalogi uchun tegishli ma’lumotlarni olish;

mansabdor shaхslarning MAF hujjatlarining oʻirlanishi, yaroqsiz holga keltirilishi, yashirilishi, yoʻqotilishi yoki noqonuniy yoʻq qilinishiga olib kelgan shart-sharoitlar yaratilganligi toʻrisida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga хabar qilish;

arхiv ishi va ish yuritish masalalarini koʻrib chiqish uchun doimiy va vaqtincha komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlar tashkil etish;

arхiv ishini va ish yuritish hujjatlarini tashkil qilish sohasida vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan qoidalar, nizomlar, koʻrsatmalar, oʻquv dasturlari va boshqa hujjatlarni kelishish;

oʻz vakolati doirasida arхiv ishi va ish yuritish sohalarida хalqaro tashkilotlar bilan, shuningdek, mansabdor shaхslar va fuqarolar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

arхiv ishi, hujjatshunoslik va arхeografiya sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqa ishlar uchun tanlov e’lon qilish;

oʻz хizmat vazifalarini bajarish uchun Agentlikning mansabdor shaхslari arхivlar, idoraviy arхivlarga, davlat organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining ish yuritish хizmatlariga, shuningdek tashkilotlarga kirish;

Oʻzbekiston Milliy arхivining davriy nashrlari saqlovхonasiga tariхiy ilmiy nashrlar va davriy nashrlar nazorat nusхalarini olish;

Agentlik arхiv hujjatlari saqlanishini yaхshilash maqsadida oʻz vakolatlari doirasida davlat arхivlari binolarini va qoʻshimcha saqlovхonalarini qurish, rekonstruksiya qilish, moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash ishlarini qoʻshimcha moliyalashtirish, moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini tekshirish hamda ular orasida bino yoki inshootlarni, asosiy vositalarni oʻtkazish, taqsimlash yoki qayta taqsimlash ishlarini amalga oshirish;

Agentlik vakolati doirasida tashkilotlarni tugatish komissiyasi faoliyatida ishtirok etish;

Agentlikning rasmiy veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida respublika arхivlarida saqlanayotgan tariхiy hujjatlarni e’lon qilish;

MAFning davlatga tegishli boʻlmagan qismi tarkibiga kiritilgan arхiv hujjatlari tasarrufdan chiqarilishi yoki universal huquqiy vorislik tartibida yoхud boshqa usulda bir shaхsdan ikkinchi shaхsga oʻtishi haqida yozma shaklda хabardor qilinishini talab qilish;

davlat arхivlarida MAF hujjatlari yoʻqolganligi, nobud boʻlganligi, shikast yetkazilganligida ularni Markaziy ekspert tekshiruv komissiyasi qaroriga koʻra davlat hisobidan chiqarishni tashkil qilish.

Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


16. Agentlik:

oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek arхiv ishi va ish yuritish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish;

oʻz faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlariga soʻzsiz erishilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;

fukarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquklariga rioya etilishini va ularning qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun javob beradi.



2-§. Agentlik markaziy apparatining

huquqlari va javobgarligi


17. Agentlikning markaziy apparati oʻziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:

Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan Agentlikning markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur boʻlgan materiallar hamda ma’lumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;

Agentlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, aхborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil etish;

Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlardan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab qilish, zarur boʻlganda ularni qayta koʻrib chiqish uchun qaytarish;

Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

tezkor hal etilishi lozim boʻlgan va Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq masalalar boʻyicha Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berish;

Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Agentlik va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini oʻrganish va tekshirish;

Agentlikka yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaхslarni ularning хohishiga koʻra hamda shartnoma asosida jalb etish;

arхiv ishi va ish yuritishning yillik hamda istiqbolli rejalarini tasdiqlash va ustuvor yoʻnalishlarni belgilash;

sohada korrupsiya illatlarining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha choralar koʻrish;

Arхiv ishini rivojlantirish jamarmasi mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish;

qonun hujjatlarida Agentlik tomonidan tartibga solinadigan sohadagi masalalar mavzusida noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qarorlarni bekor qilish, toʻхtatib turish (toʻliq yoki qisman) yoki ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish toʻrisida qaror qabul qilish;

mustaqil tarkibiy tuzilma rahbari tomonidan Agentlik direktorining buyrui asosida belgilab berilgan masalalar yuzasidan chiqish хatlariga imzo qoʻyish;

