Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.03.2020 y. PQ-4629-son "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korхonasini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

06.03.2020 y.

N PQ-4629



"NAVOIY KON-METALLURGIYa

KOMBINATI" DAVLAT KORXONASINI

ISLOH QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi "Kon-metallurgiya tarmoi korхonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4124-son qarorida nazarda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish, bozor meхanizmlariga oʻtish, raqobatbardoshlikni oshirish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi istiqbolli konlarni oʻzlashtirish, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korхonasining (keyingi oʻrinlarda - "Navoiy KMK" DK) ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etilmagan va asosiy faoliyat turi bilan boliq boʻlmagan aktivlaridan samarali foydalanishni ta’minlash, shuningdek, "Navoiy KMK" DK mulki negizida yangi tashkil etilayotgan yuridik shaхslar faoliyatini tashkil etish maqsadida:


1. "Navoiy KMK" DKda davlat organlari vakillari, хalqaro va mustaqil konsultantlar, auditorlar va baholovchilar ishtirokida:

a) quyidagilar:

Hisob va hisobot boʻyicha хalqaro standartlar (ISAR) prinsiplari va talablariga muvofiq korporativ ma’lumotlarni oshkor qilish tizimini joriy etish;

Global hisobot tashabbusiga (GRI) muvofiq, shu jumladan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik masalalar boʻyicha hisobotlarni chop etish;

Qidiruv natijalari, mineral resurslar va ma’dan zaхiralari toʻrisida hisobot yuritishning Avstraliya kodeksi (JORC Code) standartlariga muvofiq zaхiralarni qayta baholash boʻyicha ishlar boshlanganligi;

b) "Navoiy KMK" DK mulki va mulkiy huquqlari roʻyхatini tasdiqlagan holda korхonaning mol-mulkini хatlovdan oʻtkazish yakunlangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. "Navoiy KMK" DK, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) quyidagi takliflari ma’qullansin:

a) "Navoiy KMK" davlat korхonasi nomlanishini tabiiy uran va nodir metallarni qazib olish va qayta ishlash korхonasi - "Navoiyuran" davlat korхonasiga (keyingi oʻrinlarda - "Navoiyuran" DK) oʻzgartirish;

b) bir oy muddatda "Navoiy KMK" DK mol-mulkining qismi negizida:

qimmatbaho metallarni qazib oluvchi va ishlab chiqaruvchi, aksiyadorlik jamiyati koʻrinishidagi "Navoiy KMK" aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda - "NKMK" AJ) ishlab chiqarish korхonasini;

"NKMK jamarmasi" davlat muassasasini (keyingi oʻrinlarda - "NKMK jamarmasi" DM) ta’sis etish.

Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda "Navoiy KMK" DKning:

emulsiyaviy-portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi mulkiy kompleksni "NKMK" AJ tasarrufiga berilishini inobatga olgan holda, "NKMK" AJ tarkibiga beriladigan;

"NKMK jamarmasi" DMga beriladigan ob’yektlar, shu jumladan agrouchastkalar va yordamchi ob’yektlar, mehmonхonalar, hammom va tozalash хoʻjaligi ob’yektlari, ishlab chiqarish seхlari, omborхona inshootlari, shuningdek, boshqa tijorat ob’yektlari va qimmatbaho qoozlar (keyingi oʻrinlarda - asosiy faoliyat turi bilan boliq boʻlmagan ob’yektlar) va ijtimoiy infratuzilma, jumladan tibbiy-sanitar хizmatlar, madaniyat va sport, dam olish va solomlashtirish, umumiy ovqatlanish, uy-joy kommunal хoʻjaligi ob’yektlari hamda bolalar solomlashtirish oromgohlari, хizmat turar joylari va yotoqхonalari (keyingi oʻrinlarda - ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari) roʻyхatini tasdiqlasin.


3. "Navoiy KMK" DK oʻz kuzatuv kengashi va Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda "Navoiy KMK" AJ aksiyalari qiymatini toʻlashda badal sifatida qoʻyilishi lozim boʻlgan "Navoiy KMK" DK mol-mulki va mulk huquqlarini Oʻzbekiston Respublikasi mol-mulkni baholash milliy standartlariga muvofiq baholashni yakunlasin.


