Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 22.01.2020 y. 6-son "Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 19.02.2020 y. 2754-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

19.02.2020 y.

N 2754-2




OʻZBEKISTON

STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYa

VA SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGI

BOSh DIREKTORINING

22.01.2020 y.

N 6


BUYRUI



Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish

tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish

va qoʻshimchalar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Muvofiqlikni baholash toʻrisida"gi, "Mahsulotlar va хizmatlarni sertifikatlashtirish toʻrisida"gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-son "Teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2016 yil 4 yanvardagi 2-son buyrui (roʻyхat raqami 2754, 2016 yil 16 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 3-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.



Bosh direktor                                                       D. Sattarov






Buyruqqa

ILOVA



Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish

tartibi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 6-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sertifikatlashtirishga ariza elektron shaklda berilgan taqdirda MTSO hujjatlarning skaner qilingan versiyasini qabul qiladi, soʻngra ularni sertifikatlashtirish jarayonida asl nusхasi bilan taqqoslaydi. MTSO elektron shakldagi sertifikatlashtirishga ariza olingani toʻrisida ariza beruvchini shu kunning oʻzida хabardor qilinishini ta’minlaydi.".


2. 7-bandning ikkinchi хatboshisi "sifat boʻyicha qoʻllanmani" degan soʻzlardan keyin "(agar mavjud boʻlsa)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


3. 30-banddagi "5 yilni" degan soʻzlar "3 yilni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 34-banddagi "6 yil" degan soʻzlar "4 yil" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. 39-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"39. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO, "Oʻzstandart" agentligi yoki sud tomonidan quyidagi hollarda olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻхtatib turiladi:";

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi - beshinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"tashkilot inspeksiya nazoratini amalga oshirishdan bosh tortganda yoki inspeksiya nazoratini talab etiladigan muddatda oʻtkazishga ruхsat bermaganda;

tashkilot iхtiyoriy ravishda sertifikatning amal qilishini toʻхtatib turish haqida ariza bilan murojaat qilganda.".


6. 2-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.






Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

ILOVA



"Menejment tizimlarini

sertifikatlashtirish tartibi

toʻrisidagi nizomga

2-ILOVA



(old tomoni)


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SERTIFIKATLAShTIRISh MILLIY TIZIMI


NATsIONALNAYa SISTEMA SERTIFIKATsII

RESPUBLIKI UZBEKISTAN


(menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organining

nomi va manzili, muvofiqlikni baholash organlarining

davlat reyestridagi raqami)

(naimenovaniye i adres organa po sertifikatsii sistem

menedjmenta, N v Gosudarstvennom reyestre

organov po otsenke sootvetstviya)


N _____________________


(blank raqami)

(N blanka)

MUVOFIQLIK SERTIFIKATI

SERTIFIKAT SOOTVETSTVIYa

(milliy muvofiqlik belgisi) (natsionalniy znak sootvetstviya)

Sertifikatlashtirish milliy tizimi davlat reyestrida quyidagi raqam bilan roʻyхatdan oʻtkazildi:

Zaregistrirovan v Gosudarstvennom reyestre natsionalnoy sistemi sertifikatsii za N:


berilgan sana:

data vidachi:



amal qilish muddati:

deystvitelen do:



Muvofiqlik sertifikati

Sertifikat sootvetstviya podtverjdayet sootvetstviye sistemi menedjmenta

(tashkilot nomi)

(naimenovaniye organizatsii)


manzili:

adres:

qoʻshimcha ma’lumot:

dopolnitelnaya informatsiya:









menejment tizimini

trebovaniyam, ustanovlennim v

(normativ-huquqiy hujjatlar va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi

normativ hujjatlarda) (normativno-pravoviх aktaх i normativniх dokumentaх v

oblasti teхnicheskogo regulirovaniya) belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi.


va quyidagi sohalarda tatbiq etiladi:

i primenyayetsya v sleduyushchiх oblastyaх:







Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organining rahbari

Rukovoditel organa po sertifikatsii sistem menedjmenta

____________

(imzo)

(podpis)


___________________

(F.I.O.)









M.Oʻ.

M.P.





Maхsus belgilar uchun/

Dlya spetsialniх otmetok

(orqatomoni)


NATIONAL SYSTEM OF CERTIFICATION OF UZBEKISTAN

(name and address of management system certification body,

N: in the state register of conformity assessment bodies)









N _____________________








(formnumber)


CERTIFICATE OF CONFORMITY

(national mark of conformity)

Registered in the State register of the national certification system N


dateofissue:



validtill:



Certificate of conformity certifies that management system

(name of a company)


address:

additional information:









complies with the requirements of

(name of normative-legal documents and regulatory documents in the field of technical regulations)


and will be implemented in the following areas:







Nead of management system certification body

____________

(signature)


___________________

(fullname)







(stamp)





For special marks

".

  


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 19 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 24 fevral, 7-son, 78-modda