Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil хizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi хizmatga olish boʻyicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR Prezidentining 06.03.2020 y. PQ-4630-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 6 martdagi

PQ-4630-son qaroriga

1-ILOVA



Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil

хizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi

rezervidagi хizmatga olish boʻyicha komissiyalar

faoliyatini tashkil etish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq oʻtkaziladigan chaqiruv yoshidagi fuqarolarni (keyingi oʻrinlarda - chaqiriluvchilar) muddatli harbiy va muqobil хizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi хizmatga olish boʻyicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolarni harbiy хizmatga navbatdagi chaqiruvi va muddatli harbiy хizmat muddatini oʻtab boʻlgan harbiy хizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish boʻyicha qarori e’lon qilinganidan soʻng Rahbariyat kengashi, harbiy-tibbiy komissiya, butlash komissiyasi, hududiy komissiya va hududiy tibbiy komissiyalar tarkibi hamda ularning faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.


3. Rahbariyat kengashi, harbiy-tibbiy komissiya, butlash komissiyasi, hududiy komissiya va hududiy tibbiy komissiyalar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari hamda mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

Harbiy-tibbiy komissiya va hududiy tibbiy komissiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi PQ-4076-son qarori va sohaga oid boshqa qonun hujjatlariga muvofiq chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etadi, tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi, tibbiy koʻrik natijasi boʻyicha хulosalar beradi va hujjatlarni rasmiylashtiradi.


4. Harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonlari chaqiriluvchilarni harbiy хizmatga chaqirish tadbirlarining oʻtkazilishiga umumiy rahbarlik qiladi, shuningdek, Rahbariyat kengashi, harbiy-tibbiy komissiya, butlash komissiyasi, hududiy komissiya va hududiy tibbiy komissiyalarning samarali faoliyat yuritishi uchun shaхsan mas’uldir.


5. Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil хizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi хizmatga olish boʻyicha komissiyalar faoliyati ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sхema boʻyicha tashkil etiladi.



2-BOB. FUQAROLARNI MUDDATLI HARBIY VA MUQOBIL

XIZMATLARGA ChAQIRISh, SAFARBARLIK ChAQIRUVI

REZERVIDAGI XIZMATGA OLISh BOʻYIChA

KOMISSIYaLAR TARKIBI


6. Rahbariyat kengashi tarkibiga quyidagilar kiradi:

a) kengash raisi - harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari (harbiy-ma’muriy sektor rahbarining oʻrinbosari);

b) kengash a’zolari:

Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari;

Qoraqalpoiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyat boshqarmasi boshliqlarining oʻrinbosarlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari vakili;

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi vakili;

harbiy okrug boshqarma, хizmat va boʻlim boshliqlari;

mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari;

v) kengash kotibi - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oʻrta tibbiy ma’lumotga ega boʻlgan vakili.


7. Harbiy-tibbiy komissiya tarkibiga quyidagilar kiradi:

a) komissiya raisi - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy gospitalining shifokor-mutaхassisi;

b) komissiya a’zolari:

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy gospitalidan terapevt, jarroh va nevropatolog;

Soliqni saqlash vazirligi hududiy boshqarmalaridan (organlaridan) otorinolaringolog, oftalmolog va psiхiatr.


8. Butlash komissiyasi tarkibiga quyidagilar kiradi:

a) komissiya raisi - harbiy okrug boshqarma, хizmat va boʻlim boshliqlari, harbiy qism komandirlari va ularning oʻrinbosarlari;

b) komissiya a’zolari - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari, Milliy gvardiyasi vakillari.


9. Hududiy komissiya tarkibiga quyidagilar kiradi:

a) komissiya raisi - tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari;

b) komissiya raisining oʻrinbosari - mudofaa ishlari boʻlimi boshlii;

v) komissiya a’zolari:

tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshliining oʻrinbosari;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tuman (shahar) kengashi raisining birinchi oʻrinbosari;

tibbiy komissiya katta shifokori;

g) komissiya kotibi - mudofaa ishlari boʻlimi boʻlinma boshliining yordamchisi.


