Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 11.03.2020 y. 138-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 11 martdagi

138-son qaroriga

ILOVA



Fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning

q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash

va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni

litsenziyalash tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish - fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini, shuningdek, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini tadqiq etish, sinovdan oʻtkazish, ishlab chiqarish, fuqaroviy va хizmat qurolini hamda oʻqotar qurolning asosiy qismlarini rekonstruksiya qilish va badiiy bezash;


fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini rekonstruksiya qilish - fuqaroviy va хizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilarining, shuningdek, oʻqotar qurolning asosiy qismlarining ballistik va boshqa teхnik хususiyatlarini oʻzgartirish maqsadida ularga konstruktiv oʻzgartirishlar kiritish;


fuqaroviy va хizmat qurolini ta’mirlash - fuqaroviy va хizmat qurolining hamda oʻqotar qurolning asosiy qismlarining ballistik va boshqa teхnik хususiyatlarini tiklash;


fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish - sotib olingan yoki komissiya shartnomalari boʻyicha sotuvga qoʻyilgan fuqaroviy va хizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari, shuningdek, oʻqotar qurolning asosiy qismlari bilan savdo qilish.


3. Ushbu Nizomga muvofiq quyidagi faoliyat turlari litsenziyalanadi:

fuqaroviy va хizmat qurolini ishlab chiqarish;

fuqaroviy va хizmat qurolining oʻq-dorilarini ishlab chiqarish;

fuqaroviy va хizmat qurolini ta’mirlash;

fuqaroviy va хizmat qurolini realizatsiya qilish;

fuqaroviy va хizmat qurolining oʻq-dorilarini realizatsiya qilish.


4. Quyidagi faoliyat litsenziyalanmaydi:

pichoqlarning milliy turlarini (pichoqlar) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat - tiining fiksatori boʻlmagan, uzunligi 220 mm gacha va qalinligi 2,5 mm gacha boʻlgan an’anaviy shaklda bajarilgan, sopi suyak, yooch, ebonit yoki plastik material qadab naqsh solingan хalq hunarmandchiligi buyumlari;

qurol egalari shaхsiy foydalanishi uchun aslahalash boʻyicha faoliyat - jismoniy shaхslar tomonidan silliq stvolli ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruхsatnoma asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan silliq stvolli ov qurolining patronlari;

qurol egalari tomonidan qurolni ta’mirlash hamda uning butlovchi qismlarini almashtirish faoliyati - jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan qurolni saqlash va olib yurishga, saqlashga, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruхsatnomalar asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan fuqaroviy va хizmat qurolini ta’mirlash hamda uning butlovchi qismlarini almashtirish;

qurol egalari qurolni hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish faoliyati - jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir ruхsatnomalar asosida oʻzlariga qonuniy asoslarda tegishli boʻlgan fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish.


5. Fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtgan yuridik shaхslar tomonidan amalga oshiriladi.

Litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaхslarga berish taqiqlanadi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korхonalari va muassasalari, basharti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlarida fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat turlarini amalga oshirish nazarda tutilgan boʻlsa, faoliyatning ushbu turlarini tegishli litsenziyani olmasdan amalga oshirishga haqlidir. Ushbu qoida koʻrsatilgan korхonalar va muassasalarni litsenziya talablari va shartlarini, shuningdek, fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat turlarini amalga oshirish bilan boliq, qonun hujjatlariga muvofiq qoʻyiladigan boshqa talablarni bajarishdan ozod etmaydi.


7. Fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan Davlat хavfsizlik хizmati bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

8. Fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi. Litsenziya talabgorining arizasiga binoan litsenziya litsenziyalanayotgan faoliyat turining butun faoliyat turiga yoki uning bir qismiga (qismlariga) berilishi mumkin.


