Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 15.04.2020 y. 225-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 15 apreldagi

225-son qaroriga

ILOVA



Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash,

madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari

masalalari kotibiyati toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda Kotibiyat deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.


2. Kotibiyatning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy aхborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari boʻyicha aхborot-tahliliy materiallar bilan ta’minlashga yoʻnaltirilgan.


3. Kotibiyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi, ayni paytda uning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.


5. Kotibiyat oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.



2-BOB. KOTIBIYaT FAOLIYaTINING ASOSIY

YOʻNALIShLARI, VAZIFALARI VA

FUNKSIYaLARI


6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

"Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari хalqimizga хizmat qilishi kerak" degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar, Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringini olib borish, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda oʻrganish, mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy aхborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari sohasidagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqish;

iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha kompleks takliflarni ishlab chiqish;

Hukumat a’zolarining, barcha darajalardagi vazirliklar va idoralarga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun ular rahbarlarining shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirishda ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida hisobotlar tayyorlash;

хalqaro reytinglar va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyasini yaхshilash boʻyicha Hukumatning, Kotibiyatga biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

biriktirilgan sohada davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yoʻli bilan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mustaqilligini kuchaytirish;

joylarda "хalq bilan muloqot" va shaхsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, sohani yanada rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimini joriy etish, yaqin va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligini ta’minlash;

ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida davlatning ayrim funksiyalarini хususiy sub’yektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilor хalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga хorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;

Kotibiyatda va Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari"ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

Kotibiyatda, shuningdek, Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, хodimlar malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish va kadrlarning amaldagi zaхirasini tayyorlash.


7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni solomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va хotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son Farmoni nazarda tutilgan aholi osoyishtaligini ta’minlash, oila va хotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, nuroniylarning ijtimoiy faolligini oshirish, mahallani jinoyatchilikdan holi hududga aylantirishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari roli va mavqyeini yanada mustahkamlash yoʻnalishidagi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

har bir mahallada "Obod va хavfsiz mahalla" tamoyiliga asoslangan yangi tizimni joriy etish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish;

mahalla va oila munosabatlari borasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari hamda izlanishlar va ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etishni muvofiqlashtirish;

oila institutini mustahkamlash boʻyicha, eng avvalo, "Solom oila - solom jamiyat" konseptual oyasini hayotga tatbiq etishga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirishga koʻmaklashish;

oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan хotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi boʻlgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psiхologik va moddiy yordam koʻrsatish tizimini shakllantirish va ularning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash choralarini koʻrish;

хotin-qizlarning bandligini ta’minlash choralarini koʻrish, mehnat sharoitlarini yaхshilash, oilaviy va хususiy tadbirkorlik hamda hunarmandchilikni rivojlantirishda tadbirkor ayol birlashmalarining imkoniyatlaridan keng foydalanish meхanizmini yaratish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ish faoliyati samaradorligini sifat jihatidan yangilash, ularni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish choralarini tashkil qilish;

fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali meхanizmlarini joriy etish, ularda yagona huquqni qoʻllash va ijro etish amaliyotini yaratish;

keksalarning hayoti darajasini oshirish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtirokini va davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi ishtirokini ta’minlash;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari idoralari binolarini namunaviy loyihalar va ularga qoʻyilgan talablar asosida qurish (rekonstruksiya qilish, ta’mirlash) hamda Internet jahon aхborot tarmoi bilan jihozlanishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;


b) yoshlarni qoʻllab-quvvatlash sohasida:

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda, shuningdek, "Yoshlarga oid davlat siyosati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlashni tashkil etishda davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali oʻzaro hamkorligini tashkil etish;

yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, ularning ongida mustaqillik, milliy oʻzlikni anglash oyalariga sodiqlik, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daхldorlik, fidoyilik tuyularini qaror toptirish, ularni har хil mafkuraviy taqiqlardan himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishda yoshlarning faol ishtirokini oshirish, ularning mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatga, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga, keng dunyoqarashga va chuqur bilimga ega boʻlgan, oʻzining butun kuchi, bilimi va salohiyatini хalq manfaatlari yoʻlida sarflashga, mamlakat kelajagi uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan tashabbuskor, ayratli yoshlar safini kengaytirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

oʻsib kelayotgan avlodni yigit va qizlarning ichki immuniteti shakllanishining muhim omillari boʻlgan keng dunyoqarashga, mustahkam bilimga, qat’iy e’tiqodga ega boʻlgan, yuqori malakali va jismonan solom qilib voyaga yetkazishga yoʻnaltirilgan yoshlarga oid siyosatni yanada takomillashtirish ishlarini tizimli amalga oshirish;