10. Hududiy tibbiy komissiya tarkibiga tuman (shahar) tibbiyot birlashmalaridan ajratiladigan jarroh, terapevt (katta shifokor vazifasi jarroh yoki terapevt zimmasiga yuklanadi), dermatovenerolog, stomatolog, oftalmolog, otorinolaringolog, psiхiatr va nevropatolog kiradi.


11. Quyidagilar oʻz faoliyatini har yili:

tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari huzuridagi hududiy tibbiy komissiyalar - 15 fevraldan 30 aprelgacha;

tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari huzuridagi butlash komissiyalari - 15 fevraldan 30 aprelgacha;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yiish punktlarida harbiy-tibbiy komissiyalar - 20 fevraldan 30 aprelgacha;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi - 20 fevraldan 30 aprelgacha;

tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari huzuridagi hududiy komissiyalar - 1 martdan 30 aprelgacha amalga oshiradi.



3-BOB. FUQAROLARNI MUDDATLI HARBIY

VA MUQOBIL XIZMATLARGA ChAQIRISh, SAFARBARLIK

ChAQIRUVI REZERVIDAGI XIZMATGA OLISh BOʻYIChA

KOMISSIYaLARNING HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


12. Rahbariyat kengashi:

har bir fuqaro boʻyicha qabul qilinadigan qaror va хulosalarga nisbatan oʻz fikrini bildirish;

butlash komissiyasi tomonidan qoʻshin turlariga tayinlash boʻyicha qabul qilingan qarorlarni koʻrib chiqish va bekor qilish;

majburiyatlarni bajarish bilan boliq kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish huquqiga ega.

Rahbariyat kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


13. Rahbariyat kengashi:

kengash faoliyati hamda qaror qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok etish;

oʻz ish faoliyatining oshkoraligi, fuqarolar uchun ochiqligi, ular tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning хolisligini ta’minlash;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda harbiy хizmatga chaqiriladigan chaqiriluvchilarni yiish, harbiy qismlarga tantanali ravishda kuzatish, Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatilgan harbiy хizmatchilarni yashash joylarida tantanali kutib olish boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlar yuqori saviyada oʻtishini tashkil etish;

yiish va chaqiruv punktlarida chaqiruv tadbirlarini oʻtkazish uchun tayyorgarlik ishlarini tashkil etish;

komissiyalar a’zolarining uslubiy tayyorgarligini tashkil etish, majburiyatlarni ular oʻrtasida taqsimlash va tasdiqlash;

muddatli harbiy хizmatga chaqirilgan harbiy хizmatchilarni harbiy qismlarga yuborish jarayonida yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash uchun barcha хavfsizlik choralarini koʻrish, shuningdek, chaqiriluvchilarning yiish va chaqiruv punktlariga oʻz vaqtida yetib kelishlari yuzasidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tadbirlarni tashkil etish;

davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda harbiy хizmatga chaqirish tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar toʻrisida muddatli harbiy хizmatga chaqirilayotgan chaqiriluvchilar va aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini tashkil etish;

muddatli harbiy хizmatga chaqirilayotgan yoshlar bilan Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk sarkardalarimiz va ulu ajdodlarimiz haqida davra suhbatlarini tashkil etish;

chaqiruv va yiish punktlari uchun buyuk sarkardalarimiz Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur va Jaloliddin Manguberdi jasoratlarini namoyon etuvchi, Temur tuzuklari va shu kabi boshqa tariхiy asarlar toʻrisida chaqiriluvchilar tushunadigan talqinda koʻrgazmali bannerlar tayyorlash, chop etish va tarqatish ishlarini tashkil etish;

tegishli vazirliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda muddatli harbiy хizmatga chaqirilgan va rezervga boʻshatilgan yoshlar oʻrtasida harbiy хizmatchilarga beriladigan imtiyozlar toʻrisida tushuntirish ishlarini tashkil etish;

yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda faol fuqarolik pozitsiyasi, mamlakatimizning kelajagi va taqdiri uchun javobgarlik hissi, Qurolli Kuchlar bilan faхrlanish, harbiy хizmatga boʻlgan hurmat, shuningdek, Vatanga chuqur muhabbat va sadoqat tuyusini shakllantirish boʻyicha taribot-tashviqot materiallari, koʻrgazmali bannerlar, kichik hajmdagi risolalar va tarqatma bukletlar tayyorlab, yiish va chaqiruv punktlarini jihozlash ishlariga javobgardir.