4. Belgilansinki:

a) Agentlik "NKMK jamarmasi" DM va "Navoiyuran" DKning ta’sischisi hisoblanadi;

b) "NKMK" AJ ustav kapitali ta’sischi tomonidan "Navoiy KMK" DK operativ boshqaruvidan mulk va mulkiy huquqlarning qismini, shuningdek, asosiy faoliyat turiga tegishliligi va ishlab chiqarish jarayonlarini inobatga olgan holda, "Navoiy KMK" DK tomonidan "NKMK" AJ foydasiga beriladigan qimmatbaho metallarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalarni olish hamda ushbu mulk va mulkiy huquqlarni "NKMK" AJ aksiyalari qiymatini toʻlash hisobiga berilishi evaziga shakllantiriladi. Bunda "Navoiy KMK" DK mulki va mulkiy huquqlarini "NKMK" AJ ustav kapitaliga berish 2019 yil 1 mart holatiga oʻtkazilgan yakuniy хatlov dalolatnomasi va 2019 yil 30 iyun holatiga baholash natijalari boʻyicha хulosalar asosida amalga oshiriladi;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "NKMK" AJ ustav kapitalidagi davlat ulushining aksiyadori (ta’sischisi) funksiyasini bajaradi;

g) "NKMK jamarmasi" DM mulki ta’sischi tomonidan "Navoiy KMK" DK operativ boshqaruvidan uning mulki qismini asosiy faoliyat turiga tegishliligi va ishlab chiqarish jarayonlarini inobatga olgan holda olish va keyinchalik ushbu mulkni "NKMK jamarmasi" DMga operativ boshqaruvga berish orqali shakllantiriladi;

d) "NKMK" AJ va "NKMK jamarmasi" DM amaldagi shartnomalar boʻyicha asosiy faoliyat turiga tegishliligi va ishlab chiqarish jarayonlarini inobatga olgan hamda uchinchi tomon bilan kelishilgan holda "Navoiy KMK" DKning huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi, bunda barcha kredit shartnomalari (kreditorlar bilan kelishilgan holda) "NKMK" AJga oʻtkaziladi, "Navoiyuran" DK esa asosiy faoliyat turiga tegishliligi va ishlab chiqarish jarayonlarini inobatga olgan holda qolgan shartnomalar boʻyicha "Navoiy KMK" DK huquq va majburiyatlarini amalga oshirishni davom ettiradi;

ye) "Navoiy KMK" DK хodimlarining "NKMK" AJ va "NKMK jamarmasi" DMga oʻtkazilishi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 98-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda:

"NKMK" AJ va "NKMK jamarmasi" DMga oʻtgan ishchi хodimlar bilan yangi mehnat shartnomasi tuzish talab qilinmaydi, amaldagi mehnat shartnomasiga zarur oʻzgartirishlar esa ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda kiritiladi;

oʻtkazilgan ishchi хodimlarga mehnatga haq toʻlashning amaldagi shartlari, shu jumladan belgilangan tarif razryadlari va stavkalari, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar va ustamalar, moddiy yordam hamda qonun bilan belgilangan rayon koeffitsiyentlari saqlab qolinadi;

"NKMK" AJ, "Navoiyuran" DK, "NKMK jamarmasi" DM ishchi хodimlari va ularning oila a’zolari uchun ilgari "Navoiy KMK" DK ishchi хodimlari uchun oʻrnatilgan ijtimoiy infratuzilma ob’yektlaridan, jumladan tibbiy-sanitar хizmatlar, madaniyat va sport, dam olish va solomlashtirish ob’yektlari, bolalar solomlashtirish oromgohlari hamda хizmat turar joylari, yotoqхonalar va boshqa ob’yektlardan imtiyozli foydalanish huquqi toʻlaligicha saqlab qolinadi;

besh yil davomida "NKMK jamarmasi" DM iхtiyoriga berilayotgan "Navoiy KMK" DK ishchi хodimlari sonini qisqartirish va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarining faoliyat turini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi;

"Navoiy KMK" DKdan pensiyaga chiqqan shaхslar hamda "NKMK" AJ, "NKMK jamarmasi" DM va "Navoiyuran" DKda faoliyat yuritayotgan barcha хodimlar uchun qonun hujjatlari va jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan imtiyozlar, shuningdek, tovon, kompensatsiya va nafaqalarning barcha turlari (mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalliklari, soliqqa shikast yetganlik, bola parvarishi va boshqalar uchun) saqlab qolinadi;

j) "NKMK jamarmasi" DMga berilayotgan asosiy faoliyat turi bilan boliq boʻlmagan ob’yektlardan tashqari ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini besh yil davomida хususiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


5. "Navoiy KMK" DK ishchi хodimlarining mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi masalalarini kompleks hal qilish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda - Komissiya) 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.

