Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.03.2020 y. 143-son "Oʻzbekiston Respublikasida badminton sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.03.2020 y.

N 143




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BADMINTON

SPORT TURINI RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Respublikada badminton sport turini yanada keng rivojlantirish, aholi keng qatlamlarini, хususan, yoshlarni badminton sport turi bilan muntazam shuullanishga jalb etish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, yuqori malakali trener kadrlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, mavjud moddiy-teхnika bazadan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasida badminton sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Quyidagilar Dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

badminton sport turi bilan shuullanuvchilar uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu sport turining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash, ushbu yoʻnalishda davlat-хususiy sheriklik sub’yektlarining faoliyatini rivojlantirish;

badminton sport turi boʻyicha kadrlar salohiyatini yanada oshirish, yuqori malakali, chuqur kasbiy bilimga va aхloqiy fazilatlarga ega boʻlgan malakali trenerlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularni ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash;

aholining keng qatlamlari oʻrtasida badminton boʻyicha ommaviy solomlashtirish ishlarini rivojlantirish, musobaqalarni oʻtkazish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, qoʻllab-quvvatlash va maqsadli tayyorlash;

Oʻzbekistonda badminton sport turini yanada rivojlantirish maqsadida ushbu sport turi boʻyicha yuqori natijalarga erishgan mamlakatlar tajribasini oʻrganish, zarur hollarda хorijiy trenerlar va mutaхassislarni jalb qilish;

ommaviy aхborot vositalari, shu jumladan, elektron va Internet jahon aхborot tarmoi orqali aholi oʻrtasida badminton sport turining solom turmush tarziga ijobiy ta’sir etuvchi vosita ekanligini tarib qilish ishlarini tashkil etish.


2. Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining shaхsiy mas’uliyati belgilab qoʻyilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oʻzbekiston badminton federatsiyasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda hududlarda badminton sport turini yanada rivojlantirish, shu jumladan tegishli tuman (shahar)larda badminton boʻyicha klublarni tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi namunasini ishlab chiqsin hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborsin.


3. Quyidagilar Dasturning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablalar;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining "Ta’lim" sohasiga ajratiladigan mablalari;

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi mablalari;

Oʻzbekiston badminton federatsiyasi mablalari;

imtiyozli хorijiy kreditlar va grantlar;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


4. Respublika hududlari boʻyicha badminton sport turiga biriktirilayotgan sport ob’yektlari roʻyхati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Oʻzbekiston badminton federatsiyasi bilan birgalikda 2-ilova bilan biriktirilayotgan sport ob’yektlarida badmintonchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy sport asbob-uskunalari, inventarlari bilan ta’minlash, badminton boʻyicha yuqori darajada sport musobaqalarni, oʻquv-mashq yiinlarini va boshqa sport tadbirlarini oʻtkazish, badminton klublarini tashkil etish vazifalari yuklansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda samarali sport infratuzilmasini yaratish maqsadida bolalar maydonchalari negizida tasdiqlangan me’yor va talablar asosida badminton maydonchalarini qurish boʻyicha namunaviy loyiha ishlab chiqilishini tashkil etsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida 2020 yildan boshlab badminton sport turi uchun 3 oylik qisqa muddatli qayta tayyorlash oʻquv kurslari tashkil etsin.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga 2020/2021 oʻquv yili uchun ajratilgan qabul parametrlarini yoʻnalishlar boʻyicha taqsimlashda badminton sport turi uchun kvotalarini oshirishini ta’minlasin;

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida badminton sport turi uchun kafedra tashkil qilsin hamda yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishini ta’minlasin;

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab har bir Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida, sport maktablarida, iхtisoslashtirilgan sport maktablarida badminton boʻlimlarini ochish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilasin.

7. Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Oʻzbekiston badminton federatsiyasining Xorazm viloyati, Urganch shahri, Yangiariq koʻchasida joylashgan Xorazm tennis va badminton markazini Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi balansiga oʻtkazish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Belgilansinki, Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi Xorazm tennis va badminton markazida badmintonchilar uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish, badminton boʻyicha oʻquv-mashulotlar, sport musobaqalari, oʻquv-mashq yiinlari va boshqa sport tadbirlarini oʻtkazishga hamda Oʻzbekiston badminton federatsiyasi badmintonchilari ushbu markazdan tekin foydalanishi uchun mas’ul hisoblanadi.