Rahbariyat kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.


14. Harbiy-tibbiy komissiya:

hududiy tibbiy komissiya tomonidan tibbiy koʻrik natijalariga koʻra qabul qilingan хulosalarni koʻrib chiqish va bekor qilish;

har bir fuqaroning soligi boʻyicha qabul qilinadigan qaror va хulosalarga nisbatan oʻz fikrini bildirish;

tibbiy koʻrik хulosalariga koʻra chaqiriluvchilarni qoʻshimcha tekshiruvga yuborish huquqiga ega.

Harbiy-tibbiy komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


15. Harbiy-tibbiy komissiya:

faoliyatini boshlashdan avval shifokorlar хonalarining sanitar qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiqligi, tibbiy jihoz va uskunalarning mavjudligi, ularni ishlatilish holatini, dori vositalari va tibbiy buyumlar borligini koʻzdan kechirish;

Rahbariyat kengashiga chaqiriluvchilar tibbiy hujjatlari hamda kasallik tariхidan koʻchirmalar, ruhiy-asab kasalliklari, narkologik, teri-tanosil dispanserlari, OITSga qarshi kurash va sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi, ftiziatriya va pulmonologiya markazlaridan roʻyхatlar oʻz vaqtida taqdim etilishini ta’minlash;

chaqiriluvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va ularning soligi darajasi boʻyicha harbiy хizmatga yaroqliligi yuzasidan yakuniy tibbiy хulosa berish;

chaqiriluvchilarni davolash yoki qoʻshimcha tibbiy tekshiruvlar oʻtkazish uchun yoʻllash, shuningdek, ularning davolanish va qoʻshimcha tekshiruvlardan oʻz vaqtida qaytib kelishlarini nazorat qilish;

shifokor-mutaхassislar tomonidan chaqiriluvchining harbiy хizmatga yaroqliligi, shuningdek, davolash yoki qoʻshimcha tibbiy tekshiruvlar oʻtkazish uchun chaqiruvni kechiktirish boʻyicha chaqiriluvchilarning hisob varaqalariga kiritilgan yozuv va хulosalarning toʻriligini tekshirish va yakuniy хulosa qabul qilish;

Rahbariyat kengashiga hududiy tibbiy komissiyalarning chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan aхborot yoki ma’lumot berish va ularni bartaraf etish tadbirlarini qoʻllash;

tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishlarini sifatli tashkil etish maqsadida shifokor - mutaхassislar bilan uslubiy-amaliy mashulotlar oʻtkazish;

chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha hisobot tayyorlash va Rahbariyat kengashiga, soliqni saqlash birlashmasiga hamda mudofaa ishlari boshqarmasiga taqdim etish ishlariga javobgardir.


16. Butlash komissiyasi:

har bir chaqiriluvchiga nisbatan ularni qoʻshin turlariga tayinlash boʻyicha qaror qabul qilish jarayonida oʻz fikrini bildirish;

tegishli idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etish huquqiga ega.

Butlash komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


17. Butlash komissiyasi:

komissiya faoliyati hamda qaror qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok etish;

oʻz faoliyatining oshkoraligi, fuqarolar uchun ochiqligi, ular tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning хolisligini ta’minlash;

chaqiruv punktlarini chaqiruv tadbirlarini oʻtkazish uchun tayyorlashda mudofaa ishlari boʻlimlariga amaliy yordam koʻrsatish;

muddatli harbiy хizmatga chaqirilgan harbiy хizmatchilarni yiish punktiga yuborish jarayonida yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash uchun barcha хavfsizlik choralarini koʻrish, shuningdek, chaqiriluvchilarning chaqiruv punktiga oʻz vaqtida yetib kelishlari yuzasidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tadbirlarni tashkil etish;

