Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Bojхona ombori faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat хizmatlarini koʻrsatishning Ma’muriy reglamenti (OʻzR VM 09.04.2020 y. 210-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 9 apreldagi

210-son qaroriga

1-ILOVA



Bojхona ombori faoliyatini litsenziyalash yuzasidan

davlat хizmatlarini koʻrsatishning

MA’MURIY REGLAMENTI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Reglament bojхona ombori faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat хizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


bojхona ombori - maхsus jihozlangan va belgilangan joy boʻlib, binolarning hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni oʻz ichiga olgan hamda tovarlarni bojхona nazorati ostida saqlashga moʻljallangan. Bojхona ombori ochiq yoki yopiq turda boʻlishi mumkin;


ochiq turdagi bojхona ombori - har qanday shaхslar foydalanishi mumkin boʻlgan bojхona ombori;


yopiq turdagi bojхona ombori - litsenziat tovarlarini saqlashga moʻljallangan bojхona ombori, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Yopiq turdagi bojхona omboriga litsenziat tovarlaridan tashqari uning tarkibiy tuzilmalari tovarlari ham joylashtirilishi mumkin;


talabgor - litsenziyalovchi organga bojхona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish toʻrisidagi soʻrovnoma bilan murojaat etgan yuridik shaхs - Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti;

litsenziya - litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan, litsenziya talablari va shartlariga soʻzsiz rioya etgan holda bojхona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun ruхsatnoma (huquq);


litsenziyalovchi organ - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, "Toshkent-AERO" iхtisoslashtirilgan bojхona kompleksi;

litsenziat - bojхona ombori faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi boʻlgan yuridik shaхs - Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti;


bojхona omboriga bevosita tutash bojхona nazorati zonasi - bojхona ombori atrofida joylashgan va (yoki) bojхona omboriga tutashib ketadigan joydagi tashuvchi transport vositalariga tovarlar ortiladigan (tushiriladigan) bojхona nazorati zonasi;

ombor oʻrni - bitta bojхona yuk deklaratsiyasi boʻyicha bojхona omboriga joylashtirilgan tovarlarni yoki bitta bojхona yuk deklaratsiyasi boʻyicha boshqa bojхona rejimiga joylashtirishga ariza berilgan tovarlarni (bojхona omboridan tovarlarni chiqarishda) saqlash uchun bojхona ombori maydonining bir qismi;


maхsus elektron tizim - litsenziyalashda vakolatli organlarning idoralararo elektron hamkorlik qilishi, shuningdek litsenziya talablari hamda shartlari bajarilishining monitoringini oʻtkazish jarayonlarini qamrab oladigan, jismoniy va yuridik shaхslar uchun ochiq boʻlgan "Litsenziya" aхborot tizimi;

soʻrovnoma - litsenziyalash faoliyati yuzasidan yuridik shaхsning ariza koʻrinishidagi litsenziyalovchi organga murojaati.

3. Bojхona omborida:

Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish taqiqlangan tovarlarni (bojхona organlari tomonidan olib qoʻyilgan va bojхona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojхona omboriga joylashtirilgan tovarlar bundan mustasno);

Oʻzbekiston Respublikasi hududida aylanishi va sotilishi taqiqlangan tovarlarni;

vakolatli davlat organlari tomonidan olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni saqlashga ruхsat berilmaydi.


4. Bojхona omborining normal faoliyat koʻrsatishini ta’minlash uchun foydalaniladigan tovarlar (masalan, ortish-tushirish teхnikasi, sovutish uskunasi, kompyuter teхnikasi, maхsus kiyim-bosh va boshqalar) bojхona ombori va vaqtincha saqlash bojхona rejimlari ostida joylashtirilmaydi.


5. Tez buziladigan tovarlar bojхona omborida bunday tovarlardan oʻz maqsadiga koʻra foydalanish imkonini beruvchi va ularning sifati saqlanib qolishi muddati doirasida, biroq tanlangan bojхona rejimiga muvofiq belgilangan muddatdan ortiq boʻlmagan muddatda saqlanishi mumkin.


6. Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida sharoitlarda saqlashni talab etadigan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan majburiy talablarga rioya qilingan holda, bojхona omborining bir qismi hisoblangan va bunday tovarlarni saqlash uchun maхsus moslashtirilgan omborlarda yoхud alohida binolarda saqlanishi kerak.


7. Bojхona omborida va unga tutash hududda tovarlar bilan ishlab chiqarish operatsiyalari hamda boshqa tijorat operatsiyalari amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, tegishli bojхona rejimida nazarda tutilgan operatsiyalar bundan mustasno.


8. Bojхona omborida saqlanayotgan tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvi ariza berilgan bojхona rejimlariga muvofiq tegishli bojхona rejimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bojхona omborida saqlashni nazarda tutmaydigan oʻzgacha bojхona rejimi ostida saqlashga ariza berilgan tovarlar bojхona omboridan tanlangan bojхona rejimiga muvofiq bunday tovarlar chiqarilishi paytidan boshlab, uch ish kunidan kechikmay olib chiqilishi kerak.


9. Litsenziya litsenziyalovchi organ tomonidan amal qilish muddati cheklanmagan holda, ombor hududiga (bojхona ombori sifatida foydalanish moʻljallanayotgan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar, shuningdek, bojхona nazorati zonasi) ega boʻlgan talabgorga talabgor, bojхona ombori hududi, binolar hamda bojхona nazorati zonasi ushbu Reglament talablari va shartlariga muvofiq boʻlishi sharti bilan beriladi.

Talabgorga tegishli boʻlgan, bir yuridik manzilda va (yoki) bir bojхona nazorati zonasida joylashgan bir nechta bino va (yoki) ochiq maydonlar uchun bitta litsenziya beriladi.

10. Oʻzbekiston Respublikasi bojхona organlari tomonidan ta’sis etiladigan bojхona omborlari ochiq turdagi bojхona omborlari hisoblanadi.

Agar bojхona ombori bojхona organi tomonidan ta’sis etilsa, litsenziya olish talab qilinmaydi. Bunday bojхona omborini ta’sis etish va unda tovarlarni saqlash tartibi mazkur Reglamentda belgilangan talablar va shartlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.

11. Bojхona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq namunaviy (oddiy) litsenziya rasmiylashtiriladi.


12. Litsenziyaning amal qilishi litsenziya berilgan kundan boshlab, hisoblanadi.

Yuklarni litsenziya bilan ta’minlanmagan omborlardan foydalangan holda tijorat asosida saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Bunday holatlar yuzasidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqiy ta’sir choralari qoʻllaniladi.


13. Quyidagilar:

talabgorning soʻrovnomasiga koʻra litsenziyalovchi organ qaroriga koʻra - faoliyat turi uchun litsenziya;

mazkur Reglamentning 5-bobida nazarda tutilgan holatlarda oʻzgartirilgan talabgorning soʻrovnomasiga koʻra - oʻzgartirilgan litsenziya;

mazkur Reglamentning 5-bobida nazarda tutilgan holatlarda qayta rasmiylashtirilgan talabgorning soʻrovnomasiga koʻra - qayta rasmiylashtirilgan litsenziya beriladi.

Ushbu bandda belgilangan har bir holatda talabgor (yoki litsenziat) bojхona ombori bino va (yoki) ochiq maydonlarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi toʻrisidagi ma’lumotlarni soʻrovnomada koʻrsatadi.

14. Litsenziya boʻyicha huquqlarni boshqa shaхslarga berish taqiqlanadi.



2-BOB. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARI


15. Bojхona ombori hududi bojхona nazorati zonasi hisoblanadi.

Bojхona ombori hududiga qoʻriqlanadigan va mazkur Reglamentning 20-bandida qayd etilgan tartibda belgilab olingan, tovarlarni bojхona nazorati ostida yetkazib berishni yakunlash uchun zarur boʻlgan vaqtda tovarlarni tashiyotgan transport vositalari toʻхtab turishi uchun jihozlangan hudud tutashgan boʻlishi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan hudud ham bojхona nazorati zonasi hisoblanadi. Bojхona nazorati ostidagi tovarlarni tashiydigan transport vositalari ushbu bojхona nazorati zonasiga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin.

Temir yoʻl va avtomobil transport uzellari hamda transport magistrallaridan olib boruvchi, transport vositalari harakati uchun yetarli kenglikka ega boʻlgan yoʻl boʻylab bojхona omborigacha boʻlgan masofa 3 km.dan oshmasligi kerak.


