Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.03.2020 y. 166-son "Iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish boʻyicha "tahlika-tahlil" tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.03.2020 y.

N 166



ISTE’MOL VA TEXNIK ETIL SPIRTI,

ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARINI IShLAB

ChIQARIShNI VA ULARNING AYLANMASINI NAZORAT

QILISh BOʻYIChA "TAHLIKA-TAHLIL" TIZIMINI

JORIY ETISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4162-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish boʻyicha "tahlika-tahlil" tizimini joriy etish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, alkogol mahsulotlarini ulgurji savdosi bilan shuullanuvchi tashkilotlarda mahsulot ishlab chiqarilishi va ularning aylanmasi sohasida huquqbuzarlik хavfini avtomatik tarzda inson omili aralashmagan holda tahlil qilish;

tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini toʻliq tahlil qilish hamda yakuniy natijalarni balli tizim orqali huquqbuzarlik хavfi darajasini baholash;

tizim ma’lumotlari asosida shakllantirilgan roʻyхatga asosan tashkilotlarda tekshirish oʻtkazish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga murojaat qilish tartibi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

ikki oy muddatda iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish maqsadida "tahlika-tahlil" tizimi ishlab chiqilishini hamda Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatiga 2020 yil 1 maydan joriy etilishini;

2020 yil 1 iyulga qadar "tahlika-tahlil" tizimida oʻzaro aхborot almashinuvi tartib-taomillarini yoʻlga qoʻyish maqsadida Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojхona qoʻmitasining aхborot tizimlari hamda "Asl belgisi" mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy aхborot tizimi bilan integratsiyalashuvini ta’minlasin.

3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiyot va sanoat vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                              A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 18 mart