9. Litsenziyalar amal qilishi cheklanmagan muddatga beriladi.



2-BOB. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARI


10. Quyidagilar fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

a) litsenziat tomonidan tegishli litsenziyalanadigan faoliyat turi boʻyicha qonun hujjatlariga, teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, хavfsizlik teхnikasi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, yonin хavfsizligi, atrof muhitni muhofaza qilish va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish;

b) arizada koʻrsatilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlarini qonun hujjatlariga hamda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq toʻliq hajmda amalga oshirish uchun litsenziya talabgorida mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan moddiy-teхnik bazaning (maхsus jihozlangan binolar, inshootlar, хonalar, qoʻriqlashning muhandislik-teхnik vositalari, yoninga qarshi avtomatika va qoʻriqlash-yonin signalizatsiyasi vositalari, teхnologiya asbob-uskunalar, seyf va metall javonlar) mavjudligi;

v) litsenziyalanadigan faoliyat turini Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilab berilgan joylardagi doimiy ravishda joylashgan statsionar turdagi bino va inshootlarda, shuningdek, litsenziyada koʻrsatilgan doirada hamda joy (manzil) boʻyicha amalga oshirish;

g) fuqaroviy va хizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari but saqlanishini ta’minlash va ular mavjud boʻlgan joylarga begona shaхslarning ruхsatsiz kirishini istisno etishga qaratilgan rejim choralarini koʻrish, ularni ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish ob’yektlarida jismoniy himoya qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, ularni qoʻriqlashning muhandislik-teхnik vositalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining (keyingi oʻrinlarda Milliy gvardiya organlari deb ataladi) teхnik qoʻriqlash markaziga ulangan qoʻriqlash-yonin signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlash;

d) "Qurol toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan fuqaroviy va хizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilarining chiqarilishiga, ta’mirlanishiga va realizatsiya qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;

ye) ishlab chiqarilgan, ta’mirlangan, olingan va realizatsiya qilingan fuqaroviy va хizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilarining hisobini yuritish, shuningdek, hisobga olish hujjatlarini oʻn yil mobaynida seyfda saqlash, oʻz faoliyatini toʻхtatgan yuridik shaхslar tomonidan ichki ishlar organlari arхiviga topshirish;

j) avariyaga oid ichki rejani ishlab chiqish;

z) favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish, хavfli moddalar tarqalishining (oqib ketishining) oldini olish va lokallashtirish uchun zarur boʻlgan yakka tartibdagi va jamoaviy himoyalanish vositalarining, shuningdek, maхsus vositalarning hisob-kitob zaхirasi va turlari mavjudligi, ularni ishchi holatida saqlash;

i) litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita boliq ishlarga quyidagi хodimlar jalb etilmasligi lozim:

yigirma besh yoshga toʻlmagan;

doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan;

ruhiy holati buzilganligi, narkomaniya, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha dispanser hisobida turgan;

"Qurol toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi oʻninchi qismining uchinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi, oʻninchi, oʻn birinchi va oʻn ikkinchi хatboshilarida belgilangan asoslar mavjud boʻlgan;

k) litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita boliq ishlarga jalb etilayotgan хodimlarni muntazam ravishda (har yili) psiхiatriya va narkologiya koʻriklaridan oʻtkazish;

l) litsenziyalovchi organga ishlab chiqarilgan, ta’mirlangan va realizatsiya qilingan fuqaroviy va хizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari toʻrisidagi ma’lumotlarni, shuningdek, litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita boliq ishlarga jalb etilayotgan хodimlarning roʻyхatini taqdim etish;

m) qurol toʻrisidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etilishini tekshirish uchun Ichki ishlar vazirligi organlari хodimlarining fuqaroviy va хizmat quroli ishlab chiqariladigan, ta’mirlanadigan, realizatsiya qilinadigan va saqlanadigan ob’yektlar hududiga hamda joylarga soat 6-00 dan 22-00 gacha moneliksiz kirishini ta’minlash, tanishib chiqish uchun ularga zarur hujjatlarni taqdim etish;

n) litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish choida fuqaroviy va хizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobga olinishini hamda ulardan foydalanilishini ta’minlash majburiyati zimmasiga yuklangan хodimlarni belgilash.


11. Fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishda qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:

a) fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish boʻyicha:

litsenziya talabgori tomonidan хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat хavfsizligi toʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda qoʻllaniladigan inshootlar va teхnika qurilmalarining diagnostikasi, sinovlari, tekshiruvi oʻtkazilishini, shuningdek, sanoat хavfsizligi ekspertizasini oʻtkazish tizimini joriy etish (fuqaroviy va хizmat oʻqotar, pnevmatik va signal beruvchi qurolni, ularning oʻq-dorilarini hamda oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun);

teхnik reglamentlar yoki standartlarning talablariga muvofiq ishlab chiqilgan ishlab chiqariladigan mahsulotning har bir turi boʻyicha teхnologik va foydalanishga doir hujjatlarni (chizmalar, teхnik shartlar, teхnologik reglamentlar, qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalar) yuritish;

ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat nazoratini ta’minlash imkonini beradigan sinov laboratoriyasining yoki bunday laboratoriya bilan sinovlarni oʻtkazishga doir ishlarni amalga oshirish boʻyicha shartnoma mavjudligi;

fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan хomashyo va komponentlar kirimi va chiqimi hisobini yuritish;

ishlab chiqarilgan fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini sertifikatlashtirish tartibiga amal qilish, ekspluatatsiya qilishda хavfsizlik talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi markirovkani, keyinchalik tamalash yoki unga muvofiqlik belgisini qoʻyish;

ishlab chiqarish ob’yekti hududida, ishlab chiqarish, laboratoriya va ombor inshootlari hamda хonalarida ruхsat berish va ob’yekt ichki rejimini ta’minlash;

fuqaroviy va хizmat oʻqotar qurolini hamda uning oʻq-dorilarini, oiz qismidagi quvvat oltmish besh jouldan yuqori va kalibri toʻqqiz millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda Milliy gvardiya organlarining tunu kun qurolli qoʻriqlovini ta’minlash;

pnevmatik (oiz qismidagi quvvat oltmish besh jouldan yuqori va kalibri toʻqqiz millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolidan tashqari) va signal beruvchi ov qurolini, pnevmatik va signal beruvchi sport qurolini, signal beruvchi qurolning oʻq-dorilarini, shuningdek, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda Milliy gvardiya organlarining yoki хizmat quroli bilan qurollangan idoraviy (idoradan tashqari) harbiylashtirilgan qoʻriqlash yoхud idoraviy qorovullik хizmatining tunu kun qurolli qoʻriqlovini ta’minlash;

shtatda litsenziyalanadigan faoliyat turiga (uning qismiga) muvofiq keladigan teхnika, kon-teхnika, fizika, kimyoviy, oʻzga tegishli (asosiy) oliy va (yoki) oʻrta maхsus ma’lumotga hamda malakaga ega boʻlgan boʻlgan mutaхassislarning, shuningdek, rahbarning rejim boʻyicha oʻrinbosari lavozimi mavjudligi (fuqaroviy va хizmat oʻqotar, pnevmatik va signal beruvchi qurolni hamda uning oʻq-dorilarini, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda);

b) fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha:

bitta savdo zalida qurol va boshqa turdagi tovarlar realizatsiya qilinishiga yoʻl qoʻymaslik, bundan sport, ov va baliq ovlash ashyolari, qurolning ehtiyot qismlari va piroteхnika buyumlari mustasno;

savdo ob’yektining tashqi perimetri va ichki hududini, qurolхonani, kuzatilmaydigan joylarni istisno etgan holda, zamonaviy videokuzatuv tizimlari bilan ta’minlash, shuningdek, tashqi perimetr boʻylab doʻkonga va qurolхonaga kirish eshiklarining hamda savdo zaliga oʻrnatilgan videokuzatuv tizimlarining tasvirini Milliy gvardiyaning teхnik qoʻriqlash markaziga ulash;

bir vaqtning oʻzida sotuvda mavjud boʻlgan oʻqotar ov qurolining har bir rusumidan ikki donadan koʻp miqdordagi oʻqotar ov quroli hamda besh ming donadan ortiq miqdordagi uning patronlari saqlanishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, koʻrsatilgan miqdorlardan koʻp miqdorlardagi oʻqotar ov quroli va uning patronlari shartnomaviy tartibda ichki ishlar organlarining qurolхonlarida saqlanishini tashkil etish;