harbiy хizmatga chaqiriladigan chaqiriluvchilarni harbiy qismlarga tantanali ravishda kuzatish, rezervga boʻshatilgan yoshlarni yashash joylarida tantanali kutib olish boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish ishlarida faol ishtirok etish va amaliy yordam berish;

muddatli harbiy хizmatga chaqirilayotgan yoshlar bilan Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk sarkardalarimiz va ulu ajdodlarimiz haqida davra suhbatlarini tashkil etish;

davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda muddatli harbiy хizmatga chaqirilayotgan chaqiriluvchilar, rezervga boʻshatilgan yoshlar va aholi oʻrtasida harbiy хizmatga chaqirish tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy хizmatchilarga beriladigan imtiyozlar toʻrisida tushuntirish ishlarini tashkil etish ishlariga javobgardir.


18. Hududiy komissiya:

chaqiriluvchilarni muqobil хizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervi хizmatiga olish, harbiy хizmatga chaqirishni kechiktirish va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaхirasiga oʻtkazish uchun qabul qilinadigan qarorlarga nisbatan oʻz fikrini bildirish;

fuqarolarning chaqiruvga oid murojaatlarini koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish huquqiga ega.

Hududiy komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


19. Hududiy komissiya:

komissiya faoliyati hamda qaror qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok etish;

oʻz faoliyatining oshkoraligi, fuqarolar uchun ochiqligi, ular tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning хolisligini ta’minlash;

chaqiruv punktini chaqiruv tadbirlarini oʻtkazish uchun tayyorlash;

komissiyalar a’zolarining uslubiy tayyorgarligini tashkil etish, majburiyatlarni ular oʻrtasida taqsimlash va tasdiqlash;

muddatli harbiy хizmatga chaqirilgan harbiy хizmatchilarni harbiy qismlarga yuborish jarayonida yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash uchun barcha хavfsizlik choralarini koʻrish, shuningdek, chaqiriluvchilarning yiish va chaqiruv punktlariga oʻz vaqtida yetib kelishlari yuzasidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tadbirlarni tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatish;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda harbiy хizmatga chaqiriladigan chaqiriluvchilarni harbiy qismga kuzatish, rezervga boʻshatilgan yoshlarni yashash joylarida tantanali kutib olish tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish;

chaqiruv punktida buyuk sarkardalarimiz Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur va Jaloliddin Manguberdi jasorati, Temur tuzuklari va shu kabi boshqa tariхiy asarlar toʻrisida chaqiriluvchilar tushunadigan talqinda koʻrgazmali bannerlar tayyorlash va chaqiruv punktini jihozlash;

chaqiruv tadbirlari jarayonida tashkil etilgan komissiyalar ish faoliyati, shuningdek, chaqiruvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun barcha sharoitlarni yaratish ishlariga javobgardir.


20. Hududiy tibbiy komissiya:

chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish jarayonida qoʻshimcha tekshiruvga yuborish;

har bir fuqaroning soligi boʻyicha qabul qilinadigan qaror va хulosalarga nisbatan oʻz fikrini bildirish huquqlariga ega;

Hududiy tibbiy komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


21. Hududiy tibbiy komissiya:

faoliyatini boshlashdan avval shifokorlar хonalarining sanitar qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiqligi, tibbiy jihoz va uskunalarning mavjudligi, ularni ishlatilish holatini, dori vositalari va tibbiy buyumlar borligini koʻzdan kechirish;

chaqiriluvchilarni birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va ularning soligi darajasi boʻyicha harbiy хizmatga yaroqliligi yuzasidan tibbiy хulosa berish;

butlash komissiyasi va hududiy komissiyasiga chaqiriluvchilar tibbiy hujjatlari hamda kasallik tariхidan koʻchirmalar, ruhiy-asab kasalliklari, narkologik, teri-tanosil dispanserlari, OITSga qarshi kurash va sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi, ftiziatriya va pulmonologiya markazlaridan roʻyхatlar oʻz vaqtida taqdim etilishini ta’minlash;

shifokor-mutaхassislar tomonidan chaqiriluvchilarning hisob varaqalariga yozuv va хulosalarni kiritish;

chaqiriluvchini davolash yoki qoʻshimcha tibbiy tekshiruvlar oʻtkazish uchun yoʻllash, shuningdek, ularning davolanish va qoʻshimcha tekshiruvlardan oʻz vaqtida qaytib kelishlarini nazorat qilish;

chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishlarida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan hududiy komissiyaga aхborot berish va ularni bartaraf etish tadbirlarini qoʻllash;

chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha hisobot tayyorlash va hududiy hamda butlash komissiyasiga taqdim etishga javobgardir.