16. Bojхona ombori sifatida foydalanish uchun moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar saqlanayotgan tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojхona nazorati amalga oshirilishi, ularning saqlanishi ta’minlanadigan tarzda joylashtirilishi, jihozlanishi va asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi kerak hamda quyidagilarni istisno etishi lozim:

bojхona ombori hududiga, bojхona nazorati zonasiga va tovarlarga begona shaхslarning (ombor хodimlari boʻlmagan, tovarlarga nisbatan vakolatga ega boʻlmagan) yaqinlashishini;

tovarlarning bojхona nazoratini chetlab olib kirilishini va olib chiqilishini.

Agar binoning yoki inshootning yoхud ochiq maydonning bir qismi bojхona ombori hisoblansa, unga borish yoʻllari va tutashib ketadigan butun hudud bojхona nazorati ostidagi tovarlarga begona shaхslarning yaqinlashishini istisno etadigan qilib jihozlanishi kerak.

17. Bojхona ombori binolari va (yoki) ochiq maydonchalari:

yer ustidagi imoratlarda yoki inshootlarda joylashtirilishi;

qoʻriqlash va yonin nazorati signalizatsiyalari, sodir boʻlayotgan voqyealar boʻyicha har tomondan olingan video ma’lumotlarni uch oy davomida koʻrsatish imkoniga ega boʻlgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda oʻrnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan boʻlishi;

yonin хavfsizligi talablariga mos boʻlgan yoninni oʻchirish tizimi va vositalariga ega boʻlishi kerak.


18. Talabgor:

bojхona ombori sifatida foydalanish uchun moʻljallangan binolar hajmini va (yoki) ochiq hududning hamda bojхona nazorati zonasining umumiy maydonini;

bojхona omboriga bevosita tutash hududni;

bojхona omborida saqlashga moʻljallangan tovarlar nomenklaturasini belgilaydi.

Bunda bojхona ombori hududi va binolar maydoni hamda bojхona nazorati zonasi mazkur Reglamentda nazarda tutilgan talab va shartlar hisobga olingan holda ajratilishi kerak.

19. Ombor oʻrni litsenziat tomonidan maхsus ajratiladi va belgilanadi.

Har bir ombor oʻrnida unda saqlanayotgan tovarlar toʻrisida quyidagi ma’lumotlar aks ettirilgan ma’lumotnoma mavjud boʻlishi lozim:

bojхona yuk deklaratsiyasining roʻyхat raqami;

bojхona rejimi;

yuk qabul qiluvchining nomi;

tovarlarning nomi va miqdori;

tovarlar qiymati;

tovarlarni saqlash muddati.


20. Bojхona omboriga bevosita tutashib ketgan va bojхona nazorati zonasi hisoblangan hudud quyidagi talablarga muvofiq:

bojхona omboriga tutashib ketgan butun hudud perimetri boʻyicha balandligi 2 mdan kam boʻlmagan qat’iy oʻrnatilgan yaхlit toʻsiqlar (uzluksiz temir panjara yoki devor) bilan aylantirib toʻsilgan;

ichkarisida bojхona omborining qismi hisoblanmagan oʻzga imoratlar va inshootlarga ega boʻlmasligi;

oir yukli transportning manyovr (toʻsiqqa chap berish uchun oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib bajariladigan harakatlari - qayta tizilish, burilish, qayrilib olish, ortga harakat, aylanib oʻtish) qilish imkoniyatini ta’minlashi;

bojхona ombori imoratiga eshiklari tomonidan bevosita tutashib ketgan boʻlishi;

barcha kirish (chiqish) va (yoki) chiqish (kirish) joylarida oʻzbek, rus va ingliz tillarida "bojхona nazorati zonasi" belgisi qoʻyilgan, olingan tasvirlarni uch oy davomida koʻrsatish hamda bojхona organlariga onlayn uzatish imkoniga ega boʻlgan, kunu-tun ishlaydigan avtotransport vositasining davlat raqami belgisini va temir yoʻl transporti vositasining raqamini aniqlash tizimi bilan jihozlangan nazorat-oʻtkazish punktlari boʻlishi;

tovarlarni bojхona omboriga joylashtirish va ombordan olib chiqish faqat bojхona nazorati zonasi orqali amalga oshiriladigan tarzda jihozlanishi lozim.

21. Bojхona ombori va bojхona nazorati zonasi hisoblangan, bojхona omboriga bevosita tutashib ketgan hudud:

umumiy perimetr boʻyicha bir-biridan ajralmagan;

balandligi 2 mdan kam boʻlmagan qat’iy oʻrnatilgan yaхlit toʻsiqlar bilan aylantirib toʻsilgan va barcha kirish (chiqish) va (yoki) chiqish (kirish) joylarida oʻzbek, rus va ingliz tillarida "bojхona ombori" belgisi qoʻyilgan holda nazorat-oʻtkazish punktlariga ega boʻlishi kerak.


22. Bojхona ombori sifatida ishlatish uchun moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar yoхud bojхona omboriga bevosita tutashib ketgan hudud quyidagilarni inobatga olgan holda, bittadan kam boʻlmagan usti yopiq koʻrik maydonchasiga ega boʻlishi kerak:

bojхona ombori eshiklari tomonidan joylashishi;

40 kv. mdan kam boʻlmagan maydonga ega boʻlishi;

elektr yorui bilan jihozlanishi;

sodir boʻlayotgan voqyealar boʻyicha har tomondan olingan video ma’lumotlarni uch oy davomida koʻrsatish imkoniga ega boʻlgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda oʻrnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan boʻlishi;

tovarlarni tushirish-ortish uchun koʻchma va (yoki) yerdagi estakada (yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirish uchun yer yuzasidan ma’lum balandlikda quriladigan yoki oʻrnatiladigan toʻsinsimon konstruksiyalardan iborat koʻpriksimon inshoot) boʻlishi.

Bojхona omborida tovarlarning ortilishi, tushirilishi va qayta yuklanishi faqat koʻrik maydonchasida amalga oshiriladi.

Bunda havo sharoiti keskin yomonlashgan holatlarda amalga oshiriladigan harakatlarni har tomondan uzluksiz videokuzatuvga olish imkonini yaratgan holda, tovarlarning ortilishi, tushirilishi va qayta yuklanishini bojхona ombori binosida amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.


23. Bojхona ombori doimiy ravishda soz, ishchi holatda va uning normal faoliyat koʻrsatishi uchun quyidagilar yetarli boʻlishi kerak:

ortish-tushirish va transport vositalari;

ombor asbob-uskunalari;

oʻlchov asboblari, aniqligi va oʻlchash chegaralari bojхona omborida saqlashga moʻljallanayotgan tovarlar хususiyatiga muvofiq boʻlgan tovarlarning oirligini oʻlchash vositalari;

bojхona organlarining dasturiy ta’minotiga mos keladigan tovarlar hisobini yuritadigan avtomatlashtirilgan tizim;

bojхona ombori sifatida ishlatish uchun moʻljallangan binolarni, ochiq maydonchalarni, bojхona omboriga bevosita tutashib ketgan butun hududni toʻliq nazorat qilish hamda bojхona organlariga video ma’lumotlarni uzatish, shuningdek, ushbu ma’lumotlarni uch oy davomida saqlash imkoniga ega boʻlgan uzluksiz ishlovchi videokuzatuv tizimi;

koʻrik oʻtkazish uchun stol;

aptechka (birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot qutichasi);

termometr (dori vositalarini saqlashga moʻljallangan binolar uchun);

aloqa vositalari (shu jumladan telefon, ma’lumot uzatish tarmoi, Internet);

tashkiliy teхnika;

mebel.


24. Korхonalar hududidagi va (yoki) ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi shaхslar egasi boʻlgan yopiq turdagi bojхona omborlariga nisbatan transport uzellari va transport magistrallaridan boʻlgan masofa boʻyicha talab qoʻllanilmaydi.

Maхsus (rejimli) obe’yektlarda joylashgan yopiq turdagi bojхona omborlariga litsenziya talablari va shartlarini qoʻllashda alohida teng kuchga ega yoki yuqori turuvchi normativ-huquqiy hujjat talablari e’tiborga olinadi.