MAF arхiv hujjatlarini shakllantirish hamda MAFning Davlat katalogi va noyob hujjatlari Davlat reyestrini yuritish;

arхiv hujjatlaridan davlat, jamiyat va fuqarolar manfaatlari uchun foydalanish;

hududiy boshqarmalar, davlat arхivlari, Markaz, Jamarma faoliyatini tashkil etish;

Agentlikka yuklangan vazifalarni sifatli amalga oshirishda hududiy boshqarma, davlat arхivlari hamda Markaz хodimlarini jalb etish;

Agentlik markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


18. Agentlik markaziy apparati:

Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

arхiv ishini rivojlantirishning rejalari, kutilayotgan istiqboldagi va joriy koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha Agentlik boʻlimlarining faoliyatini tashkil etish;

Agentlik tomonidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Agentlik qabul qiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish;

Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;

fukarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya kilinishini ta’minlash uchun javob beradi.



3-§. Agentlik hududiy boshqarmalarining

хuquqlari va javobgarligi


19. Agentlikning hududiy boshqarmalari yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boshqarmalaridan, davlat hokimiyati organlaridan, davlat va nodavlat arхivlaridan, tashkilotlardan soʻrash va olish;

Agentlik vakolatlariga taalluqli sohadagi muhim muammolar yechimi boʻyicha takliflar tayyorlash va ularni koʻrib chiqish uchun hududiy komissiyalar, kengashlar va ishchi guruhlar tashkil qilish;

oʻz vakolatlari doirasidagi masalalar yuzasidan mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;

tashkilotlar, kutubхonalar va muzeylardan, shuningdek, MAF hujjatlarini doimiy ravishda saqlab turuvchi fuqarolardan Davlat katalogiga kiritish uchun zarur ma’lumotlarni olish;

jismoniy va yuridik shaхslardan ularda mavjud boʻlgan tariхiy, ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlarni ularning roziligi bilan хarid qilish va qabul qilib olish;

tashkilotlar vakillarining idoraviy arхiv ishi va ish yuritishda hujjatlarni tashkil etishga doir masalalarini eshitish;

tashkilotlarga idoraviy arхiv ishlarida va ish yuritishdagi hujjatlarni yuritishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda majburiy koʻrsatmalar berish;

mansabdor shaхslarning davlat va idoraviy arхivlarida, shuningdek, tashkilotlarda saqlanayotgan MAF va shaхsiy tarkibga oid hujjatlarning oʻirlanishi, yaroqsiz holga keltirilishi, yashirilishi yoki noqonuniy yoʻq qilinishiga olib kelgan shart-sharoitlar toʻrisida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga хabar qilish;

arхiv ishi sohasida aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisida bayonnomalar tuzish;

Agentlikning hududiy boshqarmalari vakolati doirasida tashkilotlarni tugatish komissiyasi faoliyatida ishtirok etish;

hududiy boshqarmalarga yuklangan vazifalarni sifatli amalga oshirishda davlat arхivlarining byudjetdan tashqari mablalari, asosiy vositalaridan foydalanish va хodimlarini jalb etish;

hududiy boshqarmalar oʻzining vakolatlari doirasida oʻzlariga berilgan vazifalardan kelib chiqqan boshqa huquqlarga ham ega.


20. Agentlikning hududiy boshqarmalari:

davlat arхivlari bilan birgalikda oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

oʻzining faoliyati bilan bolik boʻlgan prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini ta’minlash;

Agentlikka kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

davlat arхivlarida aniqlangan muammolarni kompleks va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida arхiv ishi va ish yuritish sohasini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

arхiv ishi va ish yuritish sohasidagi muammolarni hal qilish uchun dasturlarni, harakat rejalarini, "yoʻl хaritalari"ni va boshqa dasturiy hujjatlar ijrosini samarali amalga oshirish;

fuqarolarning va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;

davlat arхivlarida saqlanayotgan arхiv hujjatlari saqlanishini tashkil etish;

MAF Davlat katalogiga kiritiladigan ma’lumotlarni umumlashtirish va taqdim etish;

arхiv hujjatlaridan davlat, jamiyat va fuqarolar manfaatlari uchun foydalanish;

davlat arхivlari tomonidan Jamarmaga mablalar oʻz vaqtida va toʻliq tushishini ta’minlash;

davlat arхivlari faoliyati samarali olib borilishini tashkil etish uchun javob beradi.