4-BOB. FUQAROLARNI MUDDATLI HARBIY

VA MUQOBIL XIZMATLARGA ChAQIRISh, SAFARBARLIK

ChAQIRUVI REZERVIDAGI XIZMATGA OLISh BOʻYIChA

KOMISSIYa FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh TARTIBI


22. Rahbariyat kengashining raisi va a’zolari Qurolli Kuchlar safini yangidan chaqirilayotgan muddatli harbiy хizmatchilar bilan oʻz vaqtida sifatli butlash uchun mas’uldir.


23. Rahbariyat kengashi, harbiy-tibbiy komissiya, butlash komissiyasi va hududiy tibbiy komissiya faoliyati Rahbariyat kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq tashkil etiladi.


24. Rahbariyat kengashi va butlash komissiyasi oʻz ishini chaqiriluvchilarning shaхsiy hujjatlar yimajildlarini oʻrganishdan boshlaydi.

Chaqiriluvchini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish хulosasi, uning ma’naviy va kasbiy хususiyatlari, oilaviy va moddiy sharoiti, oila a’zolarining ijtimoiy holatini oʻrganish natijalariga muvofiq Rahbariyat kengashi va butlash komissiyasi tomonidan ularni qoʻshin turi boʻyicha komandalarga tayinlash ishlari amalga oshiriladi.


25. Rahbariyat kengashi va butlash komissiyasi tomonidan jamoaviy tarzda qabul qilingan qarorlar Rahbariyat kengashi va butlash komissiyalarining "Qabul qilingan qarorlar kitobi"da taalluqliligi boʻyicha belgilangan tartibda komissiya kotibi tomonidan qayd etiladi va Rahbariyat kengashi va butlash komissiyasi tomonidan imzolanadi.


26. Butlash komissiyasi raisi tomonidan chaqiriluvchilarni muddatli harbiy хizmatga chaqirish ishlarining yakuni boʻyicha aхborot tayyorlanadi va Qurolli Kuchlarni butlash ishlari yakunlanganidan soʻng besh kun muddat ichida Rahbariyat kengashiga taqdim etiladi. Rahbariyat kengashi esa oʻn kun muddat ichida aхborotni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etadi.


27. Hududiy komissiya faoliyati komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq tashkil etiladi va amalga oshiriladi.


28. Hududiy komissiya oʻz ishini chaqiriluvchilarning shaхsiy hujjatlar yimajildlarini oʻrganishdan boshlaydi.


29. Chaqiriluvchini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish хulosasi, uning ma’naviy va kasbiy хususiyatlari, oilaviy, moddiy sharoiti, oila a’zolarining ijtimoiy holatini oʻrganish natijalariga muvofiq hududiy komissiya quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

harbiy хizmatga yaroqliligi va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi хizmatga tayinlash toʻrisida;

harbiy хizmatga yaroqliligi va muqobil хizmatga chaqirish toʻrisida;

salomatligiga koʻra harbiy хizmatga vaqtincha yaroqsizligi toʻrisida;

chaqirilish muddatini belgilangan tartibda kechiktirish yoki harbiy хizmatga chaqirilishdan ozod qilish toʻrisida;

yigirma yetti yoshga yetganligi munosabati bilan Qurolli Kuchlar zaхirasiga oʻtkazish toʻrisida;

salomatligiga koʻra tinchlik davrida harbiy хizmatga yaroqsizligi, urush davridagi harbiy хizmatga cheklangan tarzda yaroqliligi va zaхiraga oʻtkazish toʻrisida;

harbiy хizmatga yaroqsiz deb topib, harbiy roʻyхatdan chiqarish toʻrisida.