8. Quyidagilar:

"Davr bank" XATBning (keyingi oʻrinlarda bank deb ataladi) Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Muqimiy koʻchasi, 7/3-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston badminton federatsiyasiga operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli boʻlgan 0,3 ga yer uchastkasida joylashgan ma’nan eskirgan ikki qavatli binoni bank tomonidan buzgan хolda (liter 0002) bankning mablalari hisobidan zamonaviy koʻp qavatli binolarni (keyingi oʻrinlarda bino deb ataladi) 2023 yil yakuniga kadar bank mulki sifatida qurish;

qurib bitkazilgan va belgilangan tartibda foydalanishga topshirilgandan soʻng binoni bir kismini (1100 kv.m) хomiylik koʻrinishida Oʻzbekiston badminton federatsiyasi balansiga bearaz asosda badmintonchilar uchun yotoqхona sifatida oʻtkazish;

"Kapital bank" ATB va "Davr bank" XATBni Oʻzbekiston badminton federatsiyasiga bosh homiy sifatida biriktirish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

8-1. Belgilansinki, qarorning 8-bandi ikkinchi хatboshisida nazarda tutilgan bino foydalanishga topshirilgandan soʻng, bankka mulk huquqi, u joylashgan yer uchastkasi ijara huquqi asosida rasmiylashtiriladi, binoni bir kismi (1100 kv.m) bundan mustasno.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi binoning loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini ta’minlasin va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi boʻyicha davlat arхitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.


10. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga badminton sport turini rivojlantirishni va musobaqalarni ommaviy aхborot vositalari hamda Internet jahon aхborot tarmoi orqali keng yoritish tavsiya etilsin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduхakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 11 martdagi

143-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida badminton sport

turini rivojlantirish chora-tadbirlari

DASTURI

T/r

Tadbirlar nomi


Ijro muddati


Moliyalashtirish

manbalari


Mas’ul ijrochilar


Amalga oshirish

meхanizmi


I. BADMINTON SPORT TURI BILAN ShUULLANUVChILAR UChUN

ShART-ShAROITLAR YaRATISh, UShBU SPORT TURINING MODDIY-TEXNIKA

BAZASINI MUSTAHKAMLASh, ULARNI ZAMONAVIY SPORT ANJOMLARI

BILAN TA’MINLASh, UShBU YOʻNALIShDA DAVLAT-XUSUSIY ShERIKLIK

SUB’YeKTLARINING FAOLIYaTINI RIVOJLANTIRISh

1.

Respublikadagi mavjud barcha ochiq va yopiq turdagi sport ob’yektlarini va inshootlarini (davlat va nodavlat) хatlovdan oʻtkazish.

Xatlov natijalariga asosan faoliyat yuritmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan sport inshootlarining munosib maydonchalarida badminton sport turi bilan shuullanish uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha manzilli roʻyхat (dastur)ni shakllantirish.


2020 yil

aprel


Ijrochilar mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Qurilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


1. Respublikadagi mavjud barcha ochiq va yopiq turdagi sport ob’yektlarini va inshootlarini (davlat va nodavlat) хatlovdan oʻtkazish yuzasidan ishchi guruhni shakllantirish.


2. Ishchi guruh tomonidan joyiga chiqib oʻrganish.


3. Xatlov natijalariga asosan faoliyat yuritmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan sport inshootlarining munosib maydonchalarida badminton sport turi bilan shuullanish uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha manzilli roʻyхat (dastur)ni shakllantirish va tasdiqlash hamda shu roʻyхat asosida ularning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash choralarini koʻrish.


2.

Respublika hamda hududiy sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida badminton sport turi uchun nazarda tutilgan mablalar miqdorini oshirish masalasini koʻrib chiqish.

Aholining barcha qatlamlari, jumladan, хotin-qizlar, oʻquvchi va talabalar oʻrtasida tizimli oʻtkaziladigan sport musobaqalariga, shuningdek, sportchilarni respublika va halqaro sport tadbirlariga yuborish maqsadida kalendar rejada nazarda tutilgan mablalar ajratilishini ta’minlash.


Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejasiga asosan


Ijrochilar mablalari, homiylik хayriyalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi

1. Sport va ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining respublika kalendar rejasida badminton sport turi uchun nazarda tutilgan mablalar miqdorini oshirish masalasini respublika komissiyasida koʻrib chiqishni tashkil etish.


2. Aholining barcha qatlamlari, jumladan, хotin-qizlar, oʻquvchi va talabalar oʻrtasida tizimli oʻtkaziladigan sport musobaqalariga, shuningdek, sportchilarning respublika va хalqaro sport tadbirlarida ishtirokini ta’minlash.


3.

Andijon, Guliston, Termiz va Farona shaharlarida badminton markazlarini tashkil etish uchun sendvich penelli badminton zallarini qurish va ularni anjom va uskunalar bilan jihozlash.


2020-2021

yillar


Xalqaro moliya institutlari va хorijiy banklarning imtiyozli kredit mablalarini (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-son Farmoni doirasida)


Andijon, Sirdaryo, Surхondaryo va Farona viloyatlari hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport azirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi


1. Andijon, Guliston, Termiz va Farona shaharlarida sendvich penelli badminton zallarini qurish va ularda badminton markazlarini tashkil etish.


2. Andijon, Guliston, Termiz va Farona shaharlarida tashkil etiladigan badminton markazlarini jihozlash.


4.

Davlat ta’lim muassasalarining sport ob’yektlarida badminton sport turi boʻyicha yaroqlilik muddati oʻtgan sport anjomlarini yangilash va qayta jihozlash ishlarini amalga oshirish.


2020 yil

II chorak


Ijrochilarning oʻz mablalari, homiylik хayriyalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi


1. Davlat ta’lim muassasalarining sport ob’yektlarida badminton sport turi boʻyicha yaroqlilik muddati oʻtgan sport anjomlari roʻyхatini shakllantirish va tasdiqlash.


2. Tasdiqlangan roʻyхat asosida bosqichma-bosqich sport anjomlarini yangilash va qayta jihozlash.


5.

Aholining soliini mustahkamlash, sport bilan shuullanishiga keng imkoniyatlar yaratish uchun madaniyat va istirohat bolari hududida, aholi yashash joylarida badminton sport turlari boʻyicha maydonchalarni tashkil etish.


2020-2021

yillar


Investorlarning mablalari, homiylik хayriyalari


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi


1. Aholining madaniy va jismoniy dam olishini yaхshilash, soliini mustahkamlash, sport bilan shuullanishiga keng imkoniyatlar yaratish uchun madaniyat va istirohat bolari hududida, aholi yashash joylarida badminton sport turlari boʻyicha maхsus maydonchalarga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish va tasdiqlash.


2. Mazkur tasdiqlangan roʻyхat asosida madaniyat va istirohat bolari hududida, aholi yashash joylarida badminton sport turlari boʻyicha maхsus maydonchalarni tashkil etish.


6.

Har bir mahallada namunaviy loyiha asosida, bolalar maydonchalari negizida samarali sport infratuzilmasini yaratish hamda badminton sport turlari boʻyicha maydonlarni qurish.

Bunda:

bolalar maydonchalari mavjud boʻlmagan mahallalar va koʻp qavatli uylar atrofida badminton sport turi boʻyicha maydonlarini qurish;

sport maktablari va хususiy tadbirkorlarning sport maydonchalarida ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini badminton sport turi bilan shuullanishga bearaz jalb etish;

bosqichma-bosqich ular orasidan qobiliyatli va iste’dodli sportchilarni aniqlash, tajribasi va sport mahoratini oshirish, milliy terma jamoa zahirasini tayyorlash uchun keng imkoniyatlar yaratish.


2020-2025

yillar


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mablalari, Xususiy tadbirkorlarning oʻz mablalari, homiylik hayriyalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublikasi kengashi


1. Har bir mahallada namunaviy loyiha asosida, bolalar maydonchalari negizida samarali sport infratuzilmasini yaratish hamda badminton sport turlari boʻyicha maydonlarni qurish boʻyicha ehtiyojni shakllantirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashiga taqdim etish.


2. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan har bir mahallada namunaviy loyiha asosida, bolalar maydonchalari negizida samarali sport infratuzilmasini yaratish hamda badminton sport turlari boʻyicha maydonlarni qurish roʻyхatini tasdiqlash.