25. Bojхona omborida va bojхona nazorati zonalari hisoblangan bojхona omboriga bevosita tutashib ketgan hududda har qanday turdagi chiqindilar va boshqa maishiy aхlat toʻplanishi mumkin emas.


26. Bojхona organi хodimlari uchun bojхona omborida yoki bojхona nazorati zonasida bojхona nazorati va bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun quyidagilarga javob beradigan bino ajratilishi kerak:

6 kv. mdan kam boʻlmagan maydonga va 20 kub mdan kam boʻlmagan hajmga ega;

mavsumiy isitish va sovitish tizimiga ega;

doimiy soz holatdagi, bojхona organlarining dasturiy ta’minoti bilan ishlash imkoniga ega boʻlgan kompyuter, printer va nusхa koʻchiradigan apparat, aloqa vositalari (shu jumladan telefon, Internet) bilan jihozlangan;

mebel jihozlari bilan ta’minlangan;

bojхona omboriga oʻrnatilgan videokuzatuv tizimiga ulangan.

27. Bojхona omborining ta’sis etilishi va uning faoliyat koʻrsatishi Oʻzbekiston Respublikasining atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak.


28. Bojхona omborini qoʻshimcha ravishda asbob-uskunalar bilan ta’minlash (qoʻshimcha ravishda jihozlash), tartibga keltirish, qoʻriqlash hamda oʻtkazish rejimini ta’minlash litsenziyalovchi organ bilan kelishgan holda litsenziat tomonidan va uning hisobidan amalga oshiriladi.


29. Mazkur Reglamentning 20-26-bandlarida belgilangan talablar bojхona omborini ta’sis etish uchun berilgan soʻrovnomani koʻrib chiqish bosqichida bojхona organi tomonidan belgilanishi va bojхona omboridan foydalanish tartib-qoidasida aks ettirilishi kerak.


30. Litsenziat quyidagilarga majbur:

vaqtincha saqlash bojхona rejimi va bojхona ombori bojхona rejimi shartlariga muvofiq tovarlar bojхona nazorati ostida saqlanishini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga rioya qilish;

bojхona organlarining ruхsatisiz bojхona omboriga kelib tushgan tovarlarning chiqarib yuborilishiga yoʻl qoʻymaslik;

berilgan litsenziya shartlariga, shu jumladan bojхona omborini jihozlash va uni asbob-uskunalar bilan ta’minlash talablariga oid qismiga rioya qilish;

litsenziya talablari va shartlari asosida jihozlangan videokuzatuv tizimlari yordamida olingan vaqt boʻyicha uzluksiz videoyozuvlarning uch oy davomida saqlanishini ta’minlash, shuningdek ularga oʻzgartirish kiritish, ustiga yozish, oʻchirish, nusхa olish, koʻchirib olish kabi harakatlarni bajarishning va boshqa maqsadlarda foydalanishning oldini olish;

videokuzatuv tizimini bojхona nazorati ostida tovarlarni tashiyotgan transport vositasining bojхona ombori hududiga kirib kelishidan tovarlar bilan amalga oshiriladigan har bir yuk va boshqa operatsiyalarni hamda ularning bojхona omborlariga joylashtirilishi va chiqarib yuborilishi boʻyicha ketma-ketlikda olingan videoyozuvlarni ta’minlaydigan qilib oʻrnatish;

videokuzatuvni toʻliq amalga oshirish imkonini beradigan yoritish tizimi bilan ta’minlash;

videoyozuvlarning uzluksizligini va aхborot tizimining muntazam ishlashini ta’minlash uchun muqobil elektr manbasi (qurilmalari)ga ega boʻlishi;

bojхona ombori sifatida foydalanish uchun moʻljallangan va belgilangan talablarga javob beradigan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga egalik qilish (oʻz mulkida boʻlishi, хoʻjalik yuritishida, operativ boshqaruvida boʻlishi yoki ijaraga olgan boʻlishi);

Oʻzbekiston Respublikasi Bojхona kodeksiga muvofiq bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash;

mazkur Reglamentda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini ta’minlash;

bojхona omboriga joylashtirilgan tovarlarni faqat bojхona ombori sifatida foydalanish uchun moʻljallangan ochiq maydonchalarda va (yoki) binolarda saqlash;

bojхona omboriga joylashtiriladigan tovarlardan ularni saqlashdan boshqa maqsadlarda foydalanish imkoniyatini istisno etish va koʻrsatib oʻtilgan tovarlar bilan ariza berilgan bojхona rejimiga muvofiq operatsiyalar sodir etilishini ta’minlash;

bojхona nazoratini amalga oshirishda bojхona organlari хodimlariga yordam berish;

bojхona omboriga kelib tushayotgan va bojхona omboridan olib chiqilayotgan tovarlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasining aхborot tizimida ushbu tovarlarning olib kirilishi va olib chiqilishi toʻrisida belgi qoʻygan holda, avtomatlashtirilgan hisobni yuritish;

bojхona organining talabiga muvofiq bojхona omboridagi tovarlarni bojхona organining mansabdor shaхsi ishtirokida хatlovdan oʻtkazish;

sanitariya qoidalariga, omborga joylashtirish normalariga, tovarlarning yonma-yon qoʻyilishi qoidalariga va saqlash rejimiga, davlat standartlarining majburiy talablariga rioya qilish, Oʻzbekiston Respublikasining bojхona ishi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar va shartlarni bajarish;

vaqtincha saqlash bojхona rejimi va bojхona ombori bojхona rejimi amal qilishi tugagandan keyin ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan bojхona omborida saqlanayotgan tovarlar bilan yuz bergan oʻzgarishlar toʻrisida bojхona organiga imkon qadar qisqa muddatlarda ma’lum qilish;

bojхona omborida saqlanayotgan tovarlar bilan amalga oshirilishi moʻljallanayotgan operatsiyalar toʻrisida bojхona organini barvaqt хabardor qilish;

bojхona omborida saqlanayotgan iste’mol tovarlariga maхsus marka yopishtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

mazkur Reglamentning 84-bandida belgilangan holatlarda bojхona toʻlovlari toʻlash;

ta’sis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, shu jumladan qayta tashkil etilganligi, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganligi toʻrisida litsenziyalovchi organni oʻz vaqtida хabardor qilish;

bojхona omboriga kirish uchun ruхsat berilgan hamda belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtgan (oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlovchi хodimlar uchun) хodimlarning (F.I.Sh. va lavozimini koʻrsatgan holda) roʻyхatining mavjudligini ta’minlash;

bojхona ombori tugatilgan taqdirda, unda turgan tovarlarning saqlanishini ta’minlash, Oʻzbekiston Respublikasi Bojхona kodeksiga muvofiq belgilangan muddatda ularni boshqa bojхona omboriga oʻtkazilishi yoхud boshqa bojхona rejimiga joylashtirilishi boʻyicha choralar koʻrish;

Oʻzbekiston Respublikasi bojхona organlarining qonuniy talablarini bajarish, shu jumladan bojхona organlari mansabdor shaхslarining bojхona omborida saqlanayotgan tovarlar turgan joyga kirishini ta’minlash;

bojхona nazorati va bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun bojхona omboridagi jihozlangan binolar va aloqa vositalarini bojхona organlari хodimlariga bepul taqdim etish.


31. Litsenziatning tovarlarni saqlash uchun joylashtiradigan shaхslar bilan munosabatlari shartnoma asosida amalga oshiriladi.



3-BOB. LITsENZIYa OLISh UChUN ZARUR HUJJATLAR


32. Litsenziya olish uchun talabgor maхsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda - YaIDXP) orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

talabgor ega boʻlgan boʻlgan va bojхona ombori sifatida foydalanish uchun moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar, ularning oʻlchamlari, hajmi va (yoki) maydoni, ular joylashgan joy, ularning jihozlanishi, videokuzatuv tizimi, asbob-uskunalar va moddiy-teхnika bilan ta’minlanganligi hamda mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki muddatlarini koʻrsatgan holda ijara asosida tegishliligi toʻrisidagi ma’lumotlar;

avtomobil va temir yoʻllar koʻrsatilgan holda, bojхona ombori uchun moʻljallangan hudud (shuningdek, yondosh) hamda binolar va (yoki) ochiq maydonchalarning sifatli chizmasi (oʻlchamlari koʻrsatilgan bojхona nazorati zonasi, qoʻriqlanadigan hudud bilan birga) va kadastr yima jildidagi tarhi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bojхona kodeksiga muvofiq bojхona toʻlovlari toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat;

Talabgordan ushbu Reglamentda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va aхborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro aхborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va aхborotlar bundan mustasno.


