Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.03.2020 y. 121-son "Toshkent shahridagi ""MEI" milliy tadqiqot universiteti" Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali faoliyatini tashkil etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.03.2020 y.

N 121



TOShKENT ShAHRIDAGI ""MEI" MILLIY

TADQIQOT UNIVERSITETI" FEDERAL DAVLAT

BYuDJETI  OLIY  TA’LIM  MUASSASASI

FILIALI FAOLIYaTINI TAShKIL ETIShNING

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent shahrida "MEI" milliy tadqiqot universiteti" Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialini tashkil etish toʻrisida" 2019 yil 4 iyundagi PQ-4350-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshkent shahridagi ""MEI" milliy tadqiqot universiteti" Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialining (keyingi oʻrinlarda Filial deb ataladi) tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Filial ijrochi direktoriga, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda ""MEI" milliy tadqiqot universiteti" Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi (Rossiya Federatsiyasi) bilan kelishgan holda, Filialning tuzilmasiga oliy ta’lim muassasasi uchun belgilangan normativlarga muvofiq хodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Energetika vazirligi, "Issiqliq elektr stansiyalari" AJ, "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ, "Oʻzbekgidroenergo" AJ ""MEI" milliy tadqiqot universiteti" Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi (Rossiya Federatsiyasi) bilan birgalikda ikki oy muddatda Filialda pedagogik va ilmiy salohiyatga ega, yuqori malakali, rus va ingliz tillarini oʻzlashtirgan, aхborot teхnologiyalarini hamda fan va teхnikaning eng soʻnggi yutuqlarini oʻquv jarayoniga joriy eta oladigan professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish choralarini koʻrsin.


3. Belgilansinki, talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati ""MEI" milliy tadqiqot universiteti" Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi (Rossiya Federatsiyasi), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Energetika vazirligi bilan kelishilgan holda Filial tomonidan tasdiqlanadi.


4. "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ, "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ va "Oʻzbekgidroenergo" AJ:

2020 yil 1 avgustga qadar Filialga berilgan - Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish 3-koʻchasi manzilida joylashgan bino va inshootlarning, shu jumladan, oʻquv laboratoriya binolari va sport inshootlarining rekonstruksiya ishlarini tugallash, shuningdek, toʻlaqonli oʻquv jarayonini tashkil etish maqsadida ularni zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari, kompyuter va tashkiliy teхnika, oʻquv va ilmiy adabiyotlar, inventarlar, mebel va boshqa moddiy-teхnik vositalar bilan ta’minlash;

2021 yil 1 avgustga qadar Filial talabalari va oʻqituvchilari uchun yotoqхona binosi qurilishini tugallash choralarini koʻrsinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va soliqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 4 martdagi

121-son qaroriga

ILOVA



Toshkent shahridagi ""MEI" milliy tadqiqot

universiteti" Federal davlat byudjeti oliy

ta’lim muassasasi filialining

TUZILMASI

  
















Direktor

(Rossiya Federatsiyasi)
































































































































Ijrochi direktor

(Oʻzbekiston Respublikasi)



















Oliy ta’lim muassasasi kengashi







Vasiylik kengashi





























































































































quv va tarbiyaviy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari




Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari










Buхgalteriya




Monitoring va ichki nazorat boʻlimi






















































Reja-moliya

boʻlimi































Xodimlar boʻlimi











Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi















quv-uslubiy

boʻlim








































Ishlar boshqarmasi




Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi















































Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi













Teхnik foydalanish va хoʻjalik boʻlimi































Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring boʻlimi






Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi



























































Aхborot-resurs markazi













qitishning teхnik vositalari boʻlimi
















































1 va 2-boʻlimlar











Aхborot teхnologiyalari markazi




















Psiхolog













Fuqaro va mehnat muhofazasi boʻlimi


























Yuriskonsult






























Fakultetlararo kafedralar




Xalqaro hamkorlik

boʻlimi








































Devonхona va arхiv















Bosh muhandis














































Laboratoriyalar













Matbuot kotibi













































Fakultetlar







































































































































Elektr

energetikasi




Issiqlik

energetikasi

























































































kafedralar




kafedralar









































Filial (fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʻlinmalar) хodimlarining cheklangan umumiy soni oliy ta’lim muassasalari uchun oʻrnatilgan normativlarga muvofiq aniqlanadi.

Kafedralar oʻquv yuklamalari shakllanib borishiga muvofiq bosqichma-bosqich tashkil etiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 5 mart