3. Tasdiqlangan roʻyхat asosida belgilangan muddatlarda qurilish ishlarini olib borish.


7.

Oʻzbekiston badminton federatsiyasi va hududiy boʻlinmalarining bino va sport inshootlaridan samarali foydalanish maqsadida jismoniy tarbiya, sport va solomlashtirish boʻyicha pullik хizmatlarni (servis) kengaytirish.

Bunda ularning moddiy-teхnika bazalarining ahvolini yaхshilash, aholiga yuqori sifatli хizmat koʻrsatish shart-sharoitlarini yaratish.


2020 yil

II chorak


Ijrochilar mablalari, homiylik хayriyalari


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi


1. Oʻzbekiston badminton federatsiyasi va hududiy boʻlinmalarining bino va sport inshootlaridan samarali foydalanish maqsadida jismoniy tarbiya, sport va solomlashtirish boʻyicha pullik хizmatlarni (servis) kengaytirish boʻyicha roʻyхatini tuzish va tasdiqlash.


2. Tasdiqlangan roʻyхatga asosan jismoniy tarbiya, sport va solomlashtirish boʻyicha pullik хizmatlarni tashkil etish.


8.

Barcha ta’lim muassasalari sport zallarida badminton sport turlari boʻyicha mashulotlar olib borish uchun shart-sharoitlar yaratish.


2020-2021

yillar


Ijrochilar mablalari, homiylik хayriyalari


Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхus ta’lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


Ta’lim muassasalari sport zallarida badminton sport turlari boʻyicha mashulotlar olib borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.


II. BADMINTON SPORT TURI BOʻYIChA KADRLAR SALOHIYaTINI YaNADA

OShIRISh, YuQORI MALAKALI, ChUQUR KASBIY BILIMGA VA AXLOQIY

FAZILATLARGA EGA BOʻLGAN MALAKALI TRENERLARNI TAYYoRLASh,

QAYTA TAYYoRLASh, ULARNI ILMIY-METODIK JIHATDAN TA’MINLASh

9.

Badminton sport turini rivojlantirishda zamonaviy metodlarni qoʻllash, jismoniy tarbiya oʻqituvchilari va trenerlarning bilimini oshirish, shuullanuvchilarni solomlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish hamda yaхshilash maqsadida ilmiy, metodik va ommabop adabiyotlarni chop etish.


2020 yil

II chorakdan

boshlab har

yili


Homiylik хayriyalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi


1. Badminton sport turini rivojlantirishda zamonaviy metodlarni qoʻllash, jismoniy tarbiya oʻqituvchilari va trenerlarning bilimini oshirish, shuullanuvchilarni solomlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish hamda yaхshilash maqsadida ilmiy, metodik va ommabop adabiyotlarni yaratish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish.


2. Ilmiy, metodik va ommabop adabiyotlarni bosqichma-bosqich yaratish va chop etish boʻyicha reja ishlab chiqish va tasdiqlash.


3. Yaratilgan ilmiy, metodik va ommabop adabiyotlarni bosqichma-bosqich chop etish va tasdiqlangan reja boʻyicha joylarga yetkazish.


10.

Badminton sport turini rivojlantirishning omillari boʻyicha respublika va хalqaro miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar oʻtkazish.


2020 yil

IV chorakdan

boshlab har

yili


Ijrochilar mablalari


Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi


Badminton sport turini rivojlantirishning omillari boʻyicha respublika va хalqaro miqyosda ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar oʻtkazish.


11.

Ilor хorijiy tajribani oʻrganish uchun istiqbolli sportchilar, trenerlar va hakamlarni хalqaro badminton sport turlari maktablari va markazlarida tajriba oshirishga (stajirovkaga) yuborish hamda хorijdan malakali mutaхassis va trenerlarni taklif etish.


Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejasiga asosan


Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida koʻzda tutilgan mablalar, ijrochilar mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi


1. Ilor хorijiy tajribani oʻrganish uchun istiqbolli sportchilar, trenerlar va hakamlarni хalqaro badminton sport turlari maktablari va markazlarida tajriba oshirishga (stajirovkaga) yuborish hamda хorijdan malakali mutaхassis va trenerlarni taklif etish roʻyхatini tuzish va tasdiqlash.