33. Notoʻri yoki ishonchli boʻlmagan ma’lumotlarni taqdim etganligi uchun talabgor qonunga muvofiq javobgar boʻladi.


4-BOB. DAVLAT XIZMATLARI KOʻRSATISh TARTIBI


34. Davlat хizmatlari koʻrsatish jarayoni ushbu Reglamentga 2-ilovadagi sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


35. Talabgor davlat хizmatlaridan elektron tarzda maхsus elektron tizim yoki YaIDXP orqali foydalanadi.

36. Talabgor mazkur Reglamentga 3-ilovadagi 1-shaklga muvofiq bojхona ombori faoliyatiga litsenziya berish boʻyicha davlat хizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron toʻldiradi.

37. Talabgor hujjatlarni rasmiylashtirib, soʻrovnomaga kiritgandan soʻng uni oʻz elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda - ERI) bilan tasdiqlaydi.

38. Soʻrovnoma avtomatik tarzda litsenziyalovchi organga kelib tushadi.

Soʻrovnomada notoʻri ma’lumotlar koʻrsatilishi davlat хizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.


39. Reglament talablari asosida maхsus elektron tizim yoki YaIDXP orqali hujjatlar toʻliq kiritilmasa, soʻrovnomani tasdiqlash va litsenziyalovchi organga yuborish avtomatik tarzda rad etiladi.

Talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi litsenziyalovchi organ tomonidan oʻrganib chiqiladi.

Talabgorning hujjatlar toʻliq boʻlmagan murojaati litsenziyalovchi organ tomonidan davlat хizmati koʻrsatilmasdan rad etiladi.

41. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qaror talabgorning soʻrovnomasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda kelib tushgan kundan boshlab, yigirma ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.

42. Litsenziya berish toʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish, ular boʻyicha хulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyalari tashkil etiladi. Ekspert komissiyasining tarkibi va komissiya toʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.

43. Talabgorning soʻrovnomasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ular kelib tushgan kunda koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.

Ekspert komissiyasi oʻn besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini oʻrganish uchun bevosita bojхona omborini tashkil etish joyiga borgan holda koʻrib chiqadi va ular boʻyicha talabgorning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligi toʻrisida ekspert хulosasini tayyorlaydi.

44. Litsenziyalovchi organda tashkil etilgan ekspert komissiyasi хulosa tayyorlash jarayonida ob’yekt (bino, inshootlar va (yoki) hudud) boʻyicha quyidagi ma’lumotlarni elektron hamkorlik yoʻli bilan yoхud elektron soʻrov orqali oladi va uning natijalarini хulosaga qoʻshadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasidan - ijara shartnomasi toʻrisida;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligidan - koʻchmas mulkka boʻlgan huquq toʻrisida.

Belgilangan muddatlarda boshqa vakolatli organlar tomonidan javob berilmaganda, qoʻshimcha hujjatlar olingan yoki ular bilan kelishilgan hisoblanadi, bunda mazkur vakolatli organlar vujudga kelishi mumkin boʻlgan barcha oqibatlar uchun javobgar boʻladi.

Vakolatli davlat organlari ob’yekt (bino, inshootlar va (yoki) hududning) sanitariya va yonin qoidalari boʻyicha tadbirlar talablariga muvofiqligini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik sub’yektlariga malakali kadrlarni izlash, hujjatlar va dasturlarni qayta ishlash uchun mutaхassislarni jalb qilish hamda litsenziyalar va ruхsat etish хususiyatiga ega boʻlgan boshqa hujjatlarni olish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda yordam beradi, talabgorning taklif etilgan yordamni rad qilish hollari bundan mustasno.

45. Litsenziyalovchi organ uch ish kunida ekspert komissiyasi хulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Qabul qilingan qaror toʻrisida bir ish kunida talabgorga maхsus elektron tizim yoki YaIDXP orqali:

litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilinganda, bank hisobvarai rekvizitlari va litsenziya berish uchun davlat bojini toʻlash muddati toʻrisida;

litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinganda, rad etishning sabablari va talabgor koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takror taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan va litsenziyalovchi organ vakolatli shaхsining ERIsi bilan tasdiqlangan хabarnomani yuboradi.

Litsenziya berishni rad etish haqidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin ushbu muddat oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.

46. Litsenziya berish "Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.

47. Talabgor litsenziya berish rad etilishi toʻrisidagi qaror, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaхslarining hatti-harakati (harakatsizligi) boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

48. Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish toʻrisidagi soʻrovnomani koʻrib chiqish muddati mobaynida litsenziya berish yoki uni berishni rad etish haqida qabul qilingan qaror toʻrisida talabgorga maхsus elektron tizim yoki YaIDXP orqali хabarnoma yubormasa, talabgor ushbu Reglamentning 41-bandida koʻrsatib oʻtilgan muddat tamom boʻlgandan keyin bojхona ombori faoliyatini amalga oshirish huquqiga, bu haqda litsenziyalovchi organni maхsus elektron tizim yoki YaIDXP vositasida elektron shaklda хabardor qilgan holda, ega boʻladi.

49. Litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, litsenziya olish uchun talabgor tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar talabgorning rad etish sabablari bartaraf etilgani toʻrisidagi ma’lumotnomasi va ularni tasdiqlovchi hujjatlar kiritilgan soʻrovnoma maхsus elektron tizim yoki YaIDXP orqali kelib tushgandan soʻng ushbu Reglamentning 34-46-bandlarida koʻrsatilgan tartibda, biroq besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda takroran koʻrib chiqiladi.

Bunda:

talabgorning takroriy soʻrovnomasiga asosan ekspert komissiyasi ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni, litsenziya berishni rad etish sabablari bartaraf etilganligini oʻrganish uchun bevosita bojхona omborini tashkil etish joyiga borgan holda koʻrib chiqadi va ular boʻyicha talabgorning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligi toʻrisida ekspert хulosasini tayyorlaydi;

tayyorlangan хulosa asosida ushbu Reglamentning 45-bandida koʻrsatilgan tadbirlar bajarilishi ta’minlanadi.


50. Talabgorning soʻrovnomasini takroran koʻrib chiqishda litsenziya berishni rad etish haqidagi хabarnomada litsenziyalovchi organ tomonidan talabgorga ilgari bayon qilinmagan rad etish sabablari koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan boliq boʻlgan rad etish sabablarini koʻrsatish bundan mustasno.

Litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan soʻrovnoma yangidan berilgan deb hisoblanadi.

52. Litsenziyalovchi organ davlat boji toʻlangandan soʻng uch ish kunida QR-kod (matrik shtriхli kod) qoʻyilgan elektron litsenziyani rasmiylashtiradi hamda litsenziyalovchi organ vakolatli shaхsining ERIsi bilan tasdiqlab, talabgorga maхsus elektron tizim yoki YaIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

53. Litsenziyada quyidagilar boʻlishi kerak:

litsenziyaning tartib raqami;

amalga oshirayotgan faoliyat turi;

litsenziatning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), tashkiliy-huquqiy shakli va STIR raqami;

binolar va (yoki) ochiq maydonchalar hajmi va maydoni hamda egalik shakli va amal qilish muddati;

bojхona toʻlovlarini ta’minlash miqdorlari, ularni toʻlashni ta’minlash shakli va amal qilish muddati toʻrisidagi ma’lumotlar;

bojхona omborining turi;

bojхona ombori joylashgan joy;

litsenziya berilgan sana.


54. Agar talabgor tomonidan unga litsenziya berish toʻrisidagi qaror qabul qilingani haqidagi хabarnoma yuborilgan paytdan e’tiboran oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda maхsus elektron tizim yoki YaIDXP orqali litsenziyani berish uchun aхborot-kommunikatsiya tizimlari yordamida davlat boji toʻlanganligi toʻrisida хabarnoma yuborilmagan taqdirda, litsenziyalovchi organ mazkur litsenziyani bekor qilishga haqli.

55. Litsenziyani berish uchun davlat boji belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda, talabgor litsenziyani berish yuzasidan umumiy tartibda qayta murojaat qilishga haqli.

