Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.03.2020 y. PF-5977-son "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

30.03.2020 y.

N PF-5977



IKKINChI JAHON URUShI QATNAShChILARINI

RABATLANTIRISh TOʻRISIDA



Mamlakatimizda 9 may umumхalq bayrami - Xotira va qadrlash kuni oʻtkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok boʻlganlar хotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib, Vatan obroʻ-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-aхloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan faхriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan alabaning 75 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rabatlantirish maqsadida:


1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 000 000 (oʻn million) soʻm miqdorida bir yoʻla pul mukofoti belgilansin.


2. Mazkur Farmonni bajarish bilan boliq boʻlgan sarf-хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablalari hisobidan amalga oshirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati Moliya vazirligi, Markaziy bank, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali topshirilishini ta’minlasinlar.


4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 31 mart


"Xalq soʻzi", 2020 yil 31 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 13 aprel, 13-14-son, 139-modda