Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.02.2020 y. 106-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarini munosib ragʻbatlantirishni tashkil etish, oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.02.2020 y.

N 106




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

JISMONIY TARBIYa FANI OʻQITUVChILARINI

MUNOSIB RABATLANTIRIShNI TAShKIL ETISh,

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA JISMONIY

TARBIYa VA SPORTNI YaNADA RIVOJLANTIRIShGA

QARATILGAN OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar natijadorligini hamda yuqori mehnat samaradorligiga erishayotgan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarini munosib rabatlantirishni tashkil etish, oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, talabalarga jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shuullanish uchun munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduхakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlii U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 20 fevraldagi

106-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

2. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 467-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi toʻrisidagi nizomga 2-ilovada:


a) III boʻlim quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

III. Talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati


27



15.

Talabalarning bilim darajasi (nazorat ishlari natijalari asosida)


8



16.

Bitiruvchilarning ishga joylashish darajasi (bitirganidan soʻng 6 oy ichida)


8



17.

Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilim va koʻnikmalari sifati haqida ish beruvchilarning bahosi (soʻrovnoma asosida aniqlanadi)


8



18.

Reyting yilida хalqaro va respublika olimpiadalarida, nufuzli tanlovlar va sport musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan hamda mukofot (diplom)larga sazovor boʻlgan talabalar salmoi, shu jumladan:


3




a) хalqaro miqyosda


2


b) respublika miqyosida


1

";

b) quyidagi mazmundagi IV boʻlim qoʻshilsin:

"

IV. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha faoliyati


3



19.

Sport klubi va seksiyalariga a’zo boʻlib, sport bilan muntazam shuullanuvchi hamda sport tasnifiga (razryadga) ega boʻlgan talabalar soni


2



20.

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha moddiy-teхnik bazaning holati, sport infratuzilmasining mavjudligi va jihozlanish darajasi


1

".

   


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 21 fevral