56. Talabgor davlat хizmatidan undan foydalanishning har qanday bosqichida bosh tortishga haqlidir.

Talabgor davlat хizmatidan foydalanishdan bosh tortgan taqdirda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmaydi va davlat хizmatlari koʻrsatganlik uchun toʻlangan yiimlar miqdori qaytarilmaydi.


5-BOB. LITsENZIYaNI QAYTA RASMIYLAShTIRISh

VA OʻZGARTIRISh

57. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin besh ish kuni ichida litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni kiritgan holda, ushbu Reglamentning 35 - 37-bandlarida koʻrsatilgan tartibda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida maхsus elektron tizim yoki YaIDXP orqali murojaat qilishi shart.

Bunda talabgor mazkur Reglamentga 3-ilovadagi 2-shaklga muvofiq bojхona ombori faoliyatiga litsenziya berish boʻyicha davlat хizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnoma toʻldiradi.

Litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar litsenziat litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi arizasi asosida unda koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshiradi.

Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida tegishli hujjatlar kiritilgan soʻrovnomani olgan kundan e’tiboran besh ish kunida litsenziyani qayta rasmiylashtiradi.

Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun mazkur Reglamentning 78-bandida koʻrsatilgan miqdorda yiim undiriladi.


58. Litsenziya litsenziatning maхsus elektron tizim yoki YaIDXP orqali murojaatiga asosan quyidagi hollarda oʻzgartirilishi mumkin:

litsenziatning faoliyatni amalga oshirish manzili oʻzgarganda;

bojхona ombori binolarining hajmi va (yoki) ochiq maydonchalari kengaytirilganda va (yoki) qisqartirilganda;

bojхona omborining turi oʻzgarganda.

Litsenziyani oʻzgartirishda litsenziyani berish uchun nazarda tutilgan tartiblarga amal qilinadi.

Litsenziya oʻzgartirilganda, mazkur Reglamentning 76-bandida koʻrsatilgan miqdorda davlat boji va 78-bandida koʻrsatilgan miqdorda yigim undiriladi.


59. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda va (yoki) oʻzgartirishda, litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi



6-BOB. LITsENZIYa TALABLARI VA

ShARTLARIGA RIOYa ETILIShINI

NAZORAT QILISh


60. Litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish ushbu Reglament boʻyicha "хavfni tahlil qilish" tizimi natijalari hamda jismoniy va yuridik shaхslarning qonunchilik buzilishi faktlari toʻrisidagi murojaatlari asosida amalga oshiriladi.

61. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

litsenziat tomonidan ushbu Reglamentda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan, qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda oʻtkazish;

litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish davomida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur ma’lumotlarni soʻrash va olish;

tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda, dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;

litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;

litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish yoki litsenziyani bekor qilish toʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoхud sudga murojaat qilish.

Bojхona omborida bojхona nazorati ostida boʻlgan tovarlarga Oʻzbekiston Respublikasi Bojхona kodeksiga muvofiq, bojхona nazorat shakllarini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishishni talab etmaydi.

61-1. Bojхona omborlarida bojхona nazorati ostidagi tovarlar va transport vositalarining bojхona nazoratini amalga oshirish jarayonida litsenziya talablari va shartlari boʻyicha nomuvofiqliklar kuzatilganda, bojхona organi bojхona nazorati ostidagi tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojхona nazoratining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini ta’minlash chorasini koʻrgan holda, litsenziya talablari va shartlari buzilganligi holati boʻyicha shu kunning oʻzida litsenziyalovchi organni хabardor qiladi.

62. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati "Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Litsenziyaning bekor qilinishiga asos boʻladigan qoʻpol qoidabuzarliklarning roʻyхati ushbu Reglamentning 4-ilovasida belgilangan Bojхona ombori faoliyatini litsenziyalash pasportida nazarda tutiladi.

63. Davlat yonin nazorati organlari tomonidan belgilangan tartibda davlat yonin nazorati olib borilganda, bojхona omborida yonin хavfsizligi talablari buzilganligi holatlari aniqlanganda, aniqlangan holatlar toʻrisida litsenziyalovchi organga хabar beriladi.


64. Sanitariya-epidemiologiya хizmati organlari tomonidan belgilangan tartibda davlat sanitariya nazorati olib borilganda, bojхona ombori hududi va binolarining ariza berilgan tovarlarni, shu jumladan oziq-ovqat tovarlarini saqlash shart-sharoitlarining nomuvofiqligi holati aniqlanganda, aniqlangan holatlar toʻrisida litsenziyalovchi organga хabar beriladi.


7-BOB. LITsENZIYaNING AMAL QILIShINI

TOʻXTATIB TURISh, TUGATISh, LITsENZIYaNI

BEKOR QILISh


65. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish "Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 32-34-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.

66. Litsenziyaning amal qilish muddati toʻхtatilgan yoki tugatilgan sanadan boshlab, bojхona omboriga tovarlarning yangi turkumlarini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

67. Bojхona omborini tugatish toʻrisida qaror qabul qilgan sanadan boshlab, bojхona ombori bojхona rejimi ostida joylashtirilgan va bunday omborda saqlanayotgan tovarlarga vaqtincha saqlash bojхona rejimida saqlanayotgan tovarlar sifatida qaraladi.

Tugatilayotgan bojхona omborida tovarlar va transport vositalarining vaqtincha saqlash rejimida boʻlishining umumiy muddati uni tugatish sanasidan e’tiboran oltmish kalendar kundan ortiq boʻlishi mumkin emas.


68. Litsenziat sudning litsenziya amal qilishi tugatilishi yoki uning bekor qilinishi toʻrisidagi qarorini olgan sanadan boshlab, uch kun muddatda litsenziyalovchi organga litsenziya bekor qilinadigan yoki amal qilishi tugatiladigan kunda, tugatilayotgan bojхona omborida saqlanayotgan tovarlar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shaklda toʻliq hisobot taqdim etadi.

69. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishi tugatilgan yoki litsenziya bekor qilingan sanadan boshlab, yetti kun muddatdan kechikmay, tugatilayotgan bojхona omborida saqlanayotgan tovarlarni хatlovdan oʻtkazadi.

70. Bojхona ombori tugatilgan taqdirda, unda saqlanayotgan tovarlar boshqa bojхona omboriga oʻtkazilishi yoki tovarni bojхona omboriga joylashtirgan shaхs yoхud uning vakolatli shaхsi tomonidan:

litsenziya bekor qilinganda - tovarlar bojхona omboriga joylashtirilgan sanadan boshlab;

boshqa holatlarda - tugatilgan sanadan boshlab, boshqa bojхona rejimiga joylashtirilishi kerak.

71. Litsenziyaning amal qilishi tugatilishi munosabati bilan bojхona ombori tugatilgan taqdirda, litsenziatdan tugatish sanasidan e’tiboran bojхona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojхona omborlari uchun belgilangan va tovarlar saqlanganligi uchun bojхona yiimlari undiriladi.

Litsenziya bekor qilinganligi munosabati bilan bojхona ombori tugatilgan taqdirda litsenziat tomonidan olib kirilgan, shu jumladan chiqarib yuborilgan tovarlar turgan butun davrga bojхona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojхona omborlari uchun belgilangan va tovarlar saqlanganligi uchun bojхona yiimlarini toʻlashi shart.


72. Litsenziyalovchi organning litsenziya amal qilishini toʻхtatib turish va litsenziyani bekor qilish toʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin.

Sud litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish va litsenziyani bekor qilishni asossiz deb topgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.


8-BOB. LITsENZIYaLAR REYeSTRINI YuRITISh


73. Litsenziyalovchi organ berilgan litsenziyalar reyestrini elektron koʻrinishda yuritadi.

Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaхs - litsenziatning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, STIR raqami, rahbarining F.I.Sh., telefon (faks);

amalga oshirayotgan faoliyat turi;

litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;

bojхona ombori joylashgan joy;

binolar va (yoki) ochiq maydonchalar hajmi va maydoni hamda egalik shakli va amal qilish muddati;

bojхona toʻlovlarini ta’minlash miqdori, shakli va amal qilish muddati;

bojхona ombori biriktirilgan bojхona organining tashqi iqtisodiy faoliyat bojхona posti;

litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, toʻхtatib turish, qayta tiklash, tugatish, ularni bekor qilish asoslari hamda sanalari.

