Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisining 11.04.2020 y. 212-son "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari hamda Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMISINING

QARORI

11.04.2020 y.

N 212




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BOSh VAZIRINING AGRAR VA OZIQ-OVQAT

SOHALARINI RIVOJLANTIRISh MASALALARI

BOʻYIChA  OʻRINBOSARINING  FUNKSIONAL

VAZIFALARI  HAMDA  AGRAR  VA  OZIQ-OVQAT

SOHALARINI RIVOJLANTIRISh MASALALARI

KOTIBIYaTI TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PF-5644-son Farmonini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4612-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev oʻn kun muddatda Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisining funksional vazifalari hamda Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2019 yil 27 fevraldagi 177-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                       A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 11 aprel