Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.03.2020 y. 138-son "Fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
11.03.2020 y.
N 138
FUQAROVIY VA XIZMAT QUROLINI
HAMDA UNING OʻQ-DORILARINI IShLAB
ChIQARISh, TA’MIRLASh VA REALIZATsIYa
QILISh BOʻYIChA FAOLIYaTNI LITsENZIYaLASh
TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI
TASDIQLASh HAQIDA
"Qurol toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2020 yil 11 mart