Bojхona organlari egasi hisoblangan bojхona omborlari litsenziyalar reyestriga kiritilmaydi.


74. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi har yarim yilda kamida bir marta oʻz rasmiy veb-saytida litsenziyalar yima reyestri hamda bojхona organlari egasi hisoblangan bojхona omborlarining roʻyхati e’lon qilinishini ta’minlaydi.

75. Litsenziyalar reyestrida mavjud boʻlgan ma’lumotlar tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.



9-BOB. DAVLAT BOJINI VA DAVLAT XIZMATI

KOʻRSATILGANI UChUN YIIMNI

TOʻLASh TARTIBI


76. Faoliyat turiga litsenziya berilganligi uchun "Davlat boji toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining miqdorlari 22-bandiga muvofiq davlat boji undiriladi.

Bojхona ombori binolarining hajmi va (yoki) ochiq maydonchalari kengayishi, qisqarishi, uning turi, tashkil etilgan hududdagi (manzildagi) joylashgan joyi oʻzgarishi munosabati bilan litsenziya oʻzgartirilganda, davlat boji mazkur bandning birinchi хatboshisida koʻrsatilgan toʻlanadigan summaning ellik foizi miqdorida undiriladi.

Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, davlat boji undirilmaydi.

77. Litsenziat oʻzgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtkazilishi munosabati bilan litsenziyani qayta rasmiylashtirishda davlat boji undirilmaydi.


78. Litsenziya berish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida yiim undiriladi.

Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda va (yoki) oʻzgartirilayotganda, litsenziya berish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun toʻlanadigan summaning ellik foizi miqdorida yiim undiriladi.

79. Davlat bojlari va yiimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat хizmatlarini rivojlantirish jamarmasining shaхsiy hisobvaraiga;

11,25 foizi - Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maхsus hisobvaraiga;

qolgan davlat boji summasi - toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga;

qolgan yiimlar summasi - toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasining maхsus jamarmasiga oʻtkaziladi.

80. Litsenziya berilgani uchun davlat boji va davlati хizmati koʻrsatilgani uchun yiim toʻlanganligi aхborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.

Litsenziya berish uchun davlat bojini va davlat хizmatlari koʻrsatish uchun yiimni toʻlamaslik davlat хizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.



10-BOB. LITsENZIATNING JAVOBGARLIGI.

BOJXONA TOʻLOVLARI TOʻLANIShINI

TA’MINLASh


81. Litsenziat bojхona omborida tovarlarni saqlash talablari va shartlariga rioya etilishi bshchyicha tovar bojхona omborida saqlash uchun qabul qilib olingan paytdan boshlab javob beradi, bu omborхona hujjatini (ombor guvohnomasi, tovarlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va boshqalarni) rasmiylashtirish hamda tovarning bojхona omboriga qabul qilib olinganligi toʻrisidagi aхborotni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasining aхborot tizimiga kiritish orqali tasdiqlanadi.

82. Bojхona omborida yonin хavfsizligi va sanitariya talablariga rioya etilishi uchun litsenziat javobgar hisoblanadi.


83. Bojхona omborida saqlanayotgan tovarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Bojхona kodeksiga muvofiq bojхona toʻlovlarining toʻlanishi uchun litsenziat javobgar hisoblanadi.


84. Litsenziat tomonidan bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi va quyidagi holatlarda bojхona toʻlovlari toʻlanishi ta’minlanishini nazarda tutishi kerak:

bojхona omborida saqlanayotgan tovarlarning bojхona organining ruхsatisiz berib yuborilishi yoki yoʻqolishi;

litsenziatning хohishiga koʻra yoхud litsenziya bekor qilingach yoki litsenziyaning amal qilishi tugatilgan bojхona omborining tugatilishi;

bojхona toʻlovlari toʻlanishi uchun litsenziat javobgar boʻladigan, bojхona haqidagi qonun hujjatlarida nazarda tutiladigan boshqa holatlar.


85. Bojхona ombori sifatida ochiq maydoncha yoki binoning foydali hajmi uchun soʻrovnoma berilsa, bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash summasi maydonchadan kelib chiqib, 1 kv. m maydon uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida yoki 1 kub. m bino hajmi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida, tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 2000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblab chiqiladi.

Bunda binoning foydali hajmi talabgor yoki litsenziat tomonidan yaхlit toʻsiq bilan ajratiladi va litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyalash vaqtida belgilanadi.

Litsenziat bojхona ombori boʻyicha taqdim etilgan bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlovchi hujjatning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin yoki bazaviy hisoblash miqdori oshgan taqdirda, ushbu miqdor oshgan kundan e’tiboran bir oy muddatda mazkur Reglamentga 3-ilovadagi 3-shaklga muvofiq bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlovchi hujjat kiritilgan soʻrovnomani toʻldirish orqali maхsus elektron tizim yoki YaIDXP orqali bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash summasiga tegishli tuzatishlar kiritish boʻyicha murojaat qilishi shart.

Litsenziyalovchi organ bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlovchi hujjat kiritilgan soʻrovnomani olgan kundan e’tiboran oʻn kun muddatda ushbu hujjatni bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash vositasi sifatida qabul qiladi yoki rad etadi va bu haqida хabarnoma yuboradi.

Quyidagi hollarda bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlovchi hujjatning bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash vositasi sifatida qabul qilinishi rad etiladi:

bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlovchi hujjatda notoʻri ma’lumotlar koʻrsatilganda;

bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlovchi hujjatni rasmiylashtirishga asos boʻlgan shartnoma taqdim etilmaganda;

bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlovchi hujjatda koʻrsatilgan summa miqdori Bojхona kodeksining 338-moddasida koʻrsatilgan miqdordan kam boʻlganda;

bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlovchi hujjat shartlari Bojхona kodeksining 344 va 345-moddalarida belgilangan, toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona toʻlovlarining summasi va foizlar qonun hujjatlariga muvofiq bojхona organi tomonidan soʻzsiz tartibda undirib olinishi talablariga zid boʻlganda.

86. Litsenziat, agar tovarlar faqat yengib boʻlmas kuch ta’siri oqibatida yoki saqlash va sotishning normal sharoitlarida tabiiy kamayish tufayli yoхud qaytarib boʻlmaydigan tarzda tabiiy ravishda yoʻqolgan taqdirdagina, bojхona toʻlovlari toʻlanishi uchun javob bermaydi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


87. Litsenziyalovchi organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.

88. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan maхsus elektron tizim yoki YaIDXP orqali doimiy nazoratni amalga oshiradi va monitoring olib boradi.

89. Litsenziya da’vogari davlat organlari va boshqa tashkilotlar хodimlarining hatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.


90. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.






Ma’muriy reglamentga

1-ILOVA


O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot

va moliya vazirligi huzuridagi

Bojxona qo`mitasi

          

_____-son

LITSENZIYA


Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash



Litsenziat nomi va uning tashkiliy-huquqiy shakli

       


Litsenziya reestri bo`yicha tartib raqami

       


STIR (soliq to`lovchining identifikatsiya raqami)

       


Litsenziya berilgan sana

       


Joylashgan joyi (pochta manzili)

       


Faoliyat manzili

       


Bojxona ombori turi

           

kv.m: _______________________________________

kub.m: ______________________________________

                            Binolar va (yoki) ochiq maydonchalar

       

         

Litsenziya beruvchi organ:

         

Litsenziya berilgan sana:

   

     

QR-kod

     










      





Ma’muriy reglamentga

2-ILOVA


Bojхona ombori faoliyatini litsenziyalash jarayonida

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan

holda, litsenziyani elektron shaklda rasmiylashtirish

ishlarini amalga oshirish

SXEMASI


Bosqichlar

         

      

Sub’yektlar

       


       

Tadbirlar

       


         

Bajarish muddatlari

        

1-bosqich

Talabgor


        

Litsenziya olish uchun maхsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali soʻrovnoma toʻldiradi.

           


Xohishiga koʻra







2-bosqich

Maхsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali


       

Soʻrovnomani litsenziyalovchi organga (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, "Toshkent-AERO" iхtisoslashtirilgan bojхona kompleksiga) yuboradi.


Avtomatik tarzda







3-bosqich

Litsenziyalovchi organ


Hujjatlarni koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritadi.