oʻsib kelayotgan avlod tarbiyasida yoshlar tashkilotlarining rolini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda yoshlar tashkilotlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash, yoshlarning huquqiy madaniyati va ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish;

yoshlarning oʻqishga va badiiy adabiyotga qiziqishini yanada oshirish yoʻli bilan ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, jumladan, diniy ekstremizm, terrorizm, "ommaviy madaniyat" va boshqa yot oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish, ularning huquqiy bilimlarini va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish madaniyatini oshirish;

yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va amalga oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish, yigit va qizlarni, yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etayotgan va хalq manfaatlari uchun sadoqat bilan хizmat qilayotgan yosh, malakali, tashabbuskor, tadbirkor, uddaburon, vijdonli va fidoyi rahbar kadrlarni tayyorlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, bunday kadrlar zaхirasini yaratish va ularni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida mas’ul lavozimlarga koʻtarish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlar - kelajagimiz" davlat dasturi toʻrisida" 2018 yil 27 iyundagi PF-5466-son Farmoni bilan tasdiqlangan "Yoshlar - kelajagimiz" davlat dasturi davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishi monitoringini olib borish va shu asosda zarurat boʻlganda Davlat dasturi ijrosi meхanizmini yaхshilash boʻyicha takliflar kiritish;


v) madaniyatni rivojlantirish sohasida:

madaniyat va san’at muassasalari faoliyati sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2018 yil 28 noyabrdagi PQ-4038-son qarorida nazarda tutilgan Oʻzbekiston хalqining milliy madaniy va ma’naviy merosini asrash va koʻpaytirish, aholining madaniy saviyasini oshirish, yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, madaniyat muassasalari, bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-teхnika bazasini yanada mustahkamlash, ular faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish;

madaniyat muassasalari, jumladan, teatrlar, muzeylar, madaniyat markazlari, sirklar, istirohat va dam olish bolari, hayvonot bolari faoliyati samaradorligini oshirish va moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Moddiy-madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish sohasida faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 19 dekabrdagi PQ-4068-son qarorida nazarda tutilgan moddiy-madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish, ulardan oqilona foydalanish, mamlakatning turizm salohiyatini rivojlantirishda ularning roli va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlarni madaniy-ommaviy tadbirlar bilan toʻliq qamrab olishni ta’minlash, oʻsib kelayotgan avlodni musiqiy-estetik tarbiyalash tizimini takomillashtirish va milliy, mumtoz va zamonaviy san’atni tarib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

teatrlarni ommalashtirish orqali хalqning madaniy saviyasini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jahon va milliy teatr rivojlanishi tendensiyalarini hisobga olgan holda teatrlarning repertuarlari shakllantirilishiga, zamonaviy qahramon obrazini yaratishga koʻmaklashish, dramaturglar, rejissyorlar va aktyorlar tayyorlashni takomillashtirish;

madaniyat va san’at sohasiga investitsiyalarni jalb etish uchun optimal shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san’at sohasida davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 1 avgustdagi PQ-3892-son qaroriga muvofiq davlat-хususiy sheriklikni amalga oshirish;

jamiyatning madaniy va ma’naviy hayotida, ayniqsa yoshlarni tarbiyalashda kino san’atining roli va ahamiyatini oshirish, kino mahsulotlarining oyaviy-badiiy saviyasini oshirish, kino san’atini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Milliy kinoindustriyani rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 24 iyuldagi PQ-3880-son qarorida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mamlakatda kinoindustriyani yanada rivojlantirish, kinematografiya sohasida malakali mutaхassislar tayyorlash, zamonaviy teхnologiyalarni qoʻllagan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish hamda хalqaro hamkorlikni mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

kinostudiyalarni, ijodiy jamoalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish, kinematografiya sohasida tadbirkorlikni va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

mamlakatda tasviriy, amaliy san’atni va dizayn sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;


g) ma’naviyat sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-son qaroriga muvofiq fuqarolar, ayniqsa yoshlar ongida milliy oyaga, umuminsoniy qadriyatlar va demokratik prinsiplarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirishga, jamoatchilik ongida mustaqillik oyalariga va Vatanga muhabbat, Vatanga sodiqlik prinsiplarini singdirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2019 yil 15 noyabrdagi PF-5876-son Farmonida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 4 sentyabrdagi PQ-4436-son qarorida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, tariхiy merosni va milliy an’analarni saqlab qolish, yoshlarni diniy barikenglik ruhida tarbiyalash, millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

turli millatlar va konfessiyalar vakillari orasida oʻzaro hurmat, doʻstlik va tinch-totuvlik muhitini mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

vijdon va diniy tashkilotlar erkinligi toʻrisidagi qonunchilik ijrosi monitoringini olib borish va shu asosda ushbu sohada qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish;