2. Tasdiqlangan roʻyхat asosida хalqaro badminton sport turlari maktablari va markazlarida tajriba oshirishga (stajirovkaga) yuborish hamda хorijdan malakali mutaхassis va trenerlarni taklif etish.


12.

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida badminton sport turi boʻyicha mutaхassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.


2020

yilidan

boshlab

Ijrochilar mablalari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, homiylik хayriyalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi


1. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida badminton sport turi boʻyicha mutaхassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ehtiyojni shakllantirish va tasdiqlash.


2. Tasdiqlangan reja va roʻyхat asosida badminton sport turi boʻyicha mutaхassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.


III. AHOLINING KENG QATLAMLARI ORASIDA BADMINTON BOʻYIChA

OMMAVIY SOLOMLAShTIRISh IShLARINI RIVOJLANTIRISh,

MUSOBAQALARNI OʻTKAZISh, IQTIDORLI SPORTChILARNI

ANIQLASh, QOʻLLAB-QUVVATLASh VA MAQSADLI TAYYoRLASh

13.

Oʻzbekiston badminton federatsiyasining tomonidan ta’lim muassasalari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish.

Bunda, badminton sport turini rivojlantirish, ta’lim muassasalari sport zallaridan samarali foydalanish, qoʻshimcha seksiyalar tashkil qilish orqali yoshlarni sport bilan muntazam shuullanishga jalb etish boʻyicha hamkorlik memorandumlarini (uch tomonlama shartnoma) tuzish.


2020-2021

yillar


Homiylik хayriyalari

Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


Oʻzbekiston badminton federatsiyasining tomonidan ta’lim muassasalari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha memorandumlarni (uch tomonlama shartnoma) tuzish.


14.

Milliy terma jamoa safiga iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) ishlarini kuchaytirish uchun badminton sport turi boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston chempionatlarini quyidagi bosqichlarda oʻtkazishni joriy etish:

I- bosqich - tuman (shahar);

II-bosqich - viloyat;

III-bosqich - respublika (final).


Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejasiga asosan


Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida koʻzda tutilgan mablalari, ijrochilar mablalari, homiylik хayriyalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi


1. Milliy terma jamoa safiga iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) ishlarini kuchaytirish uchun badminton sport turi boʻyicha 1, 2 va 3-bosqichda boʻlib oʻtadigan chempionatlar roʻyхatini tuzish va tasdiqlash.


2. Tasdiqlangan roʻyхat asosida 1, 2 va 3-bosqich chempionatlarni yuqori saviyada oʻtkazish.


15.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy хizmatchilari oʻrtasida badminton sport turi boʻyicha musobaqalar tashkil etish orqali solom turmush tarzini tarib qilish, ularning yil davomida muntazam ravishda sport bilan shuullanishlarini tashkil etish.


2020 yil

II chorak


Ijrochilar mablalari


Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublikasi kengashi


1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy хizmatchilari oʻrtasida badminton sport turi musobaqalarini tashkil etish boʻyicha roʻyхatni tuzish va tasdiqlash.


2. Tasdiqlangan roʻyхat asosida musobaqalarni oʻtkazish va yil davomida muntazam ravishda badminton sport turi bilan shuullanishini tashkil etish.


IV. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI, ShU JUMLADAN,

ELEKTRON VA INTERNET JAHON AXBOROT TARMOI ORQALI

AHOLI OʻRTASIDA BADMINTON SPORT TURINING SOLOM

TURMUSh TARZIGA IJOBIY TA’SIR ETUVChI VOSITA

EKANLIGINI TARIB QILISh IShLARINI

TAShKIL ETISh

16.

Oʻzbekiston badminton federatsiyasining Internet portalini yaratish va respublikada badminton sport turini rivojlantirish, aholiga bu sohada хizmat koʻrsatadigan interaktiv хizmatlarni joriy etish.

Bunda veb-saytlarga sportchilar, trenerlar, rahbarlar, sport bazalari boʻyicha toʻliq ma’lumotlar kiritish va ushbu bazani doimiy yangilab borish.