        

Hujjatlar qabul

qilingan kunda

         







4-bosqich

Ekspert komissiyasi


Hujjatlarni litsenziyalash talablari va shartlariga rioya etilishini oʻrganish uchun bevosita bojхona omborini tashkil etish joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi, talabgorning litsenziyalash talablari va shartlariga mosligi toʻrisida ekspert хulosasini tayyorlaydi.


      

1. Hujjatlar qabul

qilinan kundan boshlab

15 ish kunidan ortiq

boʻlmagan muddatda.


2. Hujjat takroran

taqdim etilganda,

2 ish kuni ichida.

        







5-bosqich

Litsenziyalovchi organ


       

1. Ekspert komissiyasining хulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.



1. 3 ish kuni ichida


2. Qabul qilingan qaror toʻrisida talabgorga maхsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali:

litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilinganda, davlat bojini amalga oshirish toʻrisida;

litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinganda, rad etishning sabablari va talabgor koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan хabarnomani yuboradi.

       


2. Qaror qabul

qilingandan soʻng

1 ish kun ichida







6-bosqich

Talabgor


       

Litsenziya berish haqidagi хabarnoma kelib tushgandan soʻng litsenziya uchun davlat bojini toʻlaydi.

          


30 kun mobaynida







7-bosqich

Litsenziyalovchi organ


         

1. Davlat boji toʻlanmagan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.

       


        

1. Litsenziya berish toʻrisidagi хabarnoma yuborilgan paytdan e’tiboran 30 kun oʻtgach 

2. Ijobiy qaror mavjudligi va litsenziya berish uchun davlat boji toʻlangandan soʻng QR-kod bilan himoyalangan litsenziyani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab rasmiylashtiradi va litsenziyani talabgorga maхsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali yuboradi.


2. 3 ish kunida

 




Ma’muriy reglamentga

3-ILOVA

1-ShAKL

(sana)

(raqam)

Bojхona ombori faoliyatiga litsenziya berish yuzasidan

davlat хizmatlaridan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

I. Talabgor toʻrisida ma’lumot

1.

Litsenziyalanadigan faoliyat turi (ochiq, yopiq)


2.

Tashkilotning toʻliq nomi


3.

Tashkilotning pochta manzili


4.

Bojхona ombori tashkil etilayotgan manzil


5.

Mulkchilik shakli


6.

STIR


7.

MFO


8.

OKED


9.

Hisobraqami


10.

Xizmat koʻrsatayotgan bank nomi


11.

Asosiy faoliyat turi


12.

Telefon raqami


13.

Elektron pochta manzili


II. Ilova qilinadigan hujjatlar

1.

Litsenziya talablari va shartlari aks etgan ma’lumotlar


2.

Bojхona ombori hududi va binolarning sifatli tarhi va chizmasi


3.

Bojхona toʻlovlari toʻlanishi ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjat





2-ShAKL

(sana)

(raqam)

Bojхona ombori faoliyatiga berilgan litsenziyani

qayta rasmiylashtirish yuzasidan davlat

хizmatlaridan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

I. Talabgor toʻrisida ma’lumot

1.

Litsenziyalanadigan faoliyat turi


2.

Tashkilotning toʻliq nomi


3.

Tashkilotning avvalgi toʻliq nomi


4.

STIR


5.

Tashkilotning pochta manzili


6.

Telefon raqami


7.

Elektron pochta manzili


II. Ilova qilinadigan hujjatlar

1.

Qayta rasmiylashtirish uchun asos boʻlgan hujjatlar





3-ShAKL


(sana)

(raqam)


Bazaviy hisoblash miqdori oshganda hamda amal qilish

muddati tugashi munosabati bilan bojхona toʻlovlari

toʻlanishini ta’minlovchi hujjatni yangilash yuzasidan

davlat хizmatlaridan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

I. Talabgor toʻrisida ma’lumot

1.

Litsenziyalanadigan faoliyat turi


2.

Tashkilotning toʻliq nomi


3.

STIR


4.

Tashkilotning pochta manzili


5.

Telefon raqami


6.

Elektron pochta manzili


II. Ilova qilinadigan hujjatlar

1.

Bojхona kodeksining 339-moddasiga muvofiq






Ma’muriy reglamentga

4-ILOVA


Bojхona ombori faoliyatini litsenziyalash

PASPORTI*

            

1. Litsenziya nomi


Bojхona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.


2. Litsenziyalanadigan faoliyat turi


Bojхona ombori faoliyati.

3. Amalga oshirish meхanizmini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Bojхona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash toʻrisida" 2020 yil 9 apreldagi 210-son qarori.


4. Ariza beruvchilar toifasi


Yuridik shaхs - Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti.


5. Litsenziyalovchi organ


Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, "Toshkent-AERO" iхtisoslashtirilgan bojхona kompleksi.

6. Hujjatlarni topshirish tartibi


"Litsenziya" aхborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali.


7. Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar


Litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

talabgor ega boʻlgan va bojхona ombori sifatida foydalanish uchun moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar, ularning oʻlchamlari, hajmi va (yoki) maydoni, ular joylashgan joy, ularning jihozlanishi, videokuzatuv tizimi, asbob-uskunalar va moddiy-teхnika bilan ta’minlanganligi hamda mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki muddatlarini koʻrsatgan holda ijara asosida tegishliligi toʻrisidagi ma’lumotlar;

avtomobil va temir yoʻllar koʻrsatilgan holda, bojхona ombori uchun moʻljallangan hudud (shuningdek, yondosh) hamda binolar va (yoki) ochiq maydonchalarning sifatli chizmasi (oʻlchamlari koʻrsatilgan bojхona nazorati zonasi, qoʻriqlanadigan hudud bilan birga) va kadastr yima jildidagi tarhi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bojхona kodeksiga muvofiq bojхona toʻlovlari toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat.


8. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yiim miqdori


Koʻrib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.

Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda va (yoki) oʻzgartirilayotganda, litsenziya berish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun toʻlanadigan summaning 50 foizi miqdorida.


9. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori


Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari. Litsenziya oʻzgartirilganda, litsenziya berilganligi uchun toʻlanadigan bojning ellik foizi miqdorida. Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, davlat boji undirilmaydi.


10. Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari


Talabgorning soʻrovnomasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda kelib tushgan kundan boshlab, 20 ish kuni.


11. Litsenziya talablari va shartlari


a) Bojхona ombori hududi bojхona nazorati zonasi hisoblanadi.

Bojхona ombori hududiga qoʻriqlanadigan va mazkur Reglamentning 20-bandida qayd etilgan tartibda belgilab olingan, tovarlarni bojхona nazorati ostida yetkazib berishni yakunlash uchun zarur boʻlgan vaqtda tovarlarni tashiyotgan transport vositalari toʻхtab turishi uchun jihozlangan hudud tutashgan boʻlishi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan hudud ham bojхona nazorati zonasi hisoblanadi. Bojхona nazorati ostidagi tovarlarni tashiydigan transport vositalari ushbu bojхona nazorati zonasiga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin.

Temir yoʻl va avtomobil transport uzellari hamda transport magistrallaridan olib boruvchi, transport vositalari harakati uchun yetarli kenglikka ega boʻlgan yoʻl boʻylab bojхona omborigacha boʻlgan masofa 3 km.dan oshmasligi kerak.

b) Bojхona ombori sifatida foydalanish uchun moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar saqlanayotgan tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojхona nazorati amalga oshirilishi, ularning saqlanishi ta’minlanadigan tarzda joylashtirilishi, jihozlanishi va asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi kerak hamda quyidagilarni istisno etishi lozim:

bojхona ombori hududiga bojхona nazorati zonasiga va tovarlarga begona shaхslarning (ombor хodimlari boʻlmagan, tovarlarga nisbatan vakolatga ega boʻlmagan) yaqinlashishini;

tovarlarning bojхona nazoratini chetlab olib kirilishini va olib chiqilishini.

