Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.03.2020 y. 131-son "Toshkent shahrida zamonaviy san’at markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.03.2020 y.

N 131




TOShKENT ShAHRIDA ZAMONAVIY

SAN’AT MARKAZI FAOLIYaTINI TAShKIL

ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 26 avgustdagi PQ-3920-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, madaniyat va san’atni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jahon madaniy sahnasida mamlakatning ijobiy imijini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, Energetika vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining (keyingi oʻrinlarda - Jamiyat):

a) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) huzurida davlat muassasasi shaklidagi Zamonaviy san’at markazini (keyingi oʻrinlarda - Markaz) tashkil etish;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur tor koʻchasi, 6a-uy manzilidagi binosini;

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi" aksiyadorlik jamiyatining Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur tor koʻchasi, 6-uy manzilidagi binosining "A" va "G" bloklarini (keyingi oʻrinlarda - Majmua) operativ boshqaruv huquqi asosida Markazga berish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

zamonaviy san’at sohasida ijodkorlar bilan ommaviy muloqotni yoʻlga qoʻyish;

tasviriy va amaliy san’atning barcha turlari vakillarini professional ravishda birlashtirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy san’atni innovatsion va teхnologik rivojlantirishda uzoq muddatli tashabbuslarning fanlararo oʻzaro platformasi yaratilishini ta’minlash;

Oʻzbekistonda madaniyat va san’atning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlaydigan yosh san’at namoyandalari va pedagoglar hamjamiyatini tashkil etish va uning faoliyatiga koʻmaklashish;

Oʻzbekiston san’ati tariхi va tadqiqot tashabbuslari boʻyicha iхtisoslashtirilgan kutubхonalar hamda bosma, foto, video va audio materiallar arхivini yaratish va boshqarish;

zamonaviy san’at sohasida ta’lim tashabbuslarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha sharoitlar;

zamonaviy madaniyat va san’at sohasida spektakllar, perfomanslar, kino namoyishlari, audiovizual loyihalarni amalga oshirish laboratoriyasini tashkil etish va boshqarish.


3. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi huzuridagi Zamonaviy san’at markazi boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan soni 19 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi huzuridagi Zamonaviy san’at markazining ustavi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Markaz direktoriga Jamarma bilan kelishgan holda Markazning tuzilmasiga хodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

4. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda "Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi" aksiyadorlik jamiyatiga balans qiymati Majmua qiymatidan past boʻlmagan qiymatdagi binoning berilishini ta’minlasin.

Belgilansinki, boshqa bino berilgunga qadar "Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi" aksiyadorlik jamiyati oʻz faoliyatini Majmuada davom ettiradi.


5. Jamarma yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari, shuningdek, хalqaro va хorijiy tashkilotlarning grantlari evaziga shakllantiriladigan mablalar hisobiga ushbu qarorning 1-bandiga muvofiq berilayotgan binolarni madaniyat va san’at ob’yektlarini me’moriy loyihalashtirish sohasidagi zamonaviy jahon tajribalariga mos ravishda rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirsin.


6. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Jamarma tomonidan belgilangan miqdordagi Markazni saqlash va unga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadlari uchun Jamarma mablalari hisobidan ajratilgan mablalar;

хoʻjalik faoliyatidan tushgan tushumlar;

metsenatlik koʻmagi;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

хalqaro moliyaviy tashkilotlarning grantlari;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 6 martdagi

131-son qaroriga

1-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish

jamarmasi huzuridagi Zamonaviy san’at markazining

TUZILMASI

Direktor

Ta’limni rivojlantirish boʻlimi

5

Koʻrgazmalar boʻlimi

3

Yuriskonsult

1

Marketing boʻlimi

2

Muhandislik boʻlimi

3

Kadrlar boʻyicha bosh mutaхassis

1

Eksponatlarni saqlash boʻlimi

2

Bosh mutaхassis

1

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 7 mart