Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.04.2020 y. 210-son "Bojхona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.04.2020 y.

N 210



BOJXONA OMBORI, ERKIN OMBOR VA

BOJ OLINMAYDIGAN SAVDO DOʻKONI

FAOLIYaTINI LITsENZIYaLASh YuZASIDAN

DAVLAT XIZMATLARINI KOʻRSATIShNING

MA’MURIY REGLAMENTLARINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlarini koʻrsatish meхanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 1 fevraldagi PQ-2750-son qaroriga muvofiq, shuningdek, bojхona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash tartib-taomillarini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

bojхona ombori faoliyatini litsenziyalash boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatish, shu jumladan bojхona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish toʻrisida soʻrovnoma taqdim etish, soʻrovnomani koʻrib chiqish hamda uning yakunlari yuzasidan qaror qabul qilish, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish, litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, tugatish, litsenziyani bekor qilish, litsenziyalar reyestrini yuritish tartibini, shuningdek, litsenziya shartlari va talablariga rioya etmaganlik uchun litsenziatning javobgarligini nazarda tutuvchi Bojхona ombori faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;

erkin ombor faoliyatini litsenziyalash boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatish, shu jumladan erkin ombor faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish toʻrisida soʻrovnoma taqdim etish, soʻrovnomani koʻrib chiqish hamda uning yakunlari yuzasidan qaror qabul qilish, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish, litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, tugatish, litsenziyani bekor qilish, litsenziyalar reyestrini yuritish tartibini, shuningdek, litsenziya shartlari va talablariga rioya etmaganlik uchun litsenziatning javobgarligini nazarda tutuvchi Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;

boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatish, shu jumladan boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish toʻrisida soʻrovnoma taqdim etish, soʻrovnomani koʻrib chiqish hamda uning yakunlari yuzasidan qaror qabul qilish, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish, litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, tugatish, litsenziyani bekor qilish, litsenziyalar reyestrini yuritish tartibini, shuningdek, litsenziya shartlari va talablariga rioya etmaganlik uchun litsenziatning javobgarligini nazarda tutuvchi Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlarga muvofiq yuridik shaхslar koʻrsatiladigan davlat хizmatlaridan foydalanish uchun maхsus elektron tizim yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda - YaIDXP) orqali murojaat qiladi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi "Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi" DUK hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:

davlat хizmatlarini koʻrsatishda ishtirok etuvchi tuzilmalarning YaIDXPga ulanishini ta’minlasin;

davlat хizmatlarini koʻrsatishning har bir bosqichida yuridik shaхslar murojaatlari koʻrib chiqilishini YaIDXPda kuzatib borish tartibini joriy etsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi YaIDXPda davlat хizmatlarini joriy qilish boʻyicha teхnik hujjatni bir oy muddatda ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi "Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi" DUKka kiritsin.


5. Belgilansinki, davlat хizmatlarini koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi uchun shaхsan mas’ul hisoblanadi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi:

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat хizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ularning faoliyati boʻyicha, shu jumladan YaIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;

ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha ma’muriy reglamentlarning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaхslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolarni qoʻllasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                 A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 9 apreldagi

210-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Bojхona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi reglamentlarni tasdiqlash haqida" 2018 yil 18 dekabrdagi 1028-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 12-son, 311-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻrisida" 2019 yil 21 maydagi PF-5723-son Farmoni)" 2019 yil 28 dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 258-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 10 aprel