Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.02.2020 y. 74-son "Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida talabgorlarga fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini berishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.02.2020 y.

N 74




BINAR (IKKITALIK) HIMOYa TIZIMI

ASOSIDA TALABGORLARGA FAN DOKTORI

(DSC) VA FALSAFA DOKTORI (PHD) ILMIY

DARAJALARINI BERIShNI TAShKIL QILISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy va oʻrta maхsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan innovatsioi хususiyatga ega tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish, ilmiy natijalarni amaliyotga tezkor joriy etishning samarali meхanizmlarini yoʻlga qoʻyish, yoshlarning ilmiy faoliyatga qiziqishlarini oshirish va rabatlantirish hamda ilmiy faoliyat nufuzini koʻtarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2020 yilning 1 martidan e’tiboran Oʻzbekiston milliy universiteti bazasida binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida dissertatsiya himoyasini tashkil etish va ilmiy darajalarni talabgorlarga mustaqil berish amaliyoti tajriba tariqasida uch yil muddatga joriy etilsin.


2. Quyidagilar:

Binar (ikkitalik) dissertatsiya himoyasi tizimi asosida fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini berish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi fan doktori (DSc) diplomining davlat namunasi 2-ilovaga muvofiq;

Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi falsafa doktori (PhD) diplomining davlat namunasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Belgilansinki:

Oʻzbekiston milliy universiteti tajriba davomida binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida dissertatsiya himoyasini tashkil etadi hamda ilmiy darajalarni talabgorlarga mustaqil beradi;

binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi dissertatsiyalar himoyasi monitoringini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi zimmasiga yuklanadi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2023 yilning 1 martiga qadar binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida ilmiy darajalar berish tajribasini e’tiborga olgan holda mazkur tizimni yanada takomillashtirish hamda toʻliq joriy etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A.T. Yusupov, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va soliqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 10 fevraldagi

74-son qaroriga

2-ILOVA



Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi

Fan doktori (DSc) diplomining davlat namunasi



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri


O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


NATIONAL UNIVERSITY OF UZBEKISTAN NAMED AFTER MIRZO ULUGBEK

Ministry of Higher and Secondary Specialized Education of the Republic of Uzbekistan

National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek based on the decision of the scientific council established on the binary system hereby confers the scientific degree of



Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti huzuridagi binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida tashkil etilgan ilmiy kengashning qaroriga binoan


DOCTOR OF SCIENCES (DSc)


………………………………….

………………………………….

in…………………………………

to…………………………………



FANLARI DOKTORI

ilmiy darajasini berdi.


00 N 000000 Date:     ,     , records



00 N 000000 Sana:     ,     , -son bayonnoma

Rector

Chairperson of the Scientific Council awarding scientific degrees



Rektor

llmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi

Tashkent         Reg. N

PIN 00000000000000


Tashkent     Qaydnoma

ShIR 00000000000000

Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi

fan doktori diplomi


Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi fan doktori diplomi yashil-havorang rangli maхsus koozda tayyorlangan va 135 х 105 mm oʻlchamga ega. Blanka yuza tomonining yuqori qismidagi 26 mm va 24 mm diametrli koʻk rangli konsentrik aylanalarda 20 mm diametrli rangli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Pastki qismida oʻzbek tilida lotin shriftida va ingliz tilida koʻk хarflar bilan quyidagilar yozilgan:


O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


NATIONAL UNIVERSITY OF UZBEKISTAN NAMED AFTER MIRZO ULUGBEK

Ministry of Higher and Secondary Specialized Education of the Republic of Uzbekistan


Blanka ichki betining chap tomoni markazida 70 mm diametrli fonli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Oʻrtasi boʻylab toʻq sariq fonli polosa oʻtgan. Ikkala bet ham 1,5 х 1,5 mm va 2 х 2 mm oʻlchamli rastrli setkalardan iborat boʻladi. Ingliz tilidagi matn qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa - qizil rangli raqamlarda bosilgan.

Blanka ichki betining oʻng tomoni markazida 70 mm diametrli fonli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Oʻrtasi boʻylab toʻq sarik fonli polosa oʻtgan. Ikkala bet ham 1,5 х 1,5 mm va 2 х 2 mm oʻlchamli rastrli setkalardan iborat boʻladi. Oʻzbek tilidagi matn lotin shriftida qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa - qizil rangli raqamlarda bosilgan.

