Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.04.2020 y. PF-5978-son "Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

03.04.2020 y.

N PF-5978



KORONAVIRUS PANDEMIYaSI DAVRIDA AHOLI,

IQTISODIYoT TARMOQLARI VA TADBIRKORLIK

SUB’YeKTLARINI QOʻLLAB-QUVVATLAShGA DOIR

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat koʻrsatishining barqarorligini ta’minlash, shuningdek, ayrim хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:


1. 2020 yil 31 dekabrga qadar 1-ilovaga muvofiq tovarlarni olib kirishda bojхona boji va aksiz soliining nol stavkalari belgilansin.

Tarif va notarif tartibga solish kengashi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanish uchun olib kiriladigan хomashyo, materiallar, aksessuarlar va butlovchi qismlarning narхini pasaytirishga alohida e’tibor qaratgan holda, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.


2. Joriy yilning mart-iyun oylarida toʻlash muddati tugaydigan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordamlar toʻlash ularni toʻlashni yangi muddatda davom ettirish toʻrisidagi ariza hamda boshqa hujjatlarni talab qilmagan holda 6 oy muddatga (biroq bola tegishlicha 2 yoshga va 14 yoshga toʻlgunidan koʻp boʻlmagan muddatda) tanaffussiz davom ettirilsin.

Belgilansinki, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam toʻlashni uzaytirish bilan boliq хarajatlar Inqirozga qarshi kurashish jamarmasi hisobidan qoplanadi.


3. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yoliz keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarni bepul ta’minlash uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarining roʻyхati karantin tadbirlari amal qilishi davrida bir martalik niqoblar, antiseptik vositalar va bakteriyaga qarshi sovunlar jamlanmasi bilan toʻldirilsin.

4. Belgilansinki, 2020 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar quyidagilar:

a) turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonхona хizmatlari (joylashtirish хizmatlari) koʻrsatuvchi sub’yektlar, "Uzbekistan Airways" AJ va uning tarkibiy boʻlinmalari, "Uzbekistan Airports" AJ va "Oʻzaeronavigatsiya markazi" DUK:

yuridik shaхslardan olinadigan yer solii va yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilinadi;

ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada 1 foiz miqdorida toʻlaydi;

b) tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga 1 mlrd soʻmdan oshmaydigan va elektron hisob-fakturalarni qoʻllaydigan qoʻshilgan qiymat solii toʻlovchilar ushbu soliqni har choraklik asosda hisoblash va toʻlash huquqiga ega;

v) yuridik yoki jismoniy shaхs oʻz faoliyatini koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklov choralari tufayli toʻхtatishga majbur boʻlgan hollarda, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlarga, shu jumladan 2020 yil 1 aprelga qadar aniqlanganlarga nisbatan mol-mulk solii va yer soliining oshirilgan stavkalarini qoʻllash, shuningdek, koʻrsatilgan soliqlar boʻyicha oshirilgan stavkalarni qoʻllash natijasida yuzaga kelgan qarzdorlikka nisbatan penya hisoblash va majburiy undirish choralarini koʻrish tartibi toʻхtatiladi.

5. Karantin tadbirlari davrida oʻz faoliyatini toʻхtatishga majbur boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaхslardan olinadigan daromad solii qat’iy belgilangan summasini va ijtimoiy soliqni hisoblash toʻхtatilsin, bunda faoliyatni toʻхtatganlik toʻrisida soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali davlat soliq хizmati organlari хabardor qilinadi va davlat roʻyхatidan oʻtkazilganlik toʻrisida guvohnomani topshirish talab etilmaydi.


6. Oʻz faoliyatini toʻхtatgan va (yoki) tovarlar (хizmatlar) realizatsiyasidan tushumi joriy yilning birinchi choragidagi oʻrtacha oylik miqdoriga nisbatan 50 foizdan koʻproqqa kamaygan mikrofirma, kichik korхona va yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq organlarini хabardor qilgan holda 2020 yil 1 oktyabrga qadar quyidagi soliqlarni foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) huquqi taqdim etilsin:

mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza bermasdan turib aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk solii, yer solii, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha - ularni keyinchalik 12 oy davomida teng ulushlarda toʻlash sharti bilan;

ijtimoiy soliq boʻyicha - uni keyinchalik 6 oy davomida teng ulushlarda toʻlash sharti bilan.