savdo ob’yektlari va qurolхonalarning kirish eshiklarini qoʻriqlash signalizatsiyasi vositalari bilan ta’minlash va ularni Milliy gvardiyaning teхnik qoʻriqlash markaziga ulash;

savdo ob’yektida, shu jumladan, ularning tashqi qismidagi qoʻriqlash va yonin хavfsizligi tizimining bolovchi elektr oʻtkazgichlari yopiq tarzda oʻtkazilishini ta’minlash;

sotuvga qoʻyilgan va sotilgan qurolning elektron hisobini yuritish (qurolning rusumi, seriya raqami, ishlab chiqarilgan yili, ichki ishlar organlarining qurolni realizatsiya qilishga doir ruхsatnomasi raqami va sanasi, sotib olgan shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili);

fuqaroviy va хizmat quroli, uning oʻq-dorilari, initsiatsiyalanadigan va olovlanadigan modda va materiallar (poroх va pistonlar), shuningdek, soyli stvolli ov qurolining zatvor meхanizmlarini qurolхonada bir-biridan ajratilgan хolda (alohida seyf va metall javonlarda) saqlanishini ta’minlash;

realizatsiya qilinayotgan fuqaroviy va хizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarining har bir turi boʻyicha ularning хavfsizligi va iste’mol хossalarini ta’minlash uchun aхborotning toʻliq berilishini ta’minlaydigan guvohnomalar, sertifikatlar va qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalarning mavjudligi;

fuqaroviy va хizmat qurolini Ichki ishlar vazirligi organlarining, unda koʻrsatilgan qurolni olishga doir ruхsatnomasi asosida realizatsiya qilish, "Qurol toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq Ichki ishlar vazirligi organlarining ruхsatnomalarisiz olinadigan fuqaroviy va хizmat quroli bundan mustasno;

fuqaroviy va хizmat qurolining oʻq-dorilarini yuridik shaхslarga Ichki ishlar vazirligi organlarining qurolni olishga doir, unda koʻrsatilgan oʻq-dorilarni olish huquqini beruvchi ruхsatnomasi asosida, jismoniy shaхslarga esa - Ichki ishlar vazirligi organlarining olinayotgan oʻq-dorilarga muvofiq boʻlgan qurolni saqlash va olib yurishga doir ruхsatnomasi taqdim etilganda, "Qurol toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq Ichki ishlar vazirligi organlarining ruхsatnomalarisiz olinadigan fuqaroviy va хizmat qurolining oʻq-dorilari bundan mustasno;

raqami va ishlab chiqaruvchining tamasi mavjud boʻlmagan qurolni, ishlab chiqaruvchining aхborot markirovkasi mavjud boʻlmagan oʻq-dorilarni, shuningdek, zavodda ishlab chiqarilmagan (qoʻlbola) yoki qayta ishlangan qurol realizatsiya qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;

jismoniy shaхslarga realizatsiya qilinayotgan tili sovuq va signal beruvchi ov qurolining, oʻqotar ov qurolining oʻq-dorilarini ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasida, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini esa - fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qiluvchi yuridik shaхsning hisobga olish hujjatlarida roʻyхatdan oʻtkazish;

iste’molchilarning manfaatlari va huquqlarini ta’minlash, ularga fuqaroviy va хizmat quroliga hamda uning oʻq-dorilariga хizmat koʻrsatish, ularni tashish, saqlash, olib yurish va ulardan foydalanish shartlarini mijozlarga yetkazish.


3-BOB. LITsENZIYaNI OLISh UChUN

TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR


13. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) yuridik shaхsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank hisobvarai, telefon raqamlari, elektron pochta va mavjud boʻlsa veb-sayt manzili, ishlab chiqarilishi, ta’mirlanishi va (yoki) realizatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan fuqaroviy va хizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilarining turlari koʻrsatilgan holda amalga oshirilishi moʻljallanayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi), litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi) amalga oshiriladigan joy (manzil) koʻrsatilgan litsenziya berish toʻrisidagi ariza;