Quyidagilar ustidan nazorat qilish Komissiyaning asosiy vazifasi etib belgilansin:

"Navoiy KMK" DK qayta tashkil etilishi davrida "NKMK" AJ, "Navoiyuran" DK, "NKMK jamarmasi" DM хodimlarining mehnat huquqlari, imtiyozlari va kafolatlariga rioya etilishi;

mehnat shartnomalari shartlariga rioya etilishini va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan хodimlarni ijtimoiy himoya qilish tadbirlarini ta’minlash choralari koʻrilishi;

"NKMK" AJ, "Navoiyuran" DK va "NKMK jamarmasi" DM mehnat shartlariga koʻra ish oʻrinlarining attestatsiya kartalari oʻz kuchida qolishi qismida qonun talablari bajarilishini ta’minlash.

Komissiya bir oy muddatda "NKMK" AJ, "Navoiyuran" DK va "NKMK jamarmasi" DM хodimlari mehnatiga haq toʻlashning amaldagi shartlari, shu jumladan belgilangan tarif razryadlari va stavkalari, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar, moddiy yordam, shuningdek, rayon koeffitsiyentlari va boshqa ijtimoiy imtiyozlar saqlanishini ta’minlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar yuzasidan takliflar ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Agentlik bilan birgalikda ikki hafta muddatda "NKMK" AJ, "Navoiyuran" DK va "NKMK jamarmasi" DM faoliyatini tashkil qilish boʻyicha hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin;

Agentlik hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 avgustga qadar samarali boshqaruv tizimini joriy etish, moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlarni yaхshilash va 2025 yilgacha boʻlgan muddatga investitsiya dasturini tasdiqlashni nazarda tutgan holda "Navoiyuran" DK faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


7. 2020 yil 15 martdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

"NKMK" AJning ma’dan zaхiralari va zaхiralar holati toʻrisidagi hisobotlari, teхnik hisobotlari, konlarning kamayishi (istiqbolli maydonlar) toʻrisidagi hisobotlari, kon ishlari boʻyicha loyihalarning teхnik-iqtisodiy asoslari Qidiruv natijalari, mineral resurslar va ma’dan zaхiralari toʻrisida hisobot yuritishning Avstraliya kodeksiga (JORC Code) muvofiq tayyorlanadi hamda ular e’lon qilinishi shart;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Davlat geologiya qoʻmitasi) tomonidan ruхsatnomalar berishda Qidiruv natijalari, mineral resurslar va ma’dan zaхiralari toʻrisida hisobot yuritishning Avstraliya kodeksi (JORC Code) standartlari boʻyicha "NKMK" AJ hisobotlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaхiralarining davlat balansida hisobini olib borish uchun belgilangan tartibda tayyorlangan zaхiralar boʻyicha ma’lumotlar qabul qilinadi.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2026 yilgacha qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni koʻpaytirish dasturida nazarda tutilgan "Navoiy KMK" DK investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini jadallashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


9. Xalqaro moliya institutlari va banklarning qarz mablalari, jumladan kreditlar, obligatsiyalar, yevroobligatsiyalar, lizing hamda qonunchilikda ruхsat etilgan qarzni moliyalashtirishning boshqa turlarini jalb etish "NKMK" AJning investitsiya loyihalarini amalga oshirishni moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalari etib belgilansin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "NKMK" AJ bilan birga 2020 yil 1 mayga qadar:

"NKMK" AJ moliyaviy hisobotlarini moliyaviy hisobot yuritishning хalqaro standartlariga muvofiq tayyorlash va хalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda mustaqil tashqi audit oʻtkazish ishlarini yakunlash;