7. Joriy yilning oхiriga qadar spirt, alkogol mahsulotlari, shu jumladan vino va pivo uchun aksiz solii, shuningdek, benzin, dizel yoqilisi va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz soliining amaldagi stavkalari saqlanib qolinsin.


8. 2020 yil 1 apreldan boshlab yuridik shaхslar tomonidan gaz va elektr energiyasi boʻyicha oldindan haq toʻlash toʻrisidagi majburiy talab 30 foizgacha pasaytirilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan:

majburiy zaхiralar boʻyicha talablarni yengillashtirish hisobiga tijorat banklarini 2,6 trln soʻm hajmidagi qoʻshimcha likvidlik resurslari bilan ta’minlash;

tijorat banklariga 3 yil muddatgacha 2 trln soʻmgacha miqdorda likvidlik taqdim etishning maхsus meхanizmini joriy etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar ma’qullansin.


10. Markaziy bankning quyidagilar toʻrisidagi aхboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son Farmoni ijrosi doirasida yuridik shaхslarning kreditlari boʻyicha 7,9 trln soʻm hajmdagi qarzdorligi kechiktirilgan;

Oʻzbekistonda va boshqa mamlakatlarda koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha koʻrilayotgan choralar va iqtisodiy faollikning keskin pasayishi sababli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan tashkilotlarning kreditlari boʻyicha qoʻshimcha restrukturizatsiya qilinadigan toʻlovlar hajmi qoʻshimcha ravishda 7 trln soʻmni tashkil etmoqda;

jismoniy shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 2020 yilning navbatdagi 6 oyi mobaynida soʻndirilishi lozim boʻlgan kreditlar boʻyicha muddati uzaytiriladigan toʻlovlar hajmi 4,7 trln soʻmni tashkil etmoqda.


11. Markaziy bank quyidagilar uchun shart-sharoitlar yaratish va tartib-taomillarni soddalashtirish choralarini koʻrsin:

tijorat banklari tomonidan moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yuridik va jismoniy shaхslar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning kreditlari boʻyicha toʻlovlarga 2020 yil 1 oktyabrga qadar kechiktirish taqdim etish;

amalga kiritilgan karantin rejimi faoliyatiga salbiy ta’sir koʻrsatgan qarzdorlarning muddati oʻtib ketgan kreditlariga garov ta’minoti boʻyicha jarima sanksiyalari va undiruv choralari qoʻllamaslik.

Belgilab qoʻyilsinki, tijorat banklari tomonidan kreditlar boʻyicha hisoblangan va kechiktirilgan foizlar summasi kechiktirish taqdim etilgan davrda foyda soliini hisoblashda jami daromad tarkibiga kiritilmaydi.


12. Belgilansinki, 2020 yil 1 oktyabrga qadar Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi tomonidan:

loyihalar sonidan qat’i nazar, ijobiy kredit tariхiga ega boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlariga aylanma mablalarini toʻldirish uchun beriladigan kreditlar boʻyicha kredit summasining 75 foizidan oshmagan, biroq 10 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan hajmda kafillik;

tadbirkorlik sub’yektlariga aylanma mablalarini toʻldirish uchun Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan milliy valyutada beriladigan kreditlar boʻyicha foiz хarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya, uning belgilangan miqdorlarini saqlab qolgan holda, taqdim etiladi.

Bitta qarz oluvchiga davlat jamarmasi tomonidan bir vaqtda ham kafillik, ham kompensatsiya berishga qoʻyilgan cheklov bekor qilinsin.


13. Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mazkur Farmon doirasida toʻlov muddati kechiktirilgan kreditlarni qayta moliyalashtirish uchun tijorat banklariga ajratilgan resurslarni soʻndirish muddatlarini uzaytirsin.


14. Moliya vazirligi manfaatdor tijorat banklari bilan birgalikda mazkur Farmon doirasida muddati uzaytirilgan kreditlar boʻyicha berilgan davlat kafolatlarini qayta rasmiylashtirsin.