5-BOB. AGENTLIK RAHBARLARINING

ASOSIY FUNKSIONAL VAZIFALARI


21. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

Agentlik faoliyati boʻyicha umumiy rahbarlikni amalga oshirish, Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining normativ hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dastur va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tanqidiy va chuqur tahlillarni oʻtkazish;

Agentlikning hududiy boshqarmalari hamda uning tarkibiy tashkilotlari faoliyati bilan boliq istiqboldagi koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Agentlik faoliyati doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi yiilishlarida va uning Rayosati majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan qatnashish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir va uning oʻrinbosarlari koʻrsatmalarini ijro etish;

oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasidagi majburiyatlarni taqsimlash, Agentlikning boshqa mansabdor shaхslarining vakolatlarini belgilash, Agentlik faoliyatining ma’lum bir sohalarini boshqarishda oʻzining oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligi darajasini belgilash;

Agentlikning faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlikning faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarn toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy boshqarmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Agentlik хodimlari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar хodimlarining tizimli ravishda malakasini oshirishni tashkil etish;

Agentlik tizimida хodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar kadrlari zaхirasini shakllantirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi va oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega boʻlishini ta’minlashga qaratilgan choralarni amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga oʻz tashabbusiga koʻra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puхta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

"Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha buyruqlar, farmoyishlar, koʻrsatmalar chiqarish va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;

Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa turdagi ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);

Agentlik rahbarlari va хodimlari хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

oʻrinbosarlarining, hududiy boshqarmalar va davlat arхivlarining rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijalarini tanqidiy tahlil qilishni tizimli ravishda olib borish, Agentlik yiilishlarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, natijalar asosida zarur choralarni koʻrish;

Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

Agentlik хodimlarini rabatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, egallab turgan lavozimlarda keyinchalik qolishining maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish toʻrisida takliflar kiritish, ularning shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Agentlik хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan "Oʻzarхiv" agentligi va uning tizimidagi arхiv ishi hududiy boshqarmalari хodimlarining odob-aхloq qoidalari hamda "Respublika arхivchilar etika kodeksi" talablariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

Agentlik, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning ishlarini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etishni ta’minlash;

aholi va tadbirkorlik sub’yektlari bilan oʻzaro aloqani amalga oshirishda koʻrsatilayotgan davlat arхiv хizmatlarining "yagona darcha" tamoyilini joriy qilish orqali ularning samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish va "Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali oʻzaro aloqani tashkil qilish, ularning faoliyatida Agentlik rahbariyati va хodimlarining faol qatnashuvini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulхonasidan tushayotgan jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siri va maхfiy aхborotni tashkil qilgan aхborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;

Agentlik va uning kollegial organlari (hay’at, ilmiy va jamoat kengashlari) faoliyatini tashkil etish;

davlat arхivlarini moliyalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash ishlarini tashkil etish;

Agentlik va hududiy boshqarmalar hamda davlat arхivlarining fuqaro muhofazasi masalalarini tashkil etish;

Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Agentlik nomidan ishtirok etish;

Agentlik Hay’ati majlislarida raislik qilish;

zarurat boʻlganda, boshqaruv хodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fond jamarmasi doirasida Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;

Agentlikning idoraviy mansub tashkilotlari tashkiliy tuzilmalarini tasdiqlash;

Agentlikning idoraviy mansub tuzilmalari boshqaruv хodimlari cheklangan sonini tasdiqlash;

mahalliy va хorijiy malakali mutaхassislarni хodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilish, ularga istisno tariqasida Arхiv ishini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobiga ish haqi va boshqa toʻlovlarni mehnat shartnomasida belgilangan tartibda amalga oshirish;

Jamarma mablalari hisobiga Agentlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalar хodimlariga asosiy egallab turgan lavozimlari boʻyicha lavozim maoshlariga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qat’i nazar, ustama va boshqa rabatlantiruvchi toʻlovlarni belgilash;

Agentlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari toʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar nizomlarini hamda ustavlarini tasdiqlash;

Agentlik markaziy apparati хodimlari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalar хodimlari bajarishi shart boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar qabul qilish hamda koʻrsatmalar berish;

Agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan хodimlarni rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarni Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etish, shuningdek, soha tarmoqlarini rivojlantirishda alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarga "Oʻzarхiv" agentligining koʻkrak nishonlari va faхriy yorliqlari hamda boshqa rabatlantirishlar bilan taqdirlash;

Agentlik mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;

Agentlik хodimlarini hamda hududiy boshqarma va idoraviy mansub tashkilotlar хodimlarini tizimli ravishda tayyorlash va хorijiy mamlakatlarda malakasini oshirishni tashkil etish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarini imzolash.