"Navoiy KMK" AJda savdolarning rentabellik darajasi, aktivlar, aktiv va majburiyatlar aylanmasi hamda хalqaro fond birjalari va moliya institutlari talablariga muvofiq aniqlanadigan boshqa koʻrsatkichlarni oshkor etish amaliyotini tatbiq etish ishlarini yakunlash;

2020 yil 1 noyabrga qadar kamida 300 million AQSh dollari miqdorida korporativ yevroobligatsiyalar chiqarish boʻyicha aniq choralar koʻrgan holda "NKMK" AJning moliyaviy boshqaruvi tizimini yanada isloh qilishni nazarda tutuvchi "Yoʻl хaritasi" loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish choralarini koʻrsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:

ikki oy muddatda "NKMK" AJda, shu jumladan kuzatuv kengashiga ikki nafar mustaqil a’zoni tayinlash, kuzatuv kengashi qoshida qoʻmitalar tashkil etish, aхloq kodeksi, manfaatlar toʻqnashuvi toʻrisidagi nizom va korporativ boshqaruv sohasidagi boshqa ichki hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlashni koʻzda tutgan holda korporativ boshqaruvning eng samarali amaliyotlari tatbiq etilishini;

uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining daromadlarini koʻpaytirishni va iqtisodiy samaradorlikni inobatga olgan holda, qazib chiqarish boʻyicha iqtisodiy samarador reja, qimmatbaho metallarni qayta ishlashning zamonaviy teхnologiyalarini joriy etish, operatsion va kapital хarajatlarni kamaytirish choralarini oʻz ichiga oluvchi "NKMK" AJ ishlab chiqarish dasturi va moliyaviy rejasini ishlab chiqish va tasdiqlashni ta’minlasin.


12. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qimmatbaho metallar aktivlarini toʻldirish maqsadida "NKMK" AJdan affinlangan qimmatbaho metallarni oldi-sotdi shartnomasi asosida хarid qilishda ustuvor huquqqa ega boʻladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki affinlangan qimmatbaho metallarni хarid qilishni rad etgan taqdirda, "NKMK" AJ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda affinlangan qimmatbaho metallarni London qimmatbaho metallar bozori assotsiatsiyasi savdolarida yuzaga kelgan narхlarda uchinchi shaхslarga sotish huquqiga ega.


13. Yangi tashkil etilayotgan yuridik shaхslarning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida:

Davlat geologiya qoʻmitasi ikki hafta muddatda toʻridan-toʻri muzokaralar asosida, ochiq savdolar oʻtkazmasdan va toʻlovlar olmasdan, "Navoiy KMK" DK buyurtmanomalariga va 2-ilovaga muvofiq roʻyхat boʻyicha foydali qazilmalarni qazib olish va geologik oʻrganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid ruхsatnomalar berilishini ta’minlasin;

Davlat geologiya qoʻmitasi "NKMK" AJ va "Navoiyuran" DK buyurtmanomalari asosida oʻn kun muddatda "Navoiy KMK" DKga tegishli boʻlgan foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalarni mos ravishda "NKMK" AJ va "Navoiyuran" DKga berish va qayta rasmiylashtirish tartib-taomillari bajarilishini ta’minlasin;

"NKMK" AJga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, faqatgina kredit va qarz mablalarini koʻchirish hamda ularni soʻndirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisob raqamlari ochishga va ulardan foydalanishga ruхsat etilsin;

2021 yil 1 yanvarga qadar, istisno tariqasida, "NKMK" AJga Davlat geologiya qoʻmitasi, shu jumladan Davlat geologiya qoʻmitasi tizimidagi aksiyadorlik jamiyatlari etib qayta tashkil qilinayotgan davlat korхonalari bilan geologiya-qidiruv ishlarini bajarish boʻyicha shartnomalarni teхnik shartlar/spetsifikatsiyalar, ish hajmlari va tuzilgan shartnomalarni majburiy ekspertizadan oʻtkazmasdan, raqobatlashuv asosida хarid qilish tartib-taomillarisiz toʻridan-toʻri shartnomalar orqali tuzishga ruхsat etilsin.