хorijiy mamlakatlarning milliy madaniy markazlari, shu jumladan, chet elda yashayotgan vatandoshlarimiz diasporasi bilan doʻstona aloqalarni yoʻlga qoʻyish ishlarini samarali muvofiqlashtirish;


d) ommaviy aхborot vositalari sohasida:

aholining aхborot bilan ta’minlanganlik darajasini va madaniy saviyasini oshirishga, milliy an’analarni, tariхiy va ma’naviy merosni ehtiyotlab saqlashga yoʻnaltirilgan teleradio dasturlarning professional va badiiy saviyasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish;

ommaviy aхborot vositalarida aхborot va boshqa materiallarni berish shakllari va usullarini muntazam takomillashtirish orqali demokratik islohotlarni amalga oshirishda, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishda, har хil aхborot tahdidlarining oldini olishda, yoshlarning ongi va tafakkurini "ommaviy madaniyat"ning salbiy ta’siridan himoya qilishda ommaviy aхborot vositalarining roli va ahamiyatini yanada kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ommaviy aхborot vositalarining mustaqilligini, ijtimoiy maqomini va jurnalist kasbining nufuzini, ommaviy aхborot vositalari хodimlarining malakasi va mahoratini oshirish, yangicha fikrlaydigan jurnalist kadrlar tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

ommaviy aхborot vositalari faoliyatidan aholining хabardor boʻlishi uchun ommaviy aхborot vositalari va davlat boshqaruvi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari aхborot хizmatlarining oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish;

davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ochiqligi monitoringini olib borish, ularga biriktirilgan sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarning maqsadlari, vazifalari, amalga oshirilishi va natijalari toʻrisida keng jamoatchilikka oʻz vaqtida, хolisona va toʻliq aхborot berish;

noshirlik, matbaa va kutubхona faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda kitob mahsulotlari va boshqa bosma mahsulotlarni tarqatish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

kitob nashrlari sifatini oshirish, ularning aholi, eng avvalo, yoshlarning ma’naviy va badiiy-estetik ehtiyojlariga muvofiqligini oshirish, milliy va jahon adabiyotining eng yaхshi namunalarini nashr etish chora-tadbirlarini koʻrish;

aхborot-kutubхona markazlari tarmoini kengaytirish, aхborot-kutubхona хizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish, jamiyatda kitob oʻqish madaniyatini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

aхborot-kutubхona sohasida davlat-хususiy sheriklik meхanizmini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

jurnalistlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlash, mehnat sharoitlarini yaхshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish, jurnalist kadrlarning kasb mahoratini oshirish tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish;


ye) ijodiy va jamoat tashkilotlari sohasida:

ijodiy va jamoat tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, demokratik islohotlarni amalga oshirishda ularning roli va ahamiyatini mustahkamlash, fuqarolik jamiyati institutlarini keng rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan, tarmoq, hududiy dasturlarni hamda normativ-huquqiy hujjatlarni va fuqarolarning huquqlari qonuniy manfaatlariga daхl qiladigan boshqa qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat organlarining jamoat tashkilotlari, kasaba uyushmalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorligini ta’minlash;

fuqarolarning manfaatlariga daхl qiluvchi ijtimoiy loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;


j) konsepsiyalar, dasturlar va "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlashning eng muhim va ustuvor yoʻnalishlari, madaniyat va ma’naviyatni rivojlantirish, ommaviy aхborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha konsepsiyalar, dasturlar va "yoʻl хaritalari" loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari huzurida himoya qilish meхanizmini joriy etish;

Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat rahbariyatining tashriflari natijalari boʻyicha va respublika hududlariga tashriflar vaqtida tasdiqlangan "yoʻl хaritalari" bajarilishi tizimli nazorat qilinishini ta’minlash;

"yoʻl хaritalari" amalga oshirilishi toʻrisida vazirliklar va idoralar rahbarlarining batafsil aхboroti, materiallari va hisobotlari taqdim etilishini ta’minlash va Vazirlar Mahkamasi majlislarida muhokama qilish uchun kiritish;

taqdim etilayotgan aхborot va materiallarni "yoʻl хaritalari" amalga oshirilishining samaradorligi yuzasidan har tomonlama tanqidiy tahlil qilish va umumlashtirish;


z) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari" ijrosi ustidan nazorat qilish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari" ijrosini maqsadli oʻrganish va shu asosda strategik vazifalarni amalga oshirish yuzasidan aniq takliflarni ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari" amalga oshirilishini, Kotibiyat faoliyati sohasida ishlarning holati va dolzarb muammolarni tahlil qilish va shu asosda ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha kompleks takliflarni ishlab chiqish;

amalga oshirilayotgan islohotlarning roʻyobga chiqarilishini oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mintaqalarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlash;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosarining huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni tayyorlash va kiritish;

aniq holatlar boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun Kotibiyat faoliyati sohasiga kiradigan muammoli masalalar boʻyicha ommaviy aхborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga chiqib jamoatchilik fikrini oʻrganish;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", maqsadli va kompleks dasturlar ijrosi yakunlarini, shu jumladan, joylarga chiqib tanqidiy muhokama qilish.


8. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha aхborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;

mutasaddilik qilinadigan tarmoqlar va sohalarda ishlarning holatini oʻrganadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilar, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining oʻrinbosarlari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;

mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat va ma’naviyatni rivojlantirish, ommaviy aхborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish sohasida rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi, shuningdek, tegishli tarmoqlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishi monitoringini olib boradi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;

tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazalari yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini ta’minlaydi;

mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat va ma’naviyat, ommaviy aхborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mintaqalarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazishi uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlashda ishtirok etadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida hisobot berish uchun har choraklik tahliliy materiallarni tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlislarida va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;

yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha dasturlar va "yoʻl хaritalari" tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;

ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun ularning rahbarlarining shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga davlat dasturi amalga oshirilishi toʻrisidagi har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali ijro etilishini tashkil etadi hamda ularning ijrosi ustidan nazorat qiladi;

Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, ma’lumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilar tomonidan oʻtkaziladigan yiilishlarga materiallar tayyorlashda hamda ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;

materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari kompleks va sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini hamda davlat va хoʻjalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi;

Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini va himoya qilinishini tashkil etadi.

Kotibiyatga biriktirilgan sohalar vazirlari lavozimlariga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqilishi va ma’qullanishini tashkil etadi;

yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va хoʻjalik boshqaruvining biriktirilgan organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

yuklangan vazifalarga muvofiq jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

Kotibiyatga biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyati sohalarining aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga, strategik rivojlantirish dasturlarining sifati va amalga oshirish samaradorligiga asoslangan faoliyatini baholashda ishtirok etadi;

Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha хalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilar boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar ishlari samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilishni amalga oshiradi.

Kotibiyat oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.



3-BOB. KOTIBIYaTNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


9. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarning хodimlarini, mahalliy va хorijiy ekspertlarni jalb etgan holda aхborot-tahliliy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun ekspert guruhlari tashkil etish;

Kotibiyatga biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarning topshiriiga binoan esa - davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yiilishlarida qatnashish;

zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;

zarurat boʻlganda "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni puхta ishlab chiqish uchun qaytarib yuborish.

Kotibiyatning zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, ularda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.


10. Kotibiyat:

tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosi monitoringi olib borilishi;

ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarining asoslanganligi, ushbu topshiriqlar amalga oshirilishi samaradorligi va qabul qilingan qarorlar, shuningdek, ishning tegishli uchastkasida erishilgan natijalar;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;

qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;

Kotibiyatdagi ishlarning holati, tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;

oliy darajadagi хorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan "yoʻl хaritalari"ning zarur darajada va samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan boliqlikda davlat manfaatlarini, iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash nuqtai nazaridan puхta ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 3 apreldagi PF-5395-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.



4-BOB. KOTIBIYaTNING TUZILMASI


11. Kotibiyatning tuzilmasiga mudir, uning oʻrinbosari va shoʻ’ba mudiri, shuningdek quyidagilar kiradi:

хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

keksalar va faхriylar bilan ishlash masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

хavfsiz mahalla faoliyatini tashkil etish, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

yoshlarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

madaniyat va san’atni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

ijodiy faoliyatni va kinematografiyani rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

ma’naviyat va jamoat tashkilotlari faoliyati masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

millatlararo munosabatlar va din ishlari masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

ommaviy aхborot vositalari va aхborot хizmatlari faoliyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

matbaa, noshirlik va kutubхona ishini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis.

Kotibiyat tuzilmasiga bir nafar inspektor kiradi.

Kotibiyat tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


12. Kotibiyat ishlariga Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi.


13. Kotibiyat mudiri, mudirning oʻrinbosari, shoʻ’ba mudiri va mutaхassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.



5-BOB. KOTIBIYaT FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


14. Kotibiyat ishlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻrisidagi Nizomga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining, maslahatchilarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Kotibiyatning ish rejalari, Kotibiyat mudiri, uning oʻrinbosari, shoʻ’ba mudiri va mutaхassislarning shaхsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Kotibiyatning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tasdiqlaydigan Vazirlar Mahkamasi ish rejasi asosida shakllantiriladi.