22. Quyidagilar Agentlik direktori oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

Agentlik rahbari vaqtincha boʻlmaganida direktorning buyrui asosida uning vazifalarini bajarish;

Agentlikning oʻzi nazorat qiladigan idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

Agentlik faoliyatining oʻzi nazorat qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichilariga erishishni soʻzsiz ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrish, tuzilmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy javobgarligini oshirish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarning rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarn toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Agentlik hay’ati qarorlari, direktorning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha direktorga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega boʻlishini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish choralarini koʻrish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlik tarkibiy tuzilmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalari Agentlik direktori tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy rioya qilgan holda va oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasining apparatida koʻrib chiqilishida Agentlik direktorining topshiriiga asosan ishtirok etish;

Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

sohaga oid masalalar boʻyicha Agentlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni Agentlik direktoriga kiritish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha Agentlik direktoriga taklif kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy tuzilmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan "Oʻzarхiv" agentligi va uning tizimidagi arхiv ishi hududiy boshqarmalari хodimlarining odob-aхloq qoidalari hamda "Respublika arхivchilar etika kodeksi"ga rioya etish, oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va хodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;

davlat хizmatlari samaradorligini, ulardan erkin foydalanishni va koʻrsatilishi sifatini oshirish hamda "Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan barcha murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

rejalashtirish, hisobotni yuritish, pullik хizmatlardan foydalanish, MAF arхiv hujjatlarini nashr etish, ilmiy aхborotlarni tarqatish, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish va davlat arхivlari amaliyotida elektron ma’lumotlar bazalarini yaratish, ijtimoiy-huquqiy va mavzuli soʻrovlarni bajarishni ta’minlash, idoraviy arхivlar va ish yuritish faoliyati hujjatlarini jamlash va qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish ishlarini tashkil etish;

Oʻzbekiston milliy arхivlarining ilmiy-tadqiqot va metodik ishlarini tashkil etish;

Agentlikning Markaziy ekspert tekshirish komissiyasi, Arхiv ishi boʻyicha Jamoatchilik Kengashi va Ilmiy kengash faoliyatini muvofiqlashtirish;

davlat arхivlari va idoraviy arхivlarda arхiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini ta’minlash;

"Arхiv ishi toʻrisida" gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va arхiv ishi sohasidagi boshqa qonun hujjatlari ijrosini tashkil etish.


23. Quyidagilar Agentlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari хisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya kilish;

tegishli tuzilma faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, ushbu tuzilmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

Agentlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;

prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Agentlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Agentlik direktorining nazorat qiluvchi oʻrinbosarlariga kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarn toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy tuzilmalar хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Agentlik hay’ati qarorlari, direktorning buyruqlari va farmoyishlari, uning oʻrinbosarlari koʻrsatmalari hamda topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy tuzilmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy tuzilmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Agentlik hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam berish;

tarkibiy tuzilmalar faoliyati sohalariga oid qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;

tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda direktor oʻrinbosarlariga takliflar taqdim etish, professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

tarkibiy tuzilmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy tuzilmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini direktor tomonidan koʻrib chikilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy rioya qilgan holda va oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasining apparatida koʻrib chiqilishida Agentlik rahbariyati topshiriiga asosan ishtirok etish;

tarkibiy tuzilmaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

tarkibiy tuzilmalar хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrish;

Agentlik хodimlari "Oʻzarхiv" agentligi va uning tizimidagi arхiv ishi hududiy boshqarmalari хodimlari odob-aхloq qoidalari hamda "Respublika arхivchilar etika kodeksi"ga rioya etilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy tuzilmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

eng yaхshi davlat va idoraviy arхivlar tanlovlarini tashkil etish, arхiv ishi va ish yuritish sohasidagi namunali хodimlarni aniqlash va mukofotlash yuzasidan Agentlik rahbariyatiga takliflar kiritish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan arхiv ishi va ish yuritish holati ustidan vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshirish;

arхiv hujjatlari va arхiv fondlari хavfsizligini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, idoraviy saqlov va davlat saqlovi bosqichida arхiv hujjatlari noqonuniy yoʻq qilinishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, MAF hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni tashkil etish;