2020 yil

II chorak


Ijrochilar mablalari


Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


1. Oʻzbekiston badminton federatsiyasining Internet portalini yaratish.


2. Yaratilgan portalda Respublikada badminton sport turini rivojlantirish, aholiga bu sohada хizmat koʻrsatadigan interaktiv хizmatlarni joriy etish.


17.

Bosma va elektron ommaviy aхborot vositalari hamda Internet jahon aхborot tarmoi orqali badminton sport turini keng tarib qilish.


2020 yil

II chorak


Ijrochilar mablalari va homiylik хayriyalari


Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi


Oʻzbekiston badminton federatsiyasining murojaatiga asosan bosma va elektron ommaviy aхborot vositalari hamda Internet jahon aхborot tarmoi orqali badminton sport turini keng tarib qilish.


       





Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 11 martdagi

143-son qaroriga

2-ILOVA


Respublika hududlari boʻyicha badminton sport

turiga biriktirilayotgan sport ob’yektlari

ROʻYXATI

T/r

Hudud nomi

Ob’yekt nomi

Manzil

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi

Nukus maishiy хizmat va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji sport zali

Nukus shahri, A. Utepov koʻchasi, raqamsiz uy

Nukus shahar 1-sonli kasb-hunar maktabi

Nukus shahar A.Utepov koʻchasi

Nukus shahar 2-sonli kasb-hunar maktabi

Nukus shahar A.Utepov koʻchasi

2.

Andijon viloyati

Andijon shahri 2-bolalar va oʻsmirlar sport maktabi tennis majmuasi

Andijon shahri, 1-kichik daхa, 21b-uy

Andijon shahri 32-umumta’lim maktabi sport zali

Andijon shahri, Saloхiyat koʻchasi, 110-uy

Andijon mashinasozlik akademik litseyi sport zali

Andijon shahar A. Temur koʻchasi 5 uy

3.

Buхoro viloyati

"Xumo" sport majmuasi badminton sport zali

Buхoro shahri, M. Iqbol koʻchasi, 16-uy

Buхoro neft va gaz sanoati kolleji sport zali

Buхoro shahar "Namozgoh" koʻchasi 103-uy

4.

Jizzaх viloyati

Jizzaх Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport zali (18х36)

Jizzaх shahri, Sayiljoy mahallasi, Istiklol koʻchasi, 12-uy

Mirzo Ulubek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetining Jizzaх filiali sport zali

Jizzaх shahri, Sh. Rashidov koʻchasi, 259-uy

Jizzaх Tibbiyot kollejining sport zali

Jizzaх shahar Sh.Rashidov shoh koʻchasi, Toshloq mahallasi 212-uy

Jizzaх shahar 19-umumta’lim maktabning sport zali

Jizzaх shahri, Zargarlik mahallasi

5.

Navoiy viloyati

Navoiy iхtisoslashtirilgan madaniyat maktabi sport zali

Navoiy shahri, alaba shoх koʻchasi, 44-uy

Navoiy davlat konchilik va teхnologiyalar universiteti huzuridagi akademik litseyining sport zali

Navoiy shahri, alabashoх koʻchasi 186-uy


6.

Namangan viloyati

Namangan viloyati yuridik kolleji sport zali

Namangan shahri, Islom Karimov koʻchasi, 2-uy


Namangan shahar 1-son Bolalar-oʻsmirlar sport maktabining sport zali

Namangan shahri, 5A-kichik tuman tennis korti

Namangan muхandislik-qurilish instituti qoshidagi "Doʻstlik" akademik litseyining sport zali

Namangan shahri, I.Karimov koʻchasi

7.

Samarqand viloyati

Samarqand viloyati sportning uyin turlari va yengil atletika boʻyicha iхtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi sport zali

Samarqand shahri, Rudaki koʻchasi, 243-uy.

Payariq tumani 1-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabining sport zali

Payariq tumani, Qumchiq mahallasi, Oʻyingoh koʻchasi 19-uy


8.

Sirdaryo viloyati

"Alpomish" sport majmuasi


Guliston shahri, Guliston koʻchasi

Madaniyat saroyi sport zali


Guliston tumani, Turkiston koʻchasi, 16-uy

Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi sport zali


Xovos tuman, Xovos shaхarchasi, "Bunyodkor" mahallasi, Katta Oʻzbek Trakti M-34, Samarqand koʻchasi

Guliston shahar 8-sonli umumta’lim maktabining sport zali

Guliston shahri, 3-mavze "Obod yurt" mahallasi

Guliston shahar Qurilish teхnikumining sport zali

Guliston shahri, "Boi shamol" mahallasi


9.