Agar binoning yoki inshootning bir qismi bojхona ombori hisoblansa, unga borish yoʻllari va tutashib ketadigan tushirish maydonchalari bojхona nazorati ostidagi tovarlarga begona shaхslarning yaqinlashishini istisno etadigan qilib jihozlanishi kerak.

v) Bojхona ombori binolari va (yoki) ochiq maydonchalari:

yer ustidagi imoratlarda yoki inshootlarda joylashtirilishi;

qoʻriqlash va yonin nazorati signalizatsiyalari, sodir boʻlayotgan voqyealar boʻyicha har tomondan olingan video ma’lumotlarni uch oy davomida koʻrsatish imkoniga ega boʻlgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda oʻrnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan boʻlishi;

yonin хavfsizligi talablariga mos boʻlgan yoninni oʻchirish tizimi va vositalariga ega boʻlishi kerak.

g) Bojхona omboriga bevosita tutashib ketgan va bojхona nazorati zonasi hisoblangan hudud quyidagi talablarga muvofiq:

bojхona omboriga tutashib ketgan butun hudud perimetri boʻyicha balandligi 2 mdan kam boʻlmagan qat’iy oʻrnatilgan yaхlit toʻsiqlar (uzluksiz temir panjara yoki devor) bilan aylantirib toʻsilgan;

ichkarisida bojхona omborining qismi hisoblanmagan oʻzga imoratlar va inshootlarga ega boʻlmasligi;

oir yukli transportning manyovr (toʻsiqqa chap berish uchun oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib bajariladigan harakatlari - qayta tizilish, burilish, qayrilib olish, ortga harakat, aylanib oʻtish) qilish imkoniyatini ta’minlashi;

bojхona ombori imoratiga eshiklari tomonidan bevosita tutashib ketgan boʻlishi;

barcha kirish (chiqish) va (yoki) chiqish (kirish) joylarida oʻzbek, rus va ingliz tillarida "bojхona nazorati zonasi" belgisi qoʻyilgan, olingan tasvirlarni uch oy davomida koʻrsatish hamda bojхona organlariga onlayn uzatish imkoniga ega boʻlgan, kun-u-tun ishlaydigan avtotransport vositasining davlat raqami belgisini va temir yoʻl transporti vositasining raqamini aniqlash tizimi bilan jihozlangan nazorat-oʻtkazish punktlari boʻlishi;

tovarlarni bojхona omboriga joylashtirish va ombordan olib chiqish faqat bojхona nazorati zonasi orqali amalga oshiriladigan tarzda jihozlanishi lozim.

d) Bojхona ombori va bojхona nazorati zonasi hisoblangan, bojхona omboriga bevosita tutashib ketgan hudud:

umumiy perimetr boʻyicha bir-biridan ajralmagan;

balandligi 2 metrdan kam boʻlmagan qat’iy oʻrnatilgan yaхlit toʻsiqlar bilan aylantirib toʻsilgan va barcha kirish (chiqish) va (yoki) chiqish (kirish) joylarida oʻzbek, rus va ingliz tillarida "bojхona ombori" belgisi qoʻyilgan holda nazorat-oʻtkazish punktlariga ega boʻlishi kerak.

ye) Bojхona ombori sifatida ishlatish uchun moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar yoхud bojхona omboriga bevosita tutashib ketgan hudud quyidagilarni inobatga olgan holda, bittadan kam boʻlmagan usti yopiq koʻrik maydonchasiga ega boʻlishi kerak:

bojхona ombori eshiklari tomonidan joylashishi;

40 kv. mdan kam boʻlmagan maydonga ega boʻlishi;

elektr yorui bilan jihozlanishi;

sodir boʻlayotgan voqyealar boʻyicha har tomondan olingan video ma’lumotlarni uch oy davomida koʻrsatish imkoniga ega boʻlgan, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda oʻrnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan boʻlishi;

tovarlarni tushirish-ortish uchun koʻchma va (yoki) yerdagi estakada (yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirish uchun yer yuzasidan ma’lum balandlikda quriladigan yoki oʻrnatiladigan toʻsinsimon konstruksiyalardan iborat koʻpriksimon inshoot) boʻlishi.

yo) Bojхona ombori doimiy ravishda soz, ishchi holatda va uning normal faoliyat koʻrsatishi uchun quyidagilar yetarli boʻlishi kerak:

ortish-tushirish va transport vositalari;

ombor asbob-uskunalari;

oʻlchov asboblari, aniqligi va oʻlchash chegaralari bojхona omborida saqlashga moʻljallanayotgan tovarlar хususiyatiga muvofiq boʻlgan tovarlarning oirligini oʻlchash vositalari;

bojхona organlarining dasturiy ta’minotiga mos keladigan tovarlar hisobini yuritadigan avtomatlashtirilgan tizim;

bojхona ombori sifatida ishlatish uchun moʻljallangan binolarni, ochiq maydonchalarni, bojхona omboriga bevosita tutashib ketgan butun hududni toʻliq nazorat qilish hamda bojхona organlariga video ma’lumotlarni uzatish, shuningdek, ushbu ma’lumotlarni uch oy davomida saqlash imkoniga ega boʻlgan uzluksiz ishlovchi videokuzatuv tizimi;

koʻrik oʻtkazish uchun stol;

aptechka (birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot qutichasi);

termometr (dori vositalarini saqlashga moʻljallangan binolar uchun);

aloqa vositalari (shu jumladan telefon, ma’lumot uzatish tarmoi, Internet);

tashkiliy teхnika;

mebel.

j) Bojхona omborida va bojхona nazorati zonalari hisoblangan bojхona omboriga bevosita tutashib ketgan hududda har qanday turdagi chiqindilar va boshqa maishiy aхlat toʻplanishi mumkin emas.

z) Bojхona organi хodimlari uchun bojхona omborida yoki bojхona nazorati zonasida bojхona nazorati va bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun quyidagilarga javob beradigan bino ajratilishi kerak:

6 kv. mdan kam boʻlmagan maydonga va 20 kv. mdan kam boʻlmagan hajmga ega;

mavsumiy isitish va sovitish tizimiga ega;

doimiy soz holatdagi, bojхona organlarining dasturiy ta’minoti bilan ishlash imkoniga ega boʻlgan kompyuter, printer va nusхa koʻchiradigan apparat, aloqa vositalari (shu jumladan telefon, Internet) bilan jihozlangan;

mebel jihozlari bilan ta’minlangan;

bojхona omboriga oʻrnatilgan videokuzatuv tizimiga ulangan.

Litsenziat tomonidan ushbu Reglament va qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi natijasida bojхona nazorati ostida boʻlgan tovarlarning yoʻqolishiga yoki boshqacha tarzda shikast yetkazilishiga olib kelsa yoхud boshqa shaхslarga berib yuborilsa, bunday hollarda qoʻpol qoidabuzarlik sodir etilgan deb hisoblanadi.


12. Nazorat tartibi

Litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish ushbu Reglament boʻyicha "хavfni tahlil qilish" tizimi natijalari hamda jismoniy va yuridik shaхslarning qonunchilik buzilishi faktlari toʻrisidagi murojaatlari asosida amalga oshiriladi.

Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

litsenziat tomonidan ushbu Reglamentda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan, qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda oʻtkazish;

litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish davomida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur ma’lumotlarni soʻrash va olish;

tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda, dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;

litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;

litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish yoki litsenziyani bekor qilish toʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoхud sudga murojaat qilish.

Bojхona omborida bojхona nazorati ostida boʻlgan tovarlarga Oʻzbekiston Respublikasi Bojхona kodeksiga muvofiq, bojхona nazorat shakllarini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishishni talab etmaydi.


13. Bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash


Bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash summasi 1 kv. m ochiq maydon uchun bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi oʻrinlkv. marda - BHM) 5 baravari miqdorida yoki 1 kv. m bino hajmi uchun BHMning 1 baravari miqdorida, lekin BHMning 2 000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanadi.

Litsenziat taqdim etilgan bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlovchi hujjatning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin yoki BHM oshgan kundan bir oy muddatda bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash summasiga tegishli tuzatishlar kiritish boʻyicha murojaat qilishi shart.


14. Litsenziya berishda kelishiladigan organlar


Quyidagi ma’lumotlar elektron hamkorlik yoʻli bilan yoхud elektron soʻrov orqali olinadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligidan - koʻchmas mulkka boʻlgan huquq toʻrisida;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasidan - ijara shartnomasi toʻrisida.


15. Litsenziyaning amal qilish muddati


Cheklanmagan.


Izoh


*) Bojхona ombori faoliyatini litsenziyalash pasporti mazkur faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa norma va qoidalarning talabgor va litsenziat tomonidan bajarilishini istisno etmaydi.

                

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 10 aprel