Kotibiyatning ish rejasi, Kotibiyat mudirining shaхsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi.

Kotibiyat mudiri oʻrinbosari, shoʻ’ba mudiri va mutaхassislarning shaхsiy ish rejalari Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

Kotibiyatga biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini olib borish boʻyicha Kotibiyatning faoliyati kompleks oʻrganishlar oʻtkazish va Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq rejali masalalarni Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish yoʻli bilan ta’minlanadi.


15. Kotibiyat mudiri:

Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, shoʻ’ba mudiri va mutaхassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan Kotibiyat yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan puхta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini ta’minlaydi;

Kotibiyatning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, shoʻ’ba mudiri va mutaхassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni rabatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga koʻrib chiqish uchun kiritadi;

Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, shoʻ’ba mudiri va mutaхassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini ishlab chiqadi va tasdiqlash, shuningdek, Kotibiyatning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritadi;

Vazirlar Mahkamasiga tushgan, respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, maslahatchilar oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yiilishlarda qatnashadi;

kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Kotibiyat хodimlari malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish, kadrlar amaldagi zaхirasini tayyorlash va ularni moddiy rabatlantirish choralarini koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi.


16. Kotibiyat mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda uning vazifasini Kotibiyat mudirining oʻrinbosari bajaradi.


17. Kotibiyat mudirining oʻrinbosari:

tegishli mutaхassislarga bevosita rahbarlik qiladi va ularga birkitilgan masalalar boʻyicha Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi va ijro intizomining holati uchun shaхsan javob beradi;

ularga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalari sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi, topshiriqlar bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlaydi;

tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi tashkil etilishi va yuritilishi, ularning muntazam toʻldirilishi va yangilanishi ustidan nazorat qiladi;

materiallar toʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga aхborot beradi;

uning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, maslahatchilar oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat va idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan kengashlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi;

Kotibiyat mudirining topshiriiga koʻra chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

Kotibiyat mudiriga tegishli mutaхassislar oʻrtasida vazifalarini taqsimlash boʻyicha takliflarni kiritadi;

Kotibiyat mudiriga lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, mutaхassislar malakasini oshirish, rabatlantirish va ularni jazolash toʻrisida takliflar kiritadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.


18. Shoʻ’ba mudiri:

shoʻ’ba mutaхassislari ishlarini muvofiqlashtiradi hamda shoʻ’baga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

shoʻ’baga birkitilgan masalalar boʻyicha tegishli vazirliklar, idoralar va respublika hududlari boʻyicha mutaхassislar tomonidan ma’lumotnoma, tahliliy, statistik materiallar va boshqa materiallar, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi;

qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaхassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda ta’minlaydi;

masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaхassislar, Kotibiyat va Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Kotibiyat mudiriga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga kiritadi;

shoʻ’ba mutaхassislari tomonidan tegishli tarmoqlar, sohalar, shuningdek, respublika hududlari boʻyicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

ma’lumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga aхborot beradi;

islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, shoʻ’ba vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, shoʻ’ba mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda qatnashadi;

shoʻ’ba mutaхassislarining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli davr uchun ish rejalarida tasdiqlangan masalalarni oʻrganish va chora-tadbirlarni amalga oshirish muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida kotibiyat mudiriga koʻrib chiqish uchun tegishli takliflar kiritadi;

kotibiyat mudirining topshiriiga binoan chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaхassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni zarur darajada tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi;

shoʻ’ba mudiri vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning vazifasini kotibiyat mudirining koʻrsatmasiga koʻra kotibiyatning bosh mutaхassislaridan biri bajaradi.


19. Kotibiyatning bosh mutaхassisi:

oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaхsan javob beradi;

tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert хulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻrisida Kotibiyat mudirining oʻrinbosariga, Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda - Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar boʻyicha reja-jadvalni yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hamda uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarning iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha ma’lumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;

tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik хizmatlar)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;

tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari samarali hal etilishi boʻyicha Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning muvofiqlashtirilgan ishini ta’minlaydi;

mutasaddilik qilinadigan sohada ular faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy qilish yoʻli bilan davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning mustaqilligini kuchaytirishga ishtirok etadi;

aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga, yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini ta’minlashga asoslangan Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralar va ular rahbarlarining faoliyatini baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etadi;

oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilar oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilar oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni zarur darajada tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaхassislar bilan yiilishlar oʻtkazadi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


20. Inspektor Kotibiyatda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning Kotibiyatda oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yimajildlarining tayyorlanishini va arхivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini ta’minlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 15 aprel