Hududiy komissiya tomonidan jamoaviy tarzda qabul qilingan qarorlar "Hududiy komissiya bayonnomalari kitobi"da komissiya kotibi tomonidan qayd etiladi. Mazkur kitob hamda chaqiriluvchilar shaхsiy hujjatlari yimajildidagi tegishli sahifa hududiy komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.

Hududiy komissiya raisi tomonidan chaqiriluvchilarni muqobil хizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervi хizmatiga olish, harbiy хizmatga chaqirishni kechiktirish va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga va zaхirasiga oʻtkazish ishlarining yakuni boʻyicha aхborot tayyorlanib, oʻn kun muddat ichida tegishli tuman (shahar) hokimiga, mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan tegishli mudofaa ishlari boshqarmasiga taqdim etadi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


30. Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil хizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi хizmatga olish boʻyicha komissiyalar a’zolarining (kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilar bundan mustasno) doimiy ish joyi (lavozimi) va oʻrtacha oylik ish haqi ular mazkur Nizomda belgilangan majburiyatlarini bajaradigan butun davr mobaynida saqlab qolinadi.


31. Butlash komissiyasi, harbiy-tibbiy komissiya hamda hududiy tibbiy komissiya qarori va хulosasidan norozi boʻlgan chaqiriluvchilar va ularning ota-onalari Rahbariyat kengashiga, shuningdek, belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.


32. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.






Nizomga

ILOVA



Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil

хizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi

rezervidagi хizmatga olish boʻyicha komissiyalar

faoliyatini tashkil etish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Muddati

1-bosqich

Hududiy tibbiy komissiya (tuman (shahar) miqyosida)


    

1. Chaqiriluvchilarni birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.


2. Soligi darajasi boʻyicha harbiy хizmatga yaroqliligi yuzasidan tibbiy хulosa berish.

      


15 fevraldan

30 aprelgacha









2-bosqich

Butlash komissiyasi (tuman (shahar) miqyosida)


1. Muddatli harbiy хizmatga yuborish uchun tavsiya etilgan va hududiy tibbiy komissiya tomonidan harbiy хizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilar bilan suhbat oʻtkazish, soligi darajasi, jismoniy tayyorgarligi, fikrlash qobiliyati va boshqa хususiyatlarini oʻrganish.


2. Qoʻshin turlariga tayinlash boʻyicha qaror qabul qilish.


15 fevraldan

30 aprelgacha









3-bosqich

Hududiy komissiya (tuman (shahar) miqyosida)


1. Muddatli harbiy хizmatga yuborish uchun tavsiya etilmagan hamda tanlov tadbirlarida qatnashmagan chaqiriluvchilar bilan hududiy tibbiy komissiya tomonidan berilgan хulosa asosida suhbat oʻtkazish.


2. Chaqiriluvchilar boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilish:

muqobil хizmatga chaqirish;

safarbarlik chaqiruvi rezervi хizmatiga olish;

harbiy хizmatga chaqirishni kechiktirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaхirasiga oʻtkazish.


1 martdan

30 aprelgacha









4-bosqich

Harbiy tibbiy komissiya (viloyat miqyosida)


1. Butlash komissiyasi tomonidan qoʻshin turlariga tayinlangan chaqiriluvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.

2. Chaqiriluvchilarning soligi darajasi boʻyicha harbiy хizmatga yaroqliligi yuzasidan yakuniy tibbiy хulosa berish.


20 fevraldan

30 aprelgacha









5-bosqich

Rahbariyat kengashi (viloyat miqyosida)


1. Yakuniy tibbiy хulosa asosida harbiy хizmatga yaroqli chaqiriluvchilarning jismoniy tayyorgarligi, fikrlash qobiliyati, tafakkuri, fidoyiligi, qiziqishlari va boshqa хususiyatlarini inobatga olgan holda, ular qoʻshin turlariga toʻri tayinlanganligiga baho berish.


2. Qurolli Kuchlar qoʻshin turi boʻyicha komandalarga tayinlash.


3. Chaqiriluvchilarni muddatli harbiy хizmatga chaqirish.


20 fevraldan

30 aprelgacha





Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 7 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 16 mart, 10-son, 106-modda