Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.04.2020 y. 219-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.04.2020 y.

N 219



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR

MAHKAMASINING REGLAMENTIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishtirokini oshirish hamda ularning davlat boshqaruvi organlari bilan yaqin hamkorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 14 apreldagi

219-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

Reglamentiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 7-bandning ikkinchi хatboshisidagi "davlat boshqaruvi boshqa organlari" soʻzlaridan keyin "Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari" soʻzlari qoʻshilsin.


2. 33-bandda:


a) birinchi хatboshidagi "manfaatdor vazirliklar va idoralar" soʻzlaridan keyin "Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari" soʻzlari qoʻshilsin;


b) quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar хokimliklari bilan - hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy davlat dasturlariga oid loyihalar";


v) oʻn uchinchi - oʻn toʻrtinchi хatboshilar tegishlicha oʻn toʻrtinchi - oʻn beshinchi хatboshilar deb hisoblansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 15 aprel