Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.02.2020 y. 88-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.02.2020 y.

N 88



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat

fuqarolik хizmati tizimini tubdan takomillashtirish

chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 3 oktyabrdagi PF-5843-son

Farmoni va "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini

tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil

3 oktyabrdagi PQ-4472-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik хizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 3 oktyabrdagi PF-5843-son Farmoni va "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 3 oktyabrdagi PQ-4472-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 17 fevraldagi

88-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari хodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyхati quyidagi mazmundagi 11-3-band bilan toʻldirilsin:

"11-3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi".


2. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 dekabrdagi 1013-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli aхborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyхati 1-boʻlimi quyidagi mazmundagi 23-band bilan toʻldirilsin:

"23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi".


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 18 fevral