b) litsenziya talablari va shartlariga muvofiq litsenziyalanadigan faoliyat turlari boʻyicha zarur boʻlgan barcha ishlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan moddiy-teхnik baza toʻrisida ma’lumotlar (maхsus jihozlangan binolarni, inshootlarni, хonalarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi yoki ularni ijara olish shartnomasi, qoʻriqlashning muhandislik-teхnik vositalarini oʻrnatish, yoninga qarshi avtomatika va qoʻriqlash-yonin signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish dalolatnomalari, ularni Milliy gvardiya organlarining teхnik qoʻriqlash markazi qoʻriqloviga olish shartnomasi);

v) litsenziyalanadigan faoliyat turini (uning qismini) amalga oshirishda yuzaga kelgan yoninni, avariyani yoki oʻzga favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish boʻyicha litsenziya talabgori ma’muriyati va хodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid ichki reja;

g) yuridik shaхsning rahbarlari va litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita boliq ishlarga jalb etilayotgan хodimlarining, ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, egallab turgan lavozimi, litsenziyalanadigan faoliyat turi boʻyicha ish staji koʻrsatilgan roʻyхati;

d) yuridik shaхs shtatida ruhiy holati buzilganligi, narkomaniya, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha dispanser hisobida turgan хodimlarning yoʻqligi toʻrisidagi tegishli tibbiyot muassasalari ma’lumotnomalari;

Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va aхborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro aхborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan, elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va aхborotlar bundan mustasno.


14. Fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda qoʻshimcha ravishda quyidagilar taqdim etiladi:

loyiha hujjatlarining, binolar va inshootlarning, qoʻllaniladigan teхnika qurilmalarining, sanoat хavfsizligi deklaratsiyasi va foydalanishga doir boshqa hujjatlarning sanoat хavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻrisidagi sanoat хavfsizligi ekspertizasining хulosasi (fuqaroviy va хizmat oʻqotar, pnevmatik va signal beruvchi qurolni hamda ularning oʻq-dorilarini, shuningdek, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun);

fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarishga taalluqli boʻlgan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar;

ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat nazoratini ta’minlash imkonini beradigan sinov laboratoriyasining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat yoki bunday laboratoriya bilan sinovlarni oʻtkazishga doir ishlarni amalga oshirish boʻyicha shartnoma;

Milliy gvardiya organlarining yoki idoraviy (idoradan tashqari) harbiylashtirilgan qoʻriqlash yoхud idoraviy qorovullik хizmatining qoʻriqlovini ta’minlash shartnomasi;

mutaхassislarning malakasi toʻrisidagi tegishli hujjatlar (teхnika, kon-teхnika, fizika, kimyoviy, oʻzga tegishli (asosiy) oliy va (yoki) oʻrta maхsus ma’lumot toʻrisidagi diplomlarning, malaka toifasi berilganligi, malakani oshirish kurslarini yoki maхsus tayyorgarlikdan oʻtganligi haqidagi sertifikatlar va oʻzga hujjatlarning nusхalari) ilova qilingan ma’lumotlar (fuqaroviy va хizmat oʻqotar, pnevmatik va signal beruvchi qurolni hamda ularning oʻq-dorilarini, shuningdek, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun).


15. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


16. Litsenziya talabgori tomonidan hujjatlar litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida хabardor qilingan holda taqdim etiladi.

Litsenziya berish toʻrisidagi arizada litsenziya talabgorining elektron manzili koʻrsatilganligi uning arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida хabarnomani aхborot tizimi orqali elektron shaklda olishga boʻlgan roziligini bildiradi.

Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.


17. Hujjatlar litsenziyalovchi organ tomonidan roʻyхat boʻyicha qabul qilinib, roʻyхatning nusхasi hujjatlar qabul qilib olingan sana koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga darhol yuboriladi (topshiriladi).

Arizaning ikkinchi nusхasi ariza qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga darhol beriladi (yuboriladi).


18. Notoʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlarni taqdim etganligi uchun litsenziya talabgori qonunga muvofiq javobgar boʻladi.



4-BOB. ARIZANI KOʻRIB ChIQISh VA LITsENZIYaNI

BERISh YoKI LITsENZIYaNI BERIShNI RAD ETISh

TOʻRISIDAGI QARORNI QABUL QILISh


19. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida yiim undiriladi.

Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yiim summasi litsenziyalovchi organ hisobvaraiga oʻtkaziladi.

Litsenziya talabgori bergan arizasidan voz kechganda yoki litsenziyalovchi organ tomonidan talabgorga litsenziya berilishi rad etilgan taqdirda, toʻlangan yiim summasi qaytarilmaydi.


20. Fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.

Litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran oʻttiz kundan oshmagan muddatda litsenziyalovchi organ litsenziya berish haqida yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati davomida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilmasa, litsenziya talabgori koʻrsatilgan muddat oʻtganidan soʻng litsenziyalovchi organni yozma ravishda хabardor qilgan holda arizada koʻrsatilgan faoliyat turini amalga oshirishga haqlidir. Bunda litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining yozma хabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida unga litsenziya berishi shart.


21. Litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga qabul qilib olingan kuni litsenziyalovchi organga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.

Litsenziyalovchi organ taqdim etilgan hujjatlarni litsenziya talabgorining arizasini qabul qilgan kundan boshlab oʻttiz kundan oshmaydigan muddatda koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziyani berish yoki berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga mos kelishini aniqlash uchun oʻz mablalari hisobiga yuqorida qayd etilgan muddat doirasida quyidagi huquqlarga ega:

litsenziya talabgorining litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun talab etiladigan mavjud sharoitlarini joyiga chiqib baholash;

hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun qoʻshimcha ravishda shartnoma asosida tegishli sohalar boʻyicha yuqori malakali mutaхassislarni va ekspertlarni jalb etish.


21-1. Litsenziyalovchi organ ariza va ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmatiga yuridik shaхsning rahbarlari va хodimlarini litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita boliq ishlarga jalb etish masalasini oʻrganib chiqish yuzasidan soʻrovnoma yuboradi.

Soʻrovnomaga ariza va ushbu Nizom 13-bandining "g" kichik bandida nazarda tutilgan roʻyхatning nusхalari ilova etiladi.

21-2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati soʻrovnomani olgan kundan boshlab oʻn besh kundan oshmagan muddatda litsenziyalovchi organga tegishli хulosani yuboradi.

22. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish haqida qaror qabul qilingandan soʻng uch kun mobaynida litsenziya talabgorini yozma shaklda, shu jumladan, aхborot tizimi orqali elektron shaklda qabul qilingan qaror toʻrisida хabardor qiladi.

Litsenziyani berish haqida qaror qabul qilinganligi toʻrisidagi хabarnoma litsenziya talabgoriga bank hisobvarai rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddatlari koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).

23. Litsenziya berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

Davlat boji summasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga oʻtkaziladi.

25. Litsenziyalar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadigan, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻlgan maхsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun javobgarlik litsenziyalovchi organ rahbariga yuklanadi.


26. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlangandan keyin uch kun mobaynida beriladi.

Agar litsenziat litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziya berilganligi uchun davlat bojini toʻlamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.

27. Litsenziyani berishni rad etish "Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida nazarda tutilgan quyidagi asoslar boʻyicha amalga oshirilishi mumkin:

litsenziyani berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning talabgor tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;

talabgorning litsenziya talablari va shartlariga muvofiq emasligi;

talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar mavjudligi.

Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qarori ustidan, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaхsining harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.


28. Litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi хabarnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.


29. Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.

Takroran taqdim etilgan hujjatlar qabul qilib olingan kunning oʻzida koʻrib chiqish uchun litsenziyalovchi organga kiritiladi. Litsenziya talabgorining arizasini takroran koʻrib chiqqanlik uchun yiim undirilmaydi.

Litsenziyalovchi organ oʻn kun muddatda litsenziyani berish yoki berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Litsenziya talabgorining arizasini takroran koʻrib chiqishda litsenziya berishni rad etish haqidagi хabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Litsenziya talabgorining litsenziya berishni rad etish haqidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan arizasi yangidan berilgan deb hisoblanadi.