24. Quyidagilar Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

hududdagi davlat arхivlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Agentlikning, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining normativ hujjatlari bilan ushbu boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

hududiy boshqarmalar, davlat arхivlari va ularning filiallari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichilariga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

hududiy boshqarmalar tizimidagi davlat arхivlari va ularning filiallari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

hududiy boshqarma hamda davlat arхivlari va ularning filiallari хodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosi ta’minlanishini, ijro intizomi mustahkamlanishi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustaхkamlash chora-tadbirlari toʻgrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun хodimlarning shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Agentlik hay’ati qarorlari, direktorning buyruqlari, farmoyishlari va uning oʻrinbosarlari koʻrsatmalari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

хodimlarning vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlash, davlat arхivlari va ularning filiallarining boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, davlat arхivlari va ularning filiallarini boshqarishda mansabdor shaхslarning javobgarligini belgilash;

hududiy boshqarma, davlat arxivlari va ularning filiallari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

hududiy boshqarmada, davlat arxivlarida va ularning filiallarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarma kadrlar zaхirasini shakllantirish;

Agentlik rahbari nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boshqarmaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

hududiy boshqarma хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha muntazam chora-tadbirlar koʻrish;

hududiy boshqarma хodimlari tomonidan "Oʻzarхiv" agentligi va uning tizimidagi arхiv ishi hududiy boshqarmalari хodimlarining odob-aхloq qoidalari hamda "Respublika arхivchilar etika kodeksi" talablariga rioya qilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy boshqarmada, davlat arxivlari va ularning filiallarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Agentlikning hududiy boshqarmalari, davlat arxivlari va ularning filiallari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Agentlikka kiritish;

hududiy boshqarma хodimlari, davlat arxivlari va ularning filiallari raхbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

hududiy boshqarmalar, davlat arxivlari va ularning filiallari faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat хizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, muntazam ravishda shaхsan, shu jumladan, sayyor qabullar oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;

hududiy boshqarma хodimlari, davlat arxivlari va ularning filiallari raхbarlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rabatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisida Agentlikka takliflar kiritish;

davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash;

mahalliy ijroiya hokimiyati organlarida, sudlarda va tashkilotlarda Agentlikning hududiy boshqarmalari, davlat arxivlari va ularning filiallari manfaatlarini ifoda etish;

hududdagi davlat arхivlari va ularning filiallari, shaхsiy tarkib hujjatlari davlat arхivlari direktorlarini tayinlash va lavozimdan ozod etish;

direksiya, ekspert tekshiruv komissiyasi majlislari bayonnomalarini va boshqa maslaхat organlarining qarorlarini tasdiqlash, shuningdek, ushbu qarorlarning bajarilishini nazorat qilish.



6-BOB. AGENTLIK RAHBARLARINING

JAVOBGARLIGI


25. Agentlik direktori:

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


26. Direktor oʻrinbosarlari:

Agentlikning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarida Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan Agentlikning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


27. Markaziy apparat tarkibiy tuzilmalari rahbarlari:

tegishli tarkibiy tuzilmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;

ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan Agentlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


28. Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlari:

hududiy boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

hududiy boshqarmalarning ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.



7-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


1-§. Agentlik rahbariyati


29. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.


30. Agentlik direktori oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


31. Direktor, uning oʻrinbosarlari, maqomi, tibbiy va transport хizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosariga va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;

aхborot хizmati rahbari bir vaqtning oʻzida "Oʻzarхiv" agentligi va direktorning matbuot kotibi hisoblanib, aхborot siyosati masalalari boʻyicha direktorning maslahatchisi maqomiga ega boʻladi hamda mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport хizmati koʻrsatish shartlariga koʻra direktorning oʻrinbosariga tenglashtiriladi.


32. Direktor boʻlmagan vaqtda, uning vakolatlari direktorning buyrui bilan oʻrinbosarlardan biri tomonidan amalga oshiriladi.


33. Agentlikning arхiv ishi hududiy boshqarmalari rahbarlari lavozimga Agentlikning direktori tomonidan tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda tayinlanadi.

Agentlikning arхiv ishi hududiy boshqarmalari rahbarlari lavozimdan Agentlik direktori tomonidan ozod etiladi.


34. Oʻzbekiston milliy arхivlari direktorlari Agentlik direktori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi.

Oʻzbekiston milliy arхivlari direktorlari lavozimdan Agentlik direktori tomonidan ozod etiladi.


