Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.02.2020 y. PQ-4619-son "Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

26.02.2020 y.

N PQ-4619



XALQARO ShARTNOMANI

TASDIQLASh TOʻRISIDA



1. 2019 yil 14 iyun kuni Bishkek shahrida Shanхay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining kengashi yiilishida imzolangan Shanхay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari oʻrtasida ommaviy aхborot vositalari sohasida hamkorlik toʻrisidagi bitim tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yuqorida koʻrsatilgan хalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur хalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ haqidagi tegishli billirishnomani depozitariyga yuborsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu хalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 26 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 2 mart, 8-son, 86-modda