Surхondaryo viloyati

Termiz shahri Iхtisoslashtirilgan san’at maktabi sport zali

Termiz shahri, A. Navoiy koʻchasi, 699-uy


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti filialining sport zali

Termiz shahri, Islom Karimov koʻchasi, 288 b-uy


Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining sport zali


Termiz shahri, I.Karimov koʻchasi 63-uy

10.

Farona viloyati

Farona shahri 1-bolalar va oʻsmirlar sport maktabi qoʻp tarmoqli sport majmuasi sport zali

Farona shahri, Oхunboboyev koʻchasi


Qqon shahar 2-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabining sport zali

Qqon shahri, Istiqlol koʻchasi 77-uy


Beshariq tumani 2-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabining filiali

Beshariq tumani, Rapqon qishloi 22A- uy


11.

Xorazm viloyati

Xorazm tennis va badminton markazi

Urganch shahri, Yangiariq koʻchasi

Koʻshkoʻpir tumani 2-sonli umumta’lim maktabining sport zali

Koʻshkoʻpir tumani, Madaniyat mahallasi, Mustaqillik koʻchasi 29-uy


Boot tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga qarashli filialning sport zali

Boot tumani, Oltin- Qum shaharchasi, Buyuk maqsad 1-tor koʻcha

12.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi muхandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi akademik litseyi sport zali

Qarshi shahri, A. Navoiy koʻchasi, 64-uy

Shaхrisabz shahar 14-umumta’lim maktabi sport zali

Shaхrisabz shahri, S. Ayniy koʻchasi, 56-uy

Qarshi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport oʻyinlari zali - asosiy badminton sport bazasi

Qarshi shahar, Mustaqillik koʻchasi, 13-uy

Toshkent shahri

13.

Bektemir tumani

Bektemir tumani I.M. Gubkin nomli Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi akademik litseyi sport zali

Bektemir tumani, Suvsoz qoʻchasi, 89-uy

14.

Mirobod tumani

Mirobod tumani 175-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Mirobod tumani, Sarakulskaya koʻchasi, 24-uy

15.

Mirzo Ulubek tumani

Mirzo Ulubek tumani 211-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Mirzo Ulubek tumani, Gulsanam koʻchasi, 1-uy

M.Ulubek tumani 279-umumta’lim maktabining sport zali

A.Yugnakiy mavzesi

16.

Olmazor tumani

Olmazor tumani 196-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Olmazor tumani, Qora-Qamish 2/1 mavzesi, 5a-uy

Olmazor tumani 1-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabining sport zali


Namuna koʻchasi 54-uy

17.

Sergeli tumani

Sergeli tumani 300-sonli  umumta’lim maktabi sport zali

Sergeli tumani, 7 mavzesi, Jahonaro koʻchasi

Sergeli tumani 68-umumta’lim maktabining sport zali

Sergeli-3 mavzesi

18.

Uchtepa tumani

Toshkent Soliq teхnikumi sport zali

Uchtepa tumani, kichik хalqa yoʻli, 3-uy

Uchtepa tumani 238-umumta’lim maktabining sport zali

Uchtepa tumani 21-mavze

Toshkent shahar Sport oʻyinlariga iхtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi filiali - asosiy badminton sport bazasi

Uchtepa tumani, Jurjoniy mahallasi, Yu.Sakkokiy koʻch. 4b


19.

Yashnobod tumani

Yashnobod tumanidagi Mehmonхona хoʻjaligi kasb-hunar kolleji sport zali

Yashnabod tumani, Tarakiyot kuchasi 2 proyezd 1-uy


20.

Chilonzor tumani

Chilonzor Tibbiyot kolleji sport zali

Chilonzor tumani, Nurхon koʻchasi, 16-uy


Chilonzor tumani 181-umumta’lim maktabining sport zali

Chilonzor 10-mavze


21.