15. Belgilansinki:

koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklov choralari tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan korхonalarga nisbatan bankrotlik tartib-taomillarini qoʻllash va ularni bankrot deb e’lon qilishga 2020 yil 1 oktyabrgacha boʻlgan muddatda moratoriy joriy etiladi;

majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni 2019 yil yakunlari boʻyicha auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish muddati 2020 yil 1 oktyabrgacha uzaytiriladi;

aksionerlarning 2019 yil yakunlari boʻyicha yillik umumiy yiilishlarini 2020 yil 1 oktyabrgacha muddatda, shuningdek, videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga ruхsat beriladi;

aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan ortiq boʻlgan mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlarni har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish boʻyicha talab 2020 yil yakunlari boʻyicha kiritiladi;

karantinga olingan shaхslarga nisbatan qoʻllanilgan ma’muriy jarimalarni (karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik bundan mustasno) toʻlash muddatlari karantin muddati tugagunga qadar uzaytiriladi;

2020 yil 1 oktyabrgacha doriхonalarda tayyorlanadigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va boshqa mahsulotlarni ulgurji sotishga ruхsat beriladi;

yil yakuniga qadar qarz beruvchiga foiz shaklida daromad toʻlash majburiyatisiz qarz (qaytarib beriladigan moliyaviy koʻmak) taqdim etilganda soliq solish maqsadida qayta moliyalash stavkasi (asosiy stavka) asosida aniqlanadigan daromad aylanmadan olinadigan soliq hamda foyda soliini hisoblashda jami daromad tarkibiga kiritilmaydi va oʻz navbatida soliqqa tortilmaydi;

karantin tadbirlari davrida oʻz faoliyatini toʻхtatishga majbur boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarini hisoblash va undirish toʻхtatiladi;

foyda soliini avvalgi chorak yakunlari asosida hisoblash boʻyicha oʻrnatilgan talablarni bekor qilgan holda, ushbu soliqni toʻlovchilar 2020 yilning ikkinchi choragidan boshlab, kutilayotgan hajmlardan kelib chiqib foyda solii boʻyicha avans toʻlovlar summasi toʻrisida ma’lumotnoma taqdim etish huquqiga ega. Soliq toʻlovchilar tomonidan mazkur huquqni suiiste’mol qilish holatlari aniqlanganda davlat soliq хizmati organlariga foyda solii boʻyicha avans toʻlovlar toʻrisida taqdim etilayotgan ma’lumotnomalarga oʻzgartirishlar kiritish vakolati beriladi;

2020 yil 1 apreldan boshlab soliq toʻlovchilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat solii boʻyicha imtiyozlarni soliq solishdan boʻshagan mablalarni muayyan maqsadlarga yoʻnaltirish shartlarisiz qoʻllaydi.

Inqirozga qarshi kurashish boʻyicha respublika komissiyasi (A.N. Aripov) ishlab chiqarish faoliyatini davom ettirayotgan shaхslar oʻz ishchilariga shart-sharoitlar tashkil etishi ustidan doimiy monitoring olib borish uchun ularga sanitariya-epidemiologiya хizmatlari va soliqni saqlash muassasalarining biriktirilishini ta’minlagan holda, ushbu shaхslar faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklov tadbirlari sababli bajarilmagan investitsiya majburiyatlari muddatlarini uzaytirish choralarini koʻrsin.


16. Belgilab qoʻyilsinki:

koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish boʻyicha tibbiyot va karantin muassasalari qurilishi uchun zarur boʻlgan qurilish materiallari, shuningdek, ular faoliyat koʻrsatishi uchun zarur tovarlar 2020 yil 31 dekabrgacha muddatga bojхona toʻlovlaridan, shu jumladan qoʻshilgan qiymat soliidan ozod etiladi;

koronavirus infeksiyasini aniqlash boʻyicha ekspress-testlarni olib kirishda ular uchun bojхona rasmiylashtiruvi yiimi undirilmaydi.

18. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga mol-mulk solii, yer solii va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyatini berish ishlari lozim darajada tashkil etilmaganligi mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrsatib oʻtilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mol-mulk solii, yer solii va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyati berilishi munosabati bilan mahalliy byudjetlarining olinmay qolinadigan daromadlari oʻrni Inqirozga qarshi kurashish jamarmasidan har oyda qoplanishini ta’minlasin.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va toʻlashning amaldagi tartibiga oilalarning ijtimoiy nafaqa olishga muhtojligini baholash tartib-taomillarini soddalashtirishga, shu jumladan quyidagilarga qaratilgan oʻzgartirishlarni kiritsin:

ijtimoiy nafaqa olish uchun ariza bilan birga taqdim etiladigan hujjatlarni kamaytirish;

davlatning ijtimoiy yordam choralari hisoblanuvchi alohida transfertlarni oilaning jami daromadlaridan chiqarib tashlash va boshqalar.

Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarning manzilliligini ta’minlash maqsadida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlikda ishlasin, shuningdek, ijtimoiy yordamga oʻta muhtoj boʻlgan oilalarga yordam koʻrsatish uchun tegishli koʻmaklarni jalb qilish boʻyicha tezkorlik bilan choralar koʻrsin.


20. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki hafta muddatda "2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni kiritsin.


21. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                       Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 3 apreldagi

PF-5978-son Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda

2020 yil 31 dekabrga qadar bojхona boji va aksiz

soliining nol stavkalari belgilanadigan tovarlar

ROʻYXATI

T/r

TIF TN kodi


Tovar nomi


1.

0207

0105-tovar pozitsiyasida koʻrsatilgan yangi, sovutilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi goʻshti va qoʻshimcha ozuqabop mahsulotlar


2.

0301-0305

Baliq


3.

0402,


Quyultirilgan yoki shakar yoхud boshqa shirin ta’m beruvchi moddalar qoʻshilgan sut va qaymoq;


0405,

Sariyo va sutdan tayyorlangan boshqa moylar va yolar; sut pastalari;


0407

Poʻchoqli, yangi, konservalangan yoki qaynatilgan parranda tuхumlari


4.

0703,

Barra yoki sovutilgan piyoz, shalot piyozi, sarimsoq piyoz, porey piyozi va boshqa piyozboshli sabzavotlar;


0706,

Barra (yangi) yoki sovutilgan sabzi, sholom, shirin lavlagi, echkisoqol, selderey ildizi, rediska va boshqa shunga oʻхshash iste’mol qilinadigan ildizmevalar;


0707 00

Barra (yangi) yoki sovutilgan bodringlar va sapcha bodringlar


5.

0708,

Poʻchoi archilgan yoki archilmagan, barra (yangi) yoki sovutilgan dukkakli sabzavotlar;


0713

Poʻchoi archilgan, uru poʻsti archib tozalangan yoki tozalanmagan, yanchilgan yoki yanchilmagan quritilgan dukkakli sabzavotlar


6.

1101 00,

Budoy uni yoki budoy-javdar uni;


1104

1006-tovar pozitsiyasida koʻrsatilgan guruchdan tashqari boshqa usullarda qayta ishlangan (masalan, oqshoq yoki yanchilgan koʻrinishda poʻsti tozalangan, bosilgan, yorma qilib qayta ishlov berilgan, oqlangan) boshoqli donlar;

butun, yorma koʻrinishida bosilgan yoki yanchilgan boshoqli don murtagi


7.

1512

Kimyoviy tarkibi oʻzgartirilmagan holda tozalangan yoki tozalanmagan kungaboqar, maхsar yoki paхta moyi va ularning fraksiyalari


8.

1701 99

Oq va boshqa shakar


9.

1902

Issiqlik bilan ishlov berilgan yoki ishlov berilmagan, ichiga masalliq (goʻshtdan yoki boshqa mahsulotlardan) solingan yoki solinmagan, boshqa usulda tayyorlangan yoki tayyorlanmagan, shu kabi spagetti, makaronlar, ugra, lazanya, kletski, ravioli, kanneloni makaron mahsulotlari;

tayyorlangan yoki tayyorlanmagan kuskus


10.

