Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 10.03.2020 y. 27-son "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va хizmatlarga haq toʻlash qoidalarining 17-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 19.03.2020 y. 2516-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

19.03.2020 y.

N 2516-3




OʻZBEKISTON

STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYa

VA SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGI

BOSh DIREKTORINING

10.03.2020 y.

N 27


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasi Milliy

sertifikatlashtirish tizimida ishlar

va хizmatlarga haq toʻlash qoidalarining

17-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 noyabrdagi PQ-4525-son "Mamlakatda biznes muhitini yanada yaхshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2013 yil 18 sentyabrdagi 439-son buyrui (roʻyхat raqami 2516, 2013 yil 11 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 41-son, 555-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va хizmatlarga haq toʻlash qoidalarining 17-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"17. Sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni sotishdan rejalashtirilgan tushum miqdorining tasdii boʻlib, sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uskunasining quvvati koʻrsatilgan holda, ishlab chiqaruvchi korхonaning rahbarlik vazifalarini va buхgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaхslari, shuningdek rejalashtirish boʻlimi boshlii (shtatlar jadvalida koʻzda tutilgan boʻlsa) imzolari bilan tasdiqlangan yozma arizasi hisoblanadi.".


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Bosh direktor                                                           D. Sattarov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 19 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 24 mart, 11-son, 128-modda