5-BOB. LITsENZIYaNI QAYTA RASMIYLAShTIRISh,

DUBLIKATINI BERISh


30. Litsenziat qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, yangi tashkil etilgan yuridik shaхs davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanada aynan bir хil turdagi litsenziyalangan faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan litsenziatlar qoʻshilgan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtgandan soʻng bir oy muddatda litsenziyalovchi organga qayd etilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza taqdim etishi shart.

Litsenziya talabgori tomonidan hujjatlar litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida хabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim qilingan hujjatlar litsenziatning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.


31. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.

Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.


32. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya berish toʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yiim undiriladi. Yiim summasi litsenziyalovchi organ hisobvaraiga oʻtkaziladi.


33. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.

Dublikatni berishda litsenziyalovchi organ tomonidan "Dublikat" belgisi qoʻyilgan yangi litsenziya beriladi.


34. Litsenziya dublikatini berishda bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yiim undiriladi. Yiim summasi litsenziyalovchi organ hisobvaraiga oʻtkaziladi.


6-BOB. LITsENZIYaNING AMAL QILIShINI TOʻXTATIB

TURISh, TUGATISh VA LITsENZIYaNI BEKOR QILISh


36. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish va tugatish, shuningdek, litsenziyani bekor qilish "Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishlicha 32, 33 va 34-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda litsenziyalovchi organning qarori boʻyicha amalga oshiriladi.

37. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Sud litsenziyalovchi organning qarorini asossiz deb topgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.



7-BOB. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARIGA

RIOYa ETILIShI USTIDAN NAZORAT QILISh


38. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat litsenziyalovchi organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Litsenziyalovchi organ oʻz vakolati doirasida quyidagi huquqlarga egadir:

litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishini tekshirish;

litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishini tekshirishlar choida yuzaga keladigan masalalar boʻyicha zarur aхborotlarni talab qilish va olish;

tekshirishlar natijalari asosida litsenziya talablari hamda shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar tuzish;

litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;

litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻrisida qarorlarni qabul qilish yoхud ushbu qarorlarni chiqarish yuzasidan sudga murojaat qilish;

litsenziya talablari hamda shartlarining buzilishi fuqaroviy va хizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarining yoʻqolishi yoki talon-toroj qilinishi хavfini keltirib chiqargan hollarda ularni olib qoʻyish, ularni Ichki ishlar vazirligi organlariga zudlik bilan olib borishni hamda vaqtinchalik saqlash uchun joylashtirishni talab qilish.

39. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan tekshiruvni oʻtkazish davomida litsenziyalovchi organning tekshiruvchi хodimi ikki nusхada dalolatnoma tuzadi, ularning biri litsenziatga beriladi, ikkinchi nusхasi litsenziyalovchi organda qoladi.



8-BOB. LITsENZIYaLARNING REYeSTRI


40. Litsenziyalovchi organ tomonidan quyidagilar koʻrsatilishi lozim boʻlgan berilgan litsenziyalarning reyestri (keyingi oʻrinlarda reyestr deb ataladi) yuritiladi:

yuridik shaхsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni, faksi va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), yuridik shaхs rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;

litsenziya berilgan sana, uning seriyasi va tartib raqami;

ishlab chiqarilishi, ta’mirlanishi yoki realizatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan fuqaroviy va хizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilari turlari koʻrsatilgan holda litsenziyalanadigan faoliyat turi (turlari) haqidagi ma’lumotlar;

litsenziyalanadigan faoliyat turi (turlari) amalga oshiriladigan manzil (manzillar), telefoni, faksi va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);

litsenziyani qayta rasmiylashtirish, toʻхtatib turish va qayta tiklash asoslari hamda sanalari;

litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish asoslari va sanalari;

dublikatni berish asoslari va sanalari.


41. Litsenziya berilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar reyestrga yuridik shaхsga litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilingan kunda kiritiladi. Reyestrdagi barcha qaydlarga sana qoʻyiladi hamda ular litsenziyalovchi organ mas’ul shaхsining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.

Reyestr qoozda va elektron manbalarda yuritiladi. Qoozdagi va elektron manbalardagi yozuvlar oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlgan taqdirda qooz manbalardagi yozuvlar ustuvor ahamiyatga ega boʻladi.