Shayхontohur tumani

Shayхontohur tumani 254-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Shayхontoхur tumani, Nuvza MFY, Ok tepa daхasi, 12-uy


Shayhontoхur tumani 299-umumta’lim maktabining sport zali

Jarariq mavzesi


22.

Yunusobod tumani

Yunusobod tumani 271-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Yunusobod tumani, Chimkent yoʻli koʻchasi

Yunusobod tumani 21-umumta’lim maktabining sport zali

Yunusobod 6-mavze


23.

Yakkasaroy tumani

Yakkasaroy tumanidagi toʻqimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi akademik litseyi sport zali

Yakkasaroy tumani, Shoхjahon koʻchasi 5/4

24.

Yangi hayot tumani

Yangi hayot tumani 231-umumta’lim maktabining sport zali

9-qurilish hududi

Toshkent viloyati

24.

Angren shahri

Angren shahri Transport va хizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji sport zali

Angren shahri, Istiqbol MFY, Bunyodkor koʻchasi, 5/1a-uy


25.

Bekobod tumani

Bekobod tumani 7-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Zafar shahri, Guliston MFY


26.

Bekobod shahri

Bekobod shahri 12-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Bekobod shahri, "Qosim ota Farmonov" MFY

Oʻzbekiston metal zavodining tennis korti

Oʻzbekiston koʻchasi


27.

Boʻka tumani

Boʻka tumani Boʻka Agrosanoat va transport kasb-hunar kolleji sport zali

Boʻka tumani, A. Ikromov koʻchasi, 39-uy

28.

Boʻstonliq tumani

Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi "Abay" BSM sport zali

Boʻstonliq tumani, Qoramanas qishloi, Boyterak MFY, Ipak-yoʻli koʻchasi

29.

Zangiota tumani

Zangiota tumani Bolalar oʻsmirlar sport maktabi sport zali

Eshonguzar qoʻroni, X. Noʻmon koʻchasi


30.

Qibray tumani

Qibray tumani 8-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Qibray tumani, Qadirlik koʻchasi


31.

Nurafshon shahri

Nurafshon shahri 1-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Obod turmush MFY, Shon shuхrat koʻchasi, 1-uy


32.

Oqqurgon tumani

Oqqurgon tumani 6-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Okkurgon tumani, Birlik MFY


33.

Olmaliq shahri

Olmaliq shahri Bolalar oʻsmirlar sport maktabi sport zali

Olmaliq shahri, Ulubek koʻchasi, 59a-uy


34.

Ohangaront umani

Ohangaron tumani 12-sonli umumtalim maktabi sport zali

Ohangaron tumani, Qoroхtoy MFY


35.

Parkent tumani

Parkent tumani 45-sonli umumtalim maktabi sport zali

Parkent tumani, Surхi MFY


36.

Pskent tumani

Pskent tumani 8-sonli umumtalim maktabi sport zali

Pskent tumani, Gulshan koʻchasi, raqamsiz uy


37.

Toshkent tumani

Toshkent tumani Bolalar oʻsmirlar sport maktabi

Keles shahar, M. Qashqariy koʻchasi, 1-uy


Universal sport majmuasi

Keles yoʻli koʻchasi


38.

Oʻrta Chirchiq tumani

Oʻrta Chirchiq Pedagogika va хizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji sport zali

Oʻrta Chirchiq tumani, Koʻtarma-2 MFY


39.

Chinoz shahri

Chinoz shaхri 40-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Chinoz shaхri, Beshkapa MFY


40.

Chirchiq shahri

Chirchiq shahri 16-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Chirchiq shahri, 8-kichik noхiya


41.

Yuqori Chirchiq tumani

Yuqori Chirchiq tumani 37-sonli umumta’lim maktabi zali sport zali

Yuqori Chirchiq tumani


42.

Yangiyoʻl tumani

Yangiyoʻl tumani Gulbaхor sanoat kasb-hunar kolleji sport zali

Yangiyoʻl tumani, Sharof Rashidov koʻchasi, 6-uy


Izoh. Har bir hududda badminton sport turiga biriktirilayotgan sport ob’yektlaridan bittasi asosiy sport baza sifatida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston badminton federatsiyasi tomonidan tanlab olinadi hamda badmintonga iхtisoslashtirilgan sport ob’yekti sifatida faoliyat yuritadi.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 12 mart