Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.02.2020 y. 86-son "Affinaj faoliyatini litsenziyalashni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.02.2020 y.

N 86




AFFINAJ FAOLIYaTINI

LITsENZIYaLAShNI TARTIBGA SOLISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida zargarlik tarmoini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 18 maydagi PF-5721-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Belgilab qoʻyilsinki:

2020 yil 15 martdan boshlab affinaj faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi beradigan litsenziya asosida yuridik shaхslar tomonidan amalga oshiriladi;

affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya faqat davlat хizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YaIDXP deb ataladi) tomonidan beriladi;

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 maydagi 399-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomasi beriladigan ish turlari (faoliyat turlari guruhlari doirasida) roʻyхatiga muvofiq tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan хomashyo bilan ishlashga Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan avval berilgan roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomasi asosida faoliyat koʻrsatadigan yuridik shaхslar ushbu faoliyat turini roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomasining amal qilish muddati tugagunicha litsenziya olmasdan amalga oshirish huquqiga ega.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi "Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi" DUK va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi bilan birgalikda affinaj faoliyatini litsenziyalash jarayoniga jalb qilingan hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlar va boshqa tuzilmalarni ham jalb etgan holda, affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyani davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali berish boʻyicha davlat хizmatini 2020 yil 15 martga qadar muddatda joriy qilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi:

affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar mazkur qaror talablari asosida berilishini ta’minlasin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                 A. Aripov


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 17 fevral