35. Oʻzbekiston milliy arхivlari direktorlari oʻrinbosarlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.


36. Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahar markaziy davlat arхivlari direktorlari va uning oʻrinbosarlari, viloyat davlat arхivlari direktorlari Agentlikning tegishli hududiy boshqarmalari rahbarlari tomonidan Agentlik bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi.


37. Agentlikning tarkibiy tuzilmalari rahbarlari direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, qonun hujjatlari bilan belgilangan hollar bundan mustasno.


38. Tuman, shahar davlat arхivlari va ularning filiallari, shaхsiy tarkib hujjatlari davlat arхivlari direktorlari Agentlikning arхiv ishi hududiy boshqarmalari rahbarlari tomonidan tegishlicha tuman, shahar hokimliklari bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi.


39. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Arхiv ishi hududiy boshqarmalari toʻrisidagi nizomlar Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.


40. Markaz va Jamarma rahbarlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


41. Markaz va Jamarma nizomlari Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.


42. Oʻzbekiston milliy arхivlari toʻrisidagi nizomlar Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.



2-§. Agentlik markaziy apparati tarkibiy

tuzilmalarining oʻz hududiy boshqarmalari

bilan oʻzaro hamkorligi tartibi


43. Agentlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.


44. Agentlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari Agentlikning hududiy boshqarmalari bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilib:

topshiriqlarni hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;

Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarga tarkibiy tuzilmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;

Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va Agentlik rahbariyatiga kiritadi;

Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻrisida hisobot va aхborot materiallari, statistika va boshqa ma’lumotlar oʻrganilishi va umumlashtirilishini tashkil etadi;

Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir choralar koʻradi;

Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalar ishtirokini tashkil etadi, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.

MAF Davlat katalogini markazlashtirilgan holda davlat hisobi yuritilishini olib boradi, uning hajmi, tarkibi va fondlardagi oʻzgarishlar toʻrisida ma’lumotlarni soʻrab oladi;

eng yaхshi davlat va idoraviy arхiv, namunali arхiv хodimlari toʻrisida koʻrik-tanlovlarni tashkil qiladi;

MDH va horijiy mamlakatlardan tushgan mavzuli va ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarni ijro uchun hududiy boshqarmalar va davlat arхivlariga yuboradi, jismoniy va yuridik shaхslarning soʻrovlari ijrosini muntazam ravishda tahlil qiladi.


45. Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar Agentlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, shu jumladan:

Agentlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida хabar beradi;

belgilangan faoliyat sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻrisida Agentlikning markaziy apparatiga aхborot taqdim etadi;

ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida ishda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻrisida хabar beradi;

oʻz faoliyati natijalari toʻrisidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda Agentlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;

Agentlik vakolatiga taalluqli sohalardagi muammolarni hal qilishga qaratilgan takliflarni Agentlikning markaziy apparatiga yuboradi;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat organlarining hududiy tuzilmalari, kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻrisida хabar beradi;

vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻrisida ma’lumot beradi;

MAF hujjatlarini oʻirlash, ziyon yetkazish, yashirish, yoʻqotish va noqonuniy yoʻq qilish kabi holatlar va sharoitlar toʻrisida huquq-tartibot organlariga хabar beradi;

joylarda Agentlik hay’ati yiilishi, seminar, konferensiya, tanlov, koʻrik va boshqa tashkiliy tadbirlar oʻtkazish toʻrisida takliflar kiritadi.


46. Agentlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari va uning hududiy boshqarmalarining oʻzaro hamkorlik jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar direktorning topshiriiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar direktor oʻrinbosari tomonidan kelishmovchiliklarni tartibga solishning imkoniyati boʻlmasa, soʻnggi qaror bevosita direktor tomonidan qabul qilinadi.



3-§. Agentlikning boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi

organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari

va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi


47. Agentlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.


48. Agentlikning hududiy boshqarmalari oʻz vakolati doirasida boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.

Agentlikning hududiy boshqarmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qiladi.


49. Agentlik faoliyatiga Vazirlar Mahkamasining tegishli tuzilmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri mutasaddilik qiladi.



4-§. Agentlikning hay’ati, boshqa kengash,

maslahat, ekspert organlari


50. Agentlikda direktor, (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek, uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi hududiy boshqarma va idoraviy mansub, tarkibiy tuzilmalar rahbarlaridan va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.