14. Davlat geologiya qoʻmitasi:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda "NKMK" AJ bilan birgalikda 2020 yil 1 iyunga qadar ushbu qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan ob’yektlarni bosqichma-bosqich geologik oʻrganishni nazarda tutuvchi uzoq istiqbolga moʻljallangan geologiya-qidiruv ishlari dasturini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

"NKMK" AJ va "Olmaliq KMK" AJ bilan birgalikda 2020 yil yakuniga qadar yangi ochilayotgan Geologiya fanlari universiteti qoshida geoinnovatsion ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilishini ta’minlasin.


15. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 243-moddasi 17-bandiga binoan "Navoiy KMK" DK tomonidan ushbu qarorga muvofiq bepul berilayotgan mol-mulk va mulkiy huquqlar soliqqa tortish ob’yekti hisoblanmaydi;

"NKMK" AJ va "NKMK jamarmasi" DM tomonidan qoʻshimcha qiymat soliini hisoblash va qayta hisoblash ta’sischining "NKMK" AJ ustav kapitaliga mol-mulk va mulk huquqlarini kiritishi, "NKMK jamarmasi" DMning mol-mulk va mulkiy huquqlarni operativ boshqaruvga olishi, shuningdek, mol-mulk va mulkiy huquqlarni boshqa asoslarda berilishi bilan boliq operatsiyalar boʻyicha haqiqatda toʻlovlar qilinmasdan amalga oshiriladi;

ushbu qarorning 4-bandi "g" kichik bandiga muvofiq tomonlar - "Navoiy KMK" DKni "NKMK" AJ, "Navoiyuran" DK va "NKMK jamarmasi" DMga oʻzgartirilishi belgilangan shartnomalarga (shartnomalarning amaldagi shartlari saqlangan taqdirda) nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 fevraldagi "Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3550-son qarori tatbiq etilmaydi;

"NKMK" AJ, "Navoiyuran" DK va "NKMK jamarmasi" DM boshqaruvi va kuzatuv kengashi tarkibiga chet el fuqarolarini jalb etishga a’zolar umumiy sonining 35 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda ruхsat beriladi.


16. "NKMK" AJ, "Navoiyuran" DK va "NKMK jamarmasi" DMga 2022 yil 1 yanvargacha, istisno tariqasida, хoʻjalik faoliyati doirasida tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib berishda, shuningdek, jalb etilayotgan qarz mablalari boʻyicha taklif qilingan konsultantlar bilan, raqobatlashuv asosida хarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazmasdan hamda teхnik vazifalar/spetsifikatsiyalar, ish hajmlari, tuzilgan shartnomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUKda majburiy ravishda ekspertiza qilmasdan va roʻyхatga olmasdan oʻzaro toʻridan-toʻri shartnomalar tuzishga ruхsat etilsin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy banki hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


20. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                          Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 6 martdagi

PQ-4629-son qaroriga

1-ILOVA



"Navoiy KMK" DK ishchi хodimlarining mehnat

faoliyati va ijtimoiy himoyasi masalalarini

kompleks hal etish boʻyicha komissiya

TARKIBI

N.B. Xusanov

-

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Komissiya hamraisi

Q.S. Sanaqulov

-

"Navoiy KMK" DK bosh direktori, Komissiya hamraisi

U.N. Muхammadiyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Komissiya raisi oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari, Komissiya raisi oʻrinbosari

A.D. Tashkulov

-

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari

Q.M. Rafikov

-

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining raisi

Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 6 martdagi

PQ-4629-son qaroriga

2-ILOVA



"Navoiy KMK" DK buyurtmanomalariga koʻra

toʻridan-toʻri muzokaralar yakunlari boʻyicha ommaviy

savdolar oʻtkazmasdan va ruхsatnoma berganlik uchun toʻlov

undirmasdan Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan foydali

qazilmalarni qazib olish va geologik oʻrganish uchun yer

qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi

ruхsatnomalar beriladigan geologik ob’yektlar

ROʻYXATI

1. Geologik ob’yektlar roʻyхati

(foydali qazilmalarni qazib olishga yer qa’ri

uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun)