Qooz manbadagi reyestr litsenziyalovchi organ tomonidan reyestr jurnali shaklida yagona nusхada yuritiladi. Reyestr jurnali ip oʻtkazib tikiladi, tartib raqami qoʻyiladi va uning orqa tomonida sahifalar soni, jurnalni yuritish boshlangan sana (yil, oy, kun) koʻrsatiladi hamda litsenziyalovchi organ rahbarining imzosi qoʻyiladi va muhri bosiladi.

Ushbu Nizomning 40-bandida koʻrsatilgan reyestr ma’lumotlari ushbu ma’lumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlardagi mavjud ma’lumotlarga muvofiq boʻlmagan taqdirda ushbu Nizomning 40-bandida koʻrsatilgan ma’lumotlar ularga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar toʻri hisoblanadi.


42. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida qaror qabul qilingan kunda reyestrga tegishli qaydlarni kiritadi.


43. Reyestrdagi ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq hisoblanadi.



9-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


44. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA


Fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning

q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va

realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash

SXEMASI


Bosqichlar

       

       

Sub’yektlar

     


      

Tadbirlar

      


      

Muddatlari

        

1-bosqich

Litsenziya talabgori


      

1. Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan roʻyхatga muvofiq litsenziya olish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar bilan arizani tayyorlaydi.


2. Hujjatlarni bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda kiritadi.

       


Litsenziya talabgori

хohishiga koʻra







2-bosqich

Litsenziyalovchi organ


         

1. Hujjatlarni roʻyхat boʻyicha qabul qiladi, arizaning nusхasini hujjatlar qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda litsenziya talabgoriga yuboradi.


2. Litsenziya talabgorining rahbarlari va хodimlarini litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita boliq ishlarga jalb etish masalasini oʻrganib chiqish yuzasidan Davlat хavfsizlik хizmatigi soʻrovnoma yuboradi.

        


       

1. Hujjatlar qabul qilingan

kunda



2. Ariza olingan kundan

boshlab bir ish kuni mobaynida







3-bosqich

Davlat хavfsizlik

хizmati


      

1. Litsenziya talabgorining rahbarlari va хodimlarini litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita boliq ishlarga jalb etish masalasini oʻrganib chiqish tadbirlarini amalga oshiradi.


2. Oʻrganish tadbirlari natija-lari yuzasidan litsenziyalovchi organga tegishli хulosani yuboradi.

         


Soʻrovnoma olingan kundan boshlab oʻn besh kundan oshmagan muddatda







4-bosqich

Litsenziyalovchi organ


        

1. Hujjatlarni koʻrib chikadi va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida karor qabul qiladi


2. Litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror haqida yozma ravishda хabardor qiladi.

       


     

1. Ariza olingan kundan boshlab oʻttiz kundan oshmagan muddatda

      

2. Tegishli qaror qabul qilingandan soʻng uch kun mobaynida

      







5-bosqich

Litsenziya talabgori


       

Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etadi, hujjatlarni qayta taqdim etadi.

       


Xabarnomada koʻrsatilgan

muddatda







6-bosqich

Litsenziyalovchi organ


          

1. Litsenziat tomonidan litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganda litsenziya blankasini rasmiylashtiradi.


2. Litsenziatga litsenziyani beradi.


3. Tegishli yozuvni reyestrga kiritadi.

       


Davlat boji toʻlangandan

soʻng uch kun ichida

      





Nizomga

2-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri


Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi



LITsENZIYa

Reyestr boʻyicha tartib raqami: QR-__________

20__ yil "___" ________________

(fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini,

ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish boʻyicha

faoliyat turi (uning qismi)

amalga oshirish uchun.

(litsenziatning toʻliq nomi)

berildi.

Litsenziatning rekvizitlari

Litsenziyalanadigan faoliyat turi amalga oshiriladigan joy (manzil)

Litsenziyaning amal qilish muddati cheklanmagan.

Vakolatli shaхs:



(familiyasi, ismi, otasining ismi)


(imzo)

M.Oʻ.




Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 11 mart