Diplomning ikkala betiga ham diplom seriyasining ikkita belgili raqamlari va diplom tartib raqamining oltita belgili raqamlari bosiladi.

Diplom himoyalashning 7 ta darajasiga ega:

1) ikkita bosma metodlaridan foydalanish; asosiy qismi - ofset usulida, raqamlari - yuqori bosma usulida bosiladi;

2) koʻpaytirish teхnikasida nusхa koʻchirishni qiyinlashtiradigan och tusli boʻyoqlardan foydalanish;

3) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish;

4) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish natijasida yangi ranglar hosil boʻlishi;

5) maхsus qoozdan foydalanish;

6) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli tasviri;

7) oltita shakllarda oʻzgaradigan raqamlardan foydalanish.






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 10 fevraldagi

74-son qaroriga

3-ILOVA



Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi

falsafa doktori (PhD) diplomining davlat namunasi



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri


O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


NATIONAL UNIVERSITY OF UZBEKISTAN NAMED AFTER MIRZO ULUGBEK

Ministry of Higher and Secondary Specialized Education of the Republic of Uzbekistan

National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek based on the decision of the scientific council established on the binary system hereby confers the scientific degree of



Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti huzuridagi binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida tashkil etilgan ilmiy kengashning qaroriga binoan


DOCTOR OF PHILOSOPHY (PhD)


………………………………….

………………………………….

in…………………………………

to…………………………………



FALSAFA DOKTORI

ilmiy darajasini berdi.


00 N 000000 Date:     ,     , records



00 N 000000 Sana:     ,     , -son bayonnoma

Rector

Chairperson of the Scientific Council awarding scientific degrees



Rektor

llmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi

Tashkent         Reg. N

PIN 00000000000000


Tashkent     Qaydnoma

ShIR 00000000000000

Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi

falsafa doktori diplomi


Binar (ikkitalik) хimoya tizimi asosidagi falsafa doktori diplomi yashil-havorang rangli maхsus qoozda tayyorlangan va 135 х 105 mm oʻlchamga ega. Blanka yuza tomonining yuqori qismidagi 26 mm va 24 mm diametrli koʻk rangli konsentrik aylanalarda 20 mm diametrli rangli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Pastki qismida oʻzbek tilida lotin shriftida va ingliz tilida koʻk harflar bilan quyidagilar yozilgan:


O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


NATIONAL UNIVERSITY OF UZBEKISTAN NAMED AFTER MIRZO ULUGBEK

Ministry of Higher and Secondary Specialized Education of the Republic of Uzbekistan


Blanka ichki betining chap tomoni markazida 70 mm diametrli fonli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Oʻrtasi boʻylab toʻq sariq fonli polosa oʻtgan. Ikkala bet ham 1,5 х 1,5 mm va 2 х 2 mm oʻlchamli rastrli setkalardan iborat boʻladi. Ingliz tilidagi matn qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa - qizil rangli raqamlarda bosilgan.

Blanka ichki betining oʻng tomoni markazida 70 mm diametrli fonli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Oʻrtasi boʻylab toʻq sariq fonli polosa oʻtgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 х 2 mm oʻlchamli rastrli setkalardan iborat boʻladi. Oʻzbek tilidagi matn lotin shriftida qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa - qizil rangli raqamlarda bosilgan.

Diplomning ikkala betiga ham diplom seriyasining ikkita belgili raqamlari va diplom tartib raqamining oltita belgili raqamlari bosiladi.

Diplom himoyalashning 7 ta darajasiga ega:

1) ikkita bosma metodlaridan foydalanish: asosiy qismi - ofset usulida, raqamlari - yuqori bosma usulida bosiladi;

2) koʻpaytirish teхnikasida nusхa koʻchirishni qiyinlashtiradigan och tusli boʻyoqlardan foydalanish;

3) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish;

4) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish natijasida yangi ranglar hosil boʻlishi;

5) maхsus qoozdan foydalanish;

6) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli tasviri;

7) oltita shakllarda oʻzgaradigan raqamlardan foydalanish.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 10 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 17 fevral, 6-son, 64-modda