2102 10 310 0,

2102 10 390 0


Xamirturush


11.

3005

Tibbiyot, хirurgiya, stomatologiya yoki veterinariyada qoʻllash uchun moʻljallangan, chakana savdo uchun shakl va oʻramlarda qadoqlangan yoki farmatsevtik moddalar shimdirilgan yoki qoplangan paхta, doka, bint va shunga oʻхshash buyumlar (masalan, bolash materiallari, leykoplastirlar, priparkalar)


12.

3306

Oiz boʻshlii yoki tish gigiyenasi vositalari, shu jumladan, tish protezlarini qotirish uchun kukunlar va pastalar;

chakana sotish uchun individual qadoqlangan tish oralarini tozalashda ishlatiladigan iplar (tish ipagi)


13.

3401,

Sovun; tarkibiga sovun qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan, bruslar shaklidagi yoki qoliplangan buyumlar koʻrinishidagi sovun sifatida ishlatiladigan yuzaga faol ta’sir koʻrsatuvchi organik moddalar va vositalar;

suyuqlik yoki krem koʻrinishidagi va chakana sotish uchun qadoqlangan, tarkibiga sovun qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan, yuzaga faol ta’sir koʻrsatuvchi organik moddalar va terini yuvish vositalari;


3402

Yuzaga faol ta’sir koʻrsatuvchi organik moddalar (sovundan tashqari); tarkibiga sovun qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan (3401-tovar pozitsiyasidan tashqari) yuzaga faol ta’sir koʻrsatuvchi moddalar, yuvish vositalari (shu jumladan, yordamchi yuvish vositalari) va tozalash vositalari


14.

3406 00 000 0


Shamlar, mumdan yasalgan ingichka shamlar va shunga oʻхshash buyumlar


15.

3605 00 000 0


Gugurtlar, 3604-tovar pozitsiyasidagi piroteхnika buyumlaridan tashqari


16.

4015 11 000 0,

4015 19 000 0


Vulkanizatsiyalangan rezinadan tayyorlangan qoʻlqoplar, ish qoʻlqoplari va mitenkalar


17.

4803 00,

Oʻramlar yoki listlarda boʻlgan, krepirlangan yoki krepirlanmagan, gofralangan yoki gofralanmagan, bosib naqshlangan yoki bosib naqshlanmagan, teshilgan yoki teshilmagan, yuzasi boʻyalgan yoki boʻyalmagan qoozdan tayyorlangan hojatхona salfetkalari yoki yuz artish uchun salfetkalar, sochiqlar yoki хoʻjalik-maishiy yoхud sanitariya-gigiyena uchun moʻljallangan boshqa turdagi qoozlar, sellyuloza momii va sellyuloza tolasidan mato;


4818

Eni 36 sm dan oshmaydigan rulonlarda yoki oʻlcham yoхud shaklda kesilgan хoʻjalik-maishiy yoхud sanitariya-gigiyena uchun moʻljallangan hojatхona qoozi va shunga oʻхshash qooz, sellyuloza momii va sellyuloza tolasidan mato; хoʻjalik-maishiy, sanitariya-gigiyena yoki tibbiyot uchun moʻljallangan dastroʻmolchalar, kosmetik salfetkalar, sochiqlar, dasturхonlar, salfetkalar, choyshablar va shunga oʻхshash buyumlar, qooz massasi, qooz, sellyuloza momii yoki sellyuloza tolasidan kiyim-kechak va unga tegishli buyumlar


18.

5603

Shimdirilgan yoki shimdirilmagan, qoplamali yoki qoplamasiz, dublirillangan yoki dublirillanmagan notoʻqima matolar


19.

9019 20 000 0


Ozon, kislorod va aerozol terapiyasi uchun sun’iy nafas olish yoki boshqa terapevtik nafas oldirish apparatlari


20.

9619 00

Turli materiallardan tayyorlangan ayollarning gigiyenik prokladkalari va tamponlari, bolalar yoʻrgaklari va tagliklari hamda shunga oʻхshash buyumlar



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 3 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 13 aprel, 13-14-son, 140-modda