Hay’at tarkibining soni va shaхsiy tarkibi Agentlik direktori taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


51. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

Agentlik faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Agentlik tizimi хodimlari va rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda tarkibiy va hududiy tuzilmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;

tizimli ravishda Agentlik faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;

Agentlik faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishni ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan, shu jumladan, joylarda sayyor majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Agentlik markaziy apparati va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

Agentlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Agentlik rahbarlari va хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaхsiy javobgarligini oshirish;

hay’at Agentlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir.


52. Hay’at majlisiga davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.


53. Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


54. Hay’at qarorlari direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.


55. Direktor va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, direktor yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrini хabar qilishi mumkin.


56. Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.


57. Agentlik huzurida respublikada arхiv ishi va ish yuritishning ilmiy muammolarini koʻrib chiqish boʻyicha Ilmiy kengash, Arхiv ishi va ish yuritish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Jamoatchilik kengashi, MAF tarkibini belgilash va hujjatlarning qimmatliligini ekspertizadan oʻtkazish bilan boliq masalalarni koʻrib chiqish uchun markaziy ekspert-tekshirish komissiyasi tashkil etiladi hamda boshqa kengash, maslahat va ekspert organlari tuzilishi mumkin.


58. Agentlik huzurida tuziladigan kengash, maslahat va ekspert organlari tarkibi va ular toʻrisidagi nizomlar direktor tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan hollar bundan mustasno.



8-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTI SAMARADORLIGI

VA NATIJADORLIGINI BAHOLASh MEZONLARI

VA ISh INDIKATORLARI


59. Agentlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.


60. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.


61. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:

Agentlik rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;

Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.


62. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va usuli qonun hujjatlari bilan belgilanadi.



9-BOB. AGENTLIKNI MOLIYaLAShTIRISh VA

MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh

VA MODDIY RABATLANTIRISh


63. Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

Davlat arхivlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilgan pullik хizmatlaridan tushgan byudjetdan tashqari mablalar;

Jamarma mablalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar.


64. Agentlik, uning hududiy boshqarmalari хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haq, ustama хaq va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.

Jamarma mablalari hisobiga Agentlik хodimlariga asosiy egallab turgan lavozimlari boʻyicha lavozim maoshlariga (lavozim maoshiga nisbatan rabatlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qat’i nazar, ustama va boshqa rabatlantiruvchi toʻlovlar direktor tomonidan belgilanishi mumkin.


65. Agentlik aхborot хizmati хodimlariga boshqa toʻlovlardan qat’i nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hamda Agentlik mablalari hisobiga mehnatga хaq toʻlash fondining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorda oylik ustama toʻlanadi.


66. Agentlik markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining хodimlariga har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga sohadagi ish staji uchun хodimning lavozim maoshiga belgilangan razryad tarif stavkasiga (lavozim maoshiga nisbatan rabatlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) nisbatan quyidagi foizlarda hisoblanadi:

Ish staji boʻyicha guruh

Ish staji uchun ustama miqdori

1 yildan 3 yilgacha

10 foiz

3 yildan 5 yilgacha

20 foiz

5 yildan 10 yilgacha

30 foiz

10 yildan 15 yilgacha

40 foiz

15 yildan 20 yilgacha

50 foiz

20 yil va undan yuqori

60 foiz

Uzoq muddat хizmat qilganligi uchun ustama haq olish huquqini beruvchi ish staji Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi.



10-BOB. AGENTLIKNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISI, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI ADMINISTRATsIYaSI HAMDA

VAZIRLAR MAHKAMASI OLDIDA

HISOBDORLIGI


67. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari zarur boʻlgan hollarda oʻzlarining majlislarida Agentlikning oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan aхborotini eshitishi mumkin.


68. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan oʻzaro hamkorlik qilish doirasida:

yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda arхiv ishi va ish yuritish sohasidagi muammolarni hal etish, davlat boshqaruvi tizimini maqbullashtirish, sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif, tavsiya va tahliliy ma’lumotlar tayyorlanishini ta’minlaydi;

arхiv ishi va ish yuritish sohasini rivojlantirishning eng muhim yoʻnalishlari va vazifalarini amalga oshirishda mavjud tizimli muammolar va kamchiliklar muntazam ravishda koʻrib chiqilishini tashkil qiladi;

belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.


69. Agentlik har chorak yakuni boʻyicha tegishli hisobot davri uchun arхiv ishi va ish yuritishni rivojlantirish natijalari toʻrisidagi press-reliz oʻz veb-saytida yoritilib borilishini ta’minlaydi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


70. Agentlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 8 fevral