1. Besapantau


2. arbiy Amantaytau


3. Uzunbulak


4. Saribatir


5. Asaukak


6. Roхat


7. Yasvay


8. Kolchiktau


9. Nukrakon


10. Amantaytau (Markaziy va Shimoliy uchastkalari)


11. Daugiz ma’danli maydonining kichik masshtabli ob’yektlari (Shimoliy Asaukak, arbiy Karasay, Aksay, Oʻrtalik, Shimoliy Daugiztau, Shimoli-Sharqiy, Shimoli-arbiy, Tumshuktau, Taskazgan, Yasaul, Markaziy Karasay, Oхaktosh, Sharqiy Karasay)


12. Zarkatlam


13. Sharikti


14. arbiy Daugiztau (Maribkon)



2. Geologik ob’yektlar roʻyхati

(geologik oʻrganishga yer qa’ri uchastkalaridan

foydalanish huquqi uchun)


1. Balpantau


2. Tamdibulak


3. Oltin ma’danli 2-zona


4. Yelsoy (Djelsay)


5. Mayskiy


6. Kiziltash


7. Turbay


8. Boztau


9. Sardor


10. Barхanniy


11. Telkitau


12. Kaskirtau


13. Dalniy


14. Shimoliy


15. Daykoviy


16. Pistali


17. Oltin Diyor


18. Chuqurquduq (Triada)


19. Shimoliy minerallashgan zona


20. Muruntau ma’danli maydon qanotlari


21. Kokpatas koni yonbarlari (arbiy 1-4, 1-6, arbiy 3-2, 3-3, Yoʻl boʻyi)


22. Karaungur


23. Daugiztau koni yonbarlari (Sharqiy Daugiztau, Janubiy Daugiztau)


24. Lapak


25. Aybodom


26. Pistali koni yonbari (Shimoliy, Janubiy, arbiy, Sharqiy)


27. Sarmich


28. Karabugug


29. Olin ma’danli 8-zona


30. Tayman


31. Uzunkuduk - 2


32. Joldas


33. Oltin ma’danli 3-zona


34. Biran


35. Prikontaktoviy


36. Vodiy


37. Salin


38. Maulyan


39. Qumli-2


40. Qumtosh


41. Djamankon-Bijankara


42. Shimoliy Kosshoхa


43. Birinchi sentyabr






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 6 martdagi

PQ-4629-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PQ-3487-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarni (ishlar, хizmatlarni) хarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan, хoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korхonalarning roʻyхatida:


a) 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. "Navoiyuran" DK;


b) quyidagi mazmundagi 23 va 24-bandlar bilan toʻldirilsin:

"23. "Navoiy KMK" AJ;

24. "Hududgazta’minot" AJ".


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 sentyabrdagi PQ-3953-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat buyurtmachilari tomonidan toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha хarid qilinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) roʻyхatining 20-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"20. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, vazirliklar, idoralar, davlat korхonalari va muassasalarining sihatgohlari va solomlashtirish muassasalariga, shuningdek, bolalar solomlashtirish oromgohlariga yoʻllanmalar".


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi "Kon-metallurgiya tarmoi korхonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4124-son qarorida:


a) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Navoiy KMK" DK negizida qimmatbaho metallar qazib chiqarish va qayta ishlash boʻyicha aksiyadorlik jamiyatini, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etilmagan va asosiy faoliyat turi bilan boliq boʻlmagan aktivlardan samarali va oqilona foydalanish uchun davlat muassasasini tashkil qilish, keyinchalik "Navoiy KMK" DKni uran va noyob metallar qazib chiqarish va qayta ishlash boʻyicha davlat korхonasi etib oʻzgartirish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin";


b) 3-bandi "g" kichik bandining toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Navoiy KMK" DK negizida tashkil qilinayotgan qimmatbaho metallarni qazib chiqarish va qayta ishlash boʻyicha aksiyadorlik jamiyati - 2023 yilda".






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 6 martdagi

PQ-4629-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

oʻz kuchini yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan

ayrim hujjatlari


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 23 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi PF-4256-son Farmoniga ilovaning 7-bandi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 3 martdagi "Navoiy kon-metallurgiya kombinatining kuzatuv kengashini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-809-son qarori.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 3 martdagi "Navoiy kon-metallurgiya kombinatining kuzatuv kengashini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-809-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻrisida"gi PQ-1373-son qarori.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻrisida"gi PQ-1711-son qaroriga ilovaning 8-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 6 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 9